Mualliflar

  • Alijon Xusanov
    Andijon davlat universiteti
  • Mavjuda Abdishayidova
    Andijon davlat universiteti
  • Zafarbek Turdiyev
    Andijon davlat universiteti
  • Mushtariy Sayfutdinova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110707

Kalit so‘zlar:

Nok qandalasi zararkunanda meva daraxti hayot sikli tarqalish kimyoviy vositalar ekologik usullar.

Annotasiya

Ushbu maqolada nok qandalasi (Stephanitis Pyri (Fabricius, 1775)ning biologiyasi, tarqalish hududi va meva daraxtlariga, xususan, nok va olma daraxtlariga yetkazadigan zararini tahlil qilinadi. Hasharotning hayot sikli, tuxum qo‘yish xususiyatlari, lichinkalarning rivojlanish bosqichlari va ekologik ta’siri yoritilgan. Zararni kamaytirish maqsadida agrotexnik, kimyoviy va ekologik kurash usullari tavsiya etilgan. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar bog‘dorchilik amaliyotida zararkunandaga qarshi samarali choralar ishlab chiqishga xizmat qiladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

28

NOK QANDALASI (STEPHANITIS PYRI (FABRICIUS, 1775)NING BIOLOGIYASI

VA ZARARLILIK XUSUSIYATLARI

Xusanov Alijon Karimovich

1

., Abdishayidova Mavjuda Nurqadamovna

2

., Turdiyev

Zafarbek Salohidin o‘g‘li

3

., Sayfutdinova Mushtariy Sardorbekovna

4

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri b.f.d., professor

1

a_xusanov75@adu.uz

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi tadqiqotchisi

2

adisaidovamavzudahon@gmail.com

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi o‘qituvchisi

3

zafarturdiyev2020@gmail.com

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi talabasi

4

mushtariysardorbekovna08@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15573815

Annotatsiya:

Ushbu maqolada nok qandalasi (

Stephanitis Pyri

(Fabricius, 1775)ning

biologiyasi, tarqalish hududi va meva daraxtlariga, xususan, nok va olma daraxtlariga yetkazadigan
zararini tahlil qilinadi. Hasharotning hayot sikli, tuxum qo‘yish xususiyatlari, lichinkalarning
rivojlanish bosqichlari va ekologik ta’siri yoritilgan. Zararni kamaytirish maqsadida agrotexnik,
kimyoviy va ekologik kurash usullari tavsiya etilgan. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar bog‘dorchilik
amaliyotida zararkunandaga qarshi samarali choralar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Nok qandalasi, zararkunanda, meva daraxti, hayot sikli, tarqalish, kimyoviy

vositalar, ekologik usullar.

Аннотация

:

В

статье

анализируются

биология

,

ареал

распространения

и

вред

,

наносимый

плодовым

деревьям

грушевой

кружевницей

(

Stephanitis Pyri

(Fabricius, 1775).

Описаны

жизненный

цикл

насекомого

,

особенности

откладывания

яиц

,

стадии

развития

личинок

и

экологическое

воздействие

.

Для

снижения

ущерба

рекомендованы

агротехнические

,

химические

и

экологические

меры

борьбы

.

Представленная

информация

может

быть

использована

для

разработки

эффективных

мер

защиты

в

садоводстве

.

Ключевые

слова

:

Грушевая

кружевница

,

вредитель

,

плодовые

деревья

,

жизненный

цикл

,

распространение

,

химические

препараты

,

экологические

методы

.

Abstract:

This article examines the biology, distribution, and damage caused by the pear lace

bug (

Stephanitis Pyri

(Fabricius, 1775) to fruit trees, particularly pear and apple trees. The life cycle,

egg-laying characteristics, larval development stages, and ecological impact are described.
Agrotechnical, chemical, and ecological control measures are recommended to mitigate damage. The
provided information supports the development of effective pest control strategies in horticulture.

Keywords:

Pear lace bug, pest, fruit trees, life cycle, distribution, chemical agents, ecological

methods.

Meva bog‘larida hosildorlikka tahdid soluvchi zararkunanda hasharotlar soni so‘nggi yillarda

sezilarli darajada oshmoqda. Ular orasida nok qandalasi (

Stephanitis pyri

Fabr.) nok va olma

daraxtlari uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ushbu hasharot barglarning shirasini so‘rib, fotosintez
jarayonini buzadi, natijada daraxtlarning o‘sishi sekinlashadi, hosildorlik pasayadi va ba’zi hollarda
daraxtlar butunlay meva bermasligi mumkin. Nok qandalasining biologiyasi, tarqalish xususiyatlari
va unga qarshi samarali kurash usullarini o‘rganish bog‘dorchilik sohasida muhim vazifalardan
biridir. Ushbu maqola zararkunandaning hayot sikli, ekologik ta’siri va unga qarshi qo‘llaniladigan
zamonaviy kurash usullarini kengroq yoritishga qaratilgan.

