Роль личности переводчика в переводе произведения на другой язык

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
113-115
43
7
Поделиться
Исматова, Ю. (2018). Роль личности переводчика в переводе произведения на другой язык. Иностранная филология: язык, литература, образование, 3(2 (67), 113–115. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/830
Юлдуз Исматова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

Мастер

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье описывается роль переводчика в процессе перевода, а также влияние интерпретатора как переводчика других текстов

Похожие статьи


background image

Хорижий филология                                                                        

№2, 2018 йил 

 

 

113

 

YOUTH TRIBUNE                                                               ЁШЛАР МИНБАРИЛ

 

ASARNI BOSHQA MILLIY ZAMINGA KO‘CHIRISHDA TARJIMON  

SHAXSINING ROLI 

 

Ismatova Yulduz, 

SamDCHTI magistri 

 

Kalit so‘zlar:

 tarjima, shaxs, psixik xususiyatlar, ijtimoiy omillar, “hissiy” o‘zgarishlar.  

 

Tarjima  internatsionalizm  va  xalqlar 

do‘stligi  qurolidir.  Tarjima  orqali  xalqlar  o‘z 
madaniy boyliklarini oshiradilar. Agar tarjima 
bo‘lmaganda 

milliy 

madaniyatlar 

va 

insoniyatning  buyuk  daholari  bunyod  etgan 
o‘lmas  fan  va  san’at  sarchashmalari  qurib 
qolgan  bo‘lardi.  Mana  shunday  yuksak 
kuchga  ega  bo‘lmish  tarjimani  amalga 
oshiruvchi  shaxslar  tarjimonlardir.  Shunday 
ekan  har  qanday  amalga  oshirilgan  tarjima 
asosida  tarjimon  shaxsining  dunyoqarashi 
yotadi. 

Tarjimon, avvalo, bu shaxs  ekan,  uning 

mohiyati  o‘z  tabiati  jihatidan  ijtimoiy 
xarakterga  ega.  Shaxsdagi  barcha  psixik 
xususiyatlar,  ijodiy  faollik,  uning  rivojlanish 
manbalari  tevarak atrofdagi  ijtimoiy muhitda, 
jamiyatda  shakllanadi  va  rivoj  topadi. 
Natijada  esa  shaxsning  psixik  va  sotsial 
o‘zgarishlari  tarjimaga  o‘tadi.  Mana  shu 
ma’noda muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan 
ta’lim  va  tarbiya,  azaldan  berilgan,  genetik 
jihatdan  qat’iy  belgilangan  nimadir  namoyon 
qilish  uchun  sharoitgina  bo‘lib  qolmay,  balki 
inson  psixik  xususiyatlarini  tarkib  toptirgan 
holda  tarjimaga  o‘z  ta’sirini  yetazmay 
qo’ymaydi.  Ushbu  fikrlar  asosida  aytish 
lozimki,  tarjimaga  qo‘l  urayotgan  shaxs 
psixik  jihatdan  yetuklikka  erishgan  bo‘lishi 
lozim. 

Insonning 

tabiatini 

o‘zgartiradigan, 

uning  shaxsining  tarkib  topishiga  ta’sir 
qiladigan 

kuch 

ijtimoiy 

omillar 

yoki 

boshqacha  qilib  aytganda,  jamiyat  ishlab 
chiqarish  kuchlari  hamda  ishlab  chiqarish 
munosabatlarining  o‘sishi  va  o‘zgarishidir. 
Bundan tashqari  yana inson shaxsining tarkib 
topishiga  ta’sir  qiluvchi  kuchli  omil  inson 
orttirgan  tajribalarning  tarbiya  vositasi  orqali 
bolalarga  berilishidir.  Shunday  qilib,  inson 
shaxsi  juda  murakkab  psixologik  kategoriya 
bo‘lib, 

kishining 

individual 

hayoti 

davomida  ma’lum  konkret  omillarning  ta’siri 
ostida 

sekin-asta 

tarkib 

topadi. 

