ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
146
OILA PSIXOLOGIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Mambetiyarova Venera Reyimbaevna
Qoraqalpoq davlat universiteti o’qituvchisi.
Sirgabaeva Nargiza
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15150812
Annotatsiya.
Ushbu maqola oilaviy hayot psixologiyasining jamiyatdagi ahamiyati va
oilaning ijtimoiy funktsiyalari haqida tadqiqotlarga asoslangan holda oila psixologiyasi
ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Oila psixologiyasining asosiy tushunchalari
hozirgi zamon oilalarining tipologiyasi va funksiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan
tadqiqotlarni jamlagan holda tadqiqotlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Shu bilan birgalikda
maqolada oilalarning funktsional imkoniyatlariga ko‘ra psixologik darajalari hamda noto‘liq
oilalar shakllanishining o‘ziga xos ko‘rinishlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, oila
psixologiyasi bo’yicha tadqiqotlar olib borilgan metodikalarga asoslangan holda psixologik
yondashuvga asoslangan holda tadqiqot natijalari keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Oila, oila psixologiyasi, psixologiya, tarbiya, ta’lim, komil inson, ma’naviy
yetuklik, ruxiy holat, psixologik suhbat.
BASIC CONCEPTS OF FAMILY PSYCHOLOGY
Abstract:
This article presents information about the importance of family psychology in
society and the social functions of the family, based on research on the importance of family
psychology. The main concepts of family psychology are the main research topics, which are
devoted to the analysis of the typology and functions of modern families. At the same time, the
article also touches on the psychological levels of families according to their functional
capabilities and the specific manifestations of the formation of dysfunctional families. Also, the
results of research on family psychology, based on the methods used in research on the
psychological approach, are presented.
Keywords:
Family, family psychology, psychology, upbringing, education, perfect
person, spiritual maturity, mental state, psychological interview
.
ОСНОВНЫЕ ПОНЯТИЯ СЕМЕЙНОЙ ПСИХОЛОГИИ
Aннотация.
В данной статье представлена информация о значении семейной
психологии в обществе и значении семейной психологии на основе исследования
социальных функций семьи. Мы провели исследование, обобщив основные понятия
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
147
семейной психологии и проанализировав типологию и функции современной семьи. При
этом в статье уделяется внимание психологическим уровням семьи в зависимости от их
функциональных возможностей, а также специфическим проявлениям формирования
неблагополучных семей. Также представлены результаты исследования, основанного на
психологическом подходе, основанном на методах исследования семейной психологии.
Ключевые слова:
Семья, семейная психология, психология, воспитание,
образование, совершенный человек, духовная зрелость, психическое состояние,
психологическая беседа.
Kirish
Oila psixologiyasi, psixologiya sohasidagi bir yo'nalish bo'lib, oila a'zolarining o'rtasidagi
aloqalarni, ularga ta'sir qilish tizimlarini, oiladagi muammolar va muammo-halokatlarni
o'rganish bilan shug'ullanadi. Bu soha oiladagi odamlar o'rtasidagi munosabatlarni, ota-onalar
bilan farzandlar, aka-ukalar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganib, tahlil qiladi va ularga yordam
beradi. Oila psixologiyasi, oiladagi muammolar va muammo-halokatlarni tahlil qilish, oila
a'zolari orasidagi munosabatlarni mustahkamlash va oila a'zolarining yanada yaxshi bo'lishiga
yordam berish maqsadida qo'llaniladigan tadqiqotlardan foydalanadi. Dastlab farzand
muammosiga qaratilgan diqqat, asta-sekin mijozning shaxsiy muammolariga ko‘cha boshlaydi.
