Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
190
ISSN:3030-3621
BRONXIAL KASALLIKLARDA NAFAS OLISH DINAMIKASINING
BIOFIZIK TAHLILI
Samiqova Lobar Salohiddin qizi
1
Majlimov Farrux Baxtiyorovich
2
G‘oyibnazarov Ro‘zimurod Baxtiyorovich
3
Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna
4
1-kurs, 1- son davolash talabasi
1
, asistent
3.4
, dotsent
4
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bronxial kasalliklar, xususan, Bronxial astma va
surunkali obstruktiv o’pka kasalliklarining nafas olish dinamikasiga ta’siri biofizik
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Nafas yo’llarining obstruksiyasi va elastikligining
kamayishi nafas olish va chiqarish jarayonlarida havo oqimining o’zgarishiga olib
keladi. Bu o’zgarishlar spirometriya, pletizmografiya va gaz almashinuvi testlari kabi
biofizik usullar yordamida aniqlanadi. Erta diagnostika uchun zamonaviy
texnologiyalar, jumladan, impulsli osillometriya va yuqori aniqlikdagi tomografik
metodlar qo’llanilishi ishda muhokama qilinadi.
Kalit soʻzlar:
Bronxial astma, nafas olish dinamikasi, impulsli osillometriya,
erta diagnostika, pletizmografiya, gaz almashinuvi.
XXI asrda bronxial kasalliklar, ayniqsa bronxial astma va surunkali obstruktiv
o’pka kasalligi (SO’OK) eng keng tarqalgan nafas yo’llari muammolari qatoriga kiradi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’yicha har
yili 262 million kishi bronxial astmadan aziyat chekadi, har yili bu kasallik tufayli 455
mingdan ortiq o’lim qayd etiladi. Shuningdek, SO’OK dunyodagi 3 million o’limga
sabab bo’lgan[1].
So’nggi yillarda brinxial kasalliklarning tarqalishi yoshlar, hattoki bolalar
orasida ham ortmoqda. Urbanizatsiya, ekologik ifloslanish, passiv chekish,
allergenlarga haddan tashqari ta’sir va surunkali infeksiyalar bu holatning
kuchayishiga olib kelmoqda[2]. Nafas olish dinamikasining buzilishi – bu
kasalliklarning asosiy klinik belgisi bo’lib, havo oqimining cheklanishi, alveolalardagi
ventilatsiyaning kamayishi, CO
2
va O
2
almashinuvida uzilishlar bilan kechadi.
Zamonaviy tibbiyotda ushbu o’zgarishlarni erta aniqlash uchun biofizik tahlil
metodlari, jumladan spirometriya, oksimetriya va gaz almashinuvi testlari keng
qo’llanilmoqda. Ayniqsa bolalarda invaziv bo’lmagan, aniq va qayta takrorlanuvchi
natijalarni beruvchi ossilometrik testlar katta diagnostik ahamiyatga ega[3].
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
191
ISSN:3030-3621
Soa Paulo Med J (2017): Ushbu tadqiqotda spirometriyaning astmani
aniqlashdagi sezuvchanligi 23% va o’ziga xosligi 90% deb baholangan. Bu natijalar
spirometriya yordamida astmani aniqlashda cheklovlar mavjudligini ko’rsatadi[4].
Muammo tavsifi
1. Biofizik mexanizmlar
- Havo oqimining qarshilikka uchrashi: Bronxial kasalliklarda (bronxit, astma,
SO’OK) nafas yo’llarining torayishi yoki shilliq bilan to’lib qolishi oqibatida havo
oqimiga qarshilik ortadi. Bu esa ekspiratsiya vaqtida nafas chiqarishning
qiyinlashishiga olib keladi[5].
- Alveolalardagi gaz almashinuvining buzilishi: Kislorod va karbonat
angidridning normal diffuziyasi alveola devorining qalinlashuvi, yallig’lanish yoki
sekret bilan to’lib qolishi sababli sekinlashadi[6].
- Nafas mushaklarining ortiqcha yuklanishi: Nafas olish paytida ko’proq
energiya sarflanadi, ayniqsa og’ir holatlarda yordamchi nafas mushaklari faol ishtirok
etadi[7].
- O’pka elastikligining pasayishi: Surunkali bronxial kasalliklarda o’pkaning
cho’ziluvchanligi kamayadi, bu esa ventilatsiya jarayonini qiyinlashtiradi[5].
2. Asosiy sabablar
- Infeksion omillar: Viruslar va bakteriyalar nafas yo’llarini zararlab,
yallig’lanishga olib keladi.
- Allergik reaksiya: Bronxial astmada allergenlarga nisbatan tananing reaktivligi
kuchayadi.
- Chekish va zararli moddalar: Tutun, chang va zaharli gazlar bronxial epiteliyni
doimiy bezovta qilib, kasallikni qo’zg’atadi.
