Ushbu maqolada Qurilish materiallarining issiqlik o'tkazuvchanligini o'lchash masalalari ko'rib chiqiladi. Issiqlik o'tkazuvchanligini o'lchashning umumiy standart noaniqligini baholash uchun o'lchov modeli va formulalar keltirilgan.
Ушбу мақола қурилиш материаллари саноатида инновацион фаолиятни ривожлантиришнинг долзарб муаммосига бағишланган. Мамлакатнинг қурилиш материаллари саноати салмоқли ресурс салоҳиятига ега бўлиб, улардан фойдаланиш саноатни инновацион ривожлантиришни тақозо етади. Мақолада шуни инобатга олган ҳолда иқтисодиётнинг замонавий қурилиш материалларига бўлган еҳтиёжини янада тўлиқ қондириш мақсадида кўриб чиқилаётган соҳани ривожлантиришнинг инновацион йўналишлари таклиф етилган.
Ushbu maqolada foydalanilayotgan bino va inshootlarning mustahkamligi past g‘ishtli devorlarni mustahkamligini qayta tiklash va g‘ishtli devorlarni nuqsonlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Maqolada yig‘ma-monolit temir beton (YMTB) ora yopma va tom yopmalarni turli jaxon ishlab chiqaruvchilar maxsulotlarini taxlili keltirilgan. Zamonaviy qurilishda konstruksiyalarni yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotmasdan vaznini kamaytirish dolzarb masalalar qatorida turadi. Bunday tizimlar Uzbekiston sharoitidagi bugungi tendensiyalarga javob beradi, ammo aloxida etibor va sinchkovlik bilan o‘rganishni taqozo etadi. Bunday konstruksiyalarni afzallik va kamchiliklarining taxlili keltirilgan, ulardan foydalanish muammolari aniqlanib, belgilangan. Respublika sharoitida bino va inshootlarni qurilishida ushbu konstruksiyadagi orayopmalardan foydalanishni asoslash va ta’minlashni talab etadi
Ushbu maqolada beton strukturasida bo‘ladigan nuqsonlari, unga ta’sir koʻrsatuvchi omillar va nuqsonlarni hosil qiluvchi manbalari haqida maʻlumotlar berilgan.
Yangi avlod betonlari uchun superplastifikatorlar, noldan past haroratlarda aralashmaning qotib qolishini yanada tezlashtiradigan superplastifikatorlardan foydalanish.
Ushbu maqolada kompozitsion materiallarning klassifikatsiyasi, kompozitsion materiallarini ishlab chiqarishning hozirgi kundagi usullari, ularning afzallikllari, ular uchun materiallar va mamlakatimiz hududida kompozitsion materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Ushbu maqolada dispers armaturalangan betonlarning xarakteristikalari , dispers armaturalangan betonlar uchun materiallar , dispers armaturalangan betonlar asosidagi kompozitlarni ishlab chiqarishning hozirgi kundagi usullari , ularning afzallikllari va mamlakatimiz hududida dispers armaturalangan betonlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Ushbu maqolada yo`l qoplamasini ta`mirlash uchun jahon tajribasida keng qo`llaniluvchi zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanish orqali yo`l qoplamasini ta`mirlash uchun ketadigan harajatlar va odatiy ta`mir uchun sarflanuvchi harajatlar taqqoslangan.
Охирги йилларда самарали қўшимчалар, суперпластификаторларни қўллаш натижасида портландцемент танқислик муаммосини ҳал этишда кам сув талабчан боғловчиларни тадқиқотлаш энг асосий долзарб муаммо бўлмоқда. Боғловчи моддани механик-кимёвий фаоллаштириш, яъни майин майдаланган фаол минерал қўшимчаларни қўшиш, цементни майинлик даражасини ошириш ва суперпластификаторларни қўллашни кенгайтириш юқори даражада цементни тежаш учун имконият беради. Цемент танқислигини ўсишига боғлиқ бўлган факторлар, юқори сифатли хом ашё ресурсларини камайиши, саноат чиқиндилар хажмини ошиши ва экологик муаммоларни кўпайиши асосий сабаб бўлиб келмоқда, натижада цемент ва бетон материалларида ҳар хил минерал қўшимчаларни миқдорий қўлланиши актуал муаммо бўлмоқда.
Ushbu maqolada kompazitsion va po‘lat armaturalangan egiluvchi elementlarning mustahkamligi, egiluvchanligi va bikirligini tatqiq etishdan iborat.
Maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish istiqbollari va samaradorligi haqida so'z boradi. Shuningdek, sanoat va qurilish sanoatida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va qo‘llash istiqbollari haqida.
Мақолада кўпикбетон таркибига минерал микротўлдиргич сифатида киритилган “Ўзметкомбинат” АЖнинг микрокремнезёми ва поликарбоксилатли суперпластификтор «VESTA HPR 801» миқдорининг кўпикбетон қоришмасининг физик-механик хоссаларига таъсирини ўрганиш бўйича ўтказилган экспериментал тадқиқотларнинг натижалари келтирилган. Кўпикбетон таркибидаги микрокремнезёмнинг ортиб бориши билан материалнинг сиқилишга мустахкамлиги дастлаб камайиб бориши ва маълум даражага етганидан сўнг кескин эса ортиши аниқланди ва шунга мос равишда регрессия тенгламасини тахлил қилиш йўли билан кўпикбетоннинг оптимал миқдордаги рецептура кўрсаткичлари асослаб берилди.
