Mualliflar

  • Durdimurodov Asilbek Sobirjonovich
  • Umarova Farida Saidikramovna
  • Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.93886

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Sharq falsafasi G‘arb falsafasi Dunyoqarash Metafizika Zardushtiylik Buddaviylik Konfutsiychilik Sokrat Platon Aristotel.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  falsafaning  mohiyatini  Sharq  va  G'arb 
mutafakkirlarining qarashlari orqali tahlil qilamiz. Falsafa insoniyatning eng qadimiy 
va  muhim  intilishlaridan  biridir.  U  bizga  dunyoni  tushunishga  va  o'z  o'rnimizni 
topishga  yordam  beradi.  Sharq  falsafasida  intuitiv  va  ma'naviy  yondashuvlar  ustun 
bo‘lgan, G‘arbda esa asosan mantiqiy va ratsional tafakkur ilgari surilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

120

ISSN:3030-3621

SHARQ VA G’ARB FALSAFASI. MADANIYATLARARO QARASHLAR

Durdimurodov Asilbek Sobirjonovich

1

Umarova Farida Saidikramovna

2

Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

3

1-son davolash fakulteti 110”A”guruh talabasi

1

, dotsent

2,3

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada falsafaning mohiyatini Sharq va G'arb

mutafakkirlarining qarashlari orqali tahlil qilamiz. Falsafa insoniyatning eng qadimiy
va muhim intilishlaridan biridir. U bizga dunyoni tushunishga va o'z o'rnimizni
topishga yordam beradi.

Sharq falsafasida intuitiv va ma'naviy yondashuvlar ustun

bo‘lgan, G‘arbda esa asosan mantiqiy va ratsional tafakkur ilgari surilgan.

Kalit so’zlar:

Sharq falsafasi

,

G‘arb falsafasi

,

Dunyoqarash

,

Metafizika

,

Zardushtiylik

,

Buddaviylik

,

Konfutsiychilik

,

Sokrat, Platon, Aristotel.


Falsafa — inson tafakkurining mohiyatini anglash va asosiy tushunchalarni

tizimli tahlil qilishga yo‘naltirilgan fanning bir ko‘rinishidir. Falsafa har bir
sivilizatsiyaning dunyoqarashi, axloqiy qarashlari va bilimga munosabati orqali
mazkur jamiyatning madaniy o‘ziga xosligini aks ettiradi. Shu sababli ham har bir
mintaqaviy falsafiy maktab nafaqat abstrakt tafakkurning mahsuli, balki tarixiy-
madaniy taraqqiyotning ajralmas tarkibiy qismidir.

Sharq va G‘arb falsafasi inson tafakkurida shakllangan ikki asosiy qarashlar

tizimi bo‘lib, ular har biri o‘ziga xos tarixiy, madaniy va ijtimoiy sharoitda shakllanib,
borliq hamda inson hayotiga turlicha yondashuvni ifoda etadi. Sharq falsafasi ko‘proq
g‘oyaviy-ruhiy, intuitiv va yaxlit tafakkurga tayanuvchi yondashuvlarni ilgari surgan
bo‘lsa, G‘arb falsafasi analitik tafakkur, mantiqiy izchillik va individning mustaqil
fikrlash qobiliyatiga asoslangan yondashuvlarni ilgari surgan. Mazkur ikki qarashlar
o‘rtasidagi farqlar nafaqat nazariy, balki amaliy hayotda ham ko‘zga tashlanadi.

