Authentic materials and their classification

Abstract

This article focuses on the importance of authentic materials in developing writing competence, providing a classification of these materials and evaluating their effectiveness. It also describes modern methods used to enhance writing skills. While acknowledging some negative aspects of using authentic materials, the article briefly emphasizes that their use can make lessons more effective. It highlights categories such as authentic audio-visual and written materials, which help address existing challenges. Additionally, it is noted that authentic texts serve as a motivational factor, contributing to more successful language learning.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
311-315
44

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdurashidova , X. (2024). Authentic materials and their classification. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 2(3/S), 311–315. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/67951
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the importance of authentic materials in developing writing competence, providing a classification of these materials and evaluating their effectiveness. It also describes modern methods used to enhance writing skills. While acknowledging some negative aspects of using authentic materials, the article briefly emphasizes that their use can make lessons more effective. It highlights categories such as authentic audio-visual and written materials, which help address existing challenges. Additionally, it is noted that authentic texts serve as a motivational factor, contributing to more successful language learning.

Similar Articles


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Authentic materials and their classification

Khafiza ABDURASHIDOVA

1

Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024
Received in revised form

10 August 2024
Accepted 25 August 2024

Available online

25 September 2024

This article focuses on the importance of authentic materials

in developing writing competence, providing a classification of

these materials and evaluating their effectiveness. It also

describes modern methods used to enhance writing skills.
While acknowledging some negative aspects of using authentic

materials, the article briefly emphasizes that their use can make

lessons more effective. It highlights categories such as authentic

audio-visual and written materials, which help address existing
challenges. Additionally, it is noted that authentic texts serve as

a motivational factor, contributing to more successful language

learning.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3

/S

-pp311-315

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

speech activity,

language materials,

writing competence,
authentic materials,
authentic visual materials,

authentic written materials.

Autentik materiallar va ularning tasnifi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

nutq faoliyati,

til materiallari,

yozuv kompetensiyasi,
autentik materiallar,
autentik vizual materiallar,
autentik yozma materiallar.

Ushbu maqolada yozuv kompetensiyasini rivojlantirishda

autentik materiallarning ahamiyati, ularning tasnifi va ulardan
foydalanishning

samaradorligi,

yozuv

kompetensiyasini

rivojlantirishdagi zamonaviy metodlarning tavsifi haqida

ma’lumotlar

keltirilgan.

Bundan

tashqari,

autentik

materiallardan foydalanishning salbiy jihatlari mavjud

ekanligiga qaramay, ulardan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlari

tashkil etilishi, dars ko‘proq samaliroq bo‘lishi haqida qisqacha
so‘z yuritilgan va mavjud bo‘lgan muammolarni bart

araf etishda

autentik materialning kategoriyalaridan biri bo‘lgan autentik

audio vizual va autentik yozma materiallardan samarali

foydalanishning ahamiyati hamda autentik matnlar tilni

mukammal o‘rganishda

motivatsion omil bo‘lib xizmat qilishi

haqida ma’lumotlar berilgan.

1

Doctoral student, Termez State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

312

Аутентичные материалы и их классификация

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

речевая деятельность,
языковые материалы,

письменная
компетентность,
аутентичные материалы,
аутентичные

изобразительные
материалы,

аутентичные письменные

материалы.

В статье рассматриваются значение аутентичных

материалов в развитии письменной компетенции, их

классификация и эффективность использования, а также

современные

методы,

способствующие

развитию

письменных навыков. Несмотря на существующие

недостатки при использовании аутентичных материалов,

отмечено, что они делают учебный процесс более

эффективным. Также подчёркнута важность устранения
текущих проблем, связанных с одной из категорий

аутентичных материалов. Рассматриваются аспекты

эффективного применения аутентичных аудиовизуальных

и письменных материалов, а также роль аутентичных

текстов как мотивационного фактора в успешном
изучении языка.


KIRISH

Hozirga vaqtda til o‘rganuvchilarning asosiy vazifalaridan biri kommunikativ

kompetensiyani shaklantirish uchun chet tili madaniyatini o‘rganish orqali kasbiy

faoliyatida bevosita olgan bilimlarini ishlatishga qaratilgan madaniyatlararo muloqotda

mustaqil va faol ishtirok etishdir. O‘quv jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlarda chet tillarni
o‘rgatishda autentik materiallardan foydalanish bu muammolarni hal qilishga yordam
beradi. Ingliz tilini o‘qitish jarayonida autentik materiallar, autentik matn kabi
tushunchalarga katta e’tibor qaratiladi. Avvalambor, autentik so‘ziga nazar tashlaydigan
bo‘lsak,

yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, authentikos

asliyat ya’ni asliga to‘g‘ri, haqiqiy

holatga mos degan ma’nolarni bildiradi [1; 400

-b].

