Subject of "cultural study", Methodological bases and its significance in forming a perfect generation

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nietullaev, R., & Sipatdinova , M. . (2023). Subject of "cultural study", Methodological bases and its significance in forming a perfect generation. Modern Science and Research, 1(2), 450–451. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/17804
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the subject of "Cultural studies", methodological foundations, material and spiritual cultures.


background image

ISSN:

2181-3906

2022

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 1 / ISSUE 2

450

“MADANIYATSHUNOSLIK” FANI PREDMETI,

METODOLOGIK ASOSLARI VA BARKAMOL AVLODNI

SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Nietullaev Rustam Asanovich

Ilmiy rahbar, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali o`qituvchisi

Qoraqalpog`iston, Nukus

Sipatdinova Mariya Turdıbay qızı

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali talabasi

Qoraqalpog`iston, Nukus

https://doi.org/10.5281/zenodo.7477949

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Madaniyatshunoslik” fani predmeti, metodologik

asoslari, moddiy va ma’naviy madaniyatlar haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

madaniyatshunoslik, moddiy madaniyat, ma’naviy madaniyat, ijtimoiy

munosabat, ijtimoiy tashkilot.

ПРЕДМЕТ "КУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО ИЗУЧЕНИЯ",

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ В ФОРМИРОВАНИИ

ИДЕАЛЬНОГО ПОКОЛЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о предмете

«Культурология», методологических основах, материальных и духовных культурах.

Ключевые слова:

культурология, материальная культура, духовная культура,

социальная установка, социальная организация.

SUBJECT OF "CULTURAL STUDY",

METHODOLOGICAL BASES AND ITS SIGNIFICANCE IN FORMING A

PERFECT GENERATION

Abstract.

This article provides information about the subject of "Cultural studies",

methodological foundations, material and spiritual cultures.

Key words:

cultural studies, material culture, spiritual culture, social attitude, social

organization.

Madaniyatshunoslik

- madaniyat rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.

Uning manbai insoniyat yaratgan barcha madaniy qadriyatlardir. Madaniyatshunoslikning asosiy
vazifasiga insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda har bir kishining
ma’naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilish kiradi. Uning tadqiqot manbai bo’lib:
inson yaratgan san’at sohasi; kishilarning muomala vositasi bo’lgan til; jamiyat boyligi va
mezoni bo’lmish bilim; ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar; jamiyatda sodir bo’luvchi
demografik va etnik jarayonlar xizmat qiladi. Madaniyatshunoslik umumnazariy fan hisoblanib,
unga xos bo’lgan xususiyat - insonning madaniy hayoti hodisasini tartibli tizimga solib
yondashish hisoblanadi. Shuningdek, madaniyat gumanitar bilimlarni o’zida mujassam qilgan
holda namoyon bo’lishi bilan birga bilishning o’ta murakkab ob’ekti hamdir. Madaniyat tarixida
turli yo’nalishlar ilm fan, texnika, ta’lim, maishiy turmush, ijtimoiy qarashlar, adabiyot va
hokazolarni kompleks tarzda o’rganishadi: madaniyat 2 ga bo’linadi:

1. Moddiy madaniyat; 2. Ma’naviy madaniyat;
Madaniyat – bu jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir tarixiy bosqichdagi darajasidir. Har bir

kishi hayoti va faoliyatini tashkil etish shaklida ifodalangan, insonlar tomonidan yaratilgan
moddiy va ma’naviy qadriyatlar hamda insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar faqat
o’tmish kishilaridan qolgan boyliklar bo’lib qolmay, balki o’zida inson aql-zakovati, hayoti
to’g’risidagi fikr va o’ylarini aks ettiruvchi ko’zgu hamdir. Aynan, sistemali yondashuv
madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan holda kishilar hayot faoliyati sohalarini
ham tushunish imkonini beradi. Bulardan madaniyat sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib,
ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili,


background image

ISSN:

2181-3906

2022

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 1 / ISSUE 2

451

kommunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.
Madaniyatshunoslik fanining asosiy muammosi inson hisoblanadi, zero madaniyat – bu inson
yaratgan narsalardir. Madaniyatshunoslik insonning olam bilan faol munosabatini va bu
munosabatlar uning hayot tarzida namoyon bo’lishini, shaxsning ijtimoiy va madaniy rolini,
madaniyatlar tipologiyasini o’rganadi. Madaniyatshunoslik fani madaniyatni ilmiy izohlab,
uning umumtarixiy mazmuni va ma’nosini belgilaydi, ijtimoiy-tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni
va mavqeini asoslaydi. «Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang
ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko’ra lotincha
«ishlov berish», «parvarish qilish» ma’nosini anglatgan. Keyinchalik «ma’rifatli bo’lish»,
«tarbiyali», «bilimli bo’lish» mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan
«Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma’noni bildiradi. Madaniyat
hodisasi tavsifida juda ko’p izohlar mavjud «insoniyatni yashash usuli; ijtimoiy insonning
to’laqonli faoliyati», «inson tomonidan yaratilgan muhit», «yaxlit sotsial organizm», insoniyat
yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmui; sun’iy- ikkinchi tabiat; inson ijodiy faoliyati
mahsuli; umuman jamiyat; jamiyatning ma’naviy holati; jamiyat sifati; shartli belgilar tizimi
yig’indisi; me’yor va andozalar va hokazo.

Bugungi kun ilm-fanida madaniyat termini shakli, mazmun-mohiyati jixatidan turli xil

bo’lgan fikrlarni bildirishda amalda qo’llaniladi. Mashhur madaniyatshunos mutaxassislar
I.Kant,

O.Shpengler,

Ye.Bogomolov,

Т.Oyzerman, V.Kelle, A.Kreber va Sharq

ma’rifatparvarlari Munavvar Qori, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Zavqiy, Avloniy, Ayniy va
boshqalar madaniyat hodisasini tushunishni turli xil yo’llarini taklif qilishgan. Madaniyat
atamasiga berilgan rang-barang ta’riflarni mujassamlab, ularni quyidagicha ko’rsatish mumkin:

Madaniyat bu: insonlar tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar,

qadriyatlar yig’indisi;

- sun’iy (ikkinchi) tabiat;
- inson faoliyatining yigindisi;
- ijodiy faoliyatning barcha turlari;
- ijodiy faoliyat hosilasi, uning natijalari va “meva” lari;
- jamiyat hodisasi;
- jamiyatning ma’naviy holati;
- jamiyatning sifat darajasi;
- insonning sifat darajasi va h.k.
Хulosa sifatida shuni aytish kerakki, Madaniyatshunoslik kursi gumanitar fanlar qatorida

oliy o’quv yurtlarida o’rganilishi hozirgi davr talabiga mos keladi. Jamiyat hayotidagi mavjud
muammolarni faqat iqtisodiy, siyosiy tadbirlar va huquq-tartibotni mustahkamlash bilangina
to’la hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun jamiyatning ma’naviy hayotini ham qayta qurish talab
etiladi. «Ma’naviyat yo’q joyda- degan edi Birinchi Prezident Karimov I.A- xech qachon baxt-
saodat bo’lmaydi». Madaniyatshunoslik talabalarga jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi
bo’lgan O’zbekiston madaniyatini rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o’zaro aloqadorligi
muammolari va istiqbollari to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalarni berish bilan ayni paytda,
milliy madaniyatga va o’zga millatlar madaniyatlariga, qadriyatlariga ularni hurmat ruhida
tarbiyalashda, madaniyat yodgorliklariga ijodiy munosabatda bo’lishlarida, ma’naviy jihatdan
rivojlanishlarida ko’maklashadi.


REFERENCES

1. A.Mingnorov “Madaniyatshunoslik”, Istiqlol nuri – 2015
2. A.Mavrulov “Madaniyatshunoslik asoslari”, Turon-Iqbol – 2006

References

A.Mingnorov “Madaniyatshunoslik”, Istiqlol nuri – 2015

A.Mavrulov “Madaniyatshunoslik asoslari”, Turon-Iqbol – 2006

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов