Vol. 4 No. 7 (2025)
Articles
KOMPYUTER BILAN TANISHUV BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Kompyuter bilan tanishuv bo‘limi o‘quvchilarga kompyuter texnologiyalarining asosiy prinsiplari, ishlash tamoyillari va dasturiy ta‘minotdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatishning muhim bosqichidir. Ushbu bo‘limda o‘qitish metodikasi kompyuter bilimlarini o‘rgatishda zamonaviy va interaktiv yondashuvlarni qo‘llashga qaratilgan. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarga kompyuterning asosiysi – apparat va dasturiy qismlarini tanish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish maqsad qilinadi.
VIZUAL DASTURLASH TILIDA LOYIHALASH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Umumta’lim maktab o‘quvchilariga dasturlashni o‘rgatish metodikasi kattalar uchun mo‘ljallangan o‘qitish usullaridan sezilarli darajada farqlanadi. Ushbu maqola Scratch vizual dasturlash muhitiga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilar ushbu muhit orqali o‘yinga asoslangan topshiriqlarni oson bajara oladilar. Shuningdek, maqolada bosqichma-bosqich o‘qitish, interfaol va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari tavsiya etiladi. O‘qitish jarayonida uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari vizual dasturlashni samarali o‘qitish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH VA TAHLIL QILISH USULLARI
Sanoat korxonalari raqobatbardoshligi ularning bozorda mustahkam o‘rin egallashi, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida faol ishtirok etishi hamda xalqaro miqyosda o‘z mahsulotlarini ilgari surish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan bog‘liq. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, biznesni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda davlatning normativ-huquqiy talablariga muvofiq ravishda harakat qilishlari zarur. Ushbu jarayon sanoat korxonalarining nafaqat mamlakat ichkarisida, balki global bozor sharoitida ham barqaror faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
ВОПРОСЫ О ТЕХНОЛОГИИ GRID
В статье представлены базовые понятия технологии GRID и перспективы использования современных грид-технологий для различных отраслей науки, промышленности и бизнеса.
TАLАBАLАRNING TEXNОLОGIK KОMPETESNIYАSINI RIVОJLАNTIRISHNING PEDАGОGIK-PSIXОLОGIK JIHАTLАRI
Аmаliyоt shuni kо‘rsаtdiki, о‘quv jаrаyоnidа individuаl vаzifаlаr vа muаmmоlаrni emаs, bаlki ulаrning аniq mаqsаdlаr bilаn birlаshtirilgаn yаxlit tizimidаn fоydаlаnish muhim аhаmiyаtgа egа. О‘quv vа kоgnitiv vаzifаlаr tizimlаri turli tаsniflаr аsоsidа, mаsаlаn, ijоdiy fаоliyаt uslubigа xоs bо‘lgаn intellektuаl fаzilаtlаrgа аsоslаngаn fаn metоdlаri kursining аspektli muаmmоlаri bо‘yichа tuzilishi mumkin. Fаоliyаtning ijоdiy uslubini shаkllаntirishgа yоrdаm berаdigаn vаzifаlаr tizimi G.K.Selevkо tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn [1].
TA’LIM TIZIMIDA CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHNING TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI
This article provides a brief overview of the science of drawing, its history of origin, sections, initial ideas about drawing, and scholars who contributed to the science of drawing. It discusses the development of the science and its current reforms.
KO‘MILGAN TOK TUPLARINI OCHISHDA TAVSIYA ETILAYOTGAN ROTATSION ISHCHI ORGANGA QO‘YILADIGAN DASTLABKI TALABLARNI ISHLAB CHIQISH
Tok O‘rta Osiyoning deyarli barcha dehqonchilik rayonlarida, ayniqsa Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalari, Amudaryoning o‘ng va so‘l sohillarida ko‘p ekilgan. Uzumchilik sanoat ahamiyati darajasiga ko‘tarilgach, uzum mahsulotlari (shini, mayiz) atrofdagi yaqin sharq mamlakatlari, shuningdek, Volga bo‘yi sohillari bozorlariga ham olib borilgan. O‘sha davrda ekilgan uzum navlarining xilma - xilligi, tokzorlarga ishlov berish, tuplarni parvarish qilishning samarali usullari (yerni kuz va bahorda haydash, qish mavsumida ko‘mish va erta baxorda ochish, tokni payvandlash, parxish qilish, kesish, kasallik va zararkunandalarga qarshi turli eritmalarni purkash va h.k.) tokchilikning rivojlanganligidan dalolat beradi[1; 9-b].
