ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
106
ETNIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI TIZIMIDA ETNOSENTRIZMNING YUZAGA
KELISH BOSQISCHLARI
Mambetiyarova Venera Reyimbaevna
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika psixologiya kafedrasi
o’qituvchisi.
Xojametova Feruza Amangeldi Qızı
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika psixologiya kafedrasi Amaliy
psixologiya yo’nalishi studenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14328529
Annotatsiya.
Ushbu maqolada shaxslar va etnik guruhlar orasida keng tarqalgan
etnosentrizm tushunchasining ilimiy ma’nosi, vujudga kelish jarayonlari va bosqichlari,
shuningdek uning ahamiyati haqida to’qtalib o’tamiz.
Kalit so’zlar:
Etnik
guruhlar,
intolerantlik,
etnopsixologiya,
etnosentrizm,
multikulturalizm, madaniy nisbiylik.
STAGES OF ETHNOCENTRISM APPEARANCE IN THE PSYCHOLOGY OF ETHNIC
GROUPS
Abstract.
In this article, we will dwell on the scientific meaning of the concept of
ethnocentrism, which is widespread among individuals and ethnic groups, the processes and
stages of its emergence, as well as its importance.
Key words:
Ethnic groups, intolerance, ethnopsychology, ethnocentrism, multiculturalism,
cultural relativism.
ЭТАПЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ ЭТНОЦЕНТРИЗМА В ПСИХОЛОГИИ
ЭТНИЧЕСКИХ ГРУПП
Аннотация
. В данной статье мы остановимся на научном значении понятия
этноцентризма, распространенного среди отдельных лиц и этносов, процессах и этапах
его возникновения, а также его значении.
Ключевые
слова.
Этнические группы,
нетерпимость,
этнопсихология,
этноцентризм, мультикультурализм, культурный релятивизм.
Hozirgi globallashuv davriga kelib odamlar orasida o’z millatini yuqori hurmatga loyiq
ko’rish va shuning natijasida boshqa millat vakillarga past nazarda qarash, ularning urf-odatlarini,
milliyligini mensimaslik yoki ularga hurmatsizlik bildirish kabi vaziyatlar ko’plab kuzatilmoqda.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
107
Albatta, o’z millatini hurmat qilish, qadirlash va shu millatga tegishliligidan faxirlanish
ruhida tarbiyalanish juda muhim. Lekin, boshqa millat vakillarni hurmat qilmaslik, ularning
fikrlarini va dunyoqarashlarini qadirlamaslik darajasiga olib keluvchi etnosentrik tarbiyaning
salbiy oqibatlari juda katta hisoblanadi. Chunki yuqorida keltririlganlar kabi nojoyi xatti-
xarakatlar natijasida millatlar o’rtasidagi do’stlik, bag’rikenglik rishtalari uzulib, ular o’rnini
o’chlik, bir-birlariga adovat kabi tuyg’ular egallab bormoqda. Albatta, bunday salbiy omillarning
oldini olish va ularga chek qo’yish uchun biz ular haqida to’lig’iroq ma’lumotga ega bo’lishimiz
zarurdir. Ushbu maqola davomida biz etnosentrizm deb nomlanuvchi tushuncha haqida va uning
kelib chiqish sabablari, uning ahamiyatlari, shunindek uning ahamiyatlari bilan tanishib o’tamiz.
Albatta, o’zini boshqalardan yuqori deb hisoblash, ularning huquqlari va erkinliklarini
hurmat qilmaslik ham insoniylik, ham qonuniy mezonlar nuqtayi nazaridan to’g’ri deb tan
olinmaydi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat va davlatimiz rahbari tomonidan
qabul qilinayotgan farmon va qarorlar ham buning dalilidir. Bosh qomusimiz, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining yangilangan tahririning 19-moddasida barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi,
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekanligi belgilab qo’yilgan. Ushbu qoidadan
kelib chiqib aytishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida etnik teng
huquqlilik prinsipiga alohida ahamiyat berilgan. Bu prinsip, barcha fuqarolar, ularning etnik kelib
chiqishidan qat'iy nazar, teng huquqlilikka ega ekanligini bildiradi. Etnik teng huquqlilik deganda,
O'zbekiston fuqarolarining barcha millat va elatlarga mansubligiga qarab, bir xil huquq va
erkinliklarga ega bo'lishi tushuniladi. Barcha etnik guruhlar va millat vakillari qonun oldida
tengdirlar, va ular o'zlarining milliy madaniyati, tili va urf-odatlarini saqlash huquqiga ega. Bu
prinsip O'zbekistonda jamiyatda etnik hamjihatlik, tolerantlik va murosani rivojlantirishga
qaratilgan. Shuningdek, etnik guruhlarga nisbatan hech qanday kamsitish yoki diskriminatsiya
qilish ta'qiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi etnik teng huquqlilikka oid asosiy nuqtalar
sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin. Teng huquqlilik: Barcha fuqarolar, ularning etnik
kelib chiqishidan qat'iy nazar, bir xil huquqlarga ega. Ular o'z madaniyati, tili va an'analari bilan
faxrlanishlari va ularni rivojlantirishlari mumkin. Kamsitmaslik: Etnik guruhlar o'rtasida hech
qanday kamsitish, diskriminatsiya yoki huquqiy farq qo'yilmaydi. Har bir inson teng huquqlarga
ega.