MUHOKAMA

Autentik materiallar tushunchasini ochib berishda va ulardan foydalanish

muammosi ustida tilshunos-metodist olimlar M.P. Breen, G.I. Voronina, E.V. Nosovich,
R.P. Milrud, L. Van Lier, B. Tomalin, F. Mishan, Gebhard va boshqalar tomonidan bir
qancha tadqiqotlar olib borilgan. Autentik materillar nima ekanligini tushunish uchun bir

qancha yondashuvlar mavjud. Bu turdagi materiallar bilan shug‘ullanish jarayonida,

“Autentik matn”

degan tushunchaga duch kelamiz. Bu tushuncha haqida W.Guariento va

J.Morley “Autentik matn bu ishlab chiqarilgan til ham jamiyatida qandaydir

ijtimoiy

maqsadlarni amalga oshirish uchun yaratilgan” deb ta’kidlab o‘tgan [2; 30

-b].

F.Mishanning fikricha, autentik materiallar bu haqiqiy kommunikativ maqsadlar

uchun yaratilgan matnlardir [7; 330-b].

Biroq M.P. Breen

til o‘rganish kontekstidagi autentik matnlar, o‘quvchilarga

haqiqiy tushunishni rivojlanishga yordam beradigan har qanday ma’lumot manbaini
anglatadi, deb ta’kidlab o‘tgan.

Gebhard autentik materiallarni quyidagi 3 ta kategoriyaga ajratgan (1-rasmga

qarang).


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

313

1-

rasm. Gebhard bo‘yicha autentik materiallar kategoriyasi

“Autentik audio vizual materiallarning ommlashuvi til o‘rganuvchilarga interaktiv

til muhitini yarata

olishidadir”, deb ta’kidlaydi rus olimi G.A.

Vorobyov [2; 36-b].

Peacock autentik materiallarning quyidagi asosiy vazifalarini ta’kidlab o‘tgan:

ular talabalarning motivatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

ular haqiqiy madaniy

ma’lumotlarni beradi;

ular til o‘rganuvchilarning xohish –istaklari bilan chambarchas bog‘liq.

[8; 144-b].

A.S. Rifat ham autentik materiallardan foydalanishning afzallik tomonlarini

borligini ta’kidlab o‘tgan. Ularga quyidagilar kiradi:

talabalar taniqli odamlarining suhbatini turli xil videolar orqali ko‘rish orqali

haqiqiy nutqni o‘rganishadi.

Autentik materiallar talabalarni dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar haqida

xabardor qiladi.

Talabalar uchun qiziqarli bo‘lgan mavzularni topish

mumkin.

Kitoblar, maqolalar va gazetalardan turli xil matn turlarini topish mumkin. [9; 55-b].

Matsuta ham autentik materiallarning ijobiy jihatlarini ta’kidlab o‘tgan:

Autentik materiallar til o‘rganuvchilarning motivatsiyasiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi.

Ushbu materiallar haqiqiy madaniy ma’lumotlarni beradi.

Til o‘rganuvchilarining istaklari va qiziqishlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

Autentik materiallar orqali turli matnlarni o‘rganishadi.

O‘quv materiallariga qaraganda autentik materiallar doimiy ravishda yangilanib

turadi.

Talabalarning biror bir tilni tushunish va o‘rganishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [6; 397

-b].

Dars jarayonida autentik materiallar samarali bo‘lishiga qaramay tilshunos

-

metodist Richard tanqidiy fikrlarni ham aytib o‘tgan. Ularga quyidagilarni kiritishimiz

mumkin:

Yaratilgan materiallar ham o‘quvchilarni rag‘batlantira oladi.

Yaratilgan materiallar autentik materiallarga qaraganda muhim bo‘lishi mumkin.

Chunki ular odatda til o‘rganuvchilarning o‘rganish darajasi asosida tashkil etiladi.

Autentik materiallarda odatda tilni tushunish qiyin bo‘ladi.

