Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
318
ISSN:3030-3621
INFRATOVUSH TO’LQINLARINING QO’LLANILISHI TA’SIRI
Suyunova Ravshanoy Komiljon qizi
1
Avazbekova Shahinabonu Lazizbek qizi
2
Qurbonov Jamshid Muxiddinovich
3
Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna
4
1-son davolash ishi fakulteti 110’’A’’ guruh talabasi
1,2
,
asistent, dotsent Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti
Annotatsiya:
Mazkur ishda, inson eshitish qobiliyati chegarasidan past bo‘lgan
infratovushlarning (20 Gts dan past) organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari tahlil
qilinadi. Infratovushlarning asab tizimiga, yurak-qon tomir tizimiga, eshitish
organlariga va uyqu sifatiga va muhim fiziologik jarayonlarga salbiy ta’siri ilmiy
manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, infratovushlar manbalari va ularning atrof-
muhitga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqola infratovushlarning salomatlik
uchun xavfini aniqlash va undan himoyalanish zarurligini asoslaydi.
Kalit so’zlar:
infratovush, past chastotali tovushlar, inson salomatligi, asab tizimi,
yurak-qon tomir tizimi, bosh og’rig’i,atrof-muhit shovqini, uyqusizlik
Infratovush – chastotasi inson eshitish sohasidan past bo‘lgan elastik tebranish va
to‘lqindan iborat.Odatda infratovushning yuqori chegara sohasi ʋ=(16-20)Gts deb
qabul qilingan. Infratovushning pastki chegara sohasi aniq emas: hozirgi davrda
infratovushni o‘rganishning pastki sohasi taxminan ʋ=0.001 Gts. Infratovush
to‘lqinlari havoda, suvda va Yer qobig‘ida (seysmik to‘lqinlar) tarqaladi.
Infratovushlar (20 Gts dan past tovush to‘lqinlari) inson organizmiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Ular eshitish qobiliyatimizdan past bo‘lgani uchun ongli ravishda
sezilmasa-da, tana ularni fiziologik darajada qabul qiladi.
Past chastotali tovushlar – 20-200 Gts oralig‘idagi tovush to‘lqinlaridir. Ular inson
eshitish diapazonining pastki chegarasiga yaqin joylashgan bo‘lib, ko‘pincha industrial
uskunalar, transport vositalari, ventilyatsiya tizimlari va ba’zi musiqa apparaturalari
tomonidan hosil qilinadi. Ularning organizmga ta’siri quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Quvnoq eshitilmasa ham, quloqda bosim hissi uyg‘otadi. Uzoq muddat ta’sirida
eshitish qobiliyati pasayishi mumkin. Bezovtalik, charchoq, diqqatning pasayishi va
surunkali stress holatlari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, qon bosimining o‘zgarishi
va yurak urish tezligining buzilishi holatlari ham bo’lishi mumkin.
Infratovushlarning asab tizimiga ta’siri — hozirgi kunda tibbiyot va ekologiya
sohalarida dolzarb hisoblanadi, chunki past chastotali tovushlar (20 Gts dan past) inson
ongli ravishda eshitmasa ham, asab tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Infratovushlar
markaziy asab tizimida bezovtalik uyg‘otadi. Doimiy ta’sir insonni sababsiz jahldor
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
319
ISSN:3030-3621
yoki tushkun holga soladi. Diqqatni jamlash qiyinlashadi, xotira qisqa muddatli
zaiflashadi. Bu holat ish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Asab tizimiga past
chastotali tebranishlar orqali bosim bo‘lib, uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Uyqusizlik
esa o‘z navbatida asab tizimini yanada zo‘riqtiradi. Infratovushlar organizmni doimiy
“hujum holati”da ushlab turadi. Bu esa fiziologik va psixologik charchoqni keltirib
chiqaradi. Yurak urishida beqarorlik, terlashning ortishi, bosim o‘zgarishlari
kuzatiladi. Bu holatlar ko‘pincha stress bilan aralashib ketadi.
Infratovushlar inson yurak-qon tomir tizimiga bevosita va bilvosita ta’sir
ko‘rsatadi. Ular tanadagi ichki tebranishlarni chaqirib, yurak faoliyatini izdan
chiqarishi mumkin. Infratovushlar yurak mushaklarining tabiiy ishlash ritmini buzadi.
Ba’zida yurak urishi sekinlashadi (braxikardiya), ba’zida esa tezlashadi (taxikardiya).