Madaniyatni saqlash: Fuqarolar o'z milliy madaniyatini va an'analari bilan yashash huquqiga
ega bo'lib, davlat bu huquqni himoya qiladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
108
Shu va shu kabi bir qator prinsiplar O'zbekistonda ko'p millatli jamiyatni birlashtirish,
o'zaro hurmat va murosani mustahkamlashga shuningdek, mamlakatda etnik va dini
bag'rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga asos bo'ladi.
Ekstremizm va terrorizm agressiv kayfiyatdagi kichik bir guruh kishilarning aholining
katta qismiga nisbatan zo‘ravonlik xatti-harakatlarida ko‘rinib, spetsifik ijtimoiy-psixologik
fenomenlarda asoslanadi. Bu fenomenlar etnoslararo, konfessiyalararo, irqlararo intolerant
munosabatlaming psixologik asosini tashkil qilib, odamlarni ongsiz ravishda tashqi ko'rinishi,
boshqalarini xulqi, boshqacha qarashlari va qadriyatlari o‘xshamaganlarini “o‘zlariniki”ga va
“begonalar”ga ajratishlariga tayanadi.
Intolerantlik - bu insonning xilma-xil belgilar bo‘yicha boshqa kishilar bilan o‘zaro aloqa
munosabatlari va xulqida bag‘rikenglikning namoyon bolmasligidir. Intolerant munosabatlar
etnosentrizm, haddan tashqari ishontirish kabi psixologik shart-sharoitlarda shakllanadi. Intolerant
xulqning yaqqol namoyon bolishiga diskriminatsiya, ksenofobiya, ekstremizm va terrorizm misol
bo'ladi. Turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi farqlarning mavjudligi fanda aniqlangan fakt. Mana
shu farqlar mavjudligi o‘z navbatida ba’zan muavyan muammolami keltirib chiqaradi. Ya’ni, har
bir millat vakili boshqa bir millat vakili bilan muloqot qilganda, yoki uning madaniyatini, milliy
qadriyatlarini o‘rganganda, ularga nazar solganda, tabiiy bir holat yuz beradi. O‘zgalar
madaniyatini baholash jarayonida o‘zidagi qadriyatlar, o‘z madaniy boyliklari, afzalliklari va
bilgan narsalarini o‘zgalarni tushunish uchun vosita sifatida ishlata boshlaydi. Masalan, konkret
vaziyatda birior o‘zga millat vakilining xulq-atvorini tavsiflash uchun o‘zimizning madaniyatimiz
nuqtayi nazaridan solishtirib baholaymiz. Shunday sharoitlarda biz ochig’i hamisha ham unga
nisbatan xolis, obyektiv bo‘la olmaymiz. Chunki uning madaniy qadriyatiarini bilmagan holda
o‘zimizning bilganlarimizni unga qo‘shib yoki ayirib fikr yuritamiz. Chunki baribir o‘zimiznikini
yaxshiroq bilamiz va o‘zgalarni bilmasligimizni bo‘ynimizga olgimiz kelmaydi. Shu tariqa
etnopsixologiyada ishlatiladigan va o‘rganiladigan etnosentrizm hodisasiga duch kelamiz. Olimlar
etnosentrizmni atrofdagilarning xulq-atvorini shaxsiy madaniy filtrlari orqali o‘tkazib, tushuntirish
va bayon etishdir deb ta’riflashadi. Aynan shu holatni barcha boshqa millat vakillari bilan muloqot
qilganda nazarda tutish lozim ekanligi ta’kidlanadi.
Psixologik lug'atlarda etnosentrizm - o‘z etnik guruhi va unga oid xulq andozalarini amalda
boshqalarga baho berish uchun asos sifatida qabul qilishning namoyon bo‘lishidir deyiladi. Bunda
inson o‘z millatiga tegishli xulq standartlarini o‘zgalarnikidan ustuvor etib qo‘yishga intiladi.
Ya’ni, etnosentrizm amalda begona madaniyat va tuzum, millat vakillariga nisbatan
noxolis munosabatning shakllanishini izohlash uchun qollaniladigan tushunchadir. Bu tushuncha
mohiyatan shaxsga xos bolgan egosentrizmning etnik analogidir.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
109
Etnosentrizmning paydo bo'lish tarixi insoniyatning jamiyatlar va madaniyatlar o'rtasidagi
o'zaro aloqalariga bog'liq. Bu tushuncha XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida ilmiy
doiralarda aniq ifodalanib, sotsiologiya va antropologiyaning bir qismi sifatida ishlab chiqilgan
bo'lsa-da, uning ildizlari ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. Xususan, Qadimiy jamiyatlarda
insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida, qabilaviy va etnik guruhlar o'rtasidagi chegaralar aniq
bo'lib, har bir guruh o'zining madaniyati va urf-odatlarini yuqori deb hisoblagan. Bu, asosan,
o'zlarini yakkalanib, himoyalangan deb his qilishlari va boshqa guruhlarni dushman sifatida
ko'rishlariga olib kelgan. So’ngra diniy tushunchalarning paydo bo’lishi bilan, dinlar etnosentrik
qarashlarni mustahkamlashda muhim rol o'ynagan. Masalan, ko'plab dinlar o'z xalqlarini
“Xudoning tanlagan xalqi” sifatida tasavvur qilgan, bu esa boshqa xalqlarga nisbatan yuqori
ma'naviy holatni anglatgan.
Miloddan avvalgi davrlarda esa, yunonlar o'z madaniyatlarini "tsivilizatsiya" deb hisoblab,
boshqa xalqlarni "barbar" sifatida ta'riflagan. Rimda ham xuddi shunday qarashlar mavjud bo'lib,
o'zlarining hududlaridan tashqaridagi xalqlarni "yovuz" yoki "qonunlarsiz" deb ko'rishgan. Misol
tariqasida buyuk yunon faylasuflaridan biri Aristotel, o'z davrining madaniy normativlariga
asoslanib, boshqa xalqlarni o'z madaniyatlariga nisbatan pastroq deb hisoblaganligini
ko’rsatishimiz mumkin. O'rta asrlarga kelib diniy va siyosiy strukturalar etnosentrik qarashlarni
yanada kuchaytirdi. Xristianlik, Islom, va boshqa dinlar ko'plab jamiyatlarda o'zining universal
izlanishlarini ilgari surgan bo'lsa-da, shu bilan birga, o'z xalqlari va jamoalari uchun o'ziga xos
madaniy identifikatsiyani mustahkamlashgan. Shundan kelib chiqib, Xochli janglar va boshqa
diniy urushlar etnosentrizmning asosiy namoyishlaridan biri bo'lib, har bir tomon o'z dini va
madaniyatini boshqalarga ustun deb hisoblagan.
XIX asrga kelibgina fransuz sotsiologi August Kont va boshqa ilmiy mutaxassislar
etnosentrizmni tushunishga harakat qilishdi. Shunday qilib, etnosentrizmning ijtimoiy psixologik
va madaniy asoslari tushunildi va ilmiy izlanishlar orqali yoritila boshlandi. Sotsiologiya va
antropologiya ilmiy sohalarining rivojlanishi bilan, etnosentrizmning nazariy talqini paydo bo'ldi.
Kont va boshqa ijtimoiy nazariyotchilar, odamlarning o'z madaniyatlarini boshqa
madaniyatlar bilan taqqoslashni tabiiy hol sifatida ko'rdilar. XX asrda esa William Graham
Sumnerning “Etnosentrizm” nomli asari bilan, bu tushuncha akademik darajada mustahkamlandi.
Sumner etnosentrizmni “o'z guruhining madaniy va ijtimoiy normalarini boshqalarga
qaraganda ustun qo'yish” sifatida ta'riflab, bu fenomenni jamiyatning ijtimoiy strukturalariga
qanday ta'sir qilishi haqida izoh berdi.
XX asr oxirida va XXI asr boshlarida globalizatsiya jarayoni etnosentrizmning yangi
shakllarini yuzaga keltirdi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
110
Global miqyosda madaniyatlar o'rtasidagi aloqalar kuchaygani sari, ba'zi guruhlar
o'zlarining madaniyatlarini "yaxshi" yoki "to'g'ri" deb, boshqalarini esa "noto'g'ri" yoki "kam
rivojlangan" deb hisoblashni davom ettirmoqda. Shu munosabat bilan multikulturalizm
va
madaniy nisbiylik kabi tushunchalar etnosentrizmga qarshi kurashish uchun taklif etildi, ammo
ba'zi jamiyatlarda etnosentrizmning salbiy oqibatlari hali ham sezilarli darajada saqlanib qolgan.
Xulosa sifatida shuni takidlab o’tish joiyzki etnosentrizmning paydo bo'lish tarixi
insoniyatning turli davrlarida o'zining ijtimoiy va madaniy kontekstiga mos ravishda shakllangan.
Dastlabki davrlarda o'z qabilasi yoki guruhiga nisbatan yuqori qarashlar shakllansa,
keyinchalik ilmiy sohalarda etnosentrizm ijtimoiy psixologiya va antropologiya yordamida
chuqurroq tahlil qilindi. Shuningdek, bugungi kunda globalizatsiya va madaniyatlararo aloqalar
etnosentrizmni yangi shakllarda keltirib chiqarmoqda.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-y;
2.
G.M.Andreeva “Sotsialnaya psixologiya” 1998-y;
3.
V.M.Karimova Z.T.Nishanova, X.M.Alimov “Etnopsixologiya va Din Psixologiyasi”
T:2020-y;
4.
5.
Elektronnaya biblioteka,
6.
“Психология на русском языке”:
http://www.psvchology.ru/Librarv
7.
“Мир психологии”: http://psvchology.net.ru/articles
