Mualliflar

  • Oromova Shahzoda Sayfulla qizi
  • Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna
  • Sattarov Yorqin Karimovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.94887

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: qon bosimi biofizik mexanizmlar elastiklik Korotkov usuli gipertoniya gipotoniya.

Annotasiya

Annotatsiya: Ishda inson organizmidagi qon bosimini shakllantiruvchi asosiy 
fiziologik va biofizik mexanizmlar tizimli tarzda tahlil qilindi. Tomir devorlarining 
elastikligi,  qon  oqimining  xususiyatlari  va  yurakning  mexanik  ishi  kabi  biofizik 
omillarning  o‘rni  alohida  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Klassik  (Korotkov  usuli)  hamda 
zamonaviy  qon bosimi o‘lchash usullari yoritilgan bo’lib, qon bosimi bilan bog‘liq 
dolzarb  klinik  holatlar  –  gipertoniya  va  gipotoniya  kasalliklari,  ularning  kelib 
chiqishidagi biofizik sabablar va tibbiy oqibatlari ilmiy asosda tahlil qilingan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

289

QON BOSIMI BOSHQARILISHINING BIOFIZIK ASOSLARI

Oromova Shahzoda Sayfulla qizi

1

,

Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

2

,

Sattarov Yorqin Karimovich

3

,

1-

davolash fakulteti, 107-guruh

2-

talabasi

1

, dotsent

2

, asistent

3

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

shahzodaoromova@gmail.com

Annotatsiya:

Ishda inson organizmidagi qon bosimini shakllantiruvchi asosiy

fiziologik va biofizik mexanizmlar tizimli tarzda tahlil qilindi. Tomir devorlarining
elastikligi, qon oqimining xususiyatlari va yurakning mexanik ishi kabi biofizik
omillarning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Klassik (Korotkov usuli) hamda
zamonaviy qon bosimi o‘lchash usullari yoritilgan bo’lib, qon bosimi bilan bog‘liq
dolzarb klinik holatlar – gipertoniya va gipotoniya kasalliklari, ularning kelib
chiqishidagi biofizik sabablar va tibbiy oqibatlari ilmiy asosda tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

qon bosimi, biofizik mexanizmlar, elastiklik, Korotkov usuli,

gipertoniya gipotoniya.


Bugungi kunda gipertoniya, gipotoniya, ateroskleroz, yurak yetishmovchiligi

kabi kasalliklar global sog’liq muammosi sifatida keng tarqalgan. Jahon sog’liqni
saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo’yicha
o’lim holatlarining asosiy sababchisidir. Bu esa qon bosimining boshqaruv
mexanizmlarini chuqur tadbiq etish va aniqlashni dolzarb masalaga aylantiradi. 2023-
yil holatiga ko‘ra, 30–79 yoshdagi 1,28 milliard kattalar gipertenziyadan aziyat
chekmoqda. Ularning taxminan 66% past va o‘rta daromadli mamlakatlarda yashaydi.

Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga

koʻrsatadigan bosimi. Yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga
keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida
— venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga
imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini
taʼminlaydi. Arterial bosimning yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak
qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon
miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan
qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan
belgilanadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) arterial bosim maksimal
darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon
birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

290

uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena
va kapillyarlarda qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi
pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha
past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik
bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng. Bu bosimlar farqi puls
bosimi deyiladi. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola)
vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara
boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va
diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik
arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi).[1]

Yurak har bir sistola vaqtida qon katta kuch bilan aortaga chiqariladi. Agar aorta

va yirik arteriyalar elastik bo’lsa, ular kengayib ortiqcha bosimni o’ziga “yutadi”. Bu
orqali sistolik bosim oshib ketmaydi. Yurak diastola vaqtida esa tomir devori siqilib,
to’plangan qon bosim orqali oldinga siljiydi. Bu esa diastolik bosimning tushib
ketishini oldini oladi.[2]

Qon bosimini aniqlash usullari tibbiyotda keng qo’llanilib, texnologik

rivojlanish bilan takomillashmoqda.

1.

Korotkov usulida qon bosimi sfigmomanometr yordamida o’lchanadi, tonlar
orqali sistola va diastola aniqlanadi. Bu usul biofizik jihatdan qon oqimining
laminar va turbulent oqimga o’tishi bilan tushuntiriladi.[3]

2.

Osillometrik usulda avtomatik tanometrlar ishlatiladi. Qurilma ushbu
tebranishlarni qayd etib, maxsus algoritm orqali sistolik va diastolik bosimni
ifodalaydi. Bu usulning afzalligi shundaki, inson omili ta’siri yo’q, yengil, tez
va ko’p marta o’lchash mumkin.[4]

3.

Zamonaviy texnologiyalar: smart soatlar, sensorli bilakuzuklar va mobil ilovalar
orqali qon bosimini taxminiy aniqlash imkoniyati mavjud.

