Mart, 2025-Yil
420
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA QO‘SHNI DAVLATLARNING POLSHAGA
NISBATAN YURITGAN SIYOSATI
Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li
Sadullayev Umidjon Shokir o’g’li
Yarashova Mohlaroyim Shuxratovna
Boltayev Oxun
Osiyo Xalqaro universiteti “Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti Tarix va
filologiya kafedrasi o’qituvchilari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15098842
Annotatsiya. Ushbu maqolada Yevropa davlatlaridagi XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi
vaziyat, Polsha va uning atrofidagi mamlakatlarning yuksalishi va ularning polshadagi ijtimoiy
holatga ta’siri haqida ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar: “Polyaklar jamiyati”, “Milliy qo’mita”, “Soat-Vaqt” ro‘znomasi,
“Bosmaxonalarning o‘zaro yordam jamiyati”, “Organik mehnat” tashkiloti, “Eski
konservatorlar”, “rabotnik”
Polsha davlati tabiiy-geografik o‘rni jihatidan Rossiya, Germaniya, Chexoslavakiya va
Avstriya davlatlari bilan chegaradosh edi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida boshlarida Polsha
Germaniya, Rossiya, Avstriya-Vengriya davlatlarining zulmi ostida edi. 1848-1849 yillar inqilobi
mag‘lubiyatidan keyin Germaniya hukmron sinflari Polshadagi demokratik kuchlarga bosim
o‘tkaza boshladilar. 1850-yilning 5-fevralda Polsha konstitutsiyasida polyak deputatlari polyak
halqini mustaqil siyosiy va madaniy rivojlanish huquqidan mahrum qiladi degan moddaga qarshi
chiqib o‘zlarining deputatlik mandatlaridan vos kechish haqida ma’lum qilishdi
1
. 1863-yilda
Vrotslovek universitetida paydo bo‘lgan “Yuqori Sileziya polyaklarining jamiyati” o‘z oldiga
birnqancha vazifalarni qo‘ydi. Bulardan asosiysi hokimiyat va universitet ma’muriyatining
germanlashtirishga qarshi polyak tilini o‘qitishni mukammallashtirish edi.
50-yillarda G‘arbiy Polsha yerlarida bir nechta koperativ va qishloq xo‘jalik jamiyatlari
paydo bo‘ldi. 1861-yilda qishloq xo‘jalik jamiyatining markaziy boshqarmasi tashkil topdi. 60-
yillarda Poznan va Pomori knyazligida ko‘psonli dehqonlarning to‘garaklari tashkil topdi.
Dehqonlardan iborat bo‘lgan bu tashkilotlar polyak pomeshchiklari va past tabaqali ruhoniylar
1
Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских землях в конце XIX начале XX века- М:
1983г стр. 115
Mart, 2025-Yil
421
vakillari boshqarar edi
2
. G‘arbiy Polsha yerlarida 1863-yilda milliy zulmga qarshi qo‘zg‘oloni
ozodlik harakatiga turtki bo‘ldi. Poznanda qo‘zg‘olonga yordam berish maqsadida polyak “Milliy
qo‘mitasi” tashkil etildi. Podsho hukumatining Prussiya bilan Polsha masalasida kelishuvi polyak
xalqida nafrat uyg‘otdi. Poznan, Pomori va Sileziyada ommaviy qamoqqa olishlar boshlanib ketdi.