Ilmiy 

manbalarga  qaraganda  inson  shaxsi  uchta 
faktorlar  ta’sirida  tarkib  topadi.  Ulardan 
birinchisi,  odam  tug‘ilib  o‘sadigan  tashqi 
ijtimoiy  muhitning  ta’siri  bo‘lsa,  ikkinchisi, 
odamga  uzoq  muddat  davomida  sistemali 
beriladigan 

ijtimoiy 

ta’lim-tarbiyaning 

ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy 
yo‘l 

bilan  beradigan  irsiy  omillarning 

ta’siridir. 

Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy 

foydali  faoliyati  protsessida  hayotiy  deb 
ataladigan 

mexanizmlari 

va 

ongli 

faoliyatining  funksional  sistemasi  protsesslari 
yuzaga  keladi.  Ana  shular  tufayli  odam 
bilimlarni, 

ko‘nikma 

va 

malakalarni, 

kishining  sotsial  tajribalarini  o‘zlashtiribgina 
qolmay  balki  o’zining  idroki,  tafakkuri, 
xayoli,  hissiyotlari  va  irodasini  bir  so’z  bilan 
aytganda, 

voqelikka 

bo’lgan 

ongli 

munosabatini  hamda  o‘z  harakatlari  va  xulq-
atvorining motivlarini tarkib toptiradi. 

Insonning 

psixik 

taraqqiyotida 

va 

shaxsiy  sifatlarining  tarkib  topishida  tashqi, 
ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi 
ahamiyatga  egadir.  Lekin,  inson  shaxsining 
tarkib  topishi,  yuqorida  aytib  o‘tganimizdek, 
faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi 
bir  faktorga  ham  bog‘liqdir.  Bu  faktor  nasliy 
yo‘l  bilan  ayrim  anatomik  va  biologik 
xususiyatlarning  ta’siridir.  Odamga  nasliy 
yo‘l  bilan  ayrim  anatomik  va  biologik 
xususiyatlar  beriladi.  Masalan:  tanasining 
tuzilishi,  sochi  va  ko‘zlarining  rangi,  ovozi, 
gapirish  uslublari,  ayrim  harakatlari  tug‘ma 
ravishda berilishi  mumkin.  Lekin,  shuni hech 
qachon  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  odamga 
hech  vaqt  uning  psixik  xususiyatlari,  ya’ni 
uning  aqliy  tomonlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
sifatlari  nasliy  yo‘lbilan  berilmaydi.  Nihoyat, 
nodir  hollarda  ayrim  qobiliyatlar,  masalan, 


background image

Хорижий филология                                                                        

№2, 2018 йил 

 

 

114

 

musiqa,  matematika  qobiliyatlar  nasliy  yo‘l 
bilan 

berilishi 

mumkin. 

Bunday 

imkoniyatlarning  amalga  oshirilishi,  ya’ni 
ro‘yobga  chiqishi  uchun  albatta,  ma’lum 
sharoit bo’lishi kerak. 

Hozirgi 

kunda 

amalga 

oshirilgan 

tarjimalarga  qarab  shuni  aytish  mumkinki, 
xalqimiz  orasidan  yetishib  chiqqan  iste’dodli 
tarjimonlar  nasliy  yo‘l  bilan  o‘tgan  iqtidor 
egasi  emas,  balki  bilim  va  ko‘nikma, 
malakani  o‘z  ichki  kechinmalari  bilan 
birlashtirgan yetuk shaxslardir. 

Tarjima qilish uchun so‘zlarning asosiy 

lug‘aviy  mazmuni-yu,  tilning  grammatik 
qoidalarini  bilishning  o‘zi  kifoya  emas, 
albatta.  Buning  uchun  tilning  tubini  his  etish  
lozim  va  bunday  hissiyot  egasi  tarjimondir. 
Tilning  ana  shunday  “hissiy”  tomonlaridan 
biri  muayyan  asarda  avtor  tilning  qaysi 
qatlamlaridan, 

qanday, 

qaysi 

yo‘sinda 

foydalanganda  o‘z  ifodasini  topadi.  Bu  esa 
uslub bilan bog‘liqdir. 

