Mart, 2025-Yil
468
TURKISTONDAGI – BIRINCHI DRAMMA
Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna
Osiyo Xalqaro Universiteti Tarix va filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.
Tursunova Shahzoda Mehriddinovna
Osiyo Xalqaro Universiteti 1-T-23 guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15098891
Annotatsiya. Ushbu maqola , XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistondagi jadidchilik
harakatlarining asoschisi Behbudiyning harakatlari bilan bog’liq . Behbudiy jaxolatga yuz tutgan,
ilmsizlik botqog’iga botgan xalqni qanday ma’rifatli qilish haqida ko’p marotaba o’ylab ko’rib
xalqni san’at orqali , ya’ni teatr orqali uyg’otishga qaror qiladi. Shu paytgacha Turkistonda turkiy
va fors tilida hech kim bu darajada mukammal dramma yarata olmagan edi. Behbudiyning asosiy
maqsadi xalqni yuksak darajada ma’rifatli qilish bo’lgan.Uning “Padarkush” drammasi xalqni
uyg’otishda asosiy rol o’ynagan.
Kalit so’zlar: Behbudiy, jaxolat, dramaturgiya, bilimsizlik, teratr, fojia, nopoklik,
beparvolik.
Ziyolilar fikricha, yoshlarimiz maktabni tugatgach Sank-Petrburg va Moskva shaharlarida
huquqshunoslik, muxandislik, sud-huquq, sanoat fani,iqtisod, o’qituvchilik fanlari bo’yicha
doktoranturada o’qishi kerak. Bugina emas, farzandlarimizni Fransiya, Amerika, Iatanbulga
o’qishga yuborishimiz kerak. Bu borada Kavkaz, Orenburg, Qozon bo’ylaridan ibrat olish kerak.
Aytish joizki ularda kam ta’minlangan bolalarning ta’lim- tarbiyasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ziyolilarning yuqoridagi gaplari Behbudiyning yuksak badiiy mahorati samarasidir.
Chiziq orqali nihoyatda ixcham, qiaqa saxna, muallif boylar harakterini yanada yorqinroq
gavdalantirishga muvaffaq bolgan. Bunday tiplashtirish orqali Behbudiy Turkistondagi ochko’z
boylarning umumlashtirilgan obrazini yaratadi.
XX asr boshlarida hayotdagi tub o’zgarishlarga monand holda o’zbek adabiyoti va
san’atiga yangi janrlar muvofoqqiyatli rafishta kirib kela boshladi. Hayot va jamiyatda mavjud
bo’lgan muommolar haqida chuqur o’ylaydigan fikr yuritadigaan yozuvchilar oldida misilsiz keng
imkonyatlar ochildi. Tashqi adabiy ta’sirlat mumtoz adabiy ananalariga tayanib kelagan mualliflar
oldiga harakter, shakl, uslub va tomoshabinga munosabat borasida yangi vazifalarni qo’ya
boshladi. Mana shu ananalar doiarsida ijod etgan mahalliy adaiblar yangi o’zbek adaiyotining
yetakchiligiga aylandilar “Padarkush “ shu tariqa maydonga keldi.
Mart, 2025-Yil
469
Behbudiy Markaziy Osiyo ijodkorlari orasida birinchi milliy dramatik asar yaratdi.
Ungacha mazkur hududda na turkiy na forsiy tilda dramma janrida birorta asar
yaratilmagan edi. Behbudiy davri uchun bu katta hodisa edi. Asarning dunyo ko’rishi oson
kechmadi . Bunga sabab, birinchidan, Chor hukumati mustamlaka turkistonning ma’rifat yo’lig
kirib , o’z huquqini taishidan manfaatdor emas edi;1916-yildagi Turkiston general – gubernatori
A.Kuropatkinning o’z kundaligida yozgan va bugun juda mashxur bo’lib ketgan “Biz tub joy
xalqini taraqqiyotdan, maktabdan, rus hayotidan 50 yil chetda tutdik” , degan so’zlarni eslash
kifoya. Ikkinchidan turg’unlik va tutqinlik tufatli avj olgan jaxolat, mutaassiblik . “Kimiki sahnada
ko’rsang oni jasorati bu” deb yozgan edi shoir Tavallo . Bu bejiz emas . Xullas 1911-yilda yozilgan
“Padarkush” drammasi 1913- yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildidagi “Boradino jangi va
Rassiyaning fransuzlar bosqinidan halos bo’lishinig yubiley sanasiga bag’ishlanadi” dehan yozuv
va uning Tiflis senzurasining ruxsati bilan chop etilishi shuni ko’rsatadiki ish oson ko’chmagan.
Pyessa bosilib chiqqandan keyin ham uni saxnaga qo’yish uchun yqin bir yil vaqt ketdi.
Muallif bu haqidagi xatlarga javoban kinoyaomuz:”Turkistonda bekor odam yoqki, xalq uchun
ishlasa. Bekor kishi yo’qki teatr saxnasiga chiqib , “masxarabozlik” qilsa” deb yozgan edi.