XXI asrda globallashuv jarayonlari kuchayib, madaniyatlararo muloqot

kengaygan sari, turli madaniy-falsafiy tizimlarning o‘zaro ta’siri va uyg‘unlashuvi
tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu holat, ayniqsa, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi
tarixiy falsafiy qarashlarni qayta tahlil qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bugungi
zamon

muammolarining

aksariyati,

jumladan,

ekologik

inqiroz,

axloqiy

dezorientatsiya, texnologik asoratlar, shuningdek, madaniy identiklik inqirozi aynan
dunyoqarashlar va qadriyatlar to‘qnashuvi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai
nazardan olib qaraganda, Sharq va G‘arb falsafasi o‘rtasidagi farqlarni, ularning o‘zaro
ta’sirini va zamonaviy kontekstdagi ahamiyatini o‘rganish falsafa fanining dolzarb
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

121

ISSN:3030-3621

Mazkur maqolada Sharq va G‘arb falsafasining tarixiy ildizlari, ularning asosiy

kontseptual yondashuvlari, o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari, shuningdek,
madaniyatlararo qarashlar orqali shakllangan dunyoqarash tizimlari ilmiy tahlil
qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi — ikki sivilizatsiyaning falsafiy merosini
solishtirish asosida zamonaviy tafakkur uchun muhim bo‘lgan universal qadriyatlarni
aniqlashga xizmat qilishdan iborat.

Sharq xalqlari qadimdan boy madaniyat va tafakkur tarixi, o‘ziga xos

dunyoqarashi, qadriyatlari hamda aqliy-ma’naviy merosi bilan ajralib turadi. Sharq
falsafasining shakllanishi, avvalo, qadimgi sivilizatsiyalarning — Bobil, Misr, Hind,
Xitoy va Markaziy Osiyo kabi yirik madaniy markazlarning vujudga kelishi bilan
uzviy bog‘liqdir. Bu hududlarda shakllangan ilk falsafiy qarashlar jamiyat hayotining
diniy, axloqiy, siyosiy va ijtimoiy tamoyillarini belgilab bergan. Dastlabki falsafiy
tafakkur namunalari mifologik tasavvurlar shaklida namoyon bo‘lgan bo‘lsa-da,
keyinchalik ular tobora umumlashgan g‘oyaviy tizimga aylana bordi.[1]

Sharq sivilizatsiyalarida falsafa ko‘proq amaliy, hayotiy masalalarga javob

topishga, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, axloqiy
poklik, adolat, ezgulik, insof va mehnat kabi qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Falsafa bu yerda sof nazariy tafakkur emas, balki insoniy mukammallikka erishish
vositasi sifatida shakllangan. Masalan, qadimgi Hind falsafasi — Vedalar,
Upanishadlar va boshqa diniy-falsafiy matnlar orqali olamning birlikda
mujassamligini, insonning koinot bilan uyg‘unligini ifoda etadi. Buddizm va jaynizm
maktablari esa ruhiy poklanish, istaklardan voz kechish, ahimsa (zo‘ravonlik
qilmaslik) tamoyillarini ilgari surgan.

Qadimgi Xitoy falsafasida esa Konfutsiychilik, Daoizm va Mohizm kabi

oqimlar asosiy o‘rin tutadi. Bu oqimlar jamiyatdagi ijtimoiy tartib, axloqiy me’yorlar,
ta’lim-tarbiya, rahbar va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar, insonning ichki dunyosini
takomillashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratgan. Ayniqsa, Konfutsiy ta’limoti
Sharq jamiyatlarining siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb
etgan.

Qadimgi Bobil va Misrda esa falsafa astronomiya, matematika va mifologiya

bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda ilohlar va tabiat hodisalari o‘rtasidagi
uyg‘unlik, inson qismati, hayot va o‘lim masalalari markaziy o‘rin egallagan.

Umuman olganda, Sharq sivilizatsiyalarida shakllangan falsafiy qarashlar

insonni kosmosning ajralmas qismi sifatida ko‘rgan, uni o‘zini anglash va
takomillashtirish sari yo‘naltirgan. Bu qarashlar keyingi davrlarda ham Sharq
xalqlarining dunyoqarashi, madaniyati va ma’naviy hayotida chuqur iz qoldirgan.

Sharq falsafasi tarix davomida jamiyatning turli sohalariga axloqdan tortib

siyosatgacha sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Bu maktablar doirasida shakllangan g‘oyalar
insoniyat hayotini yaxshilash, ijtimoiy tartibni mustahkamlash va shaxsiy kamolot sari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

122

ISSN:3030-3621

yo‘naltirishga qaratilgan. Sharq tafakkurining asosiy diqqat markazida inson bor. U
doimo o‘zini anglash, ruhiy poklanish, tabiat bilan uyg‘unlikda yashash va jamiyatdagi
o‘rnini topish yo‘lida izlanishga undaladi.

Konfutsiy ta’limotida insonning ichki axloqiy sifatlari — burch, halollik,

fidoyilik, ota-onaga hurmat va ijtimoiy tartibga rioya qilish muhim o‘rin egallaydi.
Konfutsiy “Inson o‘zini tarbiyalashi bilan jamiyatni isloh qiladi”, degan g‘oyani ilgari
suradi. Bu ta’limot Xitoy, Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarning siyosiy tuzilishi va
ma’naviy hayotiga yuz yillar davomida asos bo‘lib xizmat qilgan.

Hind falsafasida esa inson va koinot o‘rtasidagi uyg‘unlik muhim g‘oya sifatida

qaraladi. Vedalar, Upanishadlar, Bhagavad Gitada keltirilgan tamoyillar ongning
tozaligi, karmaga ishonch, reinkarnatsiya va mukammallikka erishish kabi masalalarni
o‘z ichiga oladi. Buddizmda esa insonning azob-uqubatdan qutulishi uchun to‘rt
haqiqatga amal qilish, ya’ni hayotning azobli ekanligini tan olish, azob sabablarini
tushunish, azobdan qutulish yo‘lini izlash va bu yo‘lni ongli yurish orqali bosib o‘tish
kerakligi ta’kidlanadi.

Markaziy Osiyo mutafakkirlari, jumladan, Zardusht, Avesto ta’limoti vakillari,

Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy kabi allomalar
ham falsafa va amaliy hayot o‘rtasidagi uzviylikni chuqur anglaganlar. Ularning
qarashlarida ilm-fan, axloq, din, davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyoti bir-biriga
bog‘liq tushunchalar sifatida namoyon bo‘ladi.

Masalan, Zardushtiylikda insonning axloqiy tanlovi orqali yaxshilik va

yomonlik o‘rtasidagi qarama-qarshilikka javob topish muhim o‘rin egallaydi.
Naqshbandiylik tariqatida esa “Dil ba yoru, dast ba kor” — ya’ni qalb Allohda, qo‘l
mehnatda bo‘lishi kerakligi — insonni har ikki dunyo uchun mas’uliyatli yashashga
undaydi.

Shunday qilib, Sharq falsafasining asosiy g‘oyalari axloqiy yetuklik, jamiyatga

xizmat qilish, tabiat bilan uyg‘unlik, ruhiy poklik, adolat va ilmga intilish tarixiy
rivojlanish davomida nafaqat nazariy asos bo‘lib, balki turmush tarzini belgilovchi
amaliy hayot mezonlariga aylangan. Bu g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan, balki globallashuv sharoitida yangi ma’naviy asos sifatida qayta
baholanmoqda.[3]

Antik davr G‘arb falsafasi.

G‘arb falsafasining ilk shakllari qadimgi

Yunoniston davrida shakllana boshlagan. Eramizdan avvalgi VI asrda Milet maktabi
vakillari – Fales, Anaksimandr va Anaksimen – tabiat hodisalarining asosiy manbaini
moddi bir unsurda ko‘rishga harakat qilishgan. Fales uchun bu suv, Anaksimandr
uchun cheksiz “apeyron”, Anaksimen uchun esa havo bo‘lgan. Ular tabiat
qonuniyatlarini ilohiy kuchlardan mustaqil tarzda tushuntirishga intildilar, bu esa
G‘arbda materialistik tafakkurning shakllanishiga asos bo‘ldi.Bu davrda falsafa inson
bilimlarining umumiy ifodasi sifatida ko‘rilgan bo‘lib, tabiat, matematika,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

123

ISSN:3030-3621

astronomiya, etika kabi sohalarni birlashtirgan. Pifagor va uning maktabi esa falsafaga
idealistik yondashuv olib keldi. Ular borliqning asosini raqamlar, ya’ni miqdoriy va
muvozanatli tartibda ko‘rdilar.