Asl  nusxa  (original)  tarjimaga  nisbatan 

umrboqiyligi 

bilan 

ham 

farqlanishi, 

boshqacha  aytganda,  tarjimaning  umri  asl 
nusxanikiga  nisbatan  qisqa  bo‘lishi  mumkin. 
Buning  bir  qancha  sabablari  bor.  Shulardan 
biri  tarjimaning  uslub  tarafdan  “keksayishi” 
hamda  bunday  lisoniy  jarayonning  sodir 
bo‘lishiga  til  va  uslub  yuzasidan  yoki  ular 
atrofida  hukm  surgan  nazariy  aqidalar,  
shunday  nazariy  qarashlar  asosida  qaror 
topgan 

muayyan 

adabiy 

konsepsiyalar, 

an’analarning ta’sirini o‘rganish juda muhim. 
Ushbu  mas’ulyat  ham  tarjimon  shaxs  bo‘yini 
tushadi.  Bundan  tashqari,  har  bir  konkret 
tarjima,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  tarjimonning 
tarjimani  qanday  tushunishi  mahsulidir.  Bu 
yerda  fikr  uslub  tushunchasiga  bosh  ma’noni 
yuklagan  holda  ifodalanmoqda.  Agar  bunday 
nuqtayi  nazarni  original  adabiyotga  nisbatan 
ham 

tatbiq 

etiladigan 

bo‘lsa, 

aytish 

mumkinki,  har  bir  konkret  badiiy  asar  uni 
yozgan 

adibning 

adabiyotni 

qanday 

tushunishi mahsulidir [3]. 

Tarjima  shunchaki  lingvistik  muammo 

emas.  Agar  tarjima  faqat  lingvistik  muammo 
bo‘lganida  asarni  hamma  xorijiy  tillarga 
hamda  qardosh  xalqlar  tillariga  tarjima  qilish 
oson  kechgan  bo‘lar  edi.  Holbuki  tarjima 
estetik  problema  hamdir.  Boshqacha  qilib 

aytganda, har qanday asarni bir tildan boshqa 
tilga  tarjima  qilishda  ikki  tilni  mukammal 
bilish  ham  kerak. Ammo shu bilan birga tilni 
mukammal  bilish  kifoya  emas.  Har  qanday 
asarni  bir  tildan  ikkinchi  tilga  mukammal 
o‘tkazish uchun, bir qancha sof estetik hamda 
ko‘plab  ekstralingvistik  masalalarni  hal 
qilishga  to‘g‘ri  keladi.  Tarjimon  shaxsining 
estetik  dunyoqarashi  shu  yo‘sinda  tarjimada 
tarkib topadi. 

Yuksak 

darajada 

mahorat 

bilan 

yaratilgan  san’at  asarlarining  har  satridan 
balqib 

turgan 

chuqur 

his, 

nafosat, 

musiqiylikni  qaysi  lug‘atdan topish mumkin? 
Asarda xalqning milliy urf-odatlari, udumlari, 
an’analari,  xalqchillik  ruhi  bilan  sug‘orilgan 
misralarni, asarning ruhini berish uchun faqat 
tilni bilish kifoya qilmaydi. 

Tarjima  –  har  bir  davrning,  har  bir 

zaminning o‘z mahsuli. Uni har bir avlodning 
o‘zi bajaradi.           

Tarjima  qilishdan  asosiy  ko’zlangan 

maqsad  asl  nusxani,  ya’ni  original  asar 
nusxasini  egallash,  saqlash  va  albatta, 
yetkazishdir.  Tarjima  qilish  o‘z  prototipiga 
ega  bo‘lmagan  yangi  asar  yaratishdan  iborat 
emas;  balki  tarjimaning  maqsadi  qayta 
yaratishdir.  Tarjima  jarayonida  bir  tilning 
materiali  o‘rnini  boshqa  til    materiali 
egallaydi,  binobarin  tilga  aloqador  barcha 
badiiy  vositalarni  tarjimonning  o‘zi  o‘z  ona 
tilida yangidan  yaratadi. Til jabhasida tarjima 
chinakam original ijod demakdir, ya’ni bunda 
yangi asar ijodi yuzaga keladi. 

