Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti ma‟lumotlarga ko„ra «...qorin old devorining churrasi bir vaqtning o„zida qorin bo„shlig„i a‟zolarining kasalliklari bilan birgalikda keng tarqalgan jarrohlik kasalliklaridan biri bo„lib, aholining 3-7% ida uchraydi va asosan mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarni tashkil qiladi» 1 . Adabiyot ma‟lumotlariga ko„ra, gerniotomiya qilingan bemorlarning 15-20% i operatsiyadan keyin boshqa jarrohlik kasalliklari sababli takroriy jarrohlik aralashuvlarga duchor bo„ladi. Bu bir vaqtda bajariladigan jarrohlik amaliyotlari muammosining dolzarbligini belgilaydi. Bemorda qorin bo„shlig„i a‟zolarining birga keladigan kasalligi bo„lsa, ventral churrada faqat gerniotomiya qilishning mantiqsizligiga e‟tibor qaratish lozim. Qorin bo„shlig„ining boshqa patologiyasi bo„lgan bemorlarda faqat gerniotomiya qilingan taqdirda, takroriy jarrohlik amaliyoti ko„pincha gernioplastika natijalarini bekor qiladi. Dunyo miqyosida qorin devorida va qorin bo„shlig„i a‟zolarida bir vaqtning o„zida bajariladigan jarrohlik amaliyotlari ko„plab bajarilgan bo„lib, jarrohlik aralashuvining murakkabligi e‟tirof etilgan, tadqiqotlar natijasida davolanish muddati kamayishi, churra tuzalgandan keyin yuzaga kelishi mumkin bo„lgan asoratlar rivojlanish xavfi kamayishiga erishilgan hamda qayta jarrohlik amaliyoti sababli takroriy og„riqsizlantirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo„lgan qo„shimcha hissiy zo„riqish xavfi kamaytirilgan. Churralari bo„lgan bemorlarda xoledoxolitiaz ko„p uchrashi, ayollar orasida esa kichik chanoq bo„shlig„i patologiyalari, qorin bo„shlig„ida chandiqli kasalliklar, surunkali va o„tkir osti ichak tutilishi, abdominoptoz aniqlanishi to„g„risida ma‟lumotlar keltirilgan.
Mazkur muammolar oshqozon-ichak traktining turli soxalarida joylashgan chandiqli kasallik, chandiqli ichak tutilishi va fistulalar mavjudligi bilan bog„liqligi isbotlangan. Bularning barchasi churrani bartaraf etish etapida, qorin bo„shlig„i etapida va qorin bo„shlig„ini yopish etapida jarrohlik jarayonini batafsil o„rganishni talab qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish borasida keng ko„lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo„nalishda, xususan, morbid semizligi bo„lgan bemorlarda ventral churralarni jarrohlik yo„li bilan davolashni yaxshilashda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Shu bilan birga, ushbu bemorlarga ko„rsatiladigan yordamni yaxshilash uchun perioperativ asoratlarning oldini olish va kasallikning qaytalanishining uzoq muddatli oldini olishni hisobga olgan holda jarrohlik
aralashuv samaradorligini baholash uchun dalillarga asoslangan natijalar talab qilinadi. Bu borada 2022-2026 yillarga mo„ljallangan Yangi O„zbekiston taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo„nalishiga muvofiq aholiga tibbiy xizmat kuratish darajasini yangi bosqichga ko„tarishda «...birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatda aholiga malakali ximzmat ko„rsatish sifatini yaxshilash...» 22kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish, diagnostika va jarrohlik taktikasini maqbullashtirish orqali semizligi bo„lgan bemorlarda ventral churralarni jarrohlik yo„li bilan davolash natijalarini yaxshilash,
jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish ustuvor yo„nalishlardan biridir.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-son «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog„liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to„g„risida» gi va 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarda Yangi O„zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to„g„risida» gi Farmonlari, 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son «Aholining sog„lom ovqatlanishini taminlash bo„yicha qo„shimcha chora tadbirlar to„g„risida» va 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4891-son «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta‟minlashga oid qo„shimcha chora-tadbirlari to„g„risida»gi Qarorlari
hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‟yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqotlari respublika fan va texnika taraqqiyotining VI «Tibbiyot va farmakologiya» ustuvor yo„nalishiga muvofiq olib borilgan.
Пародонт – генетик ва функционал умумийликка эга тўқималар комплексини бирлаштиради: милк, альвеола суяги, периодонтал боғлам ва цементдан ташкил топган. Ушбу комплекс тўқималарни маьлум бир қисми зарарланиши пародонтологик касалликларни келтириб чиқаради. Бугунги кунда пародонтологик касалликлар стоматологик касалликларни ўртача 87%ни ташкил килади. Хозир барча СНГ давлатларида дунё стоматологлари қуллайдиган пародонт касалликлари таснифига кўп жиҳатдан мос келадиган тасниф XVI бутун иттифоқ стоматологлари пленумида (Ереван шаҳри) 1983 йилда қабул килинган бўлиб Улар куйидагилар : I. Гингивит (gingivitis) — маҳаллий ва умумий нохуш таъсиротлар оқибатида келиб чиқадиган ва тиш милк бойлами бутунлиги бузилмасдан кечадиган милк яллиғланиши.II. Пародонтит (parodontitis)—Пародонт тукимасини ва жағлар альвеола ўсимтаси суяги тузилишини бузиб борадиган (деструкция) пародонт тўқимасининг ЯЛЛИҒЛАНИШИ. III.Пародонтоз (pаradontosis)—пародонтнинг дистрофик зарарланиши.IV.Пародонт тўқимасининг сўрилиши (лизис) билан кечадиган идиопатик касалликлар (пародонтолиз — paradontolysis) —Папийон-Лефевра синдроми, нейтропения, гаммаглобулинемия, компенсацияланмаган қандли диабет ва бошкалар).V. Пародонтома (parodontoma)—ўсмалар ва ўсмасимон касалликлар (эпулис, фиброматоз ва бошкалар).
В новом тысячелетии человечество столкнулось с инфекционными болезнями, о которых никто не знал. На смену чуме и тифу пришли опасные вирусы. Изменение окружающей среды, потепление климата, увеличение плотности населения и другие факторы провоцируют их появление, а высокая миграционная активность населения способствует распространению по всему миру. Поистине, инфекции не знают границ. По прогнозам ООН, к 2050 году население планеты достигнет 10 миллиардов человек. Это значит, что процессы миграции и урбанизации еще ускорятся. Эпидемия COVID-19 («coronavirusdisease2019») уже вошла в историю как чрезвычайная ситуация международного значения. На текущий момент количество зараженных в мире превысило 640 млн человек.
Вопросы сочетанных поражений полости рта и внутренних органов среди проблем стоматологии в настоящее время занимают видное место, так как позволяют отразить сущность генеза заболеваний, проявляющихся на слизистой оболочке полости рта (СОПР)
Эффективная декомпрессия кисты, которая достигается путем создания «окна» в костной полости позволяет не просто санировать полость кисты растворами антисептиков, но и получить необходимый гистологический материал (костного материала и оболочки кисты) для дальнейших исследований. Последующее заполнение дефекта костной полости новообразованной костной тканью происходит вследствие вторичного остеогенеза.