Zamonaviy dramma shu davrdagi barcha hayotiy muommolar va mumtoz adabiyot
ananalaridan ancha uzoq bo’lsada u boshqa janrlarda yozilgan asarlardan farqli o’laroq ijro etish,
ko’rsatish xususiyatiga ko’ra mahalliy aholi kongliga birdek yo’l topa oladi. Mana shu muhim
jihatiga ko’ra yosh o’zbek drammasi jamiyatda jiddiy islohotlar bo’lib turgan bir paytda muhim
ma’rifiy tarbiya vazifasini bajaradi.
“Padarkush”-o’zbek darmmachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi drammasidir.
Mutaxxasislar uni ham janr , ham mazmuniga ko’ra yangi adabiyotini boshlab bergan bir asar
sifatida baxolaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan , uch parda to’rt manzarali bu dramma hajman
juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo’n. U jaholat va nodonlik, o’qimagan bolaning
buzuq yo’llarga kirib, o’z otasini o’ldirgani haqida hikoya qiladi. Behbudiy o’zi ixcham “Milliy
tragedya deb tariflagan bu asar millatning o’z farzandlarini o’qitish, ma’rifatli qilish , o’zi mansub
bolgan jamiyatni yuksaltirishga har jihatdan qodir bo’lishiga qaramay, bu ezgu amallarni
bajarishdan bosh tortgan kishilarnig qismati haqidagi bashorat edi. Behbudiy asar g’oyasini keskin
ziddiyatlar, to’qnashuvlar harakterlar kurashi asosida ko’rsatishdan ko’ra drammaning ayrim
qisimlarida talim-tarbiya orqali mamlakatni rivojlantirish mumkinligini hamda turkistonlik
yoshlarning ilm olishdan bosh tortishlari yomon oqibatlarga olib kelishiga ko’rsatishga ya’ni,
didaktik tasvirga urg’u beradi.
Mart, 2025-Yil
470
Orqa oldini o’ylamagan boyning Toshmurod ismli o’g’li bor. O’g’li o’qimagan. Boy
atrofdagilarning gapiga kirmaydi, o’g’lini o’qitmaydi , oqibatda ko’cha bezorilariga qo’shiladi.
Restaranda maishatga puli yetmay sheriklarini tunda uyiga boshlab keladi. Boy uyg’onib , ularni
sezib qoladi. Boyni o’ldirib pulini olib ketadilar. Xulosa:jaxolat va nodonlik otaning ham, bolaning
ham boshiga yetadi. Agar butun millat shu ahvolga tushsachi?! Drammada ilgari surilgan jiddiy
muommolar ta’lim va tarbiyani kuchaytirish , xalqni asriy jaxolat , qoloqlikdan qutqarish, jinoyat
va jazo, majburiyat va masulyat singari ijtimoiy munosabatlar sodda va ta’sirli ifodalangan.
Drammada ilk bora turkistonliklarga o’z tilida, tipik obrazlar, tipik harakterlar orqali jiddiy
hayotiy muommolar, ochiqchasiga gapirilgan edi. Ilimsizlik, jaxolat, to’g’ri yo’ldan adashish,
oilaga baxtsizlik, chinakam kulfat keltirishi tasirli dialoglarda aks ettirilgai uchun saxnadagi
harakatlar tomoshabinni hayratga solib , butun vujudini qamrab oladi. Saxnadagi voqealarni to’g’ri
idrok qolgan har qanday tomoshabin Turkistonning asosiy fojiasi nimadan iborat ekanligini ko’rib
yig’laydilar, mamlakat yoshlarni o’qitish orqali yangi hayotga olib chiqishi zarurligini
tushunadilar. Jadidlar jamiyatni rivojlantirish omili, birinchi navbatda ma’rifatga ta’lim- tarbiyaga
bog’liq ekanini yaxshi anglab yetgan edilar. Shu tufayli “Padarkush” drammasida bu yetilgan
hayotiy muommo eng dolzarb masala sifatida kuyinchaklik bilan ko’rsatiladi.
Ziyoli qayg’u bilan aytyotgan fikrlarning boyligiga qanday munosabatda bo’ladi? O’tirgan
joyda bir chetga egilib xo’rsinadi. Bu yerda Behbudiyning badiiy mahorati yanada yaqqol
namoyon bo’ladi. Boy ziyoliga ko’chaga chiq deyolmay, xizmatkorga: ”O’rnimdan ket men tushib
qolaman, ertaga ish ko’p biroz yotishim kerak” dedi mana boy odamning surati. Qisqa fikr orqali
u o’zining haqiqiy ichki dunyosini xalqi, millati haqida aytilgan og’riqli fikrlarga munosabatini
ko’rsata oldi. Ayrim tatqiqotchilarimiz ustoz va ziyoli obrazini unga qarama –qarshi qo’yadi.
Darxaqiqat, muallifning maqsadi marifatparvarlar obrazi orqali ustoz obrazini
rivojlantirish edi. Yani duyoviy ilm bilan bog’lash orqali hayot talqinida yaqqol namoyon bo’ldi.
Hayotiy tajriba bu ikki egizak tasvirining yaratilishiga olib keldi. Bu obrazlarda Behbudiy
qarashlari mujassam. Bu obraz haqida tadqiqotchi A.Aliyev shunday yozgan:”Drammadagi ziyoli
obrazi Behbudiy va butun jadidchilik harakatining yoshlar tarbiyasi, ilm –marifati, ta’lim –yarbiya,
maktab ta’limga oid qarashlarini to’la aks ettiradi. Bu trimsolda jaxolat uyqusidan uyg’onishga
da’vat ifodalangan”.
Dramada hayot obrazi sodda. Ammo dramaturg bu kunlik o’tmishda jamiyat fojiasini
shunchaki orqa fonda ko’radi, chunki jamiyat fojiasini o,z zimmasiga olgan farzandlar taqdiri
jamiyat poydevori yorilib, larzaga kelganidan dalolatdir. Voqealar jarayonida ishtirokchilarning
faoliyati,avvalo, ularning xatti-xarakati, xolati, so’zi, nutqida namayon boladi.
Mart, 2025-Yil
471
Asardagi eng muhim badiiy vosita sifatida shakllangan monologlarda dramatik vaziyatlar
bir nuqtada umumiylashtiriladi. Aynan shu paytda ishtirokchilarning ichki kechirmalari, ma’naviy
olaming o’ziga xosligi bir qator tumanli qarashlar paydo bo’ladi.
Dramaturg asardagi deyarli hamma harakatlarni vaqt va makon jihatidan so’ngi ikki
pardaga ixcham joylashtiradi. Bu esa asarning ikkinchi yarmida Mulla va Ziyolining o’ldirilgan
o’quvsiz, ma’rifatsiz boy ustidan biroz hissiz, hech nimaga achinmay qilgan hukmi paytidagi
daqiqalar sezilarli harakat beradi.Nodon farzandlar va qoloqlik qasri ustida o’rtasida yuz bergan
jinoyatga dahlrdor va sababchi bo’lgan kimsalarni sahnada kuzatiyotgan har qanday oddiy
tomashabin ham dramma fojia bilan tugashi muqarrarligini his qilib , bilib turadi. Birinchi pardada
Boy asosiy obraz sifatida ta’svirlanadi, sahnadagi barcha munosabatlarda ishrirok etib, boshqa
personajlarni o’z atrofiga tortgan yagona qahramonga aylanadi. U ush bu pardadagi boshqa
xarakterlarga nisbatan 2 marta ko’p gapiradi. Shunday bo’lsada boy o’z fikri va maslahati bilan
ush bu parda oxirida o’zining “uyqusini keltirgan” Ziyolidek muhim, asosiy siymo emas.
Zamonaviy tanqidchilar esa boyni dramadagi asosiy, markaziy qahramon deb
hisoblaydilar. Ikkinchi pardaning o’ziga xos obrazi o’spirin yigit Davlat. U guruhning g’oya
beruvchi rahbari: 1-bbo’lib Liza ismni tilga ilgandi, uning uchun pul topish rejasini aytadi va unga
boshchilig qiladi. Toshmurodni o’z ota-onasiga nisbatan bosqinchilik qilishiga ham Davlat davat
etadi. 3-pardaning birinchi ko’rinishidagi ziddiyat asrda yaxshi tasvirlangan. Lekin Behbudiy 4-
ko’rinishda Tangriqul va Toshmurod obrazlarini va barcha phantonomik harakatlarini 12
ishtirokchidan 8tasini harakat hukmron bo’lgan manzara-mayxonaga olib keladi . Ziyolining
uzundan-uzoq nutqi ogohlantirish haqida allaqachon aytilgan bo’lsada, u deyarli drammaning
oxirida yana takrorlanadi. Liza qahramoniga to’xtaladigan bo’lsak-Lizaning qiyofasi
ruhiy,axloqiy jihatdan buzilgan xottinni uzida mujassam etgan. Bu obrazni kenroq tahlil qilish
kerak shekilli, lekin drammaturg senzura xaqida o’ylagan bo’lsa kerak. Ammo qisqa ko.rinishlarda
ham bu tasir qanday xususiyatlarga ega ekanligi aniq. Nopok bolalarni birlashtirgan kuch Arturdir.