Prussiya hukumati Polsha milliy ozodlik harakati rahbarlarini sud qila boshladi. Bu esa 1864-yil
dekabrigacha davom etdi. Ko‘plab shaxslarni o‘limga mahkum etish va qamoqqa olinishi bilan
jarayon tugallandi. 1863-1864 yilgi qo‘zg‘olon bostirilganidan keyin g‘arbiy polyak yerlarida
Prussiya hukmronligini qo‘llab quvvatlaydigan konservativ harakatlar jonlandi. Bu harakat
asoschilardan biri Gneznejk-Poznan arxiyepiskopi Mechislav Leduxovskiy bo‘lib u 1866-yil past
tabaqali ruhoniylarni saylovlar va majlislarga qatnashishlarini man qilib, o‘z ovozlarini katoliklar,
hukumat to‘g‘ri deb hisoblagan nomzodlar uchun ovoz berishga majburladi. Leduxovskiy
farmoyishiga ko‘ra barcha diniy seminariyalarda dars berish polyak tilida emas, faqat lotin tilida
o‘qitiladigan bo‘ldi. 1872-yil ruhoniylarga Poznanda polyak Xalq maorifi jamiyatida qatnashishi
man qilindi
3
. Prussiya uchun mufaqqiyatli bo‘lgan 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushi Poznan va
boshqa polyak yerlariga o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun imkoniyati vujudga keldi. Polyak
deputatlari bunga qarshi chiqdi. Bismark polyak xalqini nazar-pisand qilmaganidan keyin polyak
deputatlari parlamentni tark etib, Berlindan chiqib ketishdi. Polyaklar qattiq depressiyaga duchor
qilindi. 80-yillarda Bismark Polshaga qarshi siyosati asosan ta’qib qilish shiori ostida olib borildi.
1872-yilda maktablarda polyak tilida dars berish taqiqlab qo‘yildi va Prussiya hukumati
tomonidan polyak tilida so‘zlashuvchilarning davlat va ma’muriyat tashkilotlari, sud va o‘zini-
o‘zi boshqarish organlarida ishlashi man etildi.
1879-yildagi Avstriya-Vengriya va Germaniya o‘rtasidagi ittifoq Polsha uchun juda og‘ir
bo‘ldi. 1849-yilda qabul qilingan konstitutsiyada barcha tabaqalarning tengligi, fuqarolar ozodligi,
viloyatlarda seymlar tashkil etilishi haqida ta’kidlab o‘tilgan bo‘lsada, oradan ikki yil vaqt o‘tib
barchasi taqiqlab qo‘yildi. Mamlakatdagi har qanday faoliyat va progressivqarashlar bostirilar
edi
4
. Avstriya hukumati ham bor kuchi bilan polyak xalqining demokratik va milliy ozodlik
harakatini bostirishga harakat qilardi. Polshaning siyosiy va milliy zulm ostida ezilishi shahar,
qishloqlardagi mehnatkashlarning chuqur noroziligini keltirib chiqardi. Endi dehqonlar ishlash
uchun pomeshchiklar qo‘rg‘onlariga borishni istamay qolishdi va pomeshchiklardan alohida yer
ajratishni, soliqlarni kamaytirishni talab qilib ularning mulklariga tez-tez hujum qilib turardilar.
2
Костюшка И. И. Разложение феодальных щетщшений и развитие капитализма в селском хозействе Царства Полского-
М: 1954г стр. 239
3
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 211
4
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 215
Mart, 2025-Yil
422
Ishchi va hunarmandlar vaziyatni yengillashtirish uchun o‘z tashkilotlarini tuza boshaldilar. 1850-
yil Krakovda “Bosmaxonalarning o‘zaro yordam jamiyati” tuzildi. Ular o‘z xodimlariga kasallik
vaqtida ularga yordam berardilar. 1857-yilda shaxsiy va davlat bosmaxona xodimlari birlashib
bitta jamiyatga aylandilar. Ular birgalikda kasallar, nogironlar, yetim-yesirlar va beva-
bechoralarga ko‘maklashardilar. 1851-yilda Yulian Posler rahabarligida hunarmandlar va
o‘quvchi yoshlardan nolegal tashkilot tuzildi. Hukumat bu tashkilotni qonga botirdi
5
. Krakov
universiteti talabalari nemislashtirishga qarshi chiqib ular darslarni polyak tilida o‘tkazilishini
talab qildilar. 1848-yil Krakovda konservativ guruhlar tomonidan sotsial-reforma va qandaydir
o‘zgarishlarga qarshi “Soat-Vaqt” ro‘znomasi chiqa boshladi. Polyak burjuaziyasining o‘ng
qanotini Florin Zemelkovskiy pomeshchiklar bilan bitim tuzishga harakat qilardi uning chap
qanotini Fransisko Smolenskiy boshqarar edi.
1860-yil oktabrida Varshavada Frans Iosif, Aleksandr II va Prussiya regenti Vilgelm
o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda Avstriya va Rossiya Polyak
inqilobiga qarshi birgalikda harakat qilish haqida kelishib olishdi. Shundan so‘ng Avstriya
hukmdori Frans Iosif Polsha ichki ishlar vaziri graf Roluxovskiyni o‘limga mahkum etdi.
Parlament ikki palatali qilib belgilandi. Yuqori palata tarkibiga imperatorga yaqin kishilar,
aristokratlar, imperator tomonidan tayinlangan alohida shaxslar vas Galitsiyaning uchta
arxiyepiskopi kirardi quyi palata seym delegatlaridan iborat bo‘lib, Galitsiya deputatlari 38 o‘ringa
ega bo‘ldi. Seym raisi va uning o‘rinbosari imperator tomonidan tayinlangan. Seym 150
deputatdan iborat bo‘lib, 141 nafarini aholi saylaydigan bo‘ldi, qolgan 9 nafari seym tarkibiga
toifasi bo‘yicha: uchta arxiyepiskop, 4 nafari yepiskop, Krakov va Lvov universitetlarining
rektorlari kirardi. Ishchi va kambag‘allar saylash va saylanish huquqidan ega bo‘lmagan
6
.
Galitsiyada polyak va ukrain xalqining ozodligi yo‘lidagi kurashi kengayib ketishidan xavfsiragan
Germaniya va Avstriya-Vengriya hukumatlari 1871-yil Galitsiya uchun alohida vazir tayinladi va
bu lavozimni Sharqiy Galitsiyadan eng reaksion polyak pomeshchiklaridan biri Proxolskiy
egalladi. Shu yili Krakov akademiyasi tashkil etildi. Lvov va politexnika universitetlarida o‘qitish
polyak tilida olib boriladigan bo‘ldi. Germaniya va Avstriya-Vengriya bu yo‘qotishlarni o‘rnini
to‘ldirish uchun yangi imkoniyatlar qidira boshladi. Bu holat podsho Rossiyasi bilan
munosabatlarni keskinlashtirib yubordi
7
. Galitsiya vaziri Zemelkovskiy guruhi 1873-yilda
konservatorlar partiyasining so‘l qanot yetakchisiga aylandi. Smalnaya boshchiligidagi liberal
5
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 215
6
Палкин И.С., Ерофеев Н.А., Ефимова А.Л. Новая история 1871-1917.-М: 1984г стр. 510
7
Миска. М. Полського восстании 1863 год. М: 1952 г. стр. 52
Mart, 2025-Yil
423
guruh “Organik mehnat” tashkilotinin tuzdi. Ishchi va dehqonlarning harakati yanada
kuchayganligi sababli konservatorlar lagerida kuchlarning jipslashuvi yuz berdi. “yosh
konservatorlar” va “Eski konservatorlar” birlashdi. Eng qoloq dehqonlar qatlami va kichik shahar
burjuaziyasi o‘rtasida ham birlashuv ro‘y berdi. Pomeshchiklar va katolik ruhoniylar bu harakatga
o‘z munosabatini bildirmadi. Ular bir chekkadan voqealar rivojini kuzatib turdi va harakatning
yoyilib ketishidan xavotirda edilar.
O‘zlarini demokrat deb atagan polyak liberal burjuaziyasi Polshani Rossiya tarkibidan
chiqarib, gabsburgalar hukmronligi ostida Galitsiya bilan birlashtirish uchun Rossiya va Turkiya
o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvidan foydalanib qolmoqchi bo‘lishdi. 1876-yil Lvovda
ikkita tashkilot tuzildi. Bular Vatslav Koshishi boshchiligidagi “Polyak xalqining
Konfederatsiyasi” va “Kolo” tashkilotlari edi. “Kolo” tashkiloti rus-turk urushi boshlanganidan
so‘ng, Polsha hududida Podsho Rossiyasiga qarshi ozodlik kurashini targ‘ib qila boshladi. Bu ikki
tashkilot Usmonlilar hukumati bilan aloqa o‘rnatdi. Angliya hukumati Rossiya, Turkiya va
Avstriyaning Polshadagi raqobatini avj oldirish maqsadida Galitsiyadagi qo‘zg‘olonlarni qo‘llab-
quvvatladi. Angliya hukumat vakili Butler Jonson tashabbusi bilan 1877-yil Venada Polsha
burjuaziyasi va pomeshchik vakillari syezdini chaqirildi. Ularga Rossiyaga qarshi ozodlik
kurashida boshchilik qilish vazifasi yukklandi. Syezdda Adam Sapega, Aleksandr Gutri, Tadeum
Ojexovskiy va Agenor Poluxovskiydan iborat “Milliy hukumat” tuzildi
8
. Avstriya hukumati
Galitsiya polyaklari va ukrainlar o‘rtasida milliy nizo uyg‘otishga harakat qilardi. Bunday
siyosatni Avstriya hukumati polyak pomeshchik va burjuaziyasi bilan hamkorlikda olib bordi.
1863-1864 yillardagi qo‘zg‘olon bostirilganidan keyin mahalliy boshqaruvni tugatishga va
mamuriy islohot o‘tkazishga kirishdilar. 1874-yil Bergning vafotidan keyin uning vorisi graf
Kotsebu Varshava general-gubernatori etib tayinlandi. 60-yillardan Polsha podsholigida
maorifning barcha sohalarini ruslashtirish maqsadida hukumat farmoyishi qabul qilindi. 1868-yil
5-yanvardagi qarorga ko‘ra barcha polyak gimnaziyalarida darslar rus tilida olib borilishi shart
qilib qo‘yildi. 1872-yilda o‘rta maxsus bilim yurtlarida ham o‘qitish rus tilida olib boriladigan
bo‘ldi. 1871-yilda barcha texnikumda rus tilini o‘qitish boshlandi. 1876-yil Polshada birinchi rus
tilidagi kodeks qabul qilindi. Bundan tashqari sud ishlari va hamma hujjatlar rus tilida olib
boriladigan bo‘ldi. Polshadagi bu o‘zgarishlar dehqonlar noroziligini keltirib chiqardi. Tabiiyki
dehqonlar va pomeshchiklarning kelishmovchiliklarida mahalliy hokimiyat pomeshchiklar
tomonida turardi
9
.
8
Корпилов А. А. Очерки по истории общестнного движения и крестянского дела в России. М: 1965 г. стр. 505
9
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985 г стр. 239
Mart, 2025-Yil
424
Galitsiya avtonomiyasi ko‘proq yuzaki xarakterga ega edi. Bu hududlarda polyak va ukrain
pomeshchiklarining hukmronligi Avstriya byurokratiyasini kuchayishiga olib kelardi. Avstriya
hukumati pomeshchiklar orqali o‘z boshqaruvini amalga oshirib kelgan. 1890-yil martidan
boshlab Lvovda “rabotnik” nomli ro‘znoma chiqa boshladi. Bu gazetada ishchilarni birlastirish
uchun otashin chaqiriqlar yangray boshladi. Rabotnik tashviqoti tezda natija berdi va shu yilning
aprel oyida ishchilarning yirik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Politsiya namoyishlarni tezda tarqatib
yubordi va ularning aksariyati hibsga olindi. 7-aprelda Belon shahrida ko‘p ming kishilik miting
bo‘lib o‘tdi va mitingda uch mingga yaqin kishi qatnashdi. 15-aprelda Truytsa shaxtasida,
Ostrovda ish tashlashlar boshlandi. Ish tashlashlar tezda boshqa shaxtalarga ham tarqalib ketdi.
Lvovda 25-apreldan ishchilar to‘garaklari 1-mayda ish tashlashlarni boshlash uchun tayyorgarlik
ko‘ra boshladilar. Ishchilar tomonidan: “Ishchi ukrain va polyaklar!”, “Biz hammamiz uchun,
ukrain va polyak uchun!”, “1-may xalqaro do‘stlik va birdamlik kuni” deb yozilgan shiorlar
tayyorlandi va 8 soatlik ish kuni! Ish haqini oshiring! Kabi hyqiriqlar bilan boshlanib ketdi. 1890-
yil Lvov va Belonda mitinglar bo‘lib o‘tdi. Unda 4 mingdan ortiq kishi qatnashdi
10
. 1891-yilda
Avstriya sotsial-demokratlarining Vena syezdida polyak sotsialistlari ham qatnashdilar. Shu
yilning avgust oyida Bryussel shahrida II internatsionalning kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu kongressda
ham polyaklar ishtirok etishdi. 1892-yil Lvovda sotsialistlarning syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezda
Avstriya polyak sotsial-demokratik partiyasining bir qismi sifatida Galitsiya va Sileziya sotsial
demokratik partiyasi tashkil etildi. Partiya rahabrligini Ignatiy Daminskiy egalladi.
Ishchilar harakatlari anchagina kengayib ketdi. 1893-yilda Avstriya sotsial-demokratik
partiyasi tashbbusi bilan ishchilar uyushmalari rahbarligi uchun umumavstriya komissiyasi tashkil
etildi. Pomeshchik va ruhoniylarning ko‘p urinishlariga qaramay dehqonlar orasida bilimga
tashnalik uyg‘onardi. Bunda ma’lum rolni boshlang‘ich maktab o‘ynadi. Chunki o‘rta maktabda
kambag‘allar bolalari o‘qiy olmasdi. Savodli dehqonlar soni asta-sekin ko‘paya bordi.
Dehqonlarning pomeshchiklar bilan kurashi kichkina bahona sabab katta harakatga aylanishi
mumkin edi
11
. Polshada ko‘pgina G‘arbiy Yevropa mamlakatlari singari kapitalizm shiddat bilan
rivojlana boshladi. Shu bilan birga Polshada o‘rta asr sarqitlari ham saqlanib qolaverdi. Germaniya
esa polyaklarga qarshi zulmni kuchaytirib yubordi. Polshaning g‘arbiy qismi Germaniya
imperiyasining Yevropa Sharqi, Janubi, va Markazida amalga oshiradigan ekspansiyasi
tayanchiga aylanishi zarur edi
12
. Butun Polsha hududini anneksiya qilish maqsadida nemis
10
Поповой Е. И., Татариновой К. Н. Новая и новейшая история(1870-1976). М: 1978 г стр 91
11
Шустер. У. Революция 1905-1907 гг в Полши.-М: 1977г стр. 164
12
Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских землях в конце XIX начале XX века-
М: 1983г стр. 120
Mart, 2025-Yil
425
yunkerlari turli yo‘llar bilan polyak burjuaziyasiga tazyiq o‘tkazishga harakat qildi. Prussiya
hukumati muntazam ravishda Polsha g‘arbiga nemis chinovniklarini yuborib turdi va sud
apparatini qattiq nazorat qila boshladi. buning natijasida sud ishlari nemis tilida olib boriladigan
bo‘ldi. Polyak tilini davlat va ma’muriy apparatdan siqib chiqarishga harakat qilindi. 1897-yil
Bilgontsda temir yo‘l ishchilariga ish vaqtida nemis tilida gaplashish taqiqlandi. Prussiya hukumati
hatto fuqarolik holatini ro‘yxatdan o‘tkazishda ham tilida ish yuritishni taqiqlab qo‘ydi. 1905-yil
Prussiya hukumati tomonidan barcha polyak tilida bo‘lgan joy nomlarini o‘zgartirish talab qilindi.
Polyak xalqiga nisbatan nemis chinovniklari zulmi kuchaya bordi. Hatto Poznan hududida
konvertlar ustidagi manzillarni ham nemis tilida yozish talab qilindi. Maktablarda polyak tilini
siqib chiqarish, yoshlarni pruss burjua shovinizmi bilan zaharlash, bularning hammasi nemis
bosqinchilarining reaksion antipolyak niyatlarini amalga oshirish quroliga aylandi. 1900-yilning
kuzida germanlashtirish siyosatining yomonlashuvi natijasida sotsial demokratlar tashabbusi bilan
ishchilar majlislari chaqirildi va unda qarshilik haqida rezolyutsiya qabul qilindi. Yig‘ilganlarga
hukumat siyosatini polyak xalqiga polyak xalqiga bo‘lgan dushmanlik kayfiyatini fosh etadigan
so‘zlar bilan Roza Lyuksemburg va Martsin Kaspshak murojaat qilishdi. Bunday mitinglar
Xodzej, Pila va boshqa markaziy shaharlarda bo‘lib o‘tdi
13
.
Germanlashtirish siyosatiga qarshi harakatlar 1900-yil Mayntsdagi sotsial-
demokratlarning syezdida muhokama qilindi. Syezd rezolyutsiyasida Poznan deputatlari
maktablarda polyak tilida dars berish haqidagi Prussiya hukumat qarorini muhaokamaga qo‘ydilar.
Roza Lyuksemburg o‘zining “Milliy huquq himoyasida” deb nomlangan kitobida ishchilarni
birlashishga targ‘ib qildi. 1901-yil Poznan knyazligida polyak o‘quvchilarining ommaviy
namoyioshi boshlanib ketdi. Vaziyat izdan chiqa boshladi. kichkina maktab o‘quvchilarining
namoyishi polyak mehnatkashlari milliy kurashi avj olishiga turki bo‘ldi. 1901-yil Pozna va bir
qancha shaharlarda polyak adabiyoti va polyak tarixini o‘rganish to‘garaklariga qatnashishda
ayblanib katta yoshdagi o‘quvchilar va talabalarga qarshi siyosiy qatag‘onlar boshlanib ketdi.
1901-yil 21-sentabrda Roza Lyuksemburg va Marsin Kaspshakga qarshi sud harakatlari boshlandi.
Dekabrda Varshavadagi Germaniya konsullik binosi oldida norozilik namoyishi boshlandi. Shu
davrda Polshadagi qator maktablarda samoderjaviye zulmiga qarshi ommaviy chiqishlar ham
boshlanib ketdi
14
. Nemis bosqinchilarining polyak xalqining o‘z yerlaridan siqib chiqarish uchun
qilgan harakatlari qishloqlarda antipolyak kurashni keskinlashtirib yubordi. Germaniya reyxstagi
13
Пухлов Н. Н. Рабочее движение в королевстве Полском в 90-годы XIX века.-М: 1964г стр. 172
14
Пухлов Н. Н. Рабочее движение в королевстве Полском в 90-годы XIX века.-М: 1964г стр. 186
Mart, 2025-Yil
426
deputati Avgust Bebel ko‘chirish haqidagi qonun bahonasi bilan reyxstagga chiqish qilib, boy
magnatlar va pruss yunkerlarining antipolyak siyosatini qoraladi. U antipolyak siyosati haqida “Bu
siyosat nemislarning katta dushmanligidir” degan edi
15
. Ko‘chirish haqidagi qonun Poznan va
Pomore viloyatlari aholisiga ham anchagina zarar keltirdi. Bu qonun polyak dehqonlari va qishloq
xo‘jaligi ishchilarining yashash sharoitlariga juda og‘ir ta’sir etdi. 1904-yilda qabul qilingan
Ko‘chirish haqidagi qonun Germaniya imperiyasining polyak xalqiga qarshi kurash
boshlaganligini tasdiqladi
16
. XIX asr 90-yillar oxiri – XX asr boshlarida polyak ishcchilari
ekspluatatsiyaga qarshi kursha olib bordilar. Ayniqsa Poznan viloyati va G‘arbiy Polsha
hududlarida ishchilar harakatining avj olishiga Roza Lyuksemburg, Yuman Marxlevskiy va
Marsin Kaspshaklar katta hissa qo‘shdi. Lekin bunday urinishlar hukumat tomonidan
shafqatsilarcha bostirildi. Polsha XIX asr oxiri – XX asr boshlarida milliy zulm ostida ezilib keldi.
Polyak xalqi ko‘p marotaba o‘zining milliy ozodlik kurashi orqali ozodlikka erishishga urindi va
bu o‘z samarasini berdi. Birinchi Jahon urushi Polshaga anchagina zarar yetkazdi. 1918-yil
Polshani bo‘lish to‘g‘risidagi barcha bitimlar bekor qilindi va Polsha Respulikasi mustaqilligi
e’lon qilindi.
Shuni xulosa qilish mumkinki XIX asr oxiri XX asr boshlarida Polsha davlati yirik
mustamlakachi davlatlarning mustamlaka tuzog’iga tushib qolgandi. Bu asorat Polshda Birinchi
jahon ururshi yakunigacha davom etdi. Urushdan keyin qayta tiklangan Polsha davlati o’z hududiy
yaxlitligini Versal-vashington tizimi orqali mustahkamlab ko’rishga harakat qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских
землях в конце XIX начале XX века- М: 1983г
2.
Костюшка И. И. Разложение феодальных щетщшений и развитие капитализма в
селском хозействе Царства Полского- М: 1954г
3.
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г
4.
Палкин И.С., Ерофеев Н.А., Ефимова А.Л. Новая история 1871-1917.-М: 1984г
5.
Корпилов А. А. Очерки по истории общестнного движения и крестянского дела в
России. М: 1965 г.
6.
Миска. М. Полського восстании 1863 год. М: 1952 г.
15
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 583
16
Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 584
Mart, 2025-Yil
427
7.
Xayrullayev, U. (2024). THE IDEA THAT MADE THE OTTOMAN STATE GREAT
(RED APPLE II). Modern Science and Research, 3(2), 1071-1073.
8.
Xayrullayev, U. (2024). BRIEFLY ABOUT THE" RED APPLE" MYTHOLOGY OF
THE TURKS. Modern Science and Research, 3(1), 568-572.
9.
Umidjon, X. (2024). Literacy and Information Exchange in the Ancient East and West.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),
179-183.
10.
Xayrullayev, U. (2024). THE POSITION OF CENTRAL ASIAN GOVERNORSHIPS
DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND THE ARAB INVASION.
11.
Xayrullayev, U. (2024). EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGIDA
HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI. Modern Science and Research, 3(12), 843-851.
12.
Xayrullayev, U. (2024). TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA
O’RTA OSIYO HOKIMLIKLARINING MAVQEYI. Modern Science and Research,
3(12), 339-343.
13.
Xayrullayev, U., Sayfutdinov, F., & Rahmonova, S. (2025). SHAYBONIYLAR
DAVLATI VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI
ALOQALAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 4(1), 147-154.
14.
Xayrullayev, U. (2025). BUXORO VILOYATINING IQTISODIY HOLATI (1990-1991
YILLAR). Modern Science and Research, 4(1), 1018-1024.
15.
Umidjon, X. (2023). 1918-1939-yillarda Polshaning ichki siyosatidagi o'zgarishlar.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
16.
Xayrullayev, U. F. (2023). 1918-1939 YILLARDA POLSHANING ICHKI
SIYOSATIDAGI O ‘ZGARISHLAR. SCHOLAR, 1(28), 337-340.
17.
Xayrullayev, U. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA BUXORO VILOYATIDAGI
IJTIMOIY HOLAT. Modern Science and Research, 4(2), 1186-1193.
18.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
19.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
20.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK
ROAD.
Analytical Journal of Education and Development
,
4
(10), 293-297.
Mart, 2025-Yil
428
21.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING
MARKAZIY
OSIYOGA
TA'SIRI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 556-564.
22.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY.
Modern Science and Research
,
2
(9), 145-149.
23.
Boltayev, O. (2025). TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING
SHAKLLANISHI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 909-917.
24. Ярашова, М. . (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ. Modern Science and Research, 3(10), 362–368.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
25. Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ. Modern Science and Research, 3(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
26. Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari. Miasto
Przyszłości,
52,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
27. Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 3(12),
621–632.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/58456
28. Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ. Modern
Science
and
Research,
4(1),
160–168.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60323
29. Yarashova, M., Sa’dullayev, U., & Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL. Modern
Science
and
Research,
4(1),
600–607.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/64116
30. Yarashova , M. ., & Sultonova, M. (2025). BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI
KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR. Modern Science and
Research, 4(1), 352–358. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/63674
Mart, 2025-Yil
429
31. Yarashova, M. (2025). EDVARD TAYLOR –ETNOLOGIYADA EVOLYUTSIONISTIK
MAKTAB ASOSCHISI. Modern Science and Research, 4(2), 1005–1012. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68483
32. Yarashova, M., Yuldosheva, F., & Haqqulov, M. (2025). TA’LIM OLISH TARTIBI:
YANGILANISH VA O’ZGARISHLAR. MASOFAVIY, DUAL VA INKLYUZIV
TA’LIM. Modern Science and Research, 4(2), 73–33. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70712
34. Haqqulov, M., Yarashova, M., & Yuldosheva, F. (2025). ТARIXIY
KARTOGRAFIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI, SHAKLLANISHI VA
TARAQQIYOTI. Modern Science and Research, 4(2), 81–91. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70714
35. Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. . (2025). O‘RTA ASRLARDA G‘ARBIY
YEVROPADA SHAHAR-QAL’A, SHAHAR-CHERKOV, SAVDO O‘BYEKTI
AHAMIYATIGA OID SHAHARLARNING VUJUDGA KELISHI. Modern Science and
Research, 4(3), 122–131. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/71868
36. Yarashova , M. . (2025). IBN ARABIYNING INSON BORLIG‘IGA DOIR
QARASHLARI: ILM, RUH VA HAQIQAT. Общественные науки в современном
мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 72–74. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/64262
37. Gulyamov, A., Yarashova, M., & Karimov, S. (2025). РОЛЬ ХАНА УЗБЕКА В
РАСПРОСТРАНЕНИИ ИСЛАМА В ЗОЛОТОЙ ОРДЕ. Modern Science and Research,
4(3),
146–154.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/72380
38. Yuldosheva, F., Haqqulov, M., & Yarashova, M. (2025). QADIMGI TURKIY
XALQLARDA “QUT” MAROSIMI XUSUSIDA. Modern Science and Research, 4(3),
132–136.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/72375
32 . Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA
BUXORODA ILM – FANNING RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
39. Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
Mart, 2025-Yil
430
40. Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY
ART
AND
ARMY
STRUCTURE
OF
KHOREZMSHAHS
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58.
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
41. Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
42. Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
43. MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4
(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
44. XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE,
PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE, 2(4),
463-
https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
45. Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li. (2024). The coronation and campaigns of Alexander The
Great. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА,
https://doi.org/10.5281/zenodo.11222912
46. Muyiddinov Bekali. (2024). COVERAGE OF LEGAL ISSUES IN "AVESTO".
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6),
https://doi.org/10.5281/zenodo.12191420
47. MUYIDDINOV BEKALI, & QORYOG’DIEV Z. (2022). ABOUT THE CONQUEST OF
BUKHARA BY THE KHOREZMSHAHS. International Journal of Philosophical Studies
and
Social
Sciences, 2(3),
158–161.
Retrieved
from
https://www.ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/383
48. Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li. (2024). History of State Institutions in the Kushan State,
Which Founded Statehood on the Territory of Central Asia. EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 184–188. Retrieved from
Mart, 2025-Yil
431
49. Bahodir o’g’li, M. B. (2024). Avesto is an Ancient Written Monument Containing
Information About the Life of the Peoples of Central Asia.
Miasto Przyszłości
,
53
, 970–
975. Retrieved from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4982
50. Muyiddinov Bekali. (2024). SOMONIYLAR DAVLATIDA HARBIYLARGA
BERILGAN E'TIBOR VA HARBIY SAN'AT.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209121
51.
Muyiddinov
Bekali.
(2024).
O'ZLIKNI
NAMOYON
QILISHDA
XALQ
DOSTONLARINING AMALIY AHAMIYATI VA KITOBIY DOSTONLARNING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14528916
52. Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid
o'g'li.
(2025).
IBN
SINONING
FALSAFIY
https://doi.org/10.5281/zenodo.14605977
53. Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA MILLIY
TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606021
54. Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun
Obid o'g'li. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA 1900-1910-YILLARDAGI IJTIMOIY-
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606101
55. Muyiddinov Bekali. (2025). ILK O'RTA ASRLARGA OID MUG' ARXIVINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14680881
56. Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li, & Tursuntoshova Sabrina Toshpo'lat qizi. (2025). ABU
RAYHON
BERUNIY
ILMIY
MEROSIDA
TARIX
FANINING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14735052
57. Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI. Journal of new
century innovations, 35(1), 79-80.
58. Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL
DEVELOPMENT OF SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 755–757.
59. Sadullayev, U. . (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD
MANAGEMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132–135.
60. Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI
SHAKLLANISHIDA MILLIY TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI. Modern
Science and Research, 4(1), 59–67.
61. Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). IBN SINONING FALSAFIY
QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 52–58.
Mart, 2025-Yil
432
62. Sadullayev , U. (2024). Zamonaviy o’zbek mahallalarida ijtimoiy o’zgarishlar. Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(10), 284–294.