Afina maktabi.

Keyingi bosqichda G‘arb falsafasining diqqat markazi tabiatdan

jamiyat va inson muammolariga o‘tdi. Bu o‘zgarishda Sokrat muhim rol o‘ynagan. U
insonning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari – adolat, ezgulik, mardlik – haqida fikr
yuritdi. Sokrat tajribaga emas, tushunchalar tahliliga asoslangan bilishga urg‘u berdi.
Uning metodi mayevtika insonning ichki fikrini ochishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy
falsafiy so‘roq metodlariga zamin yaratdi.Sokratning shogirdi Platon idealistik
qarashlarni chuqurlashtirib, borliqning mohiyatini g‘oyalar dunyosida ko‘radi. Unga
ko‘ra, sezgi orqali idrok qilinadigan dunyo — bu g‘oyalar dunyosining soyasidir. Bilim
esa inson ruhining ilgari bilganlarini “eslashi”dir. Platon “ideal davlat” g‘oyasini ilgari
surib, jamiyatni aqliy, jasoratli va itoatkor tabaqalarga bo‘ldi.Aristotel esa Platonning
idealistik qarashlarini tanqid qilib, borliqni real ob’ektlar va ular harakatidan izlashga
harakat qildi. U fanlar tasnifini yaratgan, falsafani umumiy borliq haqidagi fan sifatida
belgilagan. Uning fikricha, materiya passiv asos, shakl esa faol boshlang‘ichdir.
Aristotel harakatni o‘zgarishning manbai deb bilgan bo‘lsa-da, uni buyumlardagi ichki
ziddiyatlarda emas, tashqi harakatlantiruvchi kuchlarda izlagan.

Sofistlar va falsafiy metodologiya

.Antik davrda

sofistlar

ham muhim o‘rin

tutgan. Ular bilishning nisbiyligi, muhokama san’ati va mantiqiy fikrlash metodlarini
targ‘ib qilishgan. Ularning faoliyati Sokrat va Platon kabi faylasuflarda tanqidga
uchrasada, ular G‘arb falsafasida metodologik fikr yuritish madaniyatini
rivojlantirdi.[2]

Dialektika va metafizika:

Geraklit falsafasida dialektik tafakkur asoslari

yaqqol ko‘zga tashlanadi. Unga ko‘ra, borliq — doimiy o‘zgarishda bo‘lgan jarayon
bo‘lib, barcha hodisalar qarama-qarshiliklar orqali rivojlanadi. “Ayni daryoga ikki
marta tushib bo‘lmaydi” degan mashhur ibora o‘zgarish va vaqtning o‘tkinchi tabiatini
ifodalaydi. Geraklit uchun olov — borliqning asosiy elementi bo‘lib, u harakat,
ziddiyat va birlikni ramziy ifodalagan.

O‘rta asr G‘arb falsafasi.

Xristianlikning tarqalishi bilan G‘arb falsafasi

teotsentrik

(xudoni markazga qo‘ygan) xarakter kasb etdi. Bu davrda Xudo va u

yaratgan borliq falsafiy tahlilning asosiy mavzusiga aylandi. O‘rta asrlarda falsafa
ko‘proq ilohiyot bilan bog‘lanib ketdi. Aql bilan vahiy, din va ilm o‘rtasidagi
munosabatlar asosiy masalalardan bo‘ldi.

