Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
293
YURAK FAOLIYATINING VA SUN’IY QON AYLANISH APPARATLARI
Sayfiddinova Azizabonu Murod qizi
1
,
Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna
2
,
Sattarov Yorqin Karimovich
3
,
G’oyibnazarov Ro’zimurod Baxtiyor o’g’li
4
1-
davolash fakulteti, 107-guruh
2-
talabasi
1
, dotsent
2
, asistent
3,4
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti
Annotatsiya:
Ishda yurakning fizik faoliyati, yurak quvvati tushunchasi va
sun’iy qon aylanish apparatlarining ishlash prinsiplari, qo’llanilish sohasi hamda
ularning yurak kasalliklarini davolashdagi ahamiyati yoritilgan. Yurakning bir sikldagi
va minutlik quvvati, gemodinamik ko’rsatkichlar va ular bilan bog’liq fizik
qonuniyatlar tahlil qilinadi. Tabiiy yurak faoliyati va sun’iy qurilmalar o’rtasidagi
farqlar, ularning fizik mexanizmlari va qo’llanilish sohasi haqida tahliliy fikrlar
yoritilgan.
Kalit so’zlar:
sun’iy qon aylanish apparatlari, Heart - Lung Machine(HLM),
Ekstrakorporal membrana oksigenatsiyasi(ECMO), Impella nasosi, Oksigenator, mini
portativ tizimlar, nasos.
Yurak ishi faoliyatining dolzarbligi - dunyoda yurak - qon tomir kasalliklari
o’lim sabablarining eng yetakchilaridan biridir. Arterial gipertoniya, yurak ishemik
kasalligi, infarkt kabi holatlar, ayniqsa keng tarqalgan. Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra, yurak – qon tomir kasalliklari dunyo bo’yicha
eng ko’p o’limga sabab bo’lmoqda.
2021- yilda taxminan 18 million kishi yurak qon – tomir kasalliklari sabab vafot
etgan. Bu esa butun dunyo o’limlarining 32% ini tashkil qiladi. Ushbu o’limlarning
85% i infarct va insult natijasidir. Yurak yetishmovchiligi esa har yili taxminan 64
million odamda aniqlanadi. Yurak faoliyatining yetishmovchiligi – yurakning
organizm talab qilgan darajada qon hayday olmasligidir. Bu holat ko’pincha boshqa
yurak kasalliklarining asoratidir. Kasallik asta – sekin rivojlanib boradi va kechki
bosqichlarida og’ir asoratlarga olib keladi. Dolzarblikning asosiy sabablari: aholining
qarishi, noto’g’ri ovatlanish, kamharakatlilik, stress, chekish, qandli diabet va yuqori
qon bosimi yurak faoliyati yomonlashuvining asosiy sabablaridir. Hozirgi kunda
tizimli chora – tadbirlar:
Aholi orasida sog’lom turmuh tarzini targ’ib qilish.
Yurak kasalliklarining erta aniqlanishi uchun skrining (tibbiy ko’rik) dasturlarini
joriy etish.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
294
Davolash protokollarini yangilash va aholiga dori vositalarini yetkazish.
Shaxsiy chora tadbirlar:
Sog’lom ovqatlanish (kam yog’li, kam shakarli, sabzavotlarga boy ratsion).
Har kuni kamida 30 daqiqa jismoni faollik.
Chekishni tashlash, spirtli ichimliklarni cheklash.
Sressni boshqarish usullarini o’rganish (meditatsiya, psixologik yordam).
Shu kabi chora – tadbirlar yurak kasalliklari rivojlanishini oldini olishga yordam
beradi.
Yurak - inson tanasidagi asosiy nasos vazifasini bajaruvchi mushakli organ
bo’lib, u orqali qon tananing barcha qismlariga yetkazilib, organizm to’qimalarini
kislorod va ozuqa moddalar bilan taminlaydi. Yurak faoliyatini tushunish uchun fizik
qonuniyatlarni, ayniqsa suyuqliklar mexanikasini chuqur o’rganishimiz lozim.
Yurakning ishlashi fizik qonunlar - qon bosimi, suyuqliklar oqimi, oqim tezligi va
qarshilik kabi fizik ko’rsatkichlar bilan uzviy bog’langan. Yurakning ishlashi mexanik,
energetik va fiziologik jihatlardan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, yurak
yetishmovchiligi holatlarida sun’iy yurak qurilmalari yoki qon aylanish apparatlari
ishlatiladi.[1].