Nok qandalasi (

Stephanitis pyri

Fabr.) uzunligi taxminan 3,5 mm bo‘lgan, qora-qo‘ng‘ir

rangdagi hasharotdir. Uning oldingi qanotlari shaffof, to‘rga o‘xshash tuzilishga ega. Qanotlarda
qoramtir dog‘lar va tomir to‘rlari mavjud bo‘lib, bu ularga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Erkaklarning
qorin uchi yumaloq, buklanadigan kichik qarmoqlarga ega, urg‘ochilarning qorin uchi esa
yumaloqlashgan. Hasharotning boshida to‘rtta tikon joylashgan bo‘lib, orqa ikkita tikonning uchi


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

29

kengayib, to‘g‘nog‘ich boshiga o‘xshaydi. Tuxumlari qora, cho‘ziq shaklda bo‘lib, bir uchi biroz
egilgan [4, 6].

Lichinkalar bosh, ko‘krak va qorin qismlarida tikonsimon o‘simtalarga ega. Uchinchi yoshdan

boshlab qanot o‘simtalari paydo bo‘ladi, beshinchi yoshda esa ko‘krak qismida katta kurakchasimon
o‘simtalar shakllanadi. Lichinkalar va voyaga yetgan qandalalar barglarning pastki tomonidan shira
so‘rish orqali oziqlanadi [4].

Nok qandalasi voyaga yetgach, xazon va daraxt po‘stlog‘i orasida qishlaydi. Aprel oyida

uyg‘onib, asosan olma va nok daraxtlariga ko‘chadi. Urg‘ochilar bargning pastki tomoniga, uning eti
ichiga tuxum qo‘yadi, tuxumning egilgan uchi tashqarida qoladi. Tuxumdan lichinka 25–30 kunda
chiqadi va 20–25 kunda yetiladi. Lichinkalar va voyaga yetgan qandalalar barg shirasini so‘radi.
Zararlangan barglarning yuqori qismi rangsizlanadi, pastki qismi esa qandala ekskrementlari bilan
qoplanib, qora dog‘larga aylanadi [4, 5]. Issiq havoda qandalalar uchib, yangi daraxtlarga tarqaladi.
Shox silkitilganda ular yerga tushadi. O‘zbekiston sharoitida qandala odatda yiliga ikki avlod beradi:
birinchisi iyun oyida, ikkinchisi avgust oxiri yoki sentyabrda paydo bo‘ladi. Issiq iqlim sharoitida
uchinchi avlod ham shakllanishi mumkin [3]. Hasharotning tarqalishi iqlim, o‘simlik turi va
bog‘dorchilik amaliyotlariga bog‘liq bo‘lib, issiq va nam sharoitlar uning ko‘payishini tezlashtiradi
[6]. Nok qandalasi barglarning shabasini so‘rib, fotosintez jarayonini buzadi, bu daraxtning o‘sishi
va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jiddiy zararlangan daraxtlarning barglari rangsizlanadi,
ifloslanadi va ba’zan butunlay meva berish to‘xtaydi [1]. Ayniqsa, olma daraxtlari ko‘proq
zararlanadi. Bundan tashqari, qandala ekskrementlari barglarda estetik nuqsonlar keltirib chiqaradi,
bu meva mahsulotlarining tijoriy qiymatini pasaytiradi.

Nok qandalasiga qarshi samarali kurashish uchun agrotexnik va kimyoviy usullarni qo‘llash

tavsiya etiladi. Kuzda xazon va eski daraxt po‘stloqlarini yig‘ib yoqish hamda qator oralarni
shudgorlash orqali qandalalarning qishlash joylari yo‘q qilinadi. Bu choralar zararkunandaning
tarqalishini sezilarli darajada kamaytiradi. Shuningdek, daraxtlar orasidagi masofani to‘g‘ri
rejalashtirish va havoning aylanishini ta’minlash qandalalarning ko‘payishini cheklaydi. Vegetatsiya
davrida, ayniqsa zararkunanda koloniyalari paydo bo‘lganda, pestitsidlar bilan ishlov berish samarali
natija beradi. Quyidagi preparatlar Lanser (75% emulsiya konsentrati): 1 kg/ga, Konfidor (20%
emulsiya konsentrati): 0,2 l/ga (Agrovital, Bagira, Brayt, Imida-maks, Pilarking, Entolucho),
Karbofos (Fufanon, 57% emulsiya konsentrati): 1,0–3,0 l/ga qo‘llanilishi mumkin. Preparatlarni
vegetatsiya boshida yoki qandalalarning faolligi kuzatilgan paytda purkash lozim. Ishlov berish
chastotasi va dozasi mahalliy iqlim va bog‘ sharoitlariga qarab moslashtirilishi kerak [1].

So‘nggi yillarda qandalalarga qarshi biologik kurash usullari keng tarqalmoqda. Masalan,

qandala lichinkalarini yo‘q qiluvchi tabiiy yirtqichlar (masalan,

Chrysoperla carnea

yoki

Coccinellidae

turkumidagi hasharotlar) va parazitoidlar qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, neem

yog‘i kabi tabiiy insektitsidlardan foydalanish atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadi va organik
bog‘dorchilikda afzallik beradi [6].

