608
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
ILK O’RTA ASRLARGA OID MUG’ ARXIVINING TOPILISHI VA O’RGANILISHI
Muyiddinov Bekali
Buxoro viloyati Osiyo xalqaro universiteti Tarix fani o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14680881
Annotatsiya. Ushbu maqolada ilk o’rta asrlarda o’lkamiz hududidan topilgan dastlabki
arxiv hujjatlaridan biri Mug’ arxivining topilishi undagi hujjatlar haqida kengroq fikrlar bildirib
o’tilgan.
Tayanch so’zlar: Sug’d, Markaziy Osiyo, Mug’, A.A. Freyman, I.Yu. Krachkovkiy, O.I.
Smirnova, M.M. Ishoqov, Tuproqqal’a, Samarqand, Xorazm, xo’jalik, hujjat, arablar, qog’oz.
ОТКРЫТИЕ И ИЗУЧЕНИЕ АРХИВА МУГОВ РАННЕГО СРЕДНЕВЕКОВЬЯ
Аннотация. В этой статье излагаются более широкие соображения по поводу
документов, содержащихся в Находке архива Мугов, одного из самых ранних архивных
документов, найденных на территории нашей страны в раннем средневековье.
Ключевые слова: Согд, Среднеазиатский, Мугский, А.A. Фрейман, И.Ю.
Крачковский, О.I. Смирнова, М.M. Исхаков, земляная крепость, Самарканд, Хорезм, ферма,
документ, арабы, бумага.
DISCOVERY AND STUDY OF THE MUG ARCHIVE DATING BACK TO THE EARLY
MIDDLE AGES
Abstract. In this article, the discovery of one of the earliest archival documents found in
the territory of our country in the early Middle Ages, The Mug archive, has given broader views
on the documents contained in it.
Key words: Sugd, Central Asia, Mug, A.A. Freiman, I.Yu. Krachkovky, O.I. Smirnova,
M.M. Ishakov, soil, Samarkand, Khwarezm, farm, document, Arabs, paper.
O’lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o’ynagan sug’d yozuvi mil. av. III-II asrlarda
shakllangan. Buyuk Ipak yo’li va uning shaxobchalari bo’ylab sug’d tili va yozuvi ham keng
tarqala borgan. Ettisuv, Xo’tan, Mo’g’iliston hududlarida sug’d yozuvlarining topilishi buning
isbotidir. Sug’diylar uch turdagi: bevosita sug’d, manixey va suriya yozuvlaridan foydalanganlar.
Sug’d yozuvi orqali bizgacha eramizning boshlaridan to X-XI asrlarga qadar yozilgan
ko’plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida ko’plab numizmatik materiallar (tanga
yozuvlari), metall, sopol, yog’och, charm, qog’oz va boshqa buyumlarga bitilgan tekstlar, shaxsiy
maktublar, diniy, axloqiy-falsafiy tekstlarning parchalari, xo’jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar
bor. Ana shunday yodgorliklarning katta guruhi 1932-1933 yillarda Tojikistonning Panjikent
shahri yaqinidagi Mug’ tog’i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan topilgan sug’d hujjatlaridir.
609
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Oradan 87 yil vaqt o’tishiga qaramay bu hujjatlar hali hanuz o’zining lingvistik,
matnnavislik va tarixiy ahamiyatini yo’qotgan emas. Qolaversa, keyinchalik “Mug’ arxivi
hujjatlari” deb atalgan bu manbaning topilishi VII asr oxiri – VIII asr birinchi choragi Markaziy
Osiyo mintaqasida ro’y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar masalasiga
bir qadar oydinlik kiritdi.
Yillar davomida o’rganilib kelinayotgan mazkur arxiv hujjatlari sobiq sovet va hozirgi
o’zbek sug’dshunosligi taraqqiyoti uchun muhim rol o’ynadi. Xususan, XX asr ikkinchi
choragidan boshlab sobiq Ittifoqda sug’dshunoslikning fan sohasi sifatida rivojlanishida Mug’
arxivi hujjatlarini katta o’rni bor. E’tirof etish kerakki, sovet davri tadqiqotchilari hujjatlarni
o’rganish ishiga salmoqli ulush qo’shdilar.
Dastlab hujjatlar ekspeditsiya rahbari A.A. Freyman tomonidan moddiy ashyo sifatida
izchil o’rganildi. Aniqlanishicha, bu hujjatlar teri, qog’oz va yog’och parchalariga yozilgan bo’lib,
shaxsiy va diplomatik xatlar, bitimlar, taqvimlar, xo’jalik va hisob qaytlaridan iborat bo’lgan.
Ulardan ikkitasi arabcha, uchtasi xitoycha va bittasi runiy yozuvida bitilgan. Qolganlari esa
sug’diy til va yozuvida bo’lib, barcha hujjatlar Sug’d konfederatsiyasining Panch viloyati va uning
markazi Panjikent shahri hokimi Devashtich saroyida saqlangan, ya’ni saroy devonxonasining
arxivi hisoblangan. A.A. Freyman o’z ekspeditsiyasi aniqlagan 74 ta hujjatning barchasini
tavsifladi, yirik va ahamiyatlilarini esa tarjima qilib, ularning ayrimlariga sharhlar berdi. Avvaliga,
ya’ni 1934 yildan “Согдийский сборник” da nashr etila boshlangan ma’lumotlar, so’ngra 1962-
yilda yaxlit to’plam holida nashrdan chiqdi. Ayni vaqtda arabshunos mutaxassis I.Yu.
Krachkovkiy Mug’ arxividagi ayrim arab tilli hujjatlarning tarjimasini va talqinini e’lon qildi.
Mug’ arxivi hujjatlarining katta kompleksi – yuridik hujjatlar va maktublar yirik
sug’dshunos olim V.A. Livshits tomonidan ilmiy jihatdan chuqur o’rganilib, lingvistik va tarixiy
izohlari bilan nashr etildi. Mazkur nashrda ilk o’rta asrlarda nafaqat Sug’dda, balki Markaziy
Osiyo mintaqasida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, madaniy va mafkuraviy
jarayonlar chuqur tahlil etildi. Xususan, hujjatlarda aks etgan voqealar markazi bo’lgan Panch
viloyati va Panjikent shahrining arab istilosi chog’idagi holati misolida butun mintaqadagi
jarayonlar tizimini ko’rsatib berishga harakat qilindi. Ayrim yevrotsentrizm qarashlaridan farqli
ravishda istiloga qarshi kurashdagi turk-sug’d ittifoqi masalasiga xolis yondashildi.
Mug’ arxivi hujjatlarini o’rganish borasida O.I. Smirnovaning munosib o’rni bor. U 1962-
yilda eronshunos olim M.N. Bogolyubov bilan hamkorlikda Mug’ arxividan aynan xo’jalik
mazmunidagi hujjatlarni ajratib olib, ularni tahlil etdi va nashrdan chiqardi. Bundan tashqari O. I.
Smirnova Mug’ arxivida keltirilgan ilk o’rta asrlardagi Sug’dning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
tarixini tadqiq etish bilan birga Sug’d numizmatikasini ham izchil o’rgandi. Manba va numizmatik
materiallarni qiyosiy o’rganib, ular o’zaro to’ldirildi.
610
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Bu kabi tadqiqotlar natijasida ilk o’rta asrlarda mintaqamizda ro’y bergan tarixiy jarayonlar
ancha oydinlashdi. O’zbekistonda Mug’ arxivini o’rganish jarayoni V.A. Livshitsning izdoshi
M.M. Ishoqov nomi bilan bog’liq.
Tadqiqotchi sug’diy tili va mintaqada yozuv madaniyati tarixi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar
olib bordi. Bu borada Mug’ arxivi hujjatlaridan ham samarali foydalanildi. Sug’dshunoslik,
avestoshunoslik va xorazmshunoslik sohalarining aynan O’zbekistonda rivoj topishi uchun qator
ishlarni amalga oshirdi. Endilikda ilmiy ish olib boradigan tadqiqotchilar oldida turgan vazifa –
yozma manbalarning avvalgi matnshunoslik va lingvistik tahlillaridan kelib chiqib, har bitta
hujjatning yozilish tarixi, hujjat bilan bog’liq tarixiy jarayonlarni izchil o’rganish bo’lib qolmoqda.
Mug’ arxividagi birinchi raqamli hujjatda O’rta Osiyoning arablar tomonidan istilo etilishi
davri, ya’ni 720-722 yillardagi siyosiy voqealar aks etgan. Voqealarning ishtirokchilari aynan
hujjatlar orqali ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Ularning qanday mavqega ega bo’lganligi
hamda siyosiy jarayonlarga qay darajada ta’sir etganligi tarixiy nuqtai nazardan muhimdir. Aynan
hujjatining tavsifiga keladigan bo’lsak, mazkur hujjat ko’p sonli Mug’ arxivi hujjatlari qatorida
1932-yilning bahorida Tojikiston Respublikasi Zahmatobod tumani Haydarobod qishlog’ida
yashovchi cho’pon Jo’raali Mahmadali tomonidan topilgan. Savat ichida joylashtirilgan ipak
qog’ozga notanish harflar bilan yozilgan hujjatlar bir necha oylar davomida qo’ldan-qo’lga o’tib
yurdi.
Nihoyat, o’sha vaqtlarda Zahmatobod tumani kompartiya qo’mitasi kotibi bo’lib ishlagan
Abdulhamid Puloti sa’yi harakati bilan hujjatlar Dushanbe shahriga olib kelindi. Bu erda ularni
qadimgi so’g’d tilida yozilganligi aniqlangandan so’ng, fotonusxalari Leningrad (Sankt-
Peterburg) professori A.A. Freymanga o’rganib chiqishga yuborilgan edi. Ipak tolalari
aralashmasidan tayyorlangan yuqa oqish-kulrang qog’ozga bitilgan bu hujjat yaxshi saqlanib
qolgan. Uning hajmi 28,9x28,2 o’lchamda bo’lib, deyarli to’rtburchak shaklda bo’lgan. Uning
barcha 23 qatori to’liq saqlangan. Qog’oz to’rtga buklangani bois, buklangan izlaridan yirtila
boshlagan. Qog’ozning chap burchagidan ozgina uzilgan. Ammo matn qismi zarar ko’rmagan.
Varaqning ostki qismida unga shirach bilan ikkinchi bir qog’oz ulangan. Ammo bu parcha
saqlanmagan, faqatgina qog’oz izlari qolgan xolos. Uni ilk bor tadqiq qilgan A.A. Freyman dastlab
hujjatning maktub ko’rinishida ekanligiga e’tibor qaratgan. O’qish jarayonida bu maktub Panch
hukumdori Devashtichga yo’llanganligi aniqlangan. Sababi hujjat “Sug’d podshosi, Samarqand
hokimi Devashtichga yuborilgan deb boshlanar edi. Yuqoriga tahlil etilgan O’rta Osiyo hududidan
topilgan Nisadagi Parfiya arxivi, shimoliy Afg’onistondan topilgan Baqtriya arxivi, qadimgi
Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi va Mug’ tog’idan topilgan arxiv hujjatlari bizga mintaqamizda
ro’y bergan siyosiy voqealar xususida ma’lumot beradi.
611
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Qolaversa, bu hujjatlar tarixiy shaxslar faoliyatiga to’g’ri baho berish, ularning yutuq va
kamchiliklaridan xulosa chiqarish, eng asosiysi tarixiy saboq uchun yordam beradi.
REFERENCES
1.
Отахўжаев А. Муғ архивидаги суғдий тили 1.I ҳужжатнинг дипломатик ёзишма
сифатидаги аҳамияти. Марказий Осиё тарихи замонавий медиевистика талқинида. –
Тошкент: Yangi nashr, 2013
2.
Алимов И., Эргашев Ф., Бутаев А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма – Т.: Шарқ, 1997
3.
Алимов И.А. Архившунослик. / Ўқув қўлланма – Андижон. АДУ, 2005
4.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
5.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
6.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY ART AND ARMY STRUCTURE OF KHOREZMSHAHS . ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58. Retrieved from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
7.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
8.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
9.
MB Bahodir o’g’li. (2024). Military Art of Turkish Khaganate in the Early Middle Ages.
European Journal of Innovation in Nonformal Education, 4
(16), 223–227.
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2705/2586
10.
XORAZMSHOHIDLAR DAVLATI HAYOTIDA TURKON XOTUNNING O’RNI.
(2024). MEDICINE,
PEDAGOGY
AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE, 2(4),
463-
https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5192
11.
Muyiddinov Bekali Bahodir o'g'li. (2024). The coronation and campaigns of Alexander The
Great. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА,
612
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
12.
Muyiddinov Bekali. (2024). COVERAGE OF LEGAL ISSUES IN "AVESTO".
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(6), 222–
https://doi.org/10.5281/zenodo.12191420
13.
MUYIDDINOV BEKALI, & QORYOG’DIEV Z. (2022). ABOUT THE CONQUEST OF
BUKHARA BY THE KHOREZMSHAHS. International Journal of Philosophical Studies
and
Social
Sciences, 2(3),
158–161.
Retrieved
from
https://www.ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/383
14.
Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li. (2024). History of State Institutions in the Kushan State,
Which Founded Statehood on the Territory of Central Asia. EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 184–188. Retrieved from
https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/4070
15.
Bahodir o’g’li, M. B. (2024). Avesto is an Ancient Written Monument Containing
Information About the Life of the Peoples of Central Asia.
Miasto Przyszłości
,
53
, 970–975.
Retrieved from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4982
16.
Muyiddinov
Bekali.
(2024).
SOMONIYLAR
DAVLATIDA
HARBIYLARGA
BERILGAN E'TIBOR VA HARBIY SAN'AT.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209121
17.
Muyiddinov
Bekali.
(2024).
O'ZLIKNI
NAMOYON
QILISHDA
XALQ
DOSTONLARINING AMALIY AHAMIYATI VA KITOBIY DOSTONLARNING
https://doi.org/10.5281/zenodo.14528916
18.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun Obid
o'g'li.
(2025).
IBN
SINONING
FALSAFIY
https://doi.org/10.5281/zenodo.14605977
19.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun Obid
o'g'li. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA MILLIY TARBIYA
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606021
20.
Sadullayev Umidjon Shokir o'g'li, Muyiddinov Begali Bahodir o'g'li, & Boltayev Oxun Obid
o'g'li. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA 1900-1910-YILLARDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY
https://doi.org/10.5281/zenodo.14606101
21.
Umidjon
Xayrullayev.
(2024).
THE
POSITION
OF
CENTRAL
ASIAN
GOVERNORSHIPS DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND THE
ARAB INVASION. https://doi.org/10.5281/zenodo.13958464
22.
Xayrullayev Umidjon Fayzullo o'g'li. (2024). LEGITIMACY OF RULERSHIP IN THE
STATE OF CENTRAL ASIA AND IRAN IN ANCIENT TIMES AND THE EARLY
MIDDLE AGES. https://doi.org/10.5281/zenodo.14222295
613
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
23.
Xayrullayev, U. (2024). EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGIDA
HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 843–851.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58469
24.
BIRINCHI RADIO EHTIYOTLAR TARIXIDAN. (2024).
MEDICINE, PEDAGOGY AND
TECHNOLOGY:
THEORY
AND
PRACTICE
,
2
(4),
657-
663. https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/5240
25.
Xayrullayev, U. (2024). TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA
O’RTA
OSIYO
HOKIMLIKLARINING
MAVQEYI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12),
339–343.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
26.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY
SОHАLАRIDА
ОILАNING RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
27.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
28.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in
the Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
29.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
30.
Ярашова, М. . (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ. Modern Science and Research, 3(10), 362–368.
Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
31.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ. Modern Science and Research, 3(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
32.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari. Miasto
Przyszłości, 52,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
33.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 3(12),
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58456
614
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
34.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ. Modern
Science and Research, 4(1), 160–168. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
35.
Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar tarixi.
Science and Education, 3(10), 385-389.
36.
Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of Uzbekistan
during the Years of Soviet Authority. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.
37.
Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High Seljuk
Empire Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World. Miasto Przyszłości, 53, 956-
959.
38.
Haqqulov, M. (2024). O‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK ORZUSI BO‘LGAN
“TURKISTON MUXTORIYATI”. Modern Science and Research, 3(12), 609-613.
39.
Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). SPIRITUAL AND EDUCATIONAL REFORMS
ARE
THE
FOUNDATION
OF
A
NEW
UZBEKISTAN.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14503228
40.
Rahmonova, S. (2023). DYNAMICS AND MAIN DIRECTIONS OF SPIRITUAL AND
CULTURAL EFORMS IMPLEMENTED IN UZBEKISTAN. Modern Science and
Research, 2(10), 850-854.
41.
Rahmonova, S. (2023). YANGI O ‘ZBEKISTONDA MA’NAVIY-MADANIY
ISLOHOTLAR. Current approaches and new research in modern sciences, 2(10), 40-43.
42.
Rahmonova, S. (2023). YUKSAK MA’NAVİYATLİ AVLOD-UCHİNCHİ RENESSANS
BUNYODKORLARİ. Наука и технология в современном мире, 2(3), 76-79.
43.
Rahmonova, S. (2024). THE REFORMS IMPLEMENTED IN NEW UZBEKISTAN ARE
THE FOUNDATION OF THE THIRD RENAISSANCE. Modern Science and Research,
3(2), 394-399.
44.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports,
1(7).
45.
Рахмонова, С. (2024). HARMONY OF EDUCATION AND TRAINING. Журнал
универсальных научных исследований, 2(5), 366-375.
46.
Ramatov, J., Hasanov, M., & Rahmonova, S. (2024). TA’LIM TIZIMI
MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 160-172.
615
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
47.
Rаhmоnоvа, S. S. Q. (2024). О‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN MА’NАVIY-
MАDАNIY
ISLОHОTLАR
DINАMIKАSI
VА
АSОSIY
YО‘NАLISHLАRI.
International scientific journal of Biruni
,
3
(2), 95-104.
48.
Rahmonova, S. (2024). SPIRITUAL AND EDUCATIONAL REFORMS ARE THE
FOUNDATION OF A NEW UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(12), 517–
525. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58031
49.
Каримов, С. (2024). ОРДЕН НАКШБАНДИЯ: ИСТОРИЯ, УЧЕНИЕ И
ВЛИЯНИЕ.
Modern Science and Research
,
3
(12), 548-555.
50.
Yusupovich, K. S. (2024). Abu Hafs Kabir and the Spread of the Hanafi Madhhab in
Transoxiana.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(9), 204-207.
51.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI. Modern Science and Research, 3(10), 64-68.
52.
Obid o’g’li,
B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA BUXORO,
XIVA VA KO’CHMANCHILAR BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIYASI.
53.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK
ROAD. Analytical Journal of Education and Development, 4(10), 293-297.
54.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYOGA TA'SIRI. Modern Science and Research, 3(12),
556-564.
55.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND
DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH
CENTURY. Modern Science and Research, 2(9), 145-149.
56.
Sadullayev , U. . (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT. Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(4), 376–385.
57.
Sadullaev , U. . (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION.
Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(5), 344–352.
58.
Sadullaev, U. (2024).
EDUCATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: A NEW ERA OF
OPPORTUNITY.
Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(6), 238–241.
59.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-280.
60.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-
280.