Yurak har bir qisqarganida, o’ng va chap bo’lmacha va qorinchalar navbat bilan
qisqaradi bunda qon tomirlar tizimida bosim farqi hosil bo’ladi. Qon aylanish tizimi
esa yopiq gidravlik tizim sifatida qaraladi.
Yurak-tomir tizimidagi asosiy fizik ko’rsatkichlar:
Bosim (P): arterial bosim, odatda 120/80 mmHg atrofida.
Qarshilik (R): qon tomirlarining qon oqimiga ko’rsatadigan qarshiligi.
Oqim tezligi (Q): qon hajmi oqimi.
Yurak qon – tomir kasalliklariga Poazeyl qonuni bevosita fizik – mexanik asosda
aloqador bo’lib, qon aylanishi jarayonlarini tushunishda muhim rol o’ynaydi. Poazeyl
qonunining yurak – qon tomir kasalliklariga aloqasi nafaqat qon oqimini tushunish,
balki qon kasalliklarini aniqlash, oldini olish va davolash strategiyalarini ishlab
chiqishda kata yordam beradi.
Poazeyl qonuni quyidagi formulada ifodalanadi:[2].
Bu yerda:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
295
Yurak quvvati - bu yurak bir daqiqada ishlab chiqaradigan umumiy qon hajmini
ifodalaydi. Tibbiyotda bu ko’rsatkich yurak va qon aylanish tizimi samaradorligini
baholashda muhim mezon hisoblanadi. Yurakning ish bajarishi - bu yurakning qon
ishlab chiqarish jarayonida bajargan mexanik ishi, ya’ni qon tomirlarga bosim ostida
qon haydash uchun sarflagan kuchi va energiyasidir. Fizik nuqtai nazardan bu
quyidagicha formula bilan ifodalanadi:[3].
Bu yerda:
Bu formula – fizikaning umumiy qonuni bo’lib, yurakning nasos sifatidagi ishini
matematik ravishda hisoblashga imkon beradi. Tibbiyotda yurak energiyasini
baholash, yurak yetishmovchiligi yoki mushak quvvatini tahlil qilishda qo’llaniladi.
Sun’iy qon aylanish apparatlari - yurak ishlamay qolgan holatlarda, ayniqsa
yurak operatsiyalari vaqtida sun’iy qon aylanish apparatlari (SQAA) qo’llaniladi. Bu
apparatlar yurakning o’rnini vaqtincha bosadi va qonning kislorod bilan to’yinib,
tanaga tarqalishini ta’minlaydi. Asosiy vazifalari: yurak qon ishlab chiqarmaganda
ham organizmdagi qon aylanishni saqlab turish, qonni kislorod bilan boyitish va
karbonat angidridni chiqarib yuborish (ya’ni o’pka funksiyasi), qon haroratini nazorat
qilish, qon oqimini doimiy va nazoratli tarzda ta’minlash. Hozirda sun’iy qon aylanish
apparatlari zamonaviy yurak jarrohliklarining ajralmas qismiga aylangan. Ular yurak
va o’pka funksiyasini vaqtincha almashtirib, murakkab operatsiyalarni xavfsiz va
samarali o’tkazishga yordam beradi. Ularning ishlash prinspi asosan fizik qonunlarga
- bosim, oqim, gaz almashinuvi va harorat nazorati kabi elementlarga asoslanadi. [4]
Sun’iy apparatlarning turlari:
Yurak - o’pka mashinalari (Heart - Lung Machine HLM) - yurak operatsiyasi
vaqtida qon aylanishni davom ettirish.[5].
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
296
Ekstrakorporal membrana oksigenatsiyasi (ECMO) tizimlari - og’ir nafas
yetishmovchiligi vaqtida.
Impella nasosi - chap va o’ng qorincha faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi.
LVAD/RVAD - yurakning chap va o’ng tomonini doimiy yordam bilan
qo’llaydi.
Mini
portativ
tizimlar
-
mobil
yoki
uyda
foydalanish
uchun
(kardiyomiyopatiyada).
Oksigenerator - qonni kislorod bilan to’yintirish.[6].