Uyg‘onish va Yangi davr falsafasi

. Uyg‘onish davrida inson va san’at

markazga chiqdi. Falsafiy e’tibor insonning qudrati, erkin tafakkuri va go‘zallikka
qaratildi. XVII–XVIII asrlarda esa, ya’ni Yangi davrda, falsafa tabiat fanlari bilan
uzviy bog‘landi. Bilish nazariyasi, ilmiy metod va tajriba falsafaning markaziga
aylandi.Bu bosqichda Rene Dekart, Frensis Bekon, Jon Lokk, Spinoza va Leynits kabi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

124

ISSN:3030-3621

faylasuflar ilmiy asoslangan bilish usullarini ishlab chiqishdi. Keyinchalik I. Kant va
G. Gegel falsafani yuqori darajadagi mantiqiy va tizimli bilimga aylantirdi. Gegel
ayniqsa dialektik metodni ongli ravishda asoslab berdi va uni tarixiy harakatning
negiziga qo‘ydi.

Xulosa.

Sharq va G‘arb falsafasi bir-biridan farqli tarixiy, madaniy va

dunyoqarash asoslarida shakllangan bo‘lsa-da, ularning har ikkalasi ham inson
tafakkurining yuksalishida, bilim va ma’naviyatning taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
G‘arb falsafasi tabiat va inson ongini tahlil qilishda mantiqiy izchillik, metodologik
yondashuv va ilmiy asoslarga tayangan bo‘lsa, Sharq falsafasi axloq, ruhiy kamolot va
jamiyatdagi uyg‘unlikni ta’minlovchi g‘oyalarni ilgari surgan. G‘arbda bilish
nazariyasi va dialektik tafakkur rivojlansa, Sharqda hayotiy tajriba, hikmat va axloqiy
mukammallik yetakchi o‘rinni egallagan.Bugungi global dunyoda bu ikki falsafiy
an’ananing o‘zaro uyg‘unlashuvi insoniyat uchun yanada chuqurroq anglash,
madaniyatlararo muloqot va hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Sharq va
G‘arb falsafasining chuqur tahlili bizga nafaqat tarixiy jarayonlarni tushunishda, balki
zamonviy muammolarga yondashishda ham keng fikr yuritish imkonini taqdim etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Toshmatov Sh., Turaev A. Falsafa tarixi. – T.: O‘qituvchi, 2018.

2.

Nazarov Q. Falsafiy ta’limotlar tarixi. – T.: Universitet, 2020.

3.

N.Mamatov, A.Hojiboev, Sh.Jo'raev Sharq va g'arb falsafasi toshkent-2005

4.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sharq_falsafasi

5.

https://uzpedia.uz/pedia/sharq_falsafasi

6.

Элмуротова Д.Б., Элмуратов Э.Б. Исследование и совершенствование
техники и технологии по освоению скважин в сложных горно-геологических
условиях на месторождениях Республики Узбекистан // Лучшие
интеллектуальные исследования, Ч-13, Т.5, Январь-2024, С.11-23, Россия.

http://web-journal.ru/index.php/journal/issue/view/89

7.

Elmurotova D.B., Sayfullayeva D.I., Isroilova Sh.A. Terms of medical information
system, World Bulletin of Public Health (WBPH), V.34, May, P.91-92, 2024 ISSN:
2749-3644, Berlin.

https://www.scholarexpress.net

8.

Elmurotova D.B, Majlimov F.B., Zuparov I.B., Kayumova K.S., Xudoyberdiyev
B.A. A modern approach to hand hygiene in medicine // European Journal of
Humanities and Educational Advancements (EJHEA), V.5 N.05, May 2024 ISSN:
2660-5589, P.51-53, Spain.

https://www.scholarzest.com

9.

Elmurotova D., Arzikulov F., Egamov S., Isroilov U. Organization of direct
memory access // Intent Research Scientific Journal-(IRSJ), ISSN (E): 2980-4612,
V.3,

Is.10,

October

2024,

P.

31-38.,

Philippines,

https://intentresearch.org/index.php/irsj/article/view/345


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

45-son_2-to’plam_May -2025

125

ISSN:3030-3621

10.

