Odontogen yiringli-yallig'lanish kasalliklari kechishining og'irligiga ta'sir qiluvchi dogospital omillar va ulaming oqibatlari tahlil qilingan. 0‘rganilayotgan davrda bemorlaming umumiy soni 1305 kishini tashkil qildi (2018 yil-675, 2019 yil-630 bemor). Yiringli-yallig'lanish kasalliklarining eng ko'p uchraydigan sababi pastki molyarlar sanaladi. Batafsil o'rganish shuni ko’rsatdiki. 55% holatdatish operatsiya vaqtida olib tashlangan, bu aholi orasida terapevtik va jarrohlik sanatsiyasi past darajada ekanligidan dalolat beradi. O'tkir tish kasalligiga chalingan bemorlarda kasallikning birinchi kunidan tish atrofidagi to'qimalarda patologik o'zgarishlar kuzatiladi, mazkur omilni etarlicha baholamaslik og’ir yiringli-yallig'lanish asoratlari rivojlanishiga olib kelishi mumkin.