Biroq psixolog, yaxshi anglaydigan bunday muammo, holatni, otaonalarning o‘zlari yaqqol
tushunadilar, deb ham bo‘lmaydi. Shuning uchun mijoz psixologga murojaatining asl sababini
o‘zi his etishi, anglashi maqsadga muvofiqdir. Bu sohada, oila a'zolari o'rtasidagi
kommunikatsiya, oiladagi farovonlik, o'zaro yordam va qo'llab-quvvatlash, muammo va
muammolar yechish, tarbiya va o'qitish usullari kabi mavzular o'rganiladi. Oila psixologiyasi
oilada farzand tarbiyasida, yosh avlodning bilimli, ma’naviyatli va komil insonlar bo’lib
yetishishida, muammoli holatlarni oldini olishga yordam beradi. Oilaning muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan yana bir funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqiy,
estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo‘yish
bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona san’atkor,
bola - san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Jamiyatning komil fuqarosini
shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki
shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
148
Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy
me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Oila psixologiyasi fan sifatida
oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda
qarindosh-urug’chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret
vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo`lishini o`rganadi. Ijtimoiy
psixologiyaning amaliy tarmog’i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a’zolari o`rtasidagi
munosabatlarning – mehribonlik, g’amxo`rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo`ysunish,
yetakchilik kabi o`ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsiomtiva va o`zaro ta’sirning jinsga oid
qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh urug’lar o`rtasidagi hissiy-emotsional
bog’liqlikni, oilaviy ro`zg’or yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog’liq bo`lgan
psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o`rganadi.
Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o`zaro
qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila – ro`zg’or yuritishlari, bahamjihatlikda hayot
kechirishlarini o`rganuvchi fan tarmog’idir. Ijtimoiy psixologiya oila psixologiyasini
o`rganganda, unga jamiyatning bir bo`g’ini, kichik ijtimoiy guruh sifatida qaraydi. Shu sababli
ham konkret izlanishlarda uning paydo bo`lishi, mavjudligiga asos bo`luvchi omillarni va
tugashi bilan bog’liq holatlarga e’tiborni qaratadi. Zero, oila a’zolari o`rtasidagi munosabatlar bir
qarashda emotsional hissiyotlarga asoslanganga o`xshasa-da, aslida bir insonning ikkinchisiga
ko`ngil qo`yishi, tanlashi, birgalikda umr kechirishi jarayoni ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga
to`la bo`ysunadi. Ayrim olimlar, masalan, frantsuz tadqiqotchisi Le Ple o`z vaqtida oilada sof
psixologik qonuniyatlardan tashqari, ro`zg’orni boshqarish, farzandlar soni va tarkibiga ko`ra
oila byudjetining o`zgarishlarini inobatga olib, uni ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar maskani deb
atashni ham taklif etgan. Uning fikricha, oilaviy o`zaro munosabatlar nihoyatda o`zgaruvchan
bo`lib, ular zamon va davr ta’sirida, oila a’zolarining soni va sifatiga bog’liq tarzda tinimsiz sifat
o`zgarishlarini boshdan kechirishini, hattoki, er-xotin o`rtasidagi odatiy munosabatlar yillar
tazyiqi, jamiyat normalari, sanoatning rivoji yoki ma’naviyatning tanazzuli ta’siri ostida
boshqacha tus olishi mumkinligini, ota-ona – bola munosabatlari tizimi, bunda hattoki, otaning
avtoriteti ham o`zgarib borishi, yaqin qarindoshlar o`rtasidagi psixologik masofa yillar o`tishi
munosabati bilan uzoqlashib ketishini ta’kidlaydi. Oila psixologiyasining muhim mavzularidan
biri oila tuzilishi va o'zaro aloqalaridir. Bu sohada, oila a'zolari o'rtasidagi aloqalar, ota-onalar
va farzandlar, erkak va ayollar o'rtasidagi aloqalar, ukalar o'rtasidagi munosabatlar, oila
a'zolarining o'zaro qo'llab-quvvatlash jarayoni va o'zaro yordam kabi tushunchalar o'rganiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
149
Bolaning kelajagi, uning shaxs bo`lib kamol topishi ko`p jihatdan ota-ona oilasi, u
to`g’rida farzandda shakllangan tasavvurlarga bog’liq ekanligi psixologlar tomonidan ancha
batafsil o`rganilgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bolaning o`z oilasi to`g’risidagi tasavvurlari
ko`pincha ota-onaning tasavvurlari va asl holat bilan qisman mos keladi. Odatda ota-ona o`z
farzandi uchun qo`lidan kelgan barcha choralarni ko`rayotganday, buni bola anglashini va undan
hamisha minnatdor bo`lishi kerakligini kutadi, lekin bolalar bu xususda turlicha tasavvurga ega
bo`ladilar. Bola tajribasining asoslaridan biri undagi ota-ona oilasi ta’sirida shakllanadigan