Elmurotova D., Arzikulov F., Izzatullayev I., Olimov A., Abdurahmonov J. The
role of remote diagnostics in medicine // World Bulletin of Public Health (WBPH),
V.39,

October

2024,

ISSN:2749-3644,

P.102-105.

Germany,

https://scholarexpress.net/index.php/wbph/article/view/4664

11.

Elmurotova D., Fayziyeva N.A., Urmanbekova D.S., Bozorov E.H. Implementation
of the method of teaching x-ray therapy in higher educational institutions //

Web of

Teachers: Inderscience Research,

V.2, Issue 10, October-2024, ISSN (E):2938-

379X, P.18-23. Spain.

https://webofjournals.com/index.php/1/article/view/1868

12.

Elmurotova D.B., Esanov Sh.Sh., Abduraxmonov S.A., Ulug'berdiyev A.Sh.,
Umarov J.S. Medical device reliability and measuring instrument specifications //
Eurasian Journal of Engineering and Technology, EJET, V.34, October-7, 2024,
ISSN: (E) 2795-7640, P.10-13, Belgium.

https://geniusjournals.org/index.php/ejet

13.

Shodiev A.A., Mussaeva M.A., Elmurotova D.B. Magnetic resistance and mobility
of carriers of HTSC – YBCO tapes irradiated with 5 MeV electrons // Eurasian
Journal of Physics, Chemistry and Mathematics, EJPCM, V.35, October-26, 2024,
ISSN:

2795-7667,

P.25-33,

Belgium.

https://geniusjournals.org/index.php/ejpcm/article/view/6393

14.

Elmurotova D.B., Fayziyeva N.A., Odilova N.J. Properties of electron and neutron
therapy // Web of Medicine: Journal of medicine, practice and nursing, V.2, Issue
10, October-2024, ISSN (E): 2938-3765, P.137-141, Spain.

15.

Elmurotova D.B., Yoqubboyeva E.Z., Orifqulova M.F., Imanova L.N. Application
of computer technologies in medicine // Western European Journal of Medicine and
Medical Science, V.2, Issue 11, ISSN (E): 2942-1918, November-2024, P.1-12.
Germany.

https://westerneuropeanstudies.com/index.php/3




Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Toshmatov Sh., Turaev A. Falsafa tarixi. – T.: O‘qituvchi, 2018.

Nazarov Q. Falsafiy ta’limotlar tarixi. – T.: Universitet, 2020.

N.Mamatov, A.Hojiboev, Sh.Jo'raev Sharq va g'arb falsafasi toshkent-2005

Элмуротова Д.Б., Элмуратов Э.Б. Исследование и совершенствование

техники и технологии по освоению скважин в сложных горно-геологических

условиях на месторождениях Республики Узбекистан // Лучшие

интеллектуальные исследования, Ч-13, Т.5, Январь-2024, С.11-23, Россия.

Elmurotova D.B., Sayfullayeva D.I., Isroilova Sh.A. Terms of medical information

system, World Bulletin of Public Health (WBPH), V.34, May, P.91-92, 2024 ISSN:

Elmurotova D.B, Majlimov F.B., Zuparov I.B., Kayumova K.S., Xudoyberdiyev

B.A. A modern approach to hand hygiene in medicine // European Journal of

Humanities and Educational Advancements (EJHEA), V.5 N.05, May 2024 ISSN:

-5589, P.51-53, Spain. https://www.scholarzest.com

Elmurotova D., Arzikulov F., Egamov S., Isroilov U. Organization of direct

memory access // Intent Research Scientific Journal-(IRSJ), ISSN (E): 2980-4612,

V.3, Is.10, October – 2024, P. 31-38., Philippines,

Elmurotova D., Arzikulov F., Izzatullayev I., Olimov A., Abdurahmonov J. The

role of remote diagnostics in medicine // World Bulletin of Public Health (WBPH),

V.39, October 2024, ISSN:2749-3644, P.102-105. Germany,

Elmurotova D., Fayziyeva N.A., Urmanbekova D.S., Bozorov E.H. Implementation

of the method of teaching x-ray therapy in higher educational institutions // Web of

Teachers: Inderscience Research, V.2, Issue 10, October-2024, ISSN (E):2938-

Elmurotova D.B., Esanov Sh.Sh., Abduraxmonov S.A., Ulug'berdiyev A.Sh.,

Umarov J.S. Medical device reliability and measuring instrument specifications //

Eurasian Journal of Engineering and Technology, EJET, V.34, October-7, 2024,

ISSN: (E) 2795-7640, P.10-13, Belgium. https://geniusjournals.org/index.php/ejet

Shodiev A.A., Mussaeva M.A., Elmurotova D.B. Magnetic resistance and mobility

of carriers of HTSC – YBCO tapes irradiated with 5 MeV electrons // Eurasian

Journal of Physics, Chemistry and Mathematics, EJPCM, V.35, October-26, 2024,

ISSN: 2795-7667, P.25-33, Belgium.

Elmurotova D.B., Fayziyeva N.A., Odilova N.J. Properties of electron and neutron

therapy // Web of Medicine: Journal of medicine, practice and nursing, V.2, Issue

, October-2024, ISSN (E): 2938-3765, P.137-141, Spain.

Elmurotova D.B., Yoqubboyeva E.Z., Orifqulova M.F., Imanova L.N. Application

of computer technologies in medicine // Western European Journal of Medicine and

Medical Science, V.2, Issue 11, ISSN (E): 2942-1918, November-2024, P.1-12.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Farmonova Shahrizoda Sherali qizi, Jo’rayeva Ruxshona Annaqul qizi, Xusainova Xusnabat Jo’rayevna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, ODAM ASKARIDASINING INSON ORGANIZMIGA BIOLOGIK TA’SIRI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 4 (2025)

Qo’shboqova Sevinch Diyor qizi, Majlimov Farrux Baxtiyorovich, G‘oyibnazarov Ro‘zimurod Baxtiyorovich, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, KO’Z KASALLIKLARINING BIOFIZIK MEXANIZMLARI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 2 (2025)

Jo’raqulov Mirzoxid Ma’rufjon o’g’li, Eshniyozov Saidbek Umid og’li 2, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Qurbonov Jamshid Muyiddinovich, TIBBIY DIAGNOSTIKADA TOLALI OPTIKA QURILMALARINING AHAMIYATI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 1 (2025)

Sayfiddinova Azizabonu Murod qizi, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Sattarov Yorqin Karimovich, G’oyibnazarov Ro’zimurod Baxtiyor o’g’li, YURAK FAOLIYATINING VA SUN’IY QON AYLANISH APPARATLARI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 2 (2025)

Roʻzimatova Shahloxon Shuxrat qizi, Xusainova Xusnabat Jo’rayevna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Qurbonov Jamshid Muyiddinovich, ODAMNNING BIOLOGIK ISHI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 3 (2025)

Suyunova Ravshanoy Komiljon qizi, Avazbekova Shahinabonu Lazizbek qizi, Qurbonov Jamshid Muxiddinovich, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, INFRATOVUSH TO’LQINLARINING QO’LLANILISHI TA’SIRI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 1 (2025)

Samiqova Lobar Salohiddin qizi, Majlimov Farrux Baxtiyorovich, G‘oyibnazarov Ro‘zimurod Baxtiyorovich, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, BRONXIAL KASALLIKLARDA NAFAS OLISH DINAMIKASINING BIOFIZIK TAHLILI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 45 № 2 (2025)

Oromova Shahzoda Sayfulla qizi, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Sattarov Yorqin Karimovich, QON BOSIMI BOSHQARILISHINING BIOFIZIK ASOSLARI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 2 (2025)

Azamatova Dilnoza O’ktam qizi, G’uzorova Ozoda Uchqun qizi, Xusainova Xusnabat Jo’rayevna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, LYAMBLIYANING MORFOLOGIYASI, HAYOTIY SIKLI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 44 № 3 (2025)