- Genetik moyillik: Ayniqsa bronxial astmada irsiy omillar muhim rol o’ynaydi.
3. Oqibatlar
- Gipoksiya: To’qimalarga yetarli kislorod yetib bormaydi, bu yurak va miya
faoliyatini izdan chiqaradi[7].
- Nafas yetishmovchiligi: Bronxial torayish kuchayganda bemor havo
yetishmovchiligidan aziyat chekadi.
- Ijtimoiy ta’sir: Doimiy nafas yetishmovchiligi ish qobiliyatining pasayishiga va
hayot sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Bronxial astma, surunkali obstruktiv bronxit kabi kasalliklar butun dunyo
bo’ylab millionlab insonlarda uchraydi va ularning asosiy xususiyati nafas yo’llarining
torayishi, yallig’lanishi va bronxial qarshilikning oshishi bilan kechishidir. Ushbu
holatlarda nafas chiqishi murakkablashadi, nafas olish akti dinamikasi buziladi.
Muammoni hal qilish yo’llari
Tabiiy usullar :
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
192
ISSN:3030-3621
-Nafas mashqlari: Bronxial kasalliklarda nafas olish yo’llarini ochish,
ventilatsiyani yaxshilash va diafragma faoliyatini kuchaytirish uchun maxsus mashqlar
(masalan, Buteyko usuli, pursillab nafas chiqarish, diafragmal nafas olish) tavsiya
etiladi. Bu mashqlar nafas olish muskulaturasini chiniqtiradi va CO
2
darajasini
barqarorlashtiradi[8].
-
Toza havo va muhit: Chang, tutun va allergenlardan xoli, shamollatilgan
muhitda yashash bronxial kasalliklarning og’irlashishini oldini oladi. Namlagichlardan
foydalanish ham foydali.
-
Sog’lom turmush tarzi: Chekishdan voz kechish, muntazam jismoniy faollik,
sog’lom ovqatlanish (A, C, E vitaminlari) nafas yo’llari salomatligini qo’llab
quvvatlaydi.
-
Ko’p suyuqlik ichish: Iliq suv ichish (balg’amni suyultiradi, yo’talni
yengillashtiradi, nafas yo’llarini namlaydi). Tabiiy sharbatlar (Anor, sabzi, apelsin –
vitamin C va A ga boy bo’lib, immun tizimini mustahkamlaydi). Asalli iliq suv yoki
limonli suv (immunitetni oshiradi, mikroblarga qarshi kurashadi).
-
Bronxial gigiyena: Yengil yo’tal bilan balg’am chiqarishni rag’batlantiruvchi
usullar (masalan, pozitsion drenaj, vibratsion massaj) qo’llaniladi.
-
Nafas olish bo’yicha pozitsion terapiya: Maxsus holatlarda (masalan,
yonboshlab yoki o’tirib nafas olish) ventilatsiya yaxshilanadi. Bronxial to’siqlar bilan
kurashda bu usul juda samarali.
-
Suv bilan davolash (gidroterapiya): iliq vannalar yoki contrast dushlar qon
aylanishini yaxshilaydi, organizmni chiniqtiradi va immune tizimni faollashtiradi.
Bronxial kasalliklarni erta aniqlashda nafas dinamikasini o’lchovchi biofizik
usullar, xususan spirometriya, impulsli oskilometriya (IOS) va tana pletizmografiyasi
– klinik amaliyotda eng oddiy, aniq va keng qo’llaniladigan funksional-diagnostik
metodlardan biri hisoblanadi.
Biofizik diagnostika metodlari nafas olish tizimidagi o’zgarishlarni ob’ektiv,
takrorlanuvchan va inson omilidan holi tarzda o’lchash imkonini beradi. Shu sababli
ularni kompleks qo’llash – kasallikni erta bosqichda aniqlash, og’ir kechishining oldini
olish va individual terapiya strategiyasini ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi.
Oddiy klinik amaliyotda kasallikni dastlabki baholash spirometriya yordamida
amalga oshiriladi, bunda asosiy ko’rsatkichlar – FEV1 (birinchi soniyadagi majburiy
ekspirator hajm), FVC (majburiy hayotiy sig’im) va FEV1/FVC nisbatining pasayishi
obstruksiya mavjudligini ko’rsatadi, lekin uning chuqurligi, reversibl yoki irreversibil
ekanligi haqida to`liq ma’lumot bermaydi. Shu sababli, zamonaviy pulmonologik
amaliyotda impulsli oskilometriya kabi ilg’or biofizik usullar qo’llaniladi. Bu usul
bemor tomonidan faol harakat talab qilmaydi va nafas yo’llaridagi qarshilik hamda
inertsiya ko’rsatkichlarini turli chastotalarda aniqlaydi. Ayniqsa kichik bronxlar
darajasidagi yashirin obustruksiyalarni erta bosqichda aniqlashda foydalidir. Bundan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
193
ISSN:3030-3621
tashqari, tana pletizmografiyasi yordamida butun nafas tizimining umumiy sig’imi,
qoldiq havo hajmi, total o’pkalar hajmi aniqlanadi va nafas olish mexanikasining to’liq
bahosi olinadi.
