Mart, 2025-Yil
306
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MANTIQIY TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISH USULLARI
Karimova Sevara Shaxriddin qizi
Buxoro innovatsiyalar universiteti “Pedagogika, psixologiya va sport” kafedrasi o‘qituvchisi.
Boltayeva Dilnoza Tulkinovna
Baxromova Maxbuba Tadjibayevna
Yusupova Almaxon Elmuradovna
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Boshlang‘ich ta’lim sirtqi yo‘nalishi 1-kurs talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15072837
Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari
yoritib berilgan. Ular uchun mantiqiy fikrlash, masalalarni yechish va axborotlarni tahlil qilishda
muhim vositadir. Mantiqiy fikrlash o‘quvchilarga murakkab vaziyatlarni tushunishga, fikrlarini
aniq ifoda etishga va muammolarni izchil hal etishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar: Mantiq, fikr, tafakkur, mulohaza, mantiqiy masala, boshlang‘ich sinf.
Abstract. The article discusses the logical thinking skills of primary school students.
Logical thinking is an essential tool for solving problems and analyzing information for them.
Logical thinking helps students to understand complex situations, express their thoughts clearly,
and systematically solve problems.
Key words: Logik, thought, thinking, reasoning, logical problem, elementary school.
Аннотация. В статье описаны навыки логического мышления учащихся младших
классов. Для них логическое мышление — важный инструмент решения проблем и анализа
информации. Логическое мышление помогает учащимся понимать сложные ситуации,
ясно выражать свои мысли и последовательно решать проблемы.
Ключевые слова: Логика, мысль, мышление, рассуждение, логическая задача,
начальный класс.
Bugungi kunda o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda axborotlar sonining ko‘pligi
boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali ma’lumotlarni ajratib
olishni talab etadi. Bu jarayon muhim ahamiyatga ega.
Mantiqiy tafakkur har bir insonning dunyoqarashini shakllantiruvchi, ongli va aniq fikrlash
qobiliyatini rivojlantiruvchi asosiy omildir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy
tafakkurini rivojlantirishning ahamiyati shundaki, bu yoshda o‘quvchilar o‘zining fikrlash
Mart, 2025-Yil
307
usullarini shakllantirishi, mantiqiy tahlil qilish va natija chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishlari
kerak. Mantiqiy tafakkur o‘quvchilarga bilimlarni o‘zlashtirishda samarali yordam berib, ularni
hayotda qaror qabul qilish va muammolarni hal qilishda mustahkam poydevor yaratadi.
Mantiqiy tafakkur – bu ma'lumotlarni qayta ishlash, muammolarni tahlil qilish, yechim
topish va xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy
tafakkurini rivojlantirishning asosiy vazifasi, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal
qilish va o‘z fikrini asoslash qobiliyatlarini shakllantirishdan iboratdir. Mantiqiy tafakkur nafaqat
o‘quv yutuqlarini oshiradi, balki hayotda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zarur bo‘lgan muhim
qobiliyatlarni ham rivojlantiradi.
Mantiq – nafaqat fikrlash qobiliyati, balki izchil va to‘g‘ri mulohaza yuritish hamda oldiga
qo‘yilgan masala yoki muommaga to‘g‘ri yechim topish hamdir. Ya’ni insonlarning kundalik
faoliyatida shuningdek munosabatlarida foydali, aniq, asosli ya’ni mantiqiy o‘ylay olishi
tushuniladi.
Mantiqiy fikrlash – shaxs ijodiy faolligining muhim qirrasini o‘zida aks ettirgan
fikrlashning oliy pog‘onalaridan biri bo‘lib, ketma-ketlik hamda izchillik asosida fikrlarning
bog‘lanishini bildiradi. Demak, mantiqiy fikrlash – inson tomonidan ko‘rib, eshitib, bilib, his qilib
va anglab olingan borliq, voqelik yoki taassurotlarning boshqalar uchun ham tushunarli tarzda
tafakkur etilishini anglatadi.
Mantiqiylik – tafakkurning yozma va og‘zaki nutqda fikrlash qonunlariga amal qilish
jarayonidir.
