METHODOLOGY OF USING STUDY TASKS BASED ON THE COMPETENCY APPROACH IN THE MOTHER LANGUAGE TEACHING PROCESS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