Dars jarayonida autentik materiallardan foydalanish bu o‘qituvchi uchun yukdir.

telereklamalar

,

viktorina shoulari

,

video kliplar

,

multfilmlar

,

filmlar

,

seriallar, radio dramalar va

reklamalar

Autentik audio vizual

materiallar

slaydlar,rasmlar, fotosuratlar,

bolalar rasmlari, otkritkalar

,

og'zaki bo'lmagan rasmli kitoblar

va markalar

Autentik vizual

materiallar

gazetadagi maqolalar

,

kino reklama

roliklari, reklamalar,qo'shiq

matnlari, restoran menyulari,

ko'cha belgilari

Autentik yozma

materiallar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

314

Bundan ko‘rinib turibdiki,

autentik materiallardan foydalanishning salbiy va ijobiy

jihatlari mavjud. Autentik materiallardan foydalanishning salbiy jihatlari mavjud
ekanligiga qaramay,

autentik materiallardan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlari tashkil

etilsa, dars ko‘proq samaraliroq bo‘ladi. Autentik materiallardan

foydalanishning ajoyib

tomoni shundaki, bunday manbalar hamma joyda mavjud. Masalan, autentik materiallar

gazeta va jurnallardagi maqolalar bilan cheklanib qolmay,balki, qo‘shiqlar, teledasturlar,
filmlar, radio,podkastlar, menyular ya’ni ingliz tilida yozilgan har qanday narsa haqiqiy
materiallar hisoblanadi. Bu esa talabalar uchun ingliz tilini o‘rganishlarini yanada

osonlashtiradi bundan tashqari, autentik materiallar orqali talabalar xorijiy tilni mustaqil

o‘rganish imkoniyatini ham ta’minlab beradi.

O‘quv mashg’ulot jarayonida autentik materiallardan foydalanishning bir qancha

afzalliklari mavjud. Misol uchun, dars jarayonida autentik materiallarni foydalanishda

talabalar hech qachon uchratmagan so‘z, so‘z birikmalari yoki grammatik qurilmalarga

duch kelishadi. Autentik materiallarni tinglash jarayonida tovushlarni va harflarning

talaffuzini va diqqatni jamlashni o‘rganishadi.

Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatishda autentik materiallar yoki autentik

bo‘lmagan materiallardan foydalanish bo‘yicha ko‘pgina tilshunos olimlar tomidan

muhokama qilingan. Ulardan biri Gilmor

autentik materiallar va darsliklar o‘rtasida

tafovut borligini ta’kidlab o‘tgan.

Chavez va Monikaning fikricha, autentik materiallar talabalarning motivatsiyasi

bilan bog‘liq va bu ularni rag’batlantirishga imkoniyat yaratadi. Ularning ta’kidlashicha,
autentik bo’lmagan

materiallar qaraganda autentik materiallar qiziqarliroq, jonliroq va

ko‘proq

rag‘batlantiruvchi

hisoblanadi.

Ushbu

materiallar

faqatgina

til

o‘rganuvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishidan tashqari o‘qituvchilar undan

foydalanish orqali yaxshi natijalarga erishadilar [10;16-19 bb].

Tilshunos

metodistlardan biri bo‘lgan Jacobson ham autentik materiallar haqida

o‘z fikrini bildirib o‘tgan. Uning fikricha autentik materiallar bu til o‘rganuvchilar
tomonidan kontekstga moslashtirilgan materiallar va ularning hayotda qo‘llaniladigan
tarzda ishlatiladigan mashg‘ulotlardir [3; 130

-b].

Demak, yozuvchilar yoki ma’ruzachilar tomonidan kundalik hayotga bog‘langan

holda ishlab chiqilgan ma’ruzalar yoki xabarlar autentik materiallar hisoblanadi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, autentik materiallar

bu ixtiro yoki kashfiyotning bir qismi emas, balki,

real hayotga asoslangan muloqot shakli.

Biber autentik materiallar quyidagi

xususiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.

Birinchidan, ular intuitivdan farqli ravishda obyektivdir. Ikkinchidan, o‘quv manba

sifatida qabul qilinganda, autentik matnlar kommunikativ muloqotni rivojlantirishga

yordam beradi. Uchinchidan, autentik materiallar o‘quv materiallar sifatida dars
jarayoniga turli xil o‘quv uslublarni olib keladi va bundan tashqari, talabalarning

motivatsiyasini oshirishga ham xizmat qiladi.

O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qituvchilar

quyidagi savollarga asoslangan holda autentik

matnni tanlashlari kerak:

Ushbu matn talabalarning ko‘zlagan maqsadiga erishishiga yordam bera oladimi?