Uzoq davom etgan infratovush ta’sirida arterial bosim keskin oshishi yoki pasayishi
mumkin. Bu holat yurak kasalliklari xavfini oshiradi. Past chastotali tovushlar qon
tomirlarining torayishi yoki kengayishiga sabab bo‘ladi. Bu qon aylanishining
buzilishiga olib keladi. Infratovushlar avtonom asab tizimini qo‘zg‘atib, yurak-qon
tomir tizimida muvozanatni buzadi. Yurak urishi va qon bosimining beqarorligi aynan
shu sababli yuzaga keladi. Inson infratovushni eshitmasa ham, yurak sohasida bosim,
siqilish yoki noqulaylik sezishi mumkin.
Infratovush tufayli kelib chiqadigan bosh og‘rig‘i ko‘pincha infratovushning
yashirin ta’sirlaridan biridir. Garchi inson infratovushlarni eshitmasa-da, organizm bu
to‘lqinlarni sezadi va bunga javoban bosh og‘rig‘i kabi simptomlar bilan javob beradi.
Infratovush bosh suyagi va miya to‘qimalarida noaniq tebranishlar uyg‘otishi mumkin.
Bu esa migren yoki diffuz (tarqalgan) bosh og‘rig‘iga olib keladi. Infratovushlar miya
qon tomirlarining kengayish yoki torayishiga olib kelib, miya qon ta’minotida
nomutanosiblik yaratadi. Natijada pulsatsiyalanuvchi yoki bosuvchi bosh og‘rig‘i
yuzaga keladi. Uzluksiz infratovush ta’siri markaziy asab tizimini zo‘riqtiradi. Bu
charchoq, asabiylik va bosh og‘rig‘i bilan namoyon bo‘ladi. Uyquning buzilishi bosh
og‘rig‘ining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Infratovushlar uyqu sifatiga salbiy ta’sir qilib,
ertalabki bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Bosh og‘rig‘i qanday bo‘ladi? Bosuvchi
yoki siqib turgan tarzda kechadi. Peshona yoki chakka sohalarida to‘plangan ogʻriqlar
bilan bogʻliq boʻladi. Ko‘pincha stress, charchoq yoki uyqu yetishmovchiligi bilan
birga kechadi. Dori bilan tez ketmaydigan, qaytalanib turadigan og‘riq bo‘lishi
mumkin.
Infratovush atrof-muhitda qanday eshitiladi yoki seziladi? Infratovushni odamlar
qulog‘i bilan emas, balki tanasi orqali tebranish yoki bosim hissi sifatida sezadi. Bu
hissiyotlar bosh og‘rig‘i, quloq bitishi, yurak urishining tezlashuvi yoki asabiylik
tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Ba'zan ovozga o‘xshash titrash bo‘ladi. Kuchli
infratovushlar (masalan, samolyot dvigateli yoki sanoat turbinalaridan) past g‘o‘ldirash
kabi tovush sifatida hissiy ravishda sezilishi mumkin, lekin bu ham to‘liq eshitish emas.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
320
ISSN:3030-3621
Maxsus qurilmalar yordamida aniqlanadi. Infratovushni o‘lchash uchun oddiy
mikrofonlar yetarli emas, infrasonik detektorlar yoki sezgir mikrofonlar kerak bo‘ladi.
Masalan, geofizik stansiyalar, shovqin monitoring qurilmalari. Binolar yoki buyumlar
orqali bilish mumkin. Kuchli infratovushlar oyna, devor yoki mebellarda tebranishlar
hosil qilishi mumkin. Inson esa bu titrashlarni noaniq g‘o‘ng‘illash yoki bezovtalik
tarzida sezadi.
Infratovush sababli kelib chiqadigan uyqusizlik – bu zamonaviy urbanizatsiya va
sanoatlashtirish sharoitida tobora ko‘proq uchrab turgan muammo hisoblanadi. Garchi
inson infratovushlarni eshitmasa ham, ular organizmga, xususan, asab tizimi va uyqu
markazlariga bevosita ta’sir qiladi. Infratovushlar markaziy asab tizimini doimiy
tebranish holatida ushlab turadi. Bu holat miya dam olishiga xalaqit beradi, uyquga
ketish qiyinlashadi. Infratovushlar tana biologik ritmlariga ta’sir qilib, uyqu gormoni –
melatonin ishlab chiqarilishini pasaytiradi. Bu esa uyqu sifatini yomonlashtiradi va erta
uyg‘onish holatlarini keltirib chiqaradi. Past chastotali tovushlar yurak-qon tomir
tizimiga ta’sir qilib, uyqu paytida yurak urishini o‘zgartiradi. Bu esa tanani
uyg‘onishga majbur qiladi. Inson infratovushni ongli ravishda eshitmasa-da, tanasi uni
sezadi. Ong osti darajasida bezovtalik va xavotir hissi paydo bo‘ladi, bu esa uxlab
qolishga xalaqit beradi. Belgilari: kech uyquga ketish, tez-tez uyg‘onib ketish, uyqudan
keyin charchoq hissi, kunduzgi diqqat tarqoqligi va asabiylik.
Xulosa
: Infratovushlar inson organizmiga ko‘zga ko‘rinmas, ammo sezilarli salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Ular markaziy asab tizimini izdan chiqarishi, yurak-qon tomir
faoliyatini buzishi, charchoq, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va ruhiy tushkunlik kabi
holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Infratovushlar manbalarini aniqlash, ularni
kamaytirish va inson salomatligini muhofaza qilish choralarini ko‘rish muhim
ahamiyatga ega. Ushbu masalaga ilmiy va texnologik yondashuv orqali yechim topish
sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda muhim omillardan biridir. Infratovushlar yurak-
qon tomir tizimiga jiddiy xavf tug‘diradi, ayniqsa doimiy ravishda sanoat yoki
transport infratovushlariga duch keladigan kishilar uchun xavfli. Himoyalanish
choralarini ko‘rish, bunday tovushlar darajasini me’yorda ushlab turish muhim
hisoblanadi. Infratovushlar sezilmasa ham, ularning markaziy asab tizimiga va miya
qon aylanishiga ta’siri bosh og‘rig‘i ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agar odam doimiy
sanoat shovqini, transport tovushlari yoki yopiq muhitdagi infratovush ta’sirida bo‘lsa,
bu holatlar ko‘proq uchraydi. Infratovushlar atrof-muhitda sezilarli fiziologik ta’sirlar
orqali namoyon bo‘ladi, lekin inson uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitmaydi. Bu tovushlarni
aniqlash uchun ilmiy asbob-uskunalar va tahlil zarur. Infratovushlar ko‘rinmas va
eshitilmas bo‘lsa-da, uyqu sifati va davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq
muddatli infratovush ta’siri inson salomatligi uchun xavfli bo‘lib, uyqusizlik, stress va
charchoq sindromini keltirib chiqarishi mumkin.
Adabiyotlar ro’yxati:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
321
ISSN:3030-3621
1.
Жуков, В. П. (2015). Акустика и здоровье человека. Москва: Наука.
2.
Гусев, В. Е. (2020). Низкочастотный шум и его влияние на организм человека.
Санкт-Петербург: Политехника.
3.
Karimova, D. S. (2021). “Infratovushlar va ularning inson psixofiziologiyasiga
ta’siri.” O‘zMU Ilmiy axborotlari, №1, 45-49-bet.
4.
Elmurotova D.B., Nishonova N.R., Kulueva F.G., Uzoqova G.S., Xo‘jamberdiyeva
J.N., Jo’rayeva Sh.A. Mashaits: islamic interpretation of the greek philosophical
heritage // South Eastern European Journal of Public Health (SEEJPH), (ISSN:
2197-5248)
V.XXV,
S2,
2024,
Posted:05-12-2024,
P.516-522,
https://www.seejph.com/index.php/seejph
5.
Shodiev A.A., Mussaeva M.A., Nishonova N.R., Elmurotova D.B., Islamova D.X.
Improving Structure and Superconductivity of Coated Cuprate Tapes by Irradiation
with Electrons and Gamma-Rays // Nanotechnology Perceptions, ISSN 1660-6795,
V.20,
N.7
(2024),
P.
209-126,
ntp.com/index.php/nano/article/view/3822
6.
I. Mullojonov, Q.I. Narziqulova , V.G. Makhsudov , E.Ya. Ermetov, D.B.
Elmurotova, M.I. Bazarbayev. Study of the appearing molar volume of electrolyte
solutions and its application in health-biological processes // MedForum: Int. Conf.
on Patient-Centered Approaches to Medical Intervention 2024, Dr. Tanima
Bhattacharya et al. (eds) © 2024 Taylor & Francis Group, London, P.38-40.
7.
M.I. Bazarbayev, B.T. Rakhimov, Sh.A. Isroilova, D.B. Elmurotova, D.I.