U axloqiy buzuqlikning boshida turgan shaxs. Artur amaki bolalarni aldayapti. Chunki u
ko’p miqdorga piva sotadi va musulmon bolalarni yo’ldan ozdiradi, bu ham kamtarlikdir. U boylik
ortirish maqsadida Lizadan ataylab foydalanadi. U yovuz maqsadlariga erishish uchun piva
zavodini tashkil qildi. Artur va Lizani yoshlar tarbiyasi yomonlashib borayotgani ummumiy
qiziqtirmaydi. Artur va Liza talab qilgan pulni topishi uchun bolalar o’rilig yo’liga o’tishga
majbur. Behbudiy har bir bola ota onasiga,oilasiga dushman degani esma , bu holda ota ona va
farzand o’rtasida vositachilik qilish niyati yo’q shu bilan birga, farzand tarbiyasida ota-ona
masulyatining o’rni, bilaning jismoniy va ma’naviy kamolatida tanlagan tarbiya usulining
Mart, 2025-Yil
472
ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Dramma faqat nafrat uyg’otish, odamlarni jaholat,
ilmsizlik, savodsizlik tufayli sodir bo’ladigan jinoiy ishlardan ogoh etishga qaratil. Agar boy Ziyoli
va Domlaning gapiga amal qilib bolasini o’rgatgan bo’lsa, Toahmurod yovuz davraga qo’shilmas
edi, yani Davlat,Tangri yolg’onchilar mayxonaga bormasdi, Artur bilan Lizani uchratmas edi.
Toshmurod hayot yo’lida birdan uyidan o’rilik qilishga odatlanib qoladi. Chunki uning
ongsizligi bolalarni tarbiyalshga odatlangan. Tangriqulni o’rilik qilish uchu uyiga olib boradi.
Toshmurodning ko’rsatmasi bilan Tnagriqul yotoqxonaga kirib pul va boyliklarni oladi.
Otasining uyg’onganini ko’rgan Toshmurod to’pponchasini o’qtaydi. Tangriqul esa Boyni
pichoqlab o’ldiradi. Boylikni olib ikkovi uydan yugirib chiqib yana tervernaga boradilar.
Toshmurod hech narsa bo’lmagandek rohatlanib o’tirardi.bundan ortqi befarqlik bo’lishi
mumkin emas. Bu manzara har qanday o’quvchi qalbida nafrat tug’ularini uyg’otishi tabiiy.
Tevernada uning barcha do’stlari Lizaning sog’ligi uchun ichishadi va hayajon avjiga
chiqqanda tashqaridan shovqin eshitiladi va soqchilar shoshilib kiradilar. Liza qochib ektadi.
Boyning o’li Toshmurod yolg’onchilar :Davlat, Tangriqul, Nor qo’lga tushmaydilar. Bu
savodsizlikning oqibati degan xulosa dramaturgiyaga qarshidir. Pyessada boy “o’limni o’rgatsam
nima bo’ladi ?” deb o’ylamagan ham. Bu boyning ayanchli xatosi bo’lib, oxir-oqibat o’g’li
tomonidan o’dirilgan. Asosiy masala bo’lgan tarbiyada boylar gunohda qoladi. Chunki drammada
foijia arzimagan pulni deb sodir bo’ladi. Toshmurodnning beparvoligi,dangasaligi, nodonligi
uning boshiga yetadi.dramma so’ngida muallif Ziyoli obrazi orqalifojiadan qutulish yo’llari haqida
shunday fikr bildiradi “ilmsiz bilimsiz bollalarning taqdiri mana shunday. Agar otasi o’rgatgan
bo’lsa bunaqa jinoyat sodir bo’lmasdi,ichkilik ichmagan bo’lardi. Eh bu yigitlarni qiynab qo’ygan
jaholat, bizni yo’q qilgan uysizlik, asorat, jaholat va jaholatning natijasidir. Dunyo ilm bilan
rivojlanadi, asirlikda va asir bo’lganimiz uchun biz o’zimiz tarbiyasiz bo’lganimiz uchun,
oramizda yomon voqealar va xodisalar hukmron bo’lishi kerak bu narsalarni yo’q qilishni
o’rganish va o’rgatishdan boshqa yo’l yo’q.” Bu fikrlar drammaturgiya mazmuning cho’qqisidir.
Asar qisqa bo’lishiga qaramasdan hayotiy voqealar tasvirlangan sahna asari sifatida
muvofiqiyatli namoyish etiladi. Tadqiqotchi Ahmad Aliyev bu fikrlarni o’ziga xos tarzda tatqiq
qiladi:- Behbudiy ta’limoti uning o’lining tarbiyasi zaif bollalar sabab hayotda sodir bo’lgan
fojialarning dahshatlarni imkon qadar chuqurroq ochib berish maqsadida boyni talan-taroj qilish
va xatto o’ldirishga boshchiik qilganini ko’rsatadi. Shuning dek uning keyingi dunyoda sodir
etilgan jinoyati oqibatkarini tushuntirib beradi. Mustamlakachilarning salbiy ta’siridan halos
bo’lish uchun ularni o’zini anglashga o’rgatish kerak.
