Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
O’zbekistonda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida interfaol metodlarini amalga oshirishning metodik ahamiyati shakllantirish vazifalarini o’rganishning muammolarini F.B.Valixo’jayeva 7 , Z.Rahimova, N.Egamberdiyeva, S.K.Annamuratova, S.Bulatov, SH.Munavvarov, H.Nurmatov, A.Sulaymonov va boshqa tadqiqotchilar o’rganganlar.
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning chet tilini o‘zlashtirishining muhimligi, bugungi kundagi ahamiyati haqida bo‘lib, unda asosan, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatish
usullari yoritilgan
Ushbu maqolada keltirilgan zamonaviy adabiyotda qo‘llanuvchi interfaol metodlar ta‘lim oluvchi talabalarda tahsil davomida ijodiy, tanqidiy, pozitiv, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib yetuk mutaxassis bo‘lishlarida qanchalik muhim omil ekanligi ko‘rsatilgan. Hozirgi zamonaviy oliy o‘quv yurtlaridagi interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayonida foydalanishga, qollashga bolgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ushbu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat olib borishlari orqali yuzaga keladi.