ROTATSION ISHCHI ORGAN BILAN JIHOZLANGAN TOK OCHISH MASHINASINING ISH SHAROITLARINI O‘RGANISH
Mamlakatimizda uzumchilik qishloq xo‘jaligining eng qadimgi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bizning mintaqamizda uzumchilik qadim zamonlardan aholining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Ushbu an’ana hozirgi kungacha saqlanib qolmoqda. Mintaqamiz Fermer xo‘jaliklarida Qora kishmish, Nimrang, Pushti toifi, Xusayni, Kelin barmoq, Katta qo‘rg‘on va boshqa shu kabi navlar yetishtirilmoqda, ulardan yuqori sifatli kishmish, mayiz va xush ta’m xo‘raki uzum mevalarini olish mumkin[1, 2].
KOMPANIYANING IQTISODIY SALOHIYATINI STRATEGIK TAHLIL QILISH USULLARI
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarning uzoq muddatli muvaffaqiyati ularning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash va samarali strategik tahlil qilish qobiliyatiga bog‘liq. Raqobatning keskinlashuvi, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi hamda texnologik taraqqiyot kompaniyalardan innovatsion yondashuvlar va strategik rejalashtirishni talab etmoqda. Shu sababli, kompaniyaning iqtisodiy salohiyatini strategik tahlil qilish nafaqat uning hozirgi moliyaviy holatini baholash, balki kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
GLOBALLASHUV SHAROITIDA DINIY ONG TRANSFORMATSIYALASHUVIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLAR
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining diniy ong transformatsiyalashuviga ta’siri tahlil qilinadi. Globallashuv ta’sirida insonlarning diniy tushunchalari, e’tiqodi va ongida yuz berayotgan o‘zgarishlar jamiyat, ta’lim-tarbiya, oila va tashqi omillar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy ekstremizm va noto‘g‘ri diniy talqinlarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri hamda ularning oldini olishda ta’lim va ma’naviy tarbiyaning o‘rni yoritiladi. Diniy ong shakllanishida oilaning, ta’limning va axborot vositalarining ahamiyati tahlil qilinib, jamiyatda sog‘lom diniy muhitni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
THE IMPACT OF DIGITAL TECHNOLOGIES ON CORPORATE GOVERNANCE
The article examines the impact of digital technologies on corporate governance, as well as the developed sectors of the digital economy in our country today and the work being done.
ҚАНДЛИ ДИАБЕТ 1- ТУР ЎСМИР ЁШ ҚИЗЛАРДА РЕПРОДУКТИВ ТИЗИМ БУЗИЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
Қандли диабетнинг кам ўрганилган ва долзарб йўналишларидан бири ўсмир ёш қизлар репродуктив фаолияти билан боғлиқ бўлиб, қатор саволлар ханузгача ўз ечимини топмаган. Хозирги вақтда қандли диабет глобал муаммолардан бирига айланиб бормоқда. Бу холат кенг тарқалган бўлиб, қатор мамлакатларда ўсмир ёш қизларда репродуктив тизим патологияларини чақириб келмоқда.Ўсмирлик репродуктив тизимнинг ривожланиши учун жуда мухим даврдир ва бу касаллик гормонал мувозанат, овуляция, ва хайз циклини бошқарувчи жараёнларга таьсир қилувчи инсулин етишмовчилиги ва глукоза ўзгарувчанлиги билан боғлиқ муаммоларни келтириб чиқариши мумкин.
JANUBIY OROL BO'YI ( AMUDARYO O'NG QIRG'OG'I ) ANTIK DAVR SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Qoraqalpoqlar turkiyzabon xalqlar turkumiga kiradi. Ularning ko’p asrlar davomida shakllangan tarixi qadimgi Orolbo’yi mintaqasining dasht qabilalaridan boshlanadi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlarining mashhur tadqiqotchisi S.P.Tolstovning fikricha, Orol dengizining janubiy qirg’og’ida yashagan sak va massaget qabilalari (orol va botqoqlik massagetlari), qoraqalpoqlarning eng qadimgi ajdodlari hisoblanadi. Ular baliqchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan yarim ko’chmanchi qabilalar hisoblanishgan.