ijtimoiy fe’l-atvordir. Ya’ni, o`zaro ishonch, o`zini-o`zi baholash, oila psixologiyasining asosiy
kontseptsiyasi ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari ta’sirida bola ongida shakllanadigan
hislatlardir. Bola ota-onasining o`zaro muloqotlariga qarab, umri mobaynida kuzatib, bilib-
bilmay ularga taqlid qilib, tinchlik – xotirjamlikda, o`zaro hamjihatlikda yashashga o`rgansa,
aka-uka, opa-singillariga qarab, jamiyatdagi murakkab o`zaro muomala holatlarida o`zini qanday
tutishga o`rganadi, hayotning ma’nosini tushunib boradi, dunyoqarashi, dunyoviy hamda diniy
e’tiqodlarining shakllanishi ham ayni shu munosabatlar ta’sirida ro`y beradi. Er-xotin
munosabatlari avvalo adaptatsiya, ya’ni bir-biriga asta-sekin ko`nikib, moslashib borish
jarayonidan boshlanadi, zero, ularning har biri yangi muhitga, yangi ro`zg’orga o`z oilasida
orttirgan shaxsiy tajribasi, oila to`g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari bilan kirib keladi. Natijada ota-
onasi oilasida olgan tajribaning bir qismidan voz kechgani holda, yangi munosabatlar uchun
yangi fazilatlarni o`zida tarbiyalay boshlaydi. Oila a’zolari o`rtasida sodir bo`ladigan murakkab
va serqirrali o`zaro munosabatlar ko`plab olimlar, shu jumladan, o`zbekistonlik olimlar
(M.Davletshin, G’.SHoumarov, E.G’oziev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog’inov, F.Akramova,
G.Yadgarova, M.Salaeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan tadqiqotlarga asoslangan holda
o`rganilgan. Ularda ko`proq o`zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan
oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini oilaning
ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh-
urug‘chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila
a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy
tarmog‘i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning -
mehribonlik, g‘amxo‘rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo‘ysunish, yetakchilik kabi o‘ziga
xos qirralarini, oilaviy rollar taqsimoti va o‘zaro ta’sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va
farzandlar, yaqin qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi hissiy-emotsional bog‘liqlikni, oilaviy ro‘zgor
yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan psixologik jarayonlarning kechishini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
150
tadqiq etadi, o‘rganadi. Oila psixologiyasi ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil
etar ekanmiz, bu o`rinda biz oilaviy o`zaro munosabatlarga xos bo`lgan munosabatlarning
psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e’tiborni qaratgan ko`plab tadqiqotlarda
ilgari surilgan ma’lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. Shu nuqtai nazardan oilaviy psixologik
munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar ob’ekti sifatida o`rganilgan bir
qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz. Oiladagi ijtimoiy-psixologik munosabatlar va
ularning kelib chiqish sabablari qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda o`rganganlardan biri
rus olimi L.Ya. Gozman (1987-yil) hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlarga asoslangan holda oila
psixologiyasini o’rganishda kelib chiquvchi muammolarni bartaraf etish bo’yicha yosh oilalarga
doimiy konsultatsiya berib borish va har oyda psixologik suhbat o’tkazish orqali muammolarni
bartaraf etib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Psixodiagnostika yordamida aniqlangan
xususiyatlar, aksariyat hollarda ularning asosan salbiy xarakterga ega bo‘lgan jihatlari psixologik
tuzatish ishlari orqali bartaraf etilishi lozim.
Unda o‘rganilayotgan shaxsning ma’lum bir faoliyatlarni maqsadga muvofiq amalga
oshirishiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan ayrim sifatlari ko‘rsatiladi, ularni bartaraf etish
yuzasidan psixologik maslahatlar beriladi. Psixologik maslahatlar berishda boshqa bir qancha
ilmiy manbalardan olingan ma’lumotlardan, psixologning, mutasaddi xodimning hayotiy
tajribasi, kasbiy mahorati va boshqa shu kabi manbalardan foydalanish ham mumkin, lekin bu
o‘rinda hal qiluvchi manba bo‘lib, shu maslahat berilayotgan odam, er, xotin, qaynona, kelin,
farzand, yosh xodim va boshqalarning o‘zidan, psixodiagnostika yordamida olingan ma’lumotlar
asos bo‘lishi (psixologik suhbat qilishi) kerak.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oila psixologiyasini o’rganish bo’yicha ilg’or
tadqiqotlarga asoslangan holda, oilada, farzand tarbiyasida, ta’limida kelib chiquvchi
muammolarni bartaraf etish bu kelejak avlodning jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk komil
insonlar bo’lib yetishishiga xizmat qiladi.