(Instrumental)

Ushbu matn mening talabalarimga amal qilishi mumkin bo‘lgan qoidalar haqida

ma’lumot beradimi? (tartibga soluvchi)

Bu matn talabalarga shaxsiy fikrlarini ifoda etishga yordam beradimi?


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

3 (2024) / ISSN 2181-3701

315

Ushbu matnlar talabalarimga dunyoni o‘rganishga yordam beradimi?

Ushbu matn talabalarga kimnidir ifodalash yoki yaratishda yordam beradimi?

Ushbu matn talabalarimga xohlagan yoki kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim

etadimi?

Autentik materiallardan foydalanish Firt tomonidan qo‘llab

- quvvatlangan, uning

fikricha, autentik materiallarda tilni intuitiv, ixtiro qilingan, ajratilgan jumlalarda emas,
balki, tasdiqlangan, haqiqiy

bo‘lgan misollarda o‘rganish kerakligini ta’kidlaydi. Shunga

o‘xshash qarashlar Stubbs tomonidan ham takrorlanib o‘tilgan. U insonning til haqidagi

intuitsiyasi

o‘ziga xos ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Xulosa qilib aytganda, yozma matnlarni

shakllantiradigan bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ular funksional yozuvni o‘qitishda

autentik matnlardan foydalanishni talab qiladi.

Bu omillarga ma’lum matnlarda

uchraydigan iboralar texnik va texnik so‘zlar, yozuvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi

munosabatlar, kitobxonlar madaniyati kiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Astonova.G. Yozish ko’nikmasini shakllantirish usullari. Science and Education

scientific journal, 2020.- 400 b. http://www.openscience.uz/ volume -1-issue-2

2.

Воробьев Г.

A

. Развитие социокультурной компетенции будущих учителей

иностранного языка.

-

Пятигорск, 2003. –С.30

-36.

3. Jacobson ,E, Degener, S., & Purcell-Gates,V. Creating authentic materials and

activities for the adult literacy classroom: A handbook for practitioners. -USA: NCSALL.
P.1, 2003.-138 p.

4. Jalolov J.J.

Chet til o‘qitish metodikasi.

-Toshkent, 2012.

434 b.

5. Jalolov J.J, G.T.Makhkamova, Sh.S.Ashurov. English language teaching

methodology. (course book). Tashkent, 2015.-338 p

6. Matsuta, K.Applications for using authentic materials in the second language

classroom. Retrieved June 5, 2004, from Asia University Cele Department Web site:
http://www. Asia-u.ac.jp/english/cele/articles/MatsutaAuthentic_Mat.htm

7. Mishan. F. Designing authenticity into language learning materials, -Bristol,UK,

2005.-330 p

8. Peacock, M. The effect of authentic materials on the motivation of EFL learners.

ELT Journal, 51(2), 1997.- pp 144-156.

9. Rifat, A. S. Facilating EFL learning using authentic materials: BUBT Journal, Vol

(1) 2015.- 55 p.

10. Chavez &Monica, T.

Learner’s perspective on authenticity. Eric journal,25(02),

1994.- pp.16-19.

References

Astonova.G. Yozish ko’nikmasini shakllantirish usullari. Science and Education scientific journal, 2020.- 400 b. http://www.openscience.uz/ volume -1-issue-2

Воробьев Г.A. Развитие социокультурной компетенции будущих учителей иностранного языка.- Пятигорск, 2003. –С.30-36.

Jacobson E, Degener, S., & Purcell-Gates,V. Creating authentic materials and activities for the adult literacy classroom: A handbook for practitioners. -USA: NCSALL. P.1, 2003.-138 p.

Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi.-Toshkent, 2012. - 434 b.

Jalolov J.J, G.T.Makhkamova, Sh.S.Ashurov. English language teaching methodology. (course book). Tashkent, 2015.-338 p

Matsuta, K.Applications for using authentic materials in the second language classroom. Retrieved June 5, 2004, from Asia University Cele Department Web site: http://www. Asia-u.ac.jp/english/cele/articles/MatsutaAuthentic_Mat.htm

Mishan. F. Designing authenticity into language learning materials, -Bristol,UK, 2005.-330 p

Peacock, M. The effect of authentic materials on the motivation of EFL learners. ELT Journal, 51(2), 1997.- pp 144-156.

Rifat, A. S. Facilating EFL learning using authentic materials: BUBT Journal, Vol (1) 2015.- 55 p.

Chavez &Monica, T. Learner’s perspective on authenticity. Eric journal,25(02), 1994.- pp.16-19.