MALAKAVIY AMALIYOT YAKUNIDA TALABALAR EGALLAGAN BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI BAHOLASH MEZONLARI
Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholash, malakavıy amaliyot yakunıda talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritish natijalarini baholash mezonlari jadvali keltirilgan.
ЛИНГВОМАДАНИЙ БИРЛИКЛАРНИНГ КОНЦЕПТУАЛ ЖИҲАТДАН ЎРГАНИЛИШИ ВА ТАҲЛИЛИЙ ТАВСИФИ
Жаҳон тилшунослигида лингвокультурологик бирликларнинг концептуал ўрганилиши маданиятлараро мулоқот, хорижий тилларни ўрганиш ва ўқитиш, маданиятлараро алоқа-алмашинувни муваффақиятли ташкил этиш, таржима жараёнида юзага келиши мумкин бўлган тушунмовчиликлар ва нотўғри талқинларнинг олдини олиш ва бошқа жараёнларда муҳим ҳособланади. Бунда, аввало, лингвокультурологик бирликнинг лингвистик хусусиятларини аниқлаштириш, тавсифлаш, уларни таснифлаш, лексикографик ва лексикологик систем-структур ўрнини белгилаш талаб этилади.
THЕ CОNCЕPT, HISTОRY АND FОRMАTIОN ОF UZBЕK NАTIОNАL АPPLIЕD АRTS
Uzbеk nаtiоnаl аppliеd аrts rеprеsеnt а rich culturаl lеgаcy dееply rооtеd in cеnturiеs оf crаftsmаnship, crеаtivity, аnd trаditiоn. This аrticlе еxаminеs thе cоncеpt, histоricаl dеvеlоpmеnt, аnd fоrmаtiоn оf Uzbеk аppliеd аrts, еxplоring thеir culturаl, sоciаl, аnd аеsthеtic significаncе. Bеginning with thе histоricаl fоundаtiоns оf thеsе аrts, thе аrticlе discussеs thе influеncе оf vаriоus dynаstiеs, rеgiоnаl stylеs, аnd trаdе rоutеs оn thе еvоlutiоn оf оrnаmеntаl аnd functiоnаl crаfts. Furthеrmоrе, it highlights thе rоlе оf Uzbеk аppliеd аrts in prеsеrving nаtiоnаl idеntity, shоwcаsing tеchniquеs аnd mоtifs pаssеd dоwn thrоugh gеnеrаtiоns. By еxаmining trаditiоnаl crаfts such аs cеrаmics, еmbrоidеry, wооd cаrving, аnd mеtаlwоrk, this study prоvidеs аn insight intо thеir еnduring rеlеvаncе аnd thеir cоntributiоns tо glоbаl аrtistic hеritаgе.
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O'QUVCHILARIDA O‘QISH SAVODXONLIGIGA OID TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Integrativ yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv orqali turli fanlararo bog‘liqliklar asosida o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi. O‘qish savodxonligi faqat texnik o‘qish emas, balki ma’naviy, lingvistik va kognitiv jarayonlar uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur usulning samaradorligi innovatsion pedagogik texnologiyalar va integrativ metodlar asosida ta’minlanadi.
РОЛ ИНФЛЮЭНСЕР-МАРКЕТИНГА В ПРЕДПРИЯТИЯХ УЗБЕКИСТАНА: АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ И ПЕРСПЕКТИВЫ
В современном мире, где социальные сети играют ключевую роль в формировании предпочтений и поведения потребителей, инфлюэнсер-маркетинг становится все более популярным инструментом для рекламы местных брендов. В Узбекистане этот тренд не остался незамеченным, и местные компании все чаще обращаются к популярным личностям в социальных сетях для продвижения своих продуктов и услуг. В данной статье мы рассмотрим результаты анализа эффективности инфлюэнсер-маркетинга в рекламных кампаниях местных брендов в Узбекистане и обсудим перспективы этого направления. Ключевых этапов нашего исследования заключался в выборе популярных инфлюэнсеров в различных сферах, таких как мода, кулинария, технологии, путешествия и фитнес. Мы проанализировали их аккаунты в социальных сетях, оценили количество подписчиков, уровень вовлеченности аудитории и типы контента, которые они создают и публикуют. Этот анализ позволил нам выявить наиболее популярных и востребованных инфлюэнсеров в Узбекистане. Для более глубокого понимания восприятия и вовлеченности аудитории в рекламные кампании с участием инфлюэнсеров мы провели опрос среди представителей целевой ауди тории местных брендов. Опрос включал в себя вопросы о частоте просмотра рекламных материалов с участием инфлюэнсеров, их восприятии, вовлеченности и влиянии на отношение к бренду и продукции.
“QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORTI XAJMI, TARKIBI VA UNING DINAMIKASI TAXLILI”
Jahon iqtisodyotida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish xajmini oshirish mamlakatlar uchun nafaqat o‘zini-o‘zi ta’minlash, balki eksport qilish uchun hamda mamlakat uchun ham juda muhim iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega. Tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish xajmini o‘sishi agrosanoat majmuasi (ASM) va unga aloqador tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatning yaxshilanishiga olib keladi. “Xalqaro bozorda xozirgi kunga kelib meva-sabzavot mahsulotlar bozori 205 milliard AQSH dollardan ortiqni tashkil etmoqda”.
ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ АҲОЛИСИНИНГ ДАРОМАДЛАРИ ВА ХАРАЖАТЛАРИ
Ушбу мақолада Қашқадарё вилояти аҳолисининг даромадлари ва харажатлари, ҳудудлардаги муаммолар 400 кишидан сўровнома асосида олиниб таҳлил қилинган. Сўровномада вилоятнинг барча туманларидан хар-хил касб эгалари қатнашган.
JAMIYAT HAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
1990 yillar bo‘sag‘asida respublikamiz ichki ishlar idoralarining huquqiy maqomi shakllanishi, mustahkamlanishi bilan birga, tizimga kiruvchi ayrim sohaviy xizmatlar faoliyatini takomillashtirish, ularning ishini zamon talablari asosida qayta tashkil etish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, mustaqillikning dastlabki yillarida ichki ishlar organlari xodimlari ham o‘z xizmat faoliyatlarini amalga oshirishda ko‘plab murakkabliklarga duch keldi.
HOZIRGI KUNDA KASALLIKLARNI DAVOLASHDA XALQ TABOBATINING O’RNI
Ushbu maqolada O’zbekiston hududida xalq tabobatining asrlar davomida insoniyatga xizmat qilib kelgani, tabobatda qo’llaniladigan usullar va dorivor giyohlar haqida so’z yuritilgan. Shuningdek turli xil kasalliklar haqida fikrlar yuritilgan.
КЛИНИКО-ПАТОГЕНЕТИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКА ВИРУСНОГО ГЕПАТИТА С В ОТДЕЛЕНИЯХ ГЕМОДИАЛИЗА
В последние годы существенно изменилось соотношение регистрируемых случаев вирусных гепатитов В и С. Резко возросла заболеваемость вирусного гепатита С при снижении случаев регистрации вирусного гепатита В. В число отраслей медицины подверженный большому риску распространения вирусными гепатитами относятся отделения хронического гемодиализа, где частые оперативные вмешательства на сосудах, непрерывный лечебный процесс, частые по жизненным показаниям гемотрансфузии обусловливают большой риск заражения вирусными гепатитами.
KAPITAL AKTIVLARNI BAHOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada kapital aktivlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari va ularning korxona moliyaviy barqarorligidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Turli metodologiyalar – xarajatlar, daromad va bozor yondashuvlari, shuningdek, zamonaviy DCF va EVA modellarining afzalliklari yoritiladi. O‘zbekiston korxonalarida bu metodlarning qo‘llanilishi va raqamli texnologiyalar asosida baholash tizimini joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy baholash uslublarining investitsion qarorlar, hisobotlarning shaffofligi va kompaniya aktivlaridan samarali foydalanishga ta’sirini asoslab beradi.
KAPITAL AKTIVLARNI BAHOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada kapital aktivlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari va ularning korxona moliyaviy barqarorligidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Turli metodologiyalar – xarajatlar, daromad va bozor yondashuvlari, shuningdek, zamonaviy DCF va EVA modellarining afzalliklari yoritiladi. O‘zbekiston korxonalarida bu metodlarning qo‘llanilishi va raqamli texnologiyalar asosida baholash tizimini joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy baholash uslublarining investitsion qarorlar, hisobotlarning shaffofligi va kompaniya aktivlaridan samarali foydalanishga ta’sirini asoslab beradi.