Ushbu maqolada oddiy og`ir beton asosida baland, ko`p qavatli, murakkab bino va inshootlar qurilishi, yengil betonlarning qurilishda ishlatilishi, shuningdek, yengil hamda mustahkam betonlarni qurilish sohasidagi samarodorligi. Konstruksiyalar tayyorlashda ishchi kuchini iloji boricha kamaytrish, shu bilan birga yengil mustahkam betonlarni og`ir beton o`rnida ishlatilishda samarali yechimlari xususida batafsil ma`lumotlar keltirilgan.
Bugungi kundа betоn texnоlоgiyаsi, sement tоshini strukturаsini shаkllаnish jаrаyоni vа uning sifаti yuqоri mustаxkаmlik dаrаjаsi xаmdа ekspluаtаtsiоn xоssаlаrini yuqоri bo‘lishini tа’minlаsh uchun betоn tаrkibigа bаzаlt tоlаni qo‘shish vа kimyоviy qo‘shimchаlаr bilаn mоdifikаtsiyа qilish yuqоri sаmаrа berаyаpti.
Ushbu ilmiy maqolada hozirgi kunda qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarilishi jihatdan yuksak o’rin kasb etayotgan asfaltbeton va uning yo’l qurilish sohasidagi o’rni hamda qo’llanilishiga doir qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan.
Ushbu ilmiy izlanish mazmuni yuqori mustahkam yangi beton tarkibini yaratishga tegishli bo`lib, beton strukturasining hosil bo`lishida tarkibiga qo’shilgan suvning ijobiy hamda salbiy ta`sirlarini tadqiq etish, suv miqdorini minimumga kamaytirib sementning to`liq gidrotatsiyalanishini ta`minlash bilan yuqori mustahkam beton strukturasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqolada dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy o‘quv yurtlari ilmiy
laboratoriyalarida mineral bog‘lovchi moddalar va ular asosidagi materiallarni tadqiq qilish, atrof-muhitga karbonat
angidrid gazining chiqishini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi sementlarning kam suv talab etiladiganligi haqida so‘z
boradi. sement ishlab chiqarish, sement ishlab chiqarishda mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan foydalanish,
kimyoviy qo‘shimchalar va mexanika faollashtirishdan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Shu munosabat bilan mahalliy xomashyo va texnogen chiqindilar, shuningdek sirt faol moddalardan
foydalangan holda sement ishlab chiqarishda portlend tsement klinkeri tejamkorligini ta'minlash imkonini beruvchi energiya tejamkor qurilish materiallari, suvni kam talab qiluvchi bog'lovchilarning optimal kompozitsiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. , bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda.
Ushbu maqolada qurilish materiallarini sifati va xafsizligini baholashda mahsulotlar ustida olib boriladigan tekshiruv hamda Ko‘pikbeton ishlab chiqarish texnologiyasi va uning tuzilishi tahlil qilingan.
Ushbu ilmiy maqolada organik bog’lovchi hisoblangan bitum va uning turlari ushbu bog’lovchining asfalt-beton xomashyosidagi o’rni haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan.
Ushbu maqaloda shahar yo‘llari qoplamalarining ravonligini baholaydigan mobil ilovalar o‘rganib
chiqildi. Yo‘llar qoplamalarining ravonligini baholovchi mobil ilovalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada qurilish sohasidagi bo’layotgan rivojlanishlar, yangiliklar haqida xususan milliy qurilish me’yorlari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi turdagi yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yangi texnologiyalar asosida ish yuritish va eksport hajmini kengaytirish masalalari yoritilgan.
Mamlakatimizda qurilish materiallarini ishlab chiqarishda hozirgi zamon talabiga ko‘ra energiya samaradorlik nuqtai nazaridan takomillashtirish, ularni turli maqsadlar uchun ishlatish mumkinligini asoslash, texnik xossalarini saqlagan holda, ishlab chiqarishda energiya va resurs tejamkorligi bo‘yicha ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada chaqiqtosh-mastikali asfaltbeton qoplamasining afzalliklari va uni O’zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish uchun uning qaysi xususiyatlariga chuqur e’tibor berilishi to’g’risida hamda qorishmani fizik-mexanik xossalariga turli xil barqarorlashtiruvchi qo’shimchalarning ta’sirini tadqiqot natijalari yordamida ko’rishimiz mumkin.
Ushbu maqolada avtomobil yo’lllarida ishlatiladigan asfaltbeton qoplamalarining mustahkamligini oshirish bo’yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Asfaltbeton qoplamasining mustahkamligini oshirish uchun turli-xil sirt-faol qo’shimchalarini qo’shib laboratoriya sharoitida o’tqazilgan sinov natijalari havola etiladi.