Nasos - qonni aylantirish.
Perfuzor (qo’lda) - vaqtinchalik qon aylanishni ta’minlaydi.
Yurak faoliyati fiziologik va biofizik nuqtayi nazardan mukammal muvozanatda
ishlaydigan tizimdir. Uning quvvatini tushunish yurak kasalliklarini chuqur tahlil
qilishga yordam beradi. Yurak quvvati va bosim qon aylanishni taminlaydi.
Zamonaviy texnologiyalar, xususan sun’iy qon aylanish apparatlari va sun’iy yuraklar
yurak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlar uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Kelgusi
yillarda bu apparatlar yanada kompyuterlashtirilgan, miniaturizatsiyalashgan va
biologik apparatlar shaklida takomillashmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1-
“Inson anatomiyasi”. I.V.Gaivoronskiy. Sankt - Peterburg - 2020.
2-
“Biofizika”. M.I.Bazarbayev, X.J.Rahimova, I.Mullajonov. Toshkent - 2023.
3-
“Tibbiy va biologik fizika”. A.N.Remizov. Toshkent - 2005.
4-
“Tibbiyot fizikasi asoslari”. N.I.Karimov. Toshkent - 2015.
5-
“Review of Medical Physiology” . W.F.Ganong. McGraw - Hill. 2019.
6-
“Tibbiy biofizika” A.Yo’ldashev. Toshkent - 2020.
7-
Elmurotova D.B., Bozorov E.X., Isroilova Sh.A., Uzoqova G.S. “Qaytar aloqa”
usulidan foydalanib “skanerlovchi roentgen apparatlari nosozliklari” mavzusida
dars-ma’ruza o’tkazish // International Journal of Education, Social Science &
Humanities. FARS Publishers, SJIF-6.786, Finland, V.11, Issue-1, 2023, P.571-
576
https://doi.org/10.5281/zenodo.7542747
8-
Elmurotova D.B., Meyliyev L.O., Abdullayeva N.U., Bozorov E.X. Maintenance
and use of medical devices // Galaxy international interdisciplinary research
journal (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915, V.11, Issue 1, Jan. 2023, P.192-195.
9-
Elmurotova D.B., Ixrorova S.I., Ergashev A.A. Technical parameters of x-ray
equipment // European international journal of multidisciplinary research and
management studies ISSN: 2750-8587, V.03, Issue 01, Jan. 2023, P.78-83.
10-
Elmurotova D.B., Tursunboyev Q.N., Yusupova N.S., Odilova N.J., Jumanov
Sh.E. Main technical characteristics of radiation kilovoltmeter // International
Journal of Studies in Natural and Medical Sciences, Amstradam, Niderlandiya,
V02 Issue 06, June, 2023 ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org, P.1-5.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_2-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
297
11-
Elmurotova D.B., Ibragimova M.N., Tashev B.J. Historical X-Ray Tubes //
Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. 2023, V.1, P.209-213.
12-
Elmurotova D.B., Abdullayev I.N., Yunusxodjaeva M.Z. Medical Computers for
Measuring Glucose and Blood Gas Levels in the Human Body // International
Journal of Studies in Natural and Medical Sciences V. 02 Is.05, May, 2023. P.
121-124, ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org
13-
Элмуротова Д. Б., Рахимов И. Т., Шакаров Ф. К., Эсонова М. Д., Ялгашева
Э. Б., Жураева Н. Ж. Влияние роста ZnO на электрооптические свойства
ZnSe // Белорусско-Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023,
14–15 марта С.191-193.
14-
Элмуротова Д. Б., Рахимберганова З. М., Юсупова Н. С. Распознавание
фибрилляции предсердий на основе нейронных сетей // Белорусско-
Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15 марта С.255-
257.
15-
Yursinov O’.H., Elmurotova D.B., Bozorov E.X. Ko’krak bezi saratoninig hosil
bo’lish omillari // Proceedings of International Conference on Modern Science
and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19th May, 2023
ISSN: 2835-3730, P.106-109 Website: econferenceseries.com.
16-
Ахмедов А.Х., Элмуротова Д.Б., Бозоров Э.Х. Перспективы развития
биоматериалов в сфере биомедицине // Interdisciplinary innovation and
scientific research conference British International Science Conference. London
2023, P.74-76.