Oila farovonligi, oila totuvligi, farzand tarbiyasi eng avvalo jamiyatimizning bir bo’lagi
desak yanglishmaymiz. Oilaviy holatidan kelib chiqgan holda psixologik suhbatlarni amalga
oshirish orqali oilaviy psixologlar kelib chiqgan muammolarni bartaraf etib, oila a’zolarining
ruxiy holatini, ma’naviy holatini va aqliy rivojlanishini yanada mustahkamlab beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
151
REFERENCES
1.
Reyimbaevna, Mambetiyarova Venera, and Dáwletbaeva Gúmisay. "PSIXOLOGIK
ADAPTATSIYA VA OILA INTEGRATSIYASI." TADQIQOTLAR. UZ 51 (2024): 34-
37.
2.
Reyimbaevna, Mambetiyarova Venera, and Jumabayeva Marupa. "OTA-ONA VA
FARZANDLAR MUNOSABATINING XUSUSIYATLARI." TADQIQOTLAR. UZ 51
(2024): 20-23.
3.
Ilyasova, Gulnaz, Arman Sipatdinov, and Venera Mambetiyarova. "OILA SHAXS
IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL SIFATIDA."
Modern Science and Research 3.12 (2024): 601-604.
4.
Jumanazarova, Gu'ljayna, and Venera Mambetyarova. "ATA-ANALAR HÁM
BALALAR ARASINDAǴI MÚNASEBETLERDIŃ QÁSIYETLERI." Modern Science
and Research 3.10 (2024): 549-551.
5.
Aymuratova, Zliyxa, and Venera Mambetiyarova. "OTA ONALARNING FARZAND
TARBIYASIGA E’TIBORI." Modern Science and Research 3.12 (2024): 392-394.
6.
Rustamovnaning,
Muratbaeva
Dildora,
and
Mambetyarova
Venera.
"OILA
TERAPIYASI." PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI 2.10 (2024):
39-41.
7.
Usmanova, Aysholpan, and Venera Mambetyarova. "ATA-ANA HÁM PERZENT
MÚNASIBETLERI HÁM TARBIYA USILLARI." Modern Science and Research 3.12
(2024): 469-471.
8.
Daribaev, Atabay, and Venera Mambetiyarova. "O’SMIRLIK DAVRIDAGI
BOLALARNING
TARBIYASIDA
KO’PGINA
OTA-ONALARNING
TAJRIBALARINING YETISHMOVCHILIGI." Modern Science and Research 4.1
(2025): 118-120.
9.
Tólepova, Ziyada, Ayadana Ibragimova, and Venera Mambetyarova. "ATA–ANA HÁM
PERZENTLER MÚNASIBETLERINIŃ ÓZGESHELIKLERI." Modern Science and
Research 3.12 (2024): 313-316.
10.
Djumaniyozova, Dilfuza, and Venera Mámbetyarova. "ATA-ANA HÁM PERZENTLER
MÚNÁSEBETLERINIŃ ÓZGEShELIKLERI." CONFERENCE ON THE ROLE AND
IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD. Vol. 1. No. 11. 2024.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
152
11.
Muratbaevna, Muratbaeva Shaxnoza, and Mambetiyarova Venera. "PSİXOLOGİK
MUOAMMOLAR." PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS 4.40
(2024): 48-50.
12.
Reyimbayevna,
Mambetyarova
Venera.
"ATA-ANALAR
HÁM BALALAR
ARASINDAǴI MÚNASEBETLERDIŃ QÁSIYETLERI." (2024).
13.
Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL
TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.
14.
Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK
TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH
JARAYONIDA
O'QUVCHILARNING
AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global
study 9 (2024): 114-121.
15.
Jarasovna, Kurbanova Rita. "The Role of National Values in Shaping the Aesthetic
Worldview of Schoolchildren." International Journal of Pedagogics 5.03 (2025): 55-58.
16.
Go’zal, D., and J. Gulsevar. "OILADA O’SMIRLAR TARBIYASI." THEORY AND
ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH 2.19 (2023): 41-44.
17.
Dauletova, G. M. "O’SMIRLIK YOSHDAGI PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR."
ХАБАРШЫСЫ 3 (2022): 81.
18.
Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF
MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF
STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE
EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.