Tarjimon  voqelikni  asarda  ko‘rsatilgani 

darajasida  bilsagina  badiiy  chin,  haqqoniy 
tarjima yarata oladi. 

Tarjima  asari  xalqning  ko‘nglidan  joy 

olishi  uchun  asar  vatan  adabiyotining  fakti 
bo‘lishi lozim. Shundagina asar muvaffaqiyat 
qozonadi.  Bu  esa  tarjimon  iste’dodi  orqali 
qo‘lga kiritiladi. Tarjimon iste’dodining kuchi 
bilan asar ona tilida qayta tug‘iladi.  

Tarjimon  –  illyo‘zionist  asl  nusxa 

ortidan  borib,  go‘yo  kitobxonga  uni  bevosita 
ko‘rsatmoqchi,  o‘quvchi  qarshisida  tarjima 
emas,  balki  asl  nusxaning  o‘zi  turganiga  uni 
xayoliy  yo‘l  bilan  ishontirmoqchi  bo‘ladi. 
Original  asar  muallifi  bilan  tarjima  asari 
muallifi  o‘rtasida  farq  bor.  Original  asar 
muallifi  o‘z  asarida  tasvirlayotgan  voqea  – 


background image

Хорижий филология                                                                        

№2, 2018 йил 

 

 

115

 

hodisalarning  aynan  o‘ziday  ekanligini 
ta’minlashda  real  hayotda  chindan  ham  sodir 
bo‘lgan  voqealarni  asos  qilib  oladi.  Turgan 
gap,  adib  o‘z  asaridagi  voqealar  hodisalarini  
quruq  bayon etmaydi. Adib badiiy to‘qimalar 
yordamida voqealar tasvirini zamon va makon 
ichida  –  o‘zga  joy  va  boshqa  vaqtga 
ko‘chirganida  ham  o‘z  o‘quvchisini  bunga 
ishontiradi. 

Tarjimon  bo‘lsa  ikkilamchi  voqelik  –

avtor  originali  doirasida  ish  ko‘radi.  Bunda 
asl  nusxa  ortidagi  hayotni  bilish  tarjimonga 
qo‘l kelsa ham , ammo u birlamchi voqelik – 
asarda  tasvirlangan  voqealarning  “hayotiy 
asli”  asosida  o‘z  tarjimasiga  qandaydir 
o‘zgarishlar,  tuzatishlar  kirita  olmaydi. 
Boshqacha  aytganda,  tasvirlangan  voqealar 
talqiniga  bevosita  aralashishga  uning  haddi 
sig‘maydi.  

Asarni  o‘z  tiliga  o‘girish  maqsadida 

olgan tarjimon asl nusxani angashi lozim. Asl 
nusxadagi  matn  so‘zma-so‘z  tarjima  qilinsa, 
bu bosqichda bir qancha tarjima qusurlari ro‘y 
berishi  mumkin.  Boshqa  tildagi  so‘zni  xuddi 
shunday  jaranglaydigan  bo‘lak  so‘z  bilan 
qorishtirish,  yaqin  tillarda  soxta  ekvivalentlar 
domiga  tushib  qolish,  ya’ni  kontekstni 
noto‘g‘ri  o‘zlashtirish,  ayrim  xos  so‘zlarning 
ma’nosiga  tushunib  yetmaslik,  muallif 
muddaosini  anglab  yetmaslik  natijasida  asl 
nusxa  asarining  noqobil  tarjimasi  yuzaga 
kelishi mumkin. 

Avval 

voqelikning 

muallif 

talqini 

mavjud bo‘lsa, so‘ngra asl nusxaning tarjimon 
talqini  kelib  chiqadi.  Tarjimon  talqinidan 
kitobxon  talqini  kelib  chiqadi.  Tarjimon 

uchun asosiy dastmoya – asl nusxaning matni 
emas,  balki  unda  ifodalangan  axborotdir. 
Tarjimonning 

maqsadi 

tarjima 

tekstini 

yaratishdan emas, balki asl nusxada aks etgan 
mazmunni ifodalashdan iboratdir.  