Sayfullayeva. Enhancing biophysics problem-solving skills in medical students
through a targeted three-step strategy // MedForum: Int. Conf. on Patient-Centered
Approaches to Medical Intervention 2024, Dr. Tanima Bhattacharya et al. (eds) ©
2024 Taylor & Francis Group, London, P.112-114.
8.
М.И. Базарбаев., Д.Б. Элмуротова., Ш.К. Нематов., Ш.Ш. Азимов., Т.З.
Даминов., А.Р. Махкамов. Современные подходы к гигиене рук медицинского
персонала //The journal of humanities & natural sciences, Issue 8, V.1, 2024.
P.208-217.
9.
Elmurotova D.B., Odilova N.J., Jumanov Sh.E.
Semmelweis against puberner fever
in hungary //
Western European Journal of Linguistics and Education, V.2, Iss1,
January-2024
ISSN
(E):
2942-190X,
P.56-59,
Germany.
https://westerneuropeanstudies.com/index.php/2/article/view/255
10.
Элмуротова Д.Б., Элмуратов Э.Б. Исследование и совершенствование
техники и технологии по освоению скважин в сложных горно-геологических
условиях на месторождениях Республики Узбекистан // Лучшие
интеллектуальные исследования, Ч-13, Т.5, Январь-2024, С.11-23, Россия.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
45-son_1-to’plam_May -2025
322
ISSN:3030-3621
11.
Elmurotova D.B., Sayfullayeva D.I., Isroilova Sh.A. Terms of medical information
system, World Bulletin of Public Health (WBPH), V.34, May, P.91-92, 2024 ISSN:
2749-3644, Berlin.
https://www.scholarexpress.net
12.
Elmurotova D.B, Majlimov F.B., Zuparov I.B., Kayumova K.S., Xudoyberdiyev
B.A. A modern approach to hand hygiene in medicine // European Journal of
Humanities and Educational Advancements (EJHEA), V.5 N.05, May 2024 ISSN:
2660-5589, P.51-53, Spain.
13.
Elmurotova D., Arzikulov F., Egamov S., Isroilov U. Organization of direct
memory access // Intent Research Scientific Journal-(IRSJ), ISSN (E): 2980-4612,
V.3,
Is.10,
October
–
2024,
P.
31-38.,
Philippines,
https://intentresearch.org/index.php/irsj/article/view/345
14.
Elmurotova D., Arzikulov F., Izzatullayev I., Olimov A., Abdurahmonov J. The
role of remote diagnostics in medicine // World Bulletin of Public Health (WBPH),
V.39,
October
2024,
ISSN:2749-3644,
P.102-105.
Germany,
https://scholarexpress.net/index.php/wbph/article/view/4664
15.
Elmurotova D., Fayziyeva N.A., Urmanbekova D.S., Bozorov E.H. Implementation
of the method of teaching x-ray therapy in higher educational institutions //
Web of
Teachers: Inderscience Research,
V.2, Issue 10, October-2024, ISSN (E):2938-
https://webofjournals.com/index.php/1/article/view/1868
16.
Elmurotova D.B., Esanov Sh.Sh., Abduraxmonov S.A., Ulug'berdiyev A.Sh.,
Umarov J.S. Medical device reliability and measuring instrument specifications //
Eurasian Journal of Engineering and Technology, EJET, V.34, October-7, 2024,
ISSN: (E) 2795-7640, P.10-13, Belgium.
https://geniusjournals.org/index.php/ejet
17.
Shodiev A.A., Mussaeva M.A., Elmurotova D.B. Magnetic resistance and mobility
of carriers of HTSC – YBCO tapes irradiated with 5 MeV electrons // Eurasian
Journal of Physics, Chemistry and Mathematics, EJPCM, V.35, October-26, 2024,
ISSN:
2795-7667,
P.25-33,
Belgium.
https://geniusjournals.org/index.php/ejpcm/article/view/6393
18.
Elmurotova D.B., Fayziyeva N.A., Odilova N.J. Properties of electron and neutron
therapy // Web of Medicine: Journal of medicine, practice and nursing, V.2, Issue
10, October-2024, ISSN (E): 2938-3765, P.137-141, Spain.
19.
Elmurotova D.B., Yoqubboyeva E.Z., Orifqulova M.F., Imanova L.N.
Application
of computer technologies in medicine //
Western European Journal of Medicine and
Medical Science, V.2, Issue 11, ISSN (E): 2942-1918, November-2024, P.1-12.
Germany.
https://westerneuropeanstudies.com/index.php/3