Mart, 2025-Yil
473
Tadqiqotchining fikri “Padarkush” g’oyasini tog’ri tushungan har bir kishining fikri bilan
ham onangdir. Chunki “Padarkush”da tarbiyani oiladan boshlash davrning asosiy vazifasi
hisoblanadi. Behbudiy tili haqida gap ketganda publistitsika sohasida ko’rganimizdek, ba’zan xalq
so’zlaridan bo’lsada, dialektik materiallardan ham foydalanish mumkin ekanligini ko’ramiz. Bu
xususiyat “Padarkush” drammasiga ham ko’chdi. “Padarkush” drammasida syujet bugungidek
ko’z o’gimizda o’tmish va kelajak voqealarini aks etiradi. Shuningdek u o’quvchini sodir
bo’layotgan voqealar doirasiga tortadi va ularni tirik guvohga ayalantiradi. Dramma
kompozitsiyasiga xos xususiyat ixchamli va uyushqoqligidadir. Asardagi epizoddagilarning ham
bir-biri bilan bog’liqligi muqarra. Boshqacha aytganda keyingi eoizodlar odingi epizodlarga qarab
tayyorlanadi. Boyning uyidagi voqea keyingi voqealarning sodir bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Baxtiyor Nazarov “Padarkush” drammasidagi kamchiliklarga to’xtalar ekan, shunday
yozadi: xususan, qotillik epizodi ko’proq suniylashtirilgan. Asardagi g’oya hamisha osh qahramon
xarakterining harakatidan emas, balki muallifning o’z maqsadini tezroq ochib berishga
initilishidan kelib chiqadi. Bu obraz harakating g’oyaga bo’ysunishi va darmma janrida tajribaning
kamligidan bo’lsa kerak.” Tadqiqotchining fikri asosli ammo hozirgi vaziyatdan kelib chiqib,
muallif ijodiga baho berish kerak bo’ladi. Chunki o’sha davrda o’zek tilida drammatik asra
yaratilmagan. Bu janrga birinchi bo’lib Behbudiy kirib kelgani ham ma’lum. Aytish joizki,
Behbudiy bu asrani yaratishda ma’rifat orqali xalqni mustamlaka zulmidan ozod qilishni asosiy
vazifa qilib qo’ygan. Shuning uchun ham drammada ko’tarilgan masal yuqorida tilda olingan
kamchiliklar soyasida qolmoqda. Shunday qilib Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush”
drammasi o’zbek drammaturgiyasi va teatruga asos soldi. Bu asrai bilan Behbudiy o’zbek
teatrining rahbari sifatida zamonaviy adabiyotning shakilanishiga hissa qo’shdi. Jadid
adabiyotining asosiy mavzusi ma’rifat bo’lib, Behbudiy “Padarkush” drammasi bilan boshlagan.
O’zbek jadid adabiyotining “karvonboshisi”-Behbudiyning “Padarkush” milliy fojiasi
nafaqat o’zbek adabiyotshunoslari tomonidan balki o’nlan xorijlik olimlarning tadqiqot larida
tadqiq etilgan. Jumladan “Padarkush”milliy fojiasi va ilk o’zbek drammaturgiyasi haqida Temur
Ko’cha o’g’li, Nodir Davlat, Edvort Olvord ijobiy fikrlar bildirishgan. Mazkur tatqiqotchilar
ichida Amerikalik o’zbekshunos Edvord Olvordning “Ilk o’rta Osiyo drammasi padarkushda
metafora “ nomli tatqiqodni e’tiborga muolik tatqiqotlardan sanaladi. Shuningdek turkiyalik
turkolik olim Temur Ko’chaog’lining “Turkistonda turkcha ilk teatr asari- “Padarkush” pyessasi
(1913-yil) maqolasi ham anashu tatqiqotlardan biridir. Olimning bu maqolasi 2004-yil
Turkiyaning mashxur gazetasida 15- sonida nashrdan chiqqan. Temur Ko’chao’g’lining mazkur
“Kirish “ , “Turkistonda teatr va Turkistonda modern teatr “ , “Padarkushning saxnalashtirishi “
Mart, 2025-Yil
474
“Padarkush pyessasining tasiri” deb nomlangan jami kirish bilan hisoblanganda 11 qisimdan
iborat. Shuningdek maqola so’ngida Temur Ko’chao’g’li “Padarkush” milliy fojiasi “babaq katili”
nomi bilan turkchasiga tarjima qilgan.
Olimning Maxmudxo’ja Behbudiy adabiy shaxsiyati hamda “Padarkush “ milliy fojiasi
haqida ko’plab orginal fikrlar keltirilgan. Xullas Temur Ko’chao’g’li mazkur tatqiqotida o’zbek
Behbudiyshunoslari Qosimov, Rizayevlarning tatqiqotlaridan keng foydalangan. Shuingdek,
Qosimov nashrga to’plab tayyorlagan kirish so’zi bilan chop etilgan “Maxmudxo’ja Behbudiy.
Tanlanga asarlari “ ga suyanadi. Muhumi katta turkolik olim o’zidan oldin Behbudiy hayoti
va ijodi bo’yicha tatqiqot yaratgan o’zbekshunos olim Olvordning 10 lab tatqiqotlariga suyaning
mulohaza yuritadi. Tatqiqotchi Mirzayeva o’zbek jadid adabiyotining Amerikada o’rganilishi
bo’yicha tatqiqot yaratib, Olvordning tatqiqotiga ham to’xtalib xatto mazkur maqolani ingkiz
tilidan o’zbek tiliga o’girib, jaxon adabiyoti jurnalida chop ettiradi. Mirzayeva tarjimasidagi
olvardning “Birinchi o’zbek drammasi “ maqolasidan foydalanamiz. “Pyessaning Padarkush deb
nomlanishiga e’tirof berilishi mumkin. Chunki Behbudiyning tasvirlashicha, boyning asosiy qotili
o’g’li emas, balki Tangriqul lekin ikkinchi jihatdan o’g’li bu jinoyatning asosiy ishtirokchisi
ekanligiga hech kim shubxa qilmaydi. Demak chuqurroq qaralganda drammaning bunday
nomlanishi asosli e’tiroz uyg’otmaydi.Jioyatchini mavhum bir kimsa sifatida ko’rsatilishida ham
muallifning o’z maqsadi bor. U drammada faqat otaning fojiali taqdiri misolida majoziy ravishda
ota-ona. Ona va Turkiston musulmonlarining qismatiga ham ishora qiladi. Agar jamiyat
mustamlaka zanjiri ostida yashasa, jaxolat, nodonlik avj olsa , buning uchun katta aybdor, kim
bo’ladi ? Muallif bu savolni tomoshabinlar hukmiga havola etadi.
Fikrni alligoriya , metafora va aniq jonli obrazlar vositasida ifodalash Turkiston adabiyotda
azaldan mavjud bo’lgan va XX asr boshlarida ham qo’llanib kelinayotgan badiiy tasviriy
vositalardan hisoblanadi.
Har ikki olim birinchi o’zbek tragedyasi “Padarkush” ni nihoyatda batfsil va katta nigoh
bilan tahlil qilib berishgan. Xususan Olvord tragedyada “o’lim” metaforasini atroflicha badiiy
estetik tahlil qilib bergan. Olim shunday yozadi : “ Ma’lum bo’ladiki “ Padarkush” da aynan va
ramziy manoda turli darajadagi o’lim sabablari metafora sifatida ko’riladi. U oila boshlig’ining
o’limini aks ettirish bilan bevosita madaniy qoloqlik tufayli asriy Turkiston inqirozga uchraganini
endu bunday yashab bo’lmasligini oldindan bashorat qiladi. Bir vaqtning o’zida muallif jamiyatni
qoloqsizlik , 1900-yillarda tuzilgan markaziy osiyo musulmonlar jamiyatining faol azolari
parokanda bo’lib ketganligiga ishora qiladi. O’z davrining peshqadam adibi, birinchi drammaturgi
yuqoridagi nozik mushuhodalari orqali turkistonlik yoshlarga millat, jamiyat uchun nihoyatda
Mart, 2025-Yil
475
dolzarb bo’lgan masalalarni olib chiqadi. E’tiborlisi shundaki Olvardning padarkush tragedyasi
yuzasidan qilingan badiiy estetik tahlillar sotsialistik tahlil bilan birlashib ketgan. Xorijda
Behbudiy hayoti va ijodini tatqid etgan tatqiqotlar orasida olvard hamda temur Kochaog’li
yaratgan ilmiy izlanishlar alohida ajralib turadi. Bu tatqiqotlar horijdagi buhbudiyshunoslik yprqin
manzarasi sifatida bugungi o’zbek adabiy tanqidchiligi hamda behbudiyshunoslik sohasida katta
ahamyatga muolik sanaladi. Bugungi o’zbek Behbudiyshunoslari horijlik olimlarni mutassil
qiziqtirib kelayotgan jadid ma’rifatparvari Behbudiy hayoti ijodini o’rganishdan to’xtamadi.
Yaqin qillar ichida Akademik Karimov hamda Abdurashitxonovlar yangi ilmiy tatqiqot va
molografiyalar yaratishadi.
Behbudiy asari uchun og’ir dolzarb mavzu tanlangan. Asardagi ozgina hissiyot va g’azab
va nafratni hisobga olmaganda, unda hech qanday ramantik va tuyg’ularni ifodalovchi o’rinlar
yo’q. Asarda ma’rifatdan uzoq ir oila qismati orqali mustamlaka turkistondagi ayanchli hayot,
nursiz turmish va qoloq musulmonlarning bemani qarashlari bilan bog’liq baxtsiz oqibatlar
maxorat bilan ko’rsatiladi. Behbudiy mazku dramma orqali jaxolat, fikr, dunyoqarashni
o’zgartirish bilan birga turkistonlik tomoshabinlar ko’nglida afsus, nadomat tuyg’ularini
uyg’otishni maqsad qilib olgan edi. Demak jamiyatni isloh qilish bilan bog’liq yangi g’oyalarni
bayon etishda dramma janri yaxshi imkonyatlar yaratib berdi. Chunki dedektiv yoki mistik
shakldagi adabiy janrlar, Behbudiyning ijtimoiy siyosiy maqsadini aniq namoyon qololmas edi.
Amerikalik olim Edvord Olvordning fikricha o’sha davrda yaratilgan boshqa drammalar
Behbudiyning “Padarkushi” kabi muvoffoqqiyatli chiqmagan. Bir lahzada hamma narsasidan
maxrum bo’lgan, eri o’ldirilgan ayol shunday baqirib dod soladi. “he juvormarg Toshmurod !
Qonqus! koshki chechakda ketsayding ! Voy padarkush ! “ Aynan shu daqiqada domla
boyning xotiniga tanbeh beradi: “Bu badbaxtlik va musibatga sabab jaxolat va nodonlikdir,
bemanilik va tarbiyasizlikdir. Uyingizni nodonlik buzdi... “behbudiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini
asarga singdirish uchun qadim turkistonliklar amal qilgan abadiy o’yinlar va qochiriqlar ko’p,
ma’noli so’zlardan mahorat bilan foydalanadi. Behbudiy o’z yurtdoshlarini chinakam qotil kim va
nima uchun bu jinoyatga qo’l urgani haqida jiddiy o’lab ko’rishga majbur qiladi... “Padarkush”
drammasi Toshkentda 1914-yilning 27-fevralida qo’yildi. Avloniyning “Turon” turuppasi kolizey
o’z fa’oliyatini mana shu “Padarkush” bilan boshlagan edi. Spektakl oldidan Munavarqori
teatrning jamiyat hayotidagi roli va o’rni haqida nutq so’zlaydi. Boy rolini Abdulla Avloniyning
o’zi ijro etadi. Mahalliy matbuot bu kunni “Tarixiy kun “ deb yozadi. “Turon” truppasi 1914-1916-
yillarda bu spektakl bilan butun Farg’ona vodiysini aylanib chiqdi. “Padarkush” drammasi
Turkistonni jumbushga keltirgan qirg’in barot inqilob yillarida ham sahnada tushmadi.
Mart, 2025-Yil
476
Bir tamonda millatni ma’rifati va tarraqiyot sari undashda buyuk rol o’nagan bo’lsa,
ikkinchiyoqdan profissanal o’zbek teatri drammachiligini maydonga kelishi hamda taraqiyotda
muxim xizmat qildi. Bu asrani o’z davrida adabiy harakatchilikka yetkazgan ta’siri haqida qaydlar
ko’p. Buning shohidi sifatida Abdulla Qodiriyning mashhur “1913-yillarda chiqqan “Padarkush ‘
pyessasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” teatr kitobin yozib yuborg’animni o’zim ham payqamay
qoldim”, degan etirofini eslash kifoya. 1916-yilda Toshkentga kelib kolizeyda “Turonning” qator
spektakllarini ko’rgan A.N.Samoylovich yozadi:”Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu
men uchun kutilgan hol edi... Yangi adabiyotning markazi-Samarqand... Yosh qalamkashlarning
bosh ilhomchisi Samarqandlik muftiy Muxammadxo’ja Behbudiydir. “
Behbudiyning teatr haqidagi fikri: “ Teatr-nimadur?
Javobiga –ibratnomadur,
Teatr-vazxonadur.
Teatr oynadurki, ummumiy hollar onda mujassam va namoyon suratda ko’zliklar ko’rib,
kar quloqsizlar eshitib, tasiranur...”
Xulosa
: XX asrda o’zbek adabiyotchiligi aynan “Padarkush” drammasi orqali rivojlandi
va bundan keyingi adabiyot ixlosmandlari uchun yangi yo’llar ochib berdi. Bundan tashqari aynan
bu dramma orqali insonni jaholatdan uyg’otish kabi muhim omillar asosiy vazifa qilib belgilangan
edi . Agar Boyning uyi bilimsizlik, jaholat va qaysarlikning makoni bo’lsa, maishatxona- shayton
malaylarining uyi sifatida ko’rsatiladi. Har bitta kitobxon sevib o’qishing asosiy sababi esa
o’tmishdagi holatlar yani razilliklar, bilimsizlik va jaholat botqog’iga botgan insonlarning holatlari
juda ajoyib tarzda ifodalangan.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Mahmudxo’ja Behbudiy. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2022.
2.
Olvart E. Birinchi o’zbek drammasi//Jahon adabiyoti.2009
3.
Mahmudxo’ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. B.Qosimov.-Toshkent Ma’naviyat,23 bet.
4.
Rahmonova M.Hamza and Uzbek theatter-Toshkent-1959-79 bet.
5.
www.eprajournals.com -2455-3662.
6.
Toshpo’latova, S. (2025). FOROBIYNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA
O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science
and Research, 4(1), 177-186.
Mart, 2025-Yil
477
7.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ
ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research,
3(12), 985-993.
8.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI. Modern Science and Research, 3(12), 994-1003.
9.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.
10.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
11.
Toshpo’latova, S. (2024). TARIX FANINI O’QITISHDA SAMARALI METODLAR.
Modern Science and Research, 3(11), 774-782.
12.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS. Журнал универсальных
научных исследований, 2(5), 453-462.
13.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research,
3(5), 522-529.
14.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.
15.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District.
Modern Science And Research, 3(5), 148-151.
16.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.
17.
Qizi, R. S.S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports,
1(7).
18.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In
Nonformal Education, 4(3), 432-437.
19.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and
Science Education, 2(8), 1214-1222.
20.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern
Science and Research, 3(2), 87-93.
Mart, 2025-Yil
478
21.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science
and Research, 3(2), 1004-1011.
22.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.
23.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1),
504-510.
24.
Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.
25.
Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political
Sciences, 3(12), 42-47.
26.
Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research,
2(12), 801-807.
27.
Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal
Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.
28.
Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research,
2(9), 404-409.
29.
Toshpo’latova, S. (2023).
ETHNOLOGICAL
ANALYSIS
OF
CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE
RESEARCHES OF MS ANDREYEV.
Modern Science and Research, 2(10), 291-299.
30.
Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE
TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.
31.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of
Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of Intellectual
Cultural Heritage, 3(1), 12-16.
32.
Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”
Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.
33.
Toshpo’latova, S., & Hoshimova, M. (2025). BERUNIY VA UNING DIDAKTIK
QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 344-351.
34.
Toshpo’latova, S. (2024). ILK UYG’ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING
DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA
QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 3(12), 643-651.
Mart, 2025-Yil
479
35.
Muyiddinov, B., Toshpo‘latova, S., & Gadayeva, M. (2025). TEMURIYLAR DAVRIDA
KUTUBXONACHILIK, HUJJATCHILIK VA ISH YURITISHNING O’ZIGA XOSLIGI.
Modern Science and Research, 4(2), 97-105.
36.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Muyiddinov, B. (2025). BO’LAJAK
O’QITUVCHILARNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGINI
TARKIB TOPTIRISH MODELI. Modern Science and Research, 4(2), 106-116.
37.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Muyiddinov, B. (2025). TARIX DARSLARINI
OQITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI. Modern Science and
Research, 4(2), 87-96.
38.
Toshpo‘latova, S. (2025). O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGINI TARKIB TOPTIRISH MODELINING MAZMUNI VA
AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 581-590.
39.
Toshpo‘latova, S. (2025). BO’LAJAK TARIX O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 235-245.
40.
Sadullayev, U. (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT.
Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice
,
2
(4), 376-385.
41.
Sadullayev, U. (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT.
Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice
,
2
(4), 376-385.
42.
Sadullaev U. (2024).
USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION.
Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice
,
2
(5), 344–352.
43.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
44.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev,
U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 994-1003.
45.
Sadullayev, U. (2024). MIRZA SIROJ HAKIM AND HIS LEGACY.
Modern Science
and Research
,
3
(2), 902-910.
46.
Toshpo‘latova,
S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ
ALLOMALARINING
DIDAKTIK
QARASHLARI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 985-993.
47.
Shokir o’g’li, S. U. (2023). The History of the Creation and Formation of the
Neighborhood.
American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education
(2993-2769)
,
1
(10), 480-485.
Mart, 2025-Yil
480
48.
Sadullayev, U. (2024). THE NEIGHBORHOOD IS THE CRADLE OF
VALUES.
Modern Science and Research
,
3
(1), 607–613.
49.
Shokir O’g’li, S. U. (2023). The importance of the mahalla system’s reformations in new
Uzbekistan.
International Journal Of History And Political Sciences
,
3
(10), 25-30.
50.
Sadullayev U. (2023).
THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN RAISING A
SPIRITUALLY MATURE GENERATION
.
Modern Science and Research
,
2
(10), 488–493.
51.
Sadullayev, U. (2023). ABOUT THE EMERGENCE OF THE CONCEPT OF
NEIGHBORHOOD.
Modern Science and Research
,
2
(12), 722–727.
52.
Shokir o’gli, S. U. (2023). The Essence of State Policy on Youth in New
Uzbekistan.
American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education
(2993-2769)
,
1
(9), 554-559.
53.
Shokir o’gli, S. U. (2023). The Essence of State Policy on Youth in New
Uzbekistan.
American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education
(2993-2769)
,
1
(9), 554-559.
54.
O’gli, S. U. S. (2023). ELUCIDATION OF ISSUES OF THE HISTORY OF BUKHARA
GUZARS IN OA SUKHAREVA AND HER STUDIES.
International Journal Of History
And Political Sciences
,
3
(11), 30-35.
55.
Sadullayev, U. (2023). O’zbekistonda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor: mahalla
boshqaruvida xotin-qizlarning roli. In
Oriental Conferences
(Vol. 1, No. 1, pp. 551-556).
ООО «SupportScience».
56.
Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI.
Journal of
new century innovations
,
35
(1), 79-80.
57.
Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL
DEVELOPMENT OF SOCIETY.
Modern Science and Research
,
2
(10), 755–757.
58.
Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD
MANAGEMENT IN UZBEKISTAN.
Modern Science and Research
,
2
(9), 132–135.
59.
Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI
SHAKLLANISHIDA MILLIY TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 59–67.
60.
Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). IBN SINONING FALSAFIY
QARASHLARI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 52–58.
61.
Sadullayev U. (2024). Zamonaviy o’zbek mahallalarida ijtimoiy o’zgarishlar.
Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice
,
2
(10), 284–294.