Bugungi kunda gipertoniya, gipotoniya, ateroskleroz, yurak yetishmovchiligi

kabi kasalliklar global sog’liq muammosi sifatida keng tarqalgan. Jahon sog’liqni
saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo’yicha
o’lim holatlarining asosiy sababchisidir. Bu esa qon bosimining boshqaruv
mexanizmlarini chuqur tadbiq etish va aniqlashni dolzarb masalaga aylantiradi.

Qon bosimi yurak qon-tomir tizimining asosiy fiziologik ko’rsatkichlaridan biri

bo’lib, uning normadan chetlanishi kasalliklar va xavfli klinik holatlarga olib
keladi. Quyida eng keng tarqalgan va dolzarb klinik holatlar keltirilgan:
1.

Gipertoniya- qon bosimining doimiy ravishda 140/90 mmHgdan yuqori bo’lishi.
Gipertoniya stress, semizlik, buyrak kasalliklari, garmon buzilishlari natijasida
kelib chiqadi. Natijada, yurak huruji, insult, yurak yetishmovchiligi, buyrak
funksiyasining buzlishi kelib chiqadi. Kasallik asosan 40 yoshdan kattalarda
uchraydi, lekin so‘nggi yillarda yoshlarda ham tez-tez kuzatilmoqda. Bu darddan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

291

ayollar ham, erkaklar ham bir xil aziyat chekishadi. Gipertoniya yurak-qon tomir
tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy
sabablardan biri hisoblanadi.[5]

2.

Gipotoniya- sistolik bosim 90 mmHg dan past bo’lishi. Gipotoniya esa turli
infeksion kasalliklar, zaharlanish, och yurish yoki yaxshi ovqatlanmaslik,
shuningdek, endokrin bezlar kasalligi natijasida yuzaga keladi. Gipotoniya
koʻpgina kasalliklarning boshlanish belgilaridan boʻlishi yoki vegetativ nerv
sistemasi faoliyatining izdan chiqishi sababli mustaqil kasallik sifatida avj olishi
mumkin. Gipotoniyada bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu buzilishi, jizzakilik,
qon bosimining birday past turishida kuzatiladi. Gipotoniya odatda, surunkali
kechib, vaqt-vaqti bilan, ayniqsa qish-bahorda, shuningdek, ruhiy hayajon yoki
noqulay tashqi omillar (ob-havo keskin oʻzgarganda) taʼsirida qaytalanib turadi.
Uning oldini olish uchun vitaminlarga boy taomlarni kundalik ovqat ratsioniga
kiritish kerak. [6]

Yurak qon-tomir kasalliklari O’zbekiston va butun dunyo bo’yicha o’lim

sabablarining yetakchi omillaridan biridir. Doimiy monitoring va erta aniqlash
orqali yurak xurujlarining oldini olish mumkin. Gipertenziya dunyo bo‘yicha keng
tarqalgan va ko‘plab o‘lim holatlariga sabab bo‘lmoqda.Biroq, bu kasallikni erta
aniqlash, sog‘lom turmush tarzini olib borish va dori vositalari bilan samarali
nazorat qilish mumkin.Ayniqsa, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda
xabardorlikni oshirish va davolanish imkoniyatlarini yaxshilash muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

И.В. Гайворонский, Г.И. Ничипорук, А.И. Гайворонский. Анатомия и
физиология человека.

3.

Roberto G. Mancia, Francesco Salvetti. Blood Pressure Monitoring in
Cardiovascular Medicine and Therapeutics.

4.

M.I. Mahmudov, A.X. Umarov. Biofizika

5.

B.R. Kadirov. Biofizika va tibbiy fizika asoslari.

6.

Remizov. Tibbiy va biologik fizika.

7.

uz.m.wikipedia.org.

8.

Elmurotova D.B., Tursunboyev Q.N., Yusupova N.S., Odilova N.J., Jumanov Sh.E.
Main technical characteristics of radiation kilovoltmeter // International Journal of
Studies in Natural and Medical Sciences, Amstradam, Niderlandiya, V02 Issue 06,
June, 2023 ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org, P.1-5.

9.

Elmurotova D.B., Ibragimova M.N., Tashev B.J. Historical X-Ray Tubes //
Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. 2023, V.1, P.209-213.

9.

Elmurotova D.B., Abdullayev I.N., Yunusxodjaeva M.Z. Medical Computers for
Measuring Glucose and Blood Gas Levels in the Human Body // International


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_2-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

292

Journal of Studies in Natural and Medical Sciences V. 02 Is.05, May, 2023. P. 121-
124, ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org

10.

Элмуротова Д. Б., Рахимов И. Т., Шакаров Ф. К., Эсонова М. Д., Ялгашева Э.
Б., Жураева Н. Ж. Влияние роста ZnO на электрооптические свойства ZnSe //
Белорусско-Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15
марта С.191-193.

11.

Элмуротова Д. Б., Рахимберганова З. М., Юсупова Н. С. Распознавание
фибрилляции предсердий на основе нейронных сетей // Белорусско-
Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15 марта С.255-
257.

12.

Yursinov O’.H., Elmurotova D.B., Bozorov E.X. Ko’krak bezi saratoninig hosil
bo’lish omillari // Proceedings of International Conference on Modern Science and
Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19th May, 2023 ISSN:
2835-3730, P.106-109 Website: econferenceseries.com.

13.

Ахмедов А.Х., Элмуротова Д.Б., Бозоров Э.Х. Перспективы развития
биоматериалов в сфере биомедицине // Interdisciplinary innovation and
scientific research conference British International Science Conference. London
2023, P.74-76.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

И.В. Гайворонский, Г.И. Ничипорук, А.И. Гайворонский. Анатомия и

физиология человека.

Roberto G. Mancia, Francesco Salvetti. Blood Pressure Monitoring in

Cardiovascular Medicine and Therapeutics.

M.I. Mahmudov, A.X. Umarov. Biofizika

B.R. Kadirov. Biofizika va tibbiy fizika asoslari.

Remizov. Tibbiy va biologik fizika.

uz.m.wikipedia.org.

Elmurotova D.B., Tursunboyev Q.N., Yusupova N.S., Odilova N.J., Jumanov Sh.E.

Main technical characteristics of radiation kilovoltmeter // International Journal of

Studies in Natural and Medical Sciences, Amstradam, Niderlandiya, V02 Issue 06,

June, 2023 ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org, P.1-5.

Elmurotova D.B., Ibragimova M.N., Tashev B.J. Historical X-Ray Tubes //

Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. 2023, V.1, P.209-213.

Elmurotova D.B., Abdullayev I.N., Yunusxodjaeva M.Z. Medical Computers for

Measuring Glucose and Blood Gas Levels in the Human Body // International Journal of Studies in Natural and Medical Sciences V. 02 Is.05, May, 2023. P. 121-

, ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org

Элмуротова Д. Б., Рахимов И. Т., Шакаров Ф. К., Эсонова М. Д., Ялгашева Э.

Б., Жураева Н. Ж. Влияние роста ZnO на электрооптические свойства ZnSe //

Белорусско-Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15

марта С.191-193.

Элмуротова Д. Б., Рахимберганова З. М., Юсупова Н. С. Распознавание

фибрилляции предсердий на основе нейронных сетей // Белорусско-

Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15 марта С.255-

Yursinov O’.H., Elmurotova D.B., Bozorov E.X. Ko’krak bezi saratoninig hosil

bo’lish omillari // Proceedings of International Conference on Modern Science and

Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19th May, 2023 ISSN:

-3730, P.106-109 Website: econferenceseries.com.

Ахмедов А.Х., Элмуротова Д.Б., Бозоров Э.Х. Перспективы развития

биоматериалов в сфере биомедицине // Interdisciplinary innovation and

scientific research conference British International Science Conference. London

, P.74-76.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Durdimurodov Asilbek Sobirjonovich, Umarova Farida Saidikramovna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, SHARQ VA G’ARB FALSAFASI. MADANIYATLARARO QARASHLAR , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 2 (2025)

Farmonova Shahrizoda Sherali qizi, Jo’rayeva Ruxshona Annaqul qizi, Xusainova Xusnabat Jo’rayevna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, ODAM ASKARIDASINING INSON ORGANIZMIGA BIOLOGIK TA’SIRI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 4 (2025)

Qo’shboqova Sevinch Diyor qizi, Majlimov Farrux Baxtiyorovich, G‘oyibnazarov Ro‘zimurod Baxtiyorovich, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, KO’Z KASALLIKLARINING BIOFIZIK MEXANIZMLARI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 2 (2025)

Jo’raqulov Mirzoxid Ma’rufjon o’g’li, Eshniyozov Saidbek Umid og’li 2, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Qurbonov Jamshid Muyiddinovich, TIBBIY DIAGNOSTIKADA TOLALI OPTIKA QURILMALARINING AHAMIYATI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 1 (2025)

Sayfiddinova Azizabonu Murod qizi, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Sattarov Yorqin Karimovich, G’oyibnazarov Ro’zimurod Baxtiyor o’g’li, YURAK FAOLIYATINING VA SUN’IY QON AYLANISH APPARATLARI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 2 (2025)

Roʻzimatova Shahloxon Shuxrat qizi, Xusainova Xusnabat Jo’rayevna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Qurbonov Jamshid Muyiddinovich, ODAMNNING BIOLOGIK ISHI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 3 (2025)

Suyunova Ravshanoy Komiljon qizi, Avazbekova Shahinabonu Lazizbek qizi, Qurbonov Jamshid Muxiddinovich, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, INFRATOVUSH TO’LQINLARINING QO’LLANILISHI TA’SIRI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 1 (2025)

Samiqova Lobar Salohiddin qizi, Majlimov Farrux Baxtiyorovich, G‘oyibnazarov Ro‘zimurod Baxtiyorovich, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, BRONXIAL KASALLIKLARDA NAFAS OLISH DINAMIKASINING BIOFIZIK TAHLILI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 2 (2025)

Azamatova Dilnoza O’ktam qizi, G’uzorova Ozoda Uchqun qizi, Xusainova Xusnabat Jo’rayevna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, LYAMBLIYANING MORFOLOGIYASI, HAYOTIY SIKLI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 3 (2025)