Xulosa sifatida nok qandalasi (

Stephanitis pyri

Fabr.) meva bog‘larida, xususan, nok va olma

daraxtlarida jiddiy iqtisodiy zarar keltiruvchi zararkunanda ekanligini aytish mumkin. Uning hayot
sikli, tarqalish xususiyatlari va iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi uni nazorat qilishni
qiyinlashtiradi. Agrotexnik, kimyoviy va ekologik usullarni integratsiyalashgan holda qo‘llash orqali
zararni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Maqolada keltirilgan tavsiyalar bog‘bonlar va
agronomlar uchun amaliy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakda zamonaviy biologik kurash
usullari va iqlim o‘zgarishlarining qandala populyatsiyasiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha
tadqiqotlar zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xo‘jayev Sh.T., Sattarov N.R., Musayev D.M. // Zararli qandala hasharotlar haqida nimalarni

bilmoq kerak. Ilmiy-ommabop ocherk. Toshkent, 2018. 64 bet.

2. Yaxontov V.V. // O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi o‘simliklari hamda mahsulotlarining

zararkunandalari va ularga qarshi kurash”. O‘zSSR "O‘rta va oliy maktab" davlat nashriyoti.
Toshkent, 1962.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

30

3.

Батиашвили

И

.

Д

. “

Вредители

континентальных

и

субтропических

плодовых

культур

”.

//

Тбилиси

:

Институт

сельского

хозяйства

, 1959. 455

с

.

4.

Бей

-

Биенко

Г

.

Я

.,

ред

. “

Определитель

насекомых

Европейской

части

СССР

”.

Т

. 1.

М

.

и

Л

.:

Наука

, 1964. 936

с

.

5.

Кириченко

А

.

Н

. “

Полужест

GER). In:

Павловский

Е

.

Н

.

и

Штакельберг

А

.

А

.,

ред

.

Вредные

животные

Средней

Азии

(

справочник

)”.

М

.

и

Л

.:

АН

СССР

, 1949.

С

. 220–222.

6.

Фолькина

М

.

Я

. “

Stephanitis pyri

F.

в

Южном

Казахстане

”.

Защита

растений

, 1980, 5:

39–40.

Bibliografik manbalar

Xo‘jayev Sh.T., Sattarov N.R., Musayev D.M. // Zararli qandala hasharotlar haqida nimalarni bilmoq kerak. Ilmiy-ommabop ocherk. Toshkent, 2018. 64 bet.

Yaxontov V.V. // O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi o‘simliklari hamda mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash”. O‘zSSR "O‘rta va oliy maktab" davlat nashriyoti. Toshkent, 1962.

Батиашвили И.Д. “Вредители континентальных и субтропических плодовых культур”. // Тбилиси: Институт сельского хозяйства, 1959. 455 с.

Бей-Биенко Г.Я., ред. “Определитель насекомых Европейской части СССР”. Т. 1. М. и Л.: Наука, 1964. 936 с.

Кириченко А.Н. “ПолужестGER). In: Павловский Е.Н. и Штакельберг А.А., ред. “Вредные животные Средней Азии (справочник)”. М. и Л.: АН СССР, 1949. С. 220–222.

Фолькина М.Я. “Stephanitis pyri F. в Южном Казахстане”. Защита растений, 1980, 5: 39–40.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Alijon Xusanov, Tabassumoy Mamajonova , BEDA QANDALASI (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.)NING BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Xurshidbek Mamatov , TINIQQANOTLI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA, SESIIDAE)NING ADABIYOTLARDA O’RGANILISHIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Zafarbek Turdiyev , QANDALALARNING FARG‘ONA VODIYSIDAGI TARQALISHI: EKOLOGIK OMILLAR VA AGROEKOTIZIMLARGA TA’SIRINING ILMIY TAHLILI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 2 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxsanamxon Mo‘ydinova , PISTA (PISTACIA VERA L.) ZARARKUNANDALARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxruxbek Anvarjonov , Abdumuxtor Yaxyoyev , QORADARYO XAVZASIDA TARQALGAN GIDROBIONT HAYVONLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4 (2025)

Alijon Xusanov , Nargizaxon Toshtemirova, TERMITLAR (INSECTA: ISOPTERA) BO`YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Zilolabonu Muqimova , Mushtariy Sayfutdinova , INTENSIV URUG‘ MEVALI O‘SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Mavjuda Abdishayidova , Zafarbek Turdiyev , Mushtariy Sayfutdinova , CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , OLIMNING OLAMCHA OBROʻSI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxruxbek Anvarjonov , Abdumuxtor Yaxyoyev , QORADARYO XAVZASIDA TARQALGAN GIDROBIONT HAYVONLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4 (2025)

1 2 > >>