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish usullari – mantiqiy o‘yinlar, topishmoqlar, masalalar va
boshqotirmalarni yеchish va bajarish, shaxmat o‘ynash, kitob o‘qish, tanqidiy fikrlashni o‘rganish,
munozara va bahslarda ishtirok etish, fikrlash jarayonini tasavvur qilish, vaziyatlarni simulyatsiya
qilish, kundalik yuritish va boshqalar. Bu jarayonda har bir elementga jiddiy e’tibor qaratish, turli
xil predmetlar o‘rtasidagi bog‘liq bo‘lmagan yoki mavhum bo‘lgan jihatlarni qidirib topish, yangi
faktlarni aniqlash va taqqoslash orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mumkin. O‘quv
jarayonida esa, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanish ko‘p
hollarda loyihalar metodi, tadqiqot metodi, dasturlashtirish va muammoli o‘qitish metodlaridan
foydalanishni ham taqozo etadi.
Mantiqiy fikrlashni aniqlashning bir necha usullari mavjud:
Birinchisi, bu tafakkur orqali dunyoni o‘zlashtirib borishga qaratilgan murakkab bilim
jarayoni; Ikkinchisi, doimiy ravishda yangi narsalarni, yangiliklarni qidirish va kashf etish.
Mart, 2025-Yil
308
Fikrlash bu – insonda muammoli vaziyat vujudga kelgan vaqtdan boshlanadi va chuqurroq
o‘ylab javob berishni talab qiladi.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish usullari:
1.
Masalalar va jumboqlarni yechish.
O‘quvchilarga masalalar va jumboqlarni yechish,
ular mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. Masalalar o‘quvchilarga muammoni tahlil qilish, turli xil
yechimlarni ko‘rib chiqish va mantiqiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Masalan, geometrik
shakllar, hisob-kitob masalalari yoki oddiy logik-jumboqlarni yechish o‘quvchilarda mantiqiy
tafakkurni mustahkamlaydi.
2.
Savol-javob usuli.
O‘quvchilarga turli savollarni berish, ularga javob berishga undash
mantiqiy tafakkur jarayonini faollashtiradi. Savollarni berishda ular o‘quvchilarga faqat oddiy
javobni emas, balki fikrlarini asoslab berishni talab qilishlari lozim. Bu usul o‘quvchilarning
argumentatsiya qobiliyatlarini rivojlantiradi.
3.
O‘yinlar orqali o‘qitish.
O‘yinlar – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mantiqiy
tafakkurni rivojlantirishning samarali vositasidir. Mantiqiy o‘yinlar, masalan, “Xato top”,
“Javobni top”, “So‘zlarni bog‘lash” kabi o‘yinlar o‘quvchilarda diqqatni jamlash, mantiqiy
fikrlash va xulosalar chiqarish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
4.
Guruh bo‘lib ishlash.
O‘quvchilarni guruhlarga ajratib, birgalikda masalalarni yechish
yoki mavzularni muhokama qilishni tashkil etish, ularning fikrlash jarayonlarini faollashtiradi.
Guruh ishlari o‘quvchilarga o‘z fikrlarini boshqalar bilan baham ko‘rishga, boshqalarning
fikrlarini tinglashga va eng yaxshi yechimni birgalikda topishga yordam beradi.
5.
Tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirish.
O‘quvchilarni turli xil vaziyatlar va masalalar
haqida o‘ylashga undash, ular uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning muhim yo‘nalishidir.
O‘quvchilarga masalalarni tahlil qilishda turli nuqtai nazardan yondashishni, o‘ylash va
mulohaza qilishni rag‘batlantirish kerak. Bu ularning mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilish
qobiliyatlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda adabiyotlarning o‘rni
Adabiyot darslari ham mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Hikoyalar,
ertaklar va adabiy asarlar orqali o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yaratishga, muallifning niyatini
tushunishga, shuningdek, bosh qahramonlarning qarorlaridan xulosalar chiqarishga o‘rganadilar.
Bu orqali o‘quvchilar mantiqiy fikrlashni mustahkamlashadi va o‘z dunyoqarashlarini
shakllantiradilar.