Kasallikni erta aniqlashda yana bir dolzarb usul – ekshalyatsiya qilingan
havodagi azot oksidi (FeNO) miqdorini o’lchashdir. Bu parameter nafas yo’llaridagi
eozinofilik yallig’lanishni aks ettiradi va astmatik kasalliklar uchun xosdir. Ayniqsa
bolalarda va klinik belgilar hali rivojlanmagan bemorlarda bu metod orqali yashirin
yallig’lanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Shuningdek, Pikfloumetriya yordamida
kasallik holatining kundalik monitoring amalga oshiriladi, bu bemorga o’z holatini
nazorat qilishda va kasallik avj olishini erta aniqlashda yordam beradi.
Xulosa:
Mazkur maqolada bronxial kasalliklarning nafas olish jarayoniga
ta’siri, ularning biofizik mexanizmlari va zamonaviy diagnostika usullari tahlil qilindi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bronxial obstruksiyalar nafas yo’llarida havo oqimining
buzilishiga olib keladi, bu esa o’pka ventilatsiyasining pasayishiga sabab bo’ladi.
Ushbu holatni erta aniqlashda spirometriya, impulsli oscilometriya, tana
pletizmografiyasi va FeNO test kabi biofizik diagnostic metodlar muhim rol o’ynaydi.
Ayniqsa bolalar va yoshlar orasida bronxial kasalliklarning erta bosqichda aniqlanishi,
ularning og’ir shakllarga o’tishining oldini olishda ahamiyatlidir. Shuningdek
profilaktika choralariga e’tibor qaratish – toza havo, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy
faollik va aalergenlardan himoyalanish orqali kasallik rivojining oldini olish mumkin.
Shu boisdan, bronxial kasalliklarda nafas olish olish dinamikasini biofizik jihatdan
baholash va erta tashxis qo’yish bemorning umumiy hayot sifatini yaxshilash va
asoratlarning oldini olishda omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
WHO. "Asthma." World Health Organization, 2023. https://www.who.int/news-
room/fact-sheets/detail/asthma
2.
CDC. “Chronic Obstructive Pulmonary Disease (COPD).” Centers for Disease
Control and Prevention, 2023. https://www.cdc.gov/copd/index.html
3.
Komarow, H.D. et al. “Impulse Oscillometry: An Alternative and Complement to
Spirometry in Asthma Assessment.” Journal of Asthma, 2020.
4.
Sao Paulo Medical Journal. (2017).https://t.me/c/2595472753/175
5.
Global Initiative for Chronic Obstructive Lung Disease (GOLD). (2023). Global
Strategy for the Diagnosis, Management, and Prevention of Chronic Obstructive
Pulmonary Disease. Retrieved from https://goldcopd.org
6.
Tantucci, C., & Modina, D. (2010). Functional and imaging methods for COPD
evaluation.
Multidisciplinary
Respiratory
Medicine,
5(1),
35–41.
https://doi.org/10.1186/2049-6958-5-1-35
7.
Nici, L., et al. (2016). Mechanisms of dyspnea in chronic lung diseases. Chest,
150(1), 146–153. https://doi.org/10.1016/j.chest.2016.03.043
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
https://scientific-jl.com
45-son_2-to’plam_May -2025
194
ISSN:3030-3621
8.
Courtney, R. (2016). Breathing training for dysfunctional breathing in asthma: A
randomised
controlled
trial.
BMC
Pulmonary
Medicine,
16,
16.
https://doi.org/10.1186/s12890-016-0180-6.
9.
Elmurotova D.B., Ixrorova S.I., Ergashev A.A. Technical parameters of x-ray
equipment // European international journal of multidisciplinary research and
management studies ISSN: 2750-8587, V.03, Issue 01, Jan. 2023, P.78-83.
10.
Elmurotova D.B., Tursunboyev Q.N., Yusupova N.S., Odilova N.J., Jumanov Sh.E.
Main technical characteristics of radiation kilovoltmeter // International Journal of
Studies in Natural and Medical Sciences, Amstradam, Niderlandiya, V02 Issue 06,
June, 2023 ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org, P.1-5.
11.
Elmurotova D.B., Ibragimova M.N., Tashev B.J. Historical X-Ray Tubes //
Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. 2023, V.1, P.209-213.
12.
Elmurotova D.B., Abdullayev I.N., Yunusxodjaeva M.Z. Medical Computers for
Measuring Glucose and Blood Gas Levels in the Human Body // International
Journal of Studies in Natural and Medical Sciences V. 02 Is.05, May, 2023. P. 121-
124, ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org