909
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING SHAKLLANISHI
Boltayev Oxun Obid o’g’li
Osiyo Xalqaro Universiteti “Ijtimoiy fanlar va texnika“ fakulteti,
Tarix va filologiya kafedrasi, o’qituvchisi
email:
9690798@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14741425
Annotatsiya. Ushbu maqolada tarix fanining shakllanishi, uning qadimiy manbalarga
asoslangan rivojlanish jarayoni va O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy o’rni haqida fikr yuritilgan.
Tarixning yozma manbalari paydo bo’lishidan avvalgi davrda epik asarlar asosiy tarixiy
ma’lumot manbasi bo’lib xizmat qilgani, yozuvning kashf etilishi esa tarixshunoslikka yangi
yo‘nalish ochgani ta’kidlanadi. Zardushtiylikning tarixi, qadimgi yunon va rim tarixchilari
asarlaridagi O’rta Osiyo ko‘chmanchi qabilalari haqidagi ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan.
Kalit so’zlar: Tarix fani, Zardushtiylik, O’rta Osiyo, epik asarlar, yozma manbalar,
Gerodot, skiflar, eftalitlar, Turk xoqonligi, O’rxun bitiklari, tarixshunoslik, Xitoy manbalari.
THE FORMATION OF WRITTEN AND ORAL SOURCES FOR THE SCIENCE OF
HISTORY
Abstract. This article considers the formation of the science of history, its development
based on ancient sources, and the historical place of the peoples of Central Asia. It is emphasized
that epic works served as the main source of historical information in the period before the
emergence of written sources of history, and the discovery of writing opened a new direction for
historiography. The history of Zoroastrianism, information about the nomadic tribes of Central
Asia in the works of ancient Greek and Roman historians was studied.
Keywords: History, Zoroastrianism, Central Asia, epic works, written sources, Herodotus,
Scythians, Hephthalites, Turkic Khaganate, Orkhon inscriptions, historiography, Chinese sources.
ФОРМИРОВАНИЕ ПИСЬМЕННЫХ И УСТНЫХ ИСТОЧНИКОВ
ИСТОРИЧЕСКОЙ НАУКИ
Аннотация. В статье рассматривается становление исторической науки, ее
развитие на основе древних источников, историческая роль народов Средней Азии.
Подчеркивается, что эпические произведения служили основным источником
исторических сведений в период до появления письменных источников истории, а
открытие письменности открыло новое направление историографии. Изучена история
зороастризма и сведения о кочевых племенах Средней Азии в трудах древнегреческих и
римских историков.
910
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Ключевые слова: История, зороастризм, Средняя Азия, эпические произведения,
письменные источники, Геродот, скифы, эфталиты, Тюркский каганат, Орхонские
надписи, историография, китайские источники.
Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo’lgan? Ushbu savolga javob olish uchun antik,
ya’ni qadimgi yunon-rim manbalariga murojaat qilinadi. Yozuv vujudga kelgunga qadar epik
asarlar (“epos” – grekcha so’z bo’lib, “doston”, “rivoyat” va “afsona” ma’nolarini anglatadi)
tarixni o’rganish uchun yagona manba hisoblangan (masalan, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”,
Markaziy Osiyo xalqlarining “Alpomish”, “Manas” va “Go’ro’g’li” dostonlari bilan birga rus
bahodirlari haqidagi Vladimir, Muromli Ilya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi xalq
eposlari yoki “Igor polki jangnomasi”). Yozuv ixtiro qilinganidan so’ng tosh yoki binolardagi
bitiklar va yilnomalar eng qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O’sha davrlardagi
voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar, keyinchalik xattot va
shoirlar tomonidan qayta-qayta ko’chirilgan yoki og’izdan-og’izga ko’chib, bizgacha yetib kelgan
asarlar qadimiy manba hisoblanadi. Chamasi, o’z yozuviga ega bo’lgan barcha xalqlarda bitiklar
va yilnomalar uchraydi. 1. Zardushtiylik − insoniyat madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan
dunyodagi eng qadimgi dinlardan biridir. Ayni vaqtda, zardushtiylik eng murakkab, o’z navbatida
tushunish qiyin bo’lgan dinlardan hisoblanadi. Bundan 2700- yil muqaddam Osiyo dashtlarida
vujudga kelgan ushbu din Erondagi uch qudratli (Kayoniylar, Ahamoniylar va Sosoniylar)
davlatlarda uzoq asrlar hukm surgan din bo’lishi bilan birga, u juda ko’p Sharq mamlakatlari,
xususan, Markaziy Osiyoda ham tarqalgan edi. Yevropada Zardushtiylik ta’limoti antik davr –
qadimgi zamonlardayoq katta qiziqish uyg’otgan, Zardusht va uning ta’limoti haqida ko’pchilik
yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozganlar. Sosoniylar davrida,
ya’ni III–VII asrlarda zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto” matnlari o’rta forsiy tilga
ko’chirila boshlagan vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug’ila boshlagan edi. Shuni
ta’kidlash mumkinki, miloddan avvalgi I asrda yaratilgan “Shahrihoyi Eron”, “Denkard”,
“Bundahishn” va “Ardavirafnoma” kabi pahlaviy tilida bitilgan kitoblar hamda sharhlar
avestoshunoslikning muqaddimasidir. Saklar, massagetlar, toxarlar va qadimgi Qanxa xalqi,
ularning ijtimoiyiqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni
“Maxabxarata”da ham uchratish mumkin. “Maxabxarata” (“Bxarata avlodlari jangnomasi”)
sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Asar mil.avv.
X–VIII asrlarda yaratilgan bo’lib, unda afsonaviy shoh Bxarataning ikki toifa avlodlari – kavravlar
va nandavlarning o’zaro adovatlari hamda urushlari bayon etiladi. Asarda, jumladan, uzoq
Hindistonga, fikrimizcha, savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toxarlar va qanxaliklar haqida
ushbu muhim ma’lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudxishtra) eshigi oldida boshqa xalqlar
911
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
bilan birga saklar, toxarlar va qanxaliklar ham navbat kutib turardilar. Paxmoq soqol, peshonalari
shoxlar bilan bezatilgan, qo’llarida turli-tuman sovg’alar – jun, rangu, ipak va patta (oq qayinning
bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolar, paxtadan to’kilgan gazlamalar, mayin,
nafis terilar, uzun va o’tkir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar,
xushbo’y narsalar, turli-tuman qimmatbaho toshlar”. Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida
O’rta Osiyoning chorvador xalqlari haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Ushbu xalqlar tarixini
yozish Gomer va Esxil kabi adiblar tomonidan boshlangan. Lekin, skif (sak va massaget)lar haqida
keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi
Gerodot beradi. Kvint Kursiy Ruf (milodiy I asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr),
Pompey Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II–I asrlar) kabi muarrixlar ham
O’rta Osiyo ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf-odatlari va mashg’ulotlari to’g’risida
ma’lumotlar beradi. Antik tarixchilardan Strabon (mil.avv. I asr) birinchi bo’lib O’rta Osiyo
ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida hududiy joylashishiga qarab,
mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning yozishicha: “Skiflarning katta qismi Kaspiydan
boshlab sharqqa tomon daxlar deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”. Miloddan
avvalgi VI–IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan chorvador ko’chmanchilar ekanligi
ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan avvalgi IV-II asrlar) saklarning statsionar
manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Gerodotning “Tarix” asari.
Gerodot – miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi bo’lib, garchi o’zi bayon
qilayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri ifodalashi, o’zga xalqlar
va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi.
Gerodotning asarida Markaziy Osiyoning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, issedonlar,
massagetlar, skiflar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni
mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Yunon muarrixlari bergan
ma’lumotlarga qaraganda, skiflar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Gerodot:
“Ular bug’doy, piyoz, sarimsoq va mosh iste’mol qilganlar. Ular bug’doyni faqat o’zlari
uchungina ekib qolmasdan, balki savdo-sotiq uchun ham ekardilar”, – deb yozgan edi. Gerodot
skiflarning chorvachilik ishlariga ham qiziqib qaraydi. Uning qayd etishicha, ko’chmanchi skiflar
ko’chganda qulay bo’lishi uchun namatdan g’ildirakli arava – uy yasab olar edilar. Yuk tashishda
ular otlardan tashqari mollardan ham foydalanganlar. Gerodotning fikricha, skiflar kuchli davlatga
ega edi. “Tarix” asarining Shteyn tomonidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869–1871 yillarda chop
etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856–1860 yillar) hamda rus (F. G. Mishchenko,
Moskva, 1858–1860 yillar) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga
oid qismlari zarur izohlar bilan A. I. Dovatur, D. P. Kallistov va I. A. Shishova tomonidan
yangidan nashr etilgan. V asr o’rtalarida Eftalitlar davlati shakllanishi oxiriga yetdi. Eftalitlar davri
912
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
bo’yicha asosiy manbalar rimlik tarixchi Ammian Marselin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk
Paniyskiy, Prokopiy Kesariyskiy va Feofan Vizantiyskiy asarlaridir. Suriyalik yozuvchi Zenob
Glakning yunon tilida yozilgan “Eftalit podshohlari tarixi” asari ham asosiy manba hisoblanadi.
Eftalitlar tarixi bilan shug’ullanuvchilar ko’pchilikni tashkil etsada, ularning etnik tarkibi,
tabiati haqida nuqtai nazar mavjud emas. Eftalitlar turli tillarda turlicha nomlanadi: kitoblarda ye-
da yoki i-da, armanlarda xeptal, idal, tetal, arablarda – xaytal, yaftal, yunonlarda – adel, eftalit,
suriya manbalarida – abdel, eftalit, o’rta fors tilidagi manbalarda – yeftal, xeftal, tojik-fors tilidagi
manbalarda – xetal, xaytal. Xitoy manbalarda eftalitlarning kelib chiqishi haqida juda ko’p
taxminlar bor, lekin ular bir-biriga qarama-qarshidir. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki,
eftalitlarning kelib chiqishi va so’zning ma’nosi to’g’risida tarixchilar o’rtasida yagona fikr yo’q.
VI asr o’rtalariga kelib Markaziy Osiyoda yirik ko’chmanchilar davlati – Turk xoqonligi
tarkib topdi. Ushbu davrga oid ma’lumotlar yetarli, biroq ular bir-biriga qarama-qarshi va aniq
ma’lumotlar bermaydi. Mazkur davrga oid voqealar Tabariyning “Tarix ar-rasul va-l mulk” va
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asrida ham bayon etilgan. Turk xoqonligi bilan bog’liq ba’zi
masalalar I. Bichurin, V. V. Bartold, A. Yakubovskiy, A. Bernshtam va boshqa olimlarning
asarlarida bayon qilingan. “Turk” atamasi etnik mazmunni anglatmay, bir necha qabila va xalq
birlashuvini bildiruvchi siyosiy atama sanalgan. S. P. Tolstovning fikricha, “Turk” so’zi “yosh,
uylanmagan jangchi” ma’nosini anglatadi. Ushbu so’z qabila an’analari va nihoyat siyosiy jihatdan
birlashgan xalqlarning umumiy nomiga aylangan. Yozuv insoniyat tarixida muhim ahamiyat kasb
etgan. Yozma yodgorliklar ham insoniyat tarixida o’ziga xos o’rin tutadi. Turkiy xalqlar tarixini
o’rganishda yozma manbalar, ular orasida O’rxun daryosi qirg’oqlaridan topilgan yozuvlar muhim
manba vazifasini o’taydi. Ushbu bitiklarni o’qish daniyalik olim Vilgelm Tomson va rossiyalik
olim V. V. Radlovlar zimmasiga tushdi. 1893- yilning oxirida V. Tomson O’rxun daryosi
qirg’oqlaridan topilgan yozuvlarni o’qiganligi haqida Daniya qirolligi FA yig’ilishida axborot
berdi. Tomsondan keyin Radlov ham 1894- yil 19- yanvarda Rossiya FA yig’ilishida Kulteginga
bag’ishlangan bitiktoshni o’qiganligi haqida ma’lumot berdi. V. Tomson va V. Radlovlardan keyin
bitiktoshlarni turli tillarga tarjima qilish hamda nashr etish ishlari bilan M. P. Melioranskiy, S. Ye.
Malov va I. V. Stebleva shug’ullandilar. Bu borada o’zbek olimlaridan A. Fitrat, O. Sharofiddinov,
A. Qayumov, T. Salimov, G’. Abdurahmonov va A. Rustamovlarning xizmati katta. Yurtimiz
tarixini o’rganishda Xitoy manbalarining ham ahamiyati katta. Miloddan avvalgi II asrda yashagan
xitoy tarixchisi Sima Syan o’tgan davr davomida bitilgan va saqlanib qolgan xotiralarni jamlash
hamda o’rganish asosida o’zinig mashhur “Tarixiy xotiralar” nomli asarini yozgan edi. Shundan
so’ng Xitoyda tarixiy asarlarni yozish tez rivojlandi. Milodiy 319- yildan boshlab tarixshunoslikka
oid asarlar ham vujudga kelgan.
913
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Xitoyda yaratilgan “Ershi sishi” (24 tarix) asari 3,5 ming yillik tarixiy voqealarni o’z ichiga
oladi. 24 ta tarixiy asar xoqonlar nazorati ostida bitilganligi uchun uning o’ziga xos kamchiliklari
mavjud. Masalan, ayrim voqealarni bayon etish va ularga baho berishda hukmron sulola manfaati
ustun qo’yilgan, o’zgalarning nuqtai nazari hamda manfaati hisobga olinmagan. Ushbu
manbalarning Turkiston tarixi uchun benihoya ahamiyati – bulardan boshqa manbalarda
uchramaydigan ma’lumotlarning mavjudligidir. Turkiston tarixi bilan bog’liq xitoy manbalarini
o’rganishda va tarjima qilishda Rossiya olimlari ichida N. Ya. Bichurinning xizmati benihoya
katta. O’zbekistonda Xitoy manbalarini o’rganish bo’yicha Ablat Xo’jaevning tadqiqodlari muhim
ahamiyatga ega.
REFERENCES
1.
Bartold, V. V. Markaziy Osiyo tarixiga oid tadqiqotlar. Moskva, 1963.
2.
Avesto. Zardushtiylik va uning diniy an’analari. Toshkent, 2001.
3.
Gerodot. Tarix. Moskva, 1989.
4.
Obid o'g'li, B. O., & Zaynievich, O. M. (2024). BUXORO VA JUNG'OR XONLIKLARI
O'RTASIDA SIYOSIY MUNOSABATLAR TARIXI.
5.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
6.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
7.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK
ROAD.
Analytical Journal of Education and Development
,
4
(10), 293-297.
8.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING
MARKAZIY
OSIYOGA
TA'SIRI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 556-564.
9.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY.
Modern Science and Research
,
2
(9), 145-149.
10.
Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar tarixi.
Science and Education, 3(10), 385-389.
11.
Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of Uzbekistan
during the Years of Soviet Authority. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.
914
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
12.
Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High Seljuk
Empire Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World. Miasto Przyszłości, 53, 956-
959.
13.
Haqqulov, M. (2024). O ‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK ORZUSI
BO‘LGAN “TURKISTON MUXTORIYATI”. Modern Science and Research, 3(12), 609-
613.
14.
Yunus ogli, H. M. (2023). QАDIMGI МЕSОPОTАMIYA SHАHАR-DАVLАTLАRI
O'RTАSIDАGI O'ZАRО MUNОSАBАTLАR.
15.
Haqqulov, M. (2024). TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI. Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice, 2(11), 154-159.
16.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI. Modern Science and Research, 4(1), 221-227
17.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY
SОHАLАRIDА
ОILАNING RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
18.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL
OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
19.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in
the Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
20.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
21.
Nozimov, J. T., & Usmanova, M. N. (2022). SOCİO-PSYCHOLOGİCAL ASPECTS OF
INTERNET ADDİCTİON AMONG STUDENTS. Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования, 1(10), 49-51.
22.
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDREN FOR FORMATION OF
DEVELOPMENT FOR PREPARATION FOR UNIVERSITY. (2024).
Multidisciplinary
Journal of Science and Technology
,
4
(5), 575-578.
23.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
24.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
25.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
915
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
26.
Umidjon,
X.
(2023).
1918-1939-yillarda
Polshaning
ichki
siyosatidagi
o’zgarishlar.
Центр Научных Публикаций (buxdu.Uz)
,
42
(42). извлечено от
https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/10963
27.
Umidjon
Xayrullayev.
(2024).
THE
POSITION
OF
CENTRAL
ASIAN
GOVERNORSHIPS DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND THE
ARAB INVASION. https://doi.org/10.5281/zenodo.13958464
28.
6. Xayrullayev Umidjon Fayzullo o'g'li. (2024). LEGITIMACY OF RULERSHIP IN THE
STATE OF CENTRAL ASIA AND IRAN IN ANCIENT TIMES AND THE EARLY
MIDDLE AGES. https://doi.org/10.5281/zenodo.14222295
29.
Юсупович, К. С. (2024). КРАТКИЙ ОБЗОР НА ВЗАИМООТНОШЕНИЯ
УЗБЕКИСТАНА И ДВИЖЕНИЯ “ТАЛИБАН”, НА ФОНЕ ЗАХВАТА ТАЛИБАМИ
ВЛАСТИ В АФГАНИСТАНЕ В 2021 ГОДУ.
TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
4
(11),
227–229.
Retrieved
from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/12432
30.
Yusupovich, K. S. (2024). Abu Hafs Kabir and the Spread of the Hanafi Madhhab in
Transoxiana.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(9),
204–207.
Retrieved
from
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/4079
31.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345. https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
32.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
33.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY
ART
AND
ARMY
STRUCTURE
OF
KHOREZMSHAHS
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58.
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
34.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
35.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
916
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
36.
MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4
(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
37.
XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE,
PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE, 2(4),
463-
https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
38.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li. (2024). The coronation and campaigns of Alexander
The Great. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И
https://doi.org/10.5281/zenodo.11222912
39.
Muyiddinov Bekali. (2024). COVERAGE OF LEGAL ISSUES IN "AVESTO".
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6),
https://doi.org/10.5281/zenodo.12191420
40.
MUYIDDINOV BEKALI, & QORYOG’DIEV Z. (2022). ABOUT THE CONQUEST OF
BUKHARA BY THE KHOREZMSHAHS. International Journal of Philosophical Studies
and
Social
Sciences, 2(3),
158–161.
Retrieved
from
https://www.ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/383
41.
Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). SPIRITUAL AND EDUCATIONAL REFORMS
ARE
THE
FOUNDATION
OF
A
NEW
UZBEKISTAN.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14503228
42.
Rahmonova, S. (2023). DYNAMICS AND MAIN DIRECTIONS OF SPIRITUAL AND
CULTURAL EFORMS IMPLEMENTED IN UZBEKISTAN. Modern Science and
Research, 2(10), 850-854.
43.
Rahmonova, S. (2023). YANGI O ‘ZBEKISTONDA MA’NAVIY-MADANIY
ISLOHOTLAR. Current approaches and new research in modern sciences, 2(10), 40-43.
44.
Rahmonova,
S.
(2023).
YUKSAK
MA’NAVİYATLİ
AVLOD-UCHİNCHİ
RENESSANS BUNYODKORLARİ. Наука и технология в современном мире, 2(3),
76-79.
45.
Rahmonova, S. (2024). THE REFORMS IMPLEMENTED IN NEW UZBEKISTAN ARE
THE FOUNDATION OF THE THIRD RENAISSANCE. Modern Science and Research,
3(2), 394-399.
46.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports,
1(7).
917
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
47.
Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA
O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI.
Modern Science
and Research
,
4
(1), 177-186.
48.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ
ALLOMALARINING
DIDAKTIK
QARASHLARI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 985-993.
49.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 994-1003.
50.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
51.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
52.
Toshpo’latova,
S.
(2024).
TARIX
FANINI
O’QITISHDA
SAMARALI
METODLAR.
Modern Science and Research
,
3
(11), 774-782.
53.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.
Журнал универсальных
научных исследований
,
2
(5), 453-462.
54.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.
Modern Science and
Research
,
3
(5), 522-529.
55.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 353-361.
56.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.
Modern Science And Research
,
3
(5), 148-151.
57.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.
Modern Science and Research
,
3
(2), 447-450.
58.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.
SPAST
Reports
,
1
(7).
59.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.
European Journal Of Innovation In
Nonformal Education
,
4
(3), 432-437.
60.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.
Innovations in Technology and
Science Education
,
2
(8), 1214-1222.