Mantiqiy fikrlashni o‘stirishda har bir masalaning yechimi chuqur tafakkur va izchillikni
talab qiladi, bu esa o‘quvchilar uchun muhim ko‘nikma hisoblanadi.
Mart, 2025-Yil
309
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
mashg‘ulotlar, o‘yinlar va masalalar bilan shug‘ullanishga o‘rgatib borilsa maqsadga muvofiq
bo‘lar edi. Bu ularga kelajakda keng tafakkurli, oliyjanob inson bo‘lib yetishishlarida hamda
qobiliyatlarni shakllantirishda poydevor bo‘ladi.
Xulosa
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirish uchun samarali
usullarni qo‘llash zarur. Masalalar, jumboqlar, savol-javoblar, guruh ishlari va o‘yinlar orqali
o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlari rivojlanadi.
Adabiyot darslari ham bu jarayonda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning tanqidiy
fikrlash va mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga,
mantiqiy tafakkur o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari va jamiyatda faol ishtirok etishlari
uchun zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmadir.
REFERENCES
1.
Turing, A. M. (1936).
On Computable Numbers, with an Application to the
Entscheidungsproblem
. Proceedings of the London Mathematical Society, 2(42), 230-265.
2.
Nakamoto, S. (2008).
Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System
. Retrieved from
https://bitcoin.org/bitcoin.pdf
3.
Dastbaz, M., & Ghaffarian, S. (2017).
5G Wireless Systems: Design, Simulation, and
Implementation
. Wiley.
4.
Nasriddinova, N. A. (2022). Methods for the development of reading literacy of primary
school students through independent thinking. J.
International Journal of Health Sciences.–
Hindiston
, 1690-1695.
5.
Nasriddinova, N. (2024). THE METHODOLOGY OF SPEECH LITERACY
DEVELOPMENT THROUGH THE FORMATION OF STUDENTS'READING
COMPREHENSION SKILLS IN PRIMARY EDUCATION.
Science and innovation
,
3
(B6), 232-235.
6.
Nasriddinova, N. A., Otaxonova, M. F., & Quziboyeva, O. O. (2021). READING IS THE
MOST IMPORTANT FACTOR OF LITERACY.
Экономика и социум
, (5-1), 358-361.
7.
Nasriddinova, N. A., Otaxonova, M. F., & Quziboyeva, O. O. (2021). O‘QISH-SAVOD
CHIQARISHNING ENG MUHUM OMILI.
Экономика и социум
, (5-1 (84)), 358-361.
Mart, 2025-Yil
310
8.
Nasriddinova, N. A., & Otaxonova, M. F. Q. (2021). O‘SIB KELAYOTGAN YOSH
AVLODNI TARBIYALASHDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR.
Academic research in
educational sciences
,
2
(5), 616-621.
9.
Nasriddinova, N. A. (2020). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI MA'NAVIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA OYNAI JAHON (TELEVIZOR) NING AHAMIYATI. In
Молодой исследователь: вызовы и перспективы
(pp. 380-382).
10.
Turdiyeva, R. K., Nasriddinova, N. A., Nazarkulova, G. A., Ummatkulova, S. S., &
Khojaboyeva, Z. S. K. Methods for the development of reading literacy of primary school
students through independent thinking.
International Journal of Health Sciences
, (V), 1690-
1695.
11.
Nasriddinova, N. (2023). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI NUTQ
TOVUSHLARINI
TO‘G‘RI
TALAFFUZ
QILISHDA
YO‘L
QO‘YGAN
KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI. Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования, 2(8), 14–17.
извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/13639
12.
Nasriddinova N. (2022). O‘QUVCHILARNING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA
ONA TILI VA O‘QISH FANINING AHAMIYATI. Евразийский журнал академических
исследований,
2(5),
731–734.
извлечено
от
academy.uz/index.php/ejar/article/view/3172
13.
Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception
Skills Of Primary School Students.Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching,19,
183-187.
14.
Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL
AGE WITH THE WORLD. American Journal of Applied Science and Technology,3(06),
09-14.
15.
Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. –
Т. 19. – С. 183-187.
16.
Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH
THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №.
06. – С. 09-14.
Mart, 2025-Yil
311
17.
Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.