Tarjimon 

asarning 

milliy 

o‘ziga 

xosligini  qay  darajada  aks  ettirish  lozimligini 
belgilashda,  kitob  taqdim  etish  mo‘ljallangan 
kitobxon 

xorijiy 

madaniyatni 

qanchalik 

bilishiga  qarab  amal  qiladi.  Shu  bilan 
birgalikda  tarjimon  kitobxonni  tarbiyalaydi, 
uni xorijiy madaniyat, xorijiy urf-odatlar bilan 
tanishtiradi. 

Mukammal 

tarjima 

mohir 

tarjimonninggina 

emas, 

balki 

barkamol 

kitobxonni  ham  talab  qiladi.  Tarjimon 
kitobxonning  xorijiy  madaniyat  sohasidagi 
bilimlarining  kengayishiga  juda  yaxshi  ta’sir 
o‘tkazishi mumkin. 

Tarjimon  shaxsi  uchun  dunyoqarash  va 

mustaqil fikrlash nazariy bilimlar bilan bir xil 
darajada  bo‘lmog‘i  darkor.  E’tiqod  va 
qiziqishlar  har  birimizdagi  dunyoqarashni 
shakllantiradi.  Shaxsning  dunyoqarashi  – 
tartibga  solingan, 

yaxlit  ongli  tizimga 

aylantirilgan  bilim  tasavvurlar  va  g‘oyalar 
majmui  bo‘lib,  u  shaxsning  ma’lum  bir 
qolipda,o‘z  saxsiy  qiyfasiga  ega  tarzda 
jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.  

Shularni  hisobga  olgan  holda  shuni 

aytish  mumkinki,  agar  asliyatdagi  bir  matn 
turli  xil  tarjimon  shaxslarga  taqdim  etilsa, 
amalga oshirilgan tarjima ham xuddi shaxslar 
kabi  turli  bo‘ladi.  Bunga  sabab  esa  yuqorida 
keltirilgan va tahlil qilingan psixologik sotsial 
omillardir.  

Adabiy

o

tlar: 

1.

 

Davletshin M.G., To’ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. -T., 2002 y. 26-51 b. 

2.

 

N.  Kamolov.  Bu  qadimiy  san’at.  “Tarjima  san’ati”  maqolalar  to‘plami.  G‘afur  G‘ulom 

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, -T., 1976 y.  

3.

 

G‘.Salomov. Tarjima nazariyasi asoslari. -T., 1983 y. 163 –b. 

4.

 

G‘.Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish. -T., 1978 y. 56 –b.  

5.

 

G‘.Salomov, N. Komilov. Tarjimon mahorati. “Fan” .- T., 1979 y. 9 –b. 

6.

 

А.В.Фёдоров.  Основи  обшей  теории  перевода  (Лингвицический    очерк).“Висшая 

школа”- M., 1968. 

Ismatova  Yu.

 

The  role  of  translator’s  personality  in  transferring  a  literary  work  into 

another national sphere. 

This article describes the role of the interpreter in the translation process 

as well as the influence of the interpreter as a translator of other texts. 

Исматова Ю.  Роль личности переводчика в переводе произведения на другой язык. 

В  статье  описывается  роль  переводчика  в  процессе  перевода,  а  также  влияние 
интерпретатора как переводчика других текстов.

 

Библиографические ссылки

Davletshin M.G., To’ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. -T., 2002 y. 26-51 b.

N. Kamolov. Bu qadimiy san’at. ''Tarjima san’ati” maqolaiar to'plami. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, -T., 1976 y.

G'.Salomov. Tarjima nazariyasi asoslari. -T., 1983 y. 163 -b.

G'.Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish. -T., 1978 y. 56 -b.

G'.Salomov, N. Kornilov. Tarjimon mahorati. “Fan” .- T„ 1979 y. 9 -b.

А.В.Фёдоров. Основи обшей теории перевода (Лингвицичеекий очерк).“Висшая школа”- М., 1968.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов