Authors

  • Oxun Boltayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43445

Keywords:

Shoxruxbiy Abdurahimbiy Abulfzxon Miyonko’l Galdan Selen Tarim havzasi Xitoy Sinlari Sharqir Turkiston. Shinjon-uyg’ur provinsiyasi Samarqand.

Abstract

Ushbu tezisda XVIII asr oxirida Qo’qon xonligining shakllanishi, uning Markaziy Osiyoda davlat sifatida tan olinishi, Buxoro xonligiga bosqinlar, jung’orlar va qozoqlar bilan savdo va diplomatik aloqalarning rivojlanishi bayon etilgan.

background image



31-oktabr, 2024-Yil

64

QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA BUXORO, XIVA VA

KO’CHMANCHILAR BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIYASI.

Boltayev Oxun Obid o’g’li

2-Son ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktab internati,

Tarix fani o'qituvchisi.

Phone: +998939650336.

email:

9690798@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13895766

Annotatsiya. Ushbu tezisda XVIII asr oxirida Qo’qon xonligining shakllanishi, uning

Markaziy Osiyoda davlat sifatida tan olinishi, Buxoro xonligiga bosqinlar, jung’orlar va qozoqlar

bilan savdo va diplomatik aloqalarning rivojlanishi bayon etilgan.

Kalit so’zlar: Shoxruxbiy, Abdurahimbiy, Abulfzxon, Miyonko’l, Galdan Selen , Tarim

havzasi, Xitoy Sinlari, Sharqir Turkiston. Shinjon-uyg’ur provinsiyasi, Samarqand.

THE DIPLOMACY OF THE KOKAND KHANATE WITH BUKHARA, KHIVA, AND

THE NOMADS IN THE LAST QUARTER OF THE 18TH CENTURY.

Abstract. This thesis describes the formation of the Kokand Khanate at the end of the 18th

century, its recognition as a state in Central Asia, invasions into the Bukhara Khanate, and the

development of trade and diplomatic relations with the Dzungars and Kazakhs.

Keywords: Shohrukhbiy, Abdurahimbiy, Abulfayzkhon, Miyankol, Galdan Tseren, Tarim

Basin, Qing Dynasty of China, Eastern Turkestan, Xinjiang-Uyghur Province, Samarkand.

ДИПЛОМАТИЯ КОКАНДСКОГО ХАНСТВА С БУХАРОЙ, ХИВОЙ И

КОЧЕВНИКАМИ В ПОСЛЕДНЕЙ ЧЕТВЕРТИ XVIII ВЕКА.

Аннотация. В этом тезисе описано становление Кокандского ханства в конце

XVIII века, его признание как государства в Центральной Азии, вторжения в Бухарское

ханство, а также развитие торговых и дипломатических отношений с джунгарами и

казахами.

Ключевые слова: Шахрухбий, Абдурахимбий, Абульфайзхан, Миянкуль, Галдан

Церен, Таримский бассейн, китайская династия Цин, Восточный Туркестан, Синьцзян-

Уйгурский автономный район, Самарканд.

Qo‘qon xonligining tashkil topishi XVIII asr boshlariga to‘g‘ri kelsada, ashtarxoniylar

davrida markaziy hokimiyatdan ancha uzoq bo‘lgan Farg‘ona vodiysi beklari amalda mustaqil

siyosat yuritganlar. Qo‘qon xonligining asoschisi Shohruxbiy (1680/1709-1722 yy) bo‘lib, davlat

tepasida o‘zbeklarning ming urug‘i vakillari turgan. Ammo, ayrim tarixiy adabiyotlarda afsona-


background image



31-oktabr, 2024-Yil

65

rivoyat shaklidagi ma’lumotlar ham keltirilgan bo‘lib, ularning birida, Qo‘qon xonligini tashkil

qilgan ming qabilasi yеtakchisi Chamach (Chaman) biy ekanligi, uni Tog‘ayquli nomli qalmoq

tarbiyalaganiga oid ma’lumotlarni uchratish mumkin. Ehtimolki jung‘orlar ta’siri kuchaygan

davrda vujudga kelgan rivoyatlardan biri bo‘lishi mumkin.

Ayrim Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan adabiyotlarda, Shoxruxbiy davrida Qo‘qon

xonligi mustaqil davlat bo‘lmaganligiga ishora qilib, Abulfayzxonni unga otaliq unvonini

berganligiga oid fikr-mulohazalarni B.M. Babadjanov tomonidan keltirib o‘tgan. Haqiqatdan ham

Olimxongacha bo‘lgan Farg‘ona hukumdorlari biy unvonida yurganlar. Biy esa urug‘-qabila

еtakchisi ma’nosini bildirgan xolos. V.V. Bartold Olimxon Qo‘qon xonligining haqiqiy asoschisi

va birinchi bora amir unvonini olgan degan fikrlarni keltirgan. Shuningdek, uning ukasi Umarxon

ham amir unvonida bo‘lib, undan keyingi hukumdorlar xon unvonini olgan deb yozib qoldirgan.

Bundan tashqari davlatning ma’muriy va boshqaruv tuzilishi ham Olimxon davrida shakllangan

degan fikrlarni keltirgan.

Bizning fikrimizcha davlatning shakllanish jarayoni Olimxon davriga kelib yakuniga еtgan

bo‘lsa kerak. Yangi tashkil topgan xonlik o‘z mavjudligining dastlabki davrida Buxoro xonligiga

qarshi faol istilochilik harakatlarini olib borgan. Shohruhbiyning o‘g‘li Abduraximbiy (1722-1734

yy) Qo‘qon xonligining ikkinchi hukumdori, Shohruxbiyning o‘g‘li . Uning davrida Xo‘jand va

Andijon Qo‘qon xonligiga qo‘shib olingan. Buxoroga qarshi Shahrisabz kenagaslari bilan ittifoq

tuzgan. 1732 yilda Samarqandni egallagan. 1734 yil suiqasd natijasida o‘ldirilgan.

Shahrisabz bilan ittifoqda Abulfayzxonga qarshi kurash olib borib, Samarqand shahrini

(1732 y) Buxorodan tortib olgan. Uning ukasi Abdukarimbiy (1734-1750 yy) Miyonko‘lga

qo‘zg‘olon ko‘targan Ibodullobiy qipchoq ustiga 1745 yil qo‘shin tortgan. Ushbu o‘zaro kurash

jarayonlari tashqi Jung‘or xonligi tomonidan xavf kuchaygan bo‘lsada olib borilgan. Qo‘qon

xonligiga jung‘orlarning bostirib kirishi Abdukarimbiy hukumronligi davriga to‘g‘ri kelgan.

Qalmoqlarning hujumi natijasida Qo‘qon xoni o‘zini mudofaa qila olmasligi sababli jiyani

(akasi Abduraximbiyning o‘g‘li) Bobobekni Jung‘orlarga garov sifatida berib tinchlikka erishgan.

Ammo, Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan mahalliy manbalarda Abdukarimbiyga

O‘ratepa hokimi Fozilbiy yordamga kelishi, uning Abdukarimbiyning tutingan o‘g‘li ekanligi,

ittifoqchilar g‘alaba qozonganligi bilan bog‘liq fikr-mulohazalar keltirilgan . Shuningdek, 1740-

1741 yillardagi jung‘orlarning harbiy yurishi davrida Abdukarimbiy nafaqat akasi Raximbiyning

katta o‘g‘li Bobobekni garovga bergan, balki Jung‘or xonligiga o‘zining tobeligini ham

bildirganligiga oid ma’lumotlar mavjud168 . T.K. Beysembiev “Ta’rix-i Shaxruxi” asaridagi

ma’lumotlarni tahlil qilib, 1741-1745 yillarda Qo‘qon hukumdori Abdukarimbiy jung‘orlar


background image



31-oktabr, 2024-Yil

66

hujumini daf qila olgan bo‘lsada, jiyani Bobobekni garovga berib yuborganligi, Bobobek Urug’ida

Jung‘or xonlari saroyida tarbiya qilingani va keyinchalik qisqa muddat (1752- 1753 yy) jung‘orlar

tomonidan xon qilib ko‘tarilganligini keltirib, Qo‘qon xonligi amalda Junhor xonligining vassali

bo‘lganligini akasi Abduraximbiy vafotidan so‘ng Qo‘qon xonligining uchinchi (1734 yildan)

xoni. 1740 yilda Qo‘qon shahrini mudofa devori bilan o‘rab olgan.

Shu yili qozoqlarning taniqli urug‘ boshliqlaridan va Toshkent hokimi bo‘lgan Tolebiy

Abdukarimbiy oldiga jung‘orlardan qochib kelgan. Tolebiyni topshirishni talab qilgan jung‘orlar

elchisi haydam yuborilgan. Uning davrida Jung‘or xonligi qo‘shinlari Qo‘qon xonligiga bir necha

marta bostirib kirgan. . So‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlar bo‘yicha

yirik mutaxassis bo‘lgan B.P. Gurevich ham 1741 yilda Jung‘orlarning Farg‘onaga hujumi vaqtida

Abdulkarimbiyning biroz qarshilik ko‘rsatishidan keyin bo‘ynsunishi bilan yakunlanganligiga oid

mulohazalarini keltirib o‘tgan . Xulosa qilish mumkinki, XVIII asrning o‘rtalarida ma’lum bir

muddat Qo‘qon xonligi ham o‘zini Jung‘or xonligiga qaramligini tan olishga majbur bo‘lgan.

Qo‘qon xonligining jung‘orlarga faol qarshilik ko‘rsatishi XVIII asr 40-yillari o‘rtalariga

to‘g‘ri kelgan. Bu vaqtda Eronda Nodirshohning hokimiyatni qo‘lga olishi, Buxoro tomonidan

tashqi xavfning yo‘qligi va qozoqlar bilan ittifoqchilik jung‘orlarga qarshi faol kurash olib borish

imkonini yaratgan. Ushbu xronologik davrda Qo‘qon xonligi va uning ittifoqchilari bo‘lgan

qozoqlar bilan kurash olib borish Jung‘or xonligini batamom kuchsizlantirgan va nafaqat O‘rta

Osiyoda, balki Markaziy Osiyoda siyosiy va etnik o‘zgarishlarga olib kelgan. Bir so‘z bilan

aytganda, Jung‘or xonligining halokatini yaqinlashtirgan. Qozoqlar va Abdukarimbiy

ittifoqchilikda 1744 yilning kuzida Toshkent shahrini Jung‘orlardan tortib olganlar. Shaharni

ishg‘ol qilish vaqtida asir olingan qalmoqlarning bir qismini Abdukarimbiy qo‘yib yuborib,

Jung‘or xonini 1745 yil bahorida Kutebe degan mavzeda kutishini еtkazishni buyurganligi tarixiy

adabiyotlarda qayd etilgan. O‘zbeklar, qozoqlar va qirg‘izlar birgalikda jung‘orlarga qarshi kurash

olib bora boshlaganlar. Qo‘qon xonligini bo‘ynsundirish maqsadida 1743 yilda Septen noyon

boshchiligidagi 40 ming kishilik qo‘shin Farg‘onaga bostirib kirgan va mag‘lubiyatga uchrab ortga

qaytgan. Shundan so‘ng, 1745 yil oyratlar yana Farg‘onaga hujum qilgan. Qo‘qon qamal qilingan

bo‘lsada, ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishilmagan.

Sibirdagi Barabin tatarlardan bo‘lgan savdogar Noshixon Amirovning Sibir ma’murlariga

ma’lum qilishicha, 1748 yilda jung‘orlar yana Qo‘qon xonligiga hujum qilib talaganlar. Qo‘qon

xonligining Jung‘or davlati bilan olib borgan kurashlari XVIII asrning 40-50 yillarida deyarli

to‘xtovsiz olib borilgan deb xulosa qilishimizga tarixiy adabiyotlarda asoslar еtarli. Jumladan,

Ch.Ch. Valixonov Galdan-Seren vafoti (1745 yil)dan oldin Qo‘qon bilan urush olib


background image



31-oktabr, 2024-Yil

67

borayotganligini, o‘limidan biroz muddat oldin Farg‘onada shimolidagi Koson shahrini hiyla bilan

bosib olganligi, Qo‘qon xoni Abdulkarimbiy Kosonga yuborgan yordamchi kuchlarini tor-mor

keltirganligini yozib qoldirgan . Shuningdek, uning vafotidan keyin taxtga o‘tirgan o‘g‘li Seben-

Dorji ham (1746 y) ushbu urushni davom ettirgan. Sin imperiyasi poytaxti Pekinga elchi yuborib,

o‘zbeklar bilan urush olib borayotgani sababli unga qo‘shin, moddiy yordam berishini so‘ragan.

Ammo, Xitoy tomoni ushbu murojaatga rad javobini bergan. Seben-Dorji o‘ziga boshqa

ittifoqchi topishga harakat qilgan.

Movarounnahr davlatlari uchun XVIII asr o‘rtalari Janubiyg‘arbdan Eronda kuch-qudrati

cho‘qqisiga chiqqan Nodirshoh davlati, shimoliy-sharqdan Jung‘or xonligi ularning mavjudligiga

xavf sola boshlagan. Nodirshoh davlati qudratidan cho‘chib yoki O‘rta Osiyo xonliklarini ta’sir

doiraga bo‘lib olish maqsadida Jung‘or xonligida siyosiy tushkunlik boshlangan Sevan-Dorji

hukumronligi davrida Nodirshohga xuntayji (xon) Sevan-Dorji 1746 yilda elchi yuborib,

qarindoshchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga harakat qilgan.

Singlisini Nodirshohga turmushga bergan va Nodirshoh elchilarga qalin puli sifatida 10

ming kumush rubl bergan. Shuningdek, garchi Nodirshoh Qo‘qon xonligiga harbiy yurish

qilmagan bo‘lsada, Qo‘qon xoni Abdukarimbiy o‘zini Eron davlatiga vassalligini tan olgan.

REFERENCES

1.

Изистории Средней Азии Восточного Туркестана XV-XIXвв.–Т.: Фан,1987.–С.774.

2.

Mahmud Orziyev, Oxun Boltayev. Jung‘orxonligining tugatilishi jarayonida markaziy

osiyodagi

xalqaro

munosabatlar.

/[Matn]:

o‘quvqo‘llanma/

M.Z.OrziyevO.

O.BoltayevBuxoro:

“BUXORODETERMINANTI”

MCHJning

Kamolot

nashriyoti,2024.-72b.

3.

Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND

DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH

CENTURY. Modern Science and Research, 2(9), 145–149. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/2406

4.

ВалихановЧ.Ч.Собраниесочинениевпятитомах.Том4.–Алма-Ата: Главнаяредакция

Казахскойсоветской энциклопедии,1985.–461с.

5.

ГанковскийЮ.В. Империя Дуррани. М.:ИздательствоВосточнойлитературы,1958.–

173с.


background image



31-oktabr, 2024-Yil

68

6.

ДуманЛ.И.

Аграрная

политикацинского

(манчжурского)

правительствав

Синьцзяневконце

XVIIIвека/

Ответственный

редактор

В.М.Алексеев.М.;

Л.:ИздательствоАкадемиинаук СССР,1936.-256с

7.

BoltayevO.O “XVIII ASR O’RTALARIDA MARKAZIY OSIYODAGI SIYOSIY

DIPLOMATIK JARAYONLARGA UMUMIYTAVSIF” International «MODERN

SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME2/ISSUE9/UIF:8.2/MODERNSCIENCE.

UZXalqaroilmiy-metodikjurnal2023b-148

References

Изистории Средней Азии Восточного Туркестана XV-XIXвв.–Т.: Фан,1987.–С.774.

Mahmud Orziyev, Oxun Boltayev. Jung‘orxonligining tugatilishi jarayonida markaziy osiyodagi xalqaro munosabatlar. /[Matn]: o‘quvqo‘llanma/ M.Z.OrziyevO. O.BoltayevBuxoro: “BUXORODETERMINANTI” MCHJning Kamolot nashriyoti,2024.-72b.

Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH CENTURY. Modern Science and Research, 2(9), 145–149. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/2406

ВалихановЧ.Ч.Собраниесочинениевпятитомах.Том4.–Алма-Ата: Главнаяредакция Казахскойсоветской энциклопедии,1985.–461с.

ГанковскийЮ.В. Империя Дуррани. М.:ИздательствоВосточнойлитературы,1958.–173с.

ДуманЛ.И. Аграрная политикацинского (манчжурского) правительствав Синьцзяневконце XVIIIвека/ Ответственный редактор В.М.Алексеев.М.; Л.:ИздательствоАкадемиинаук СССР,1936.-256с

BoltayevO.O “XVIII ASR O’RTALARIDA MARKAZIY OSIYODAGI SIYOSIY DIPLOMATIK JARAYONLARGA UMUMIYTAVSIF” International «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME2/ISSUE9/UIF:8.2/MODERNSCIENCE. UZXalqaroilmiy-metodikjurnal2023b-148

Most read articles by the same author(s)

Oxun Boltayev , TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING SHAKLLANISHI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Oxun Boltayev, Alisher Gulyamov, ILK BOSMA NASHRLAR TARIXI: KITOB MADANIYATINING BOSHLANISHI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Oxun Boltayev, Umidjon Xayrullayev, Umidjon Sadullayev, BUXORO VOHASI AYOLLARINING AN’ANAVIY LIBOSLARI (XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA) , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Umidjon Xayrullayev , Umidjon Sadullayev, Mohlaroyim Yarashova, Oxun Boltayev, XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA QO‘SHNI DAVLATLARNING POLSHAGA NISBATAN YURITGAN SIYOSATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Umidjon Sadullayev, Begali Muyiddinov, Oxun Boltayev, IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Oxun Boltayev , Mohlaroyim Yarashova , Umidjon Xayrullayev, Umidjon Sadullayev, OYROT QABILASI VA ULARNING DAVLATCHILIK ASOSLARING SHAKLANISHIGA UMUMIY TAVSIF , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Alisher Gulyamov, Mohlaroyim Yarashova , Oxun Boltayev, G’ARBIY YEVROPA SHAHARLARI VUJUDGA KELISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Oxun Boltayev, XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG‘OR XONLIGINI ISTILO QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT. , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Umidjon Sadullayev, Begali Muyiddinov, Oxun Boltayev, BUXORO AMIRLIGIDA 1900-1910-YILLARDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Oxun Boltayev, XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYOGA TA'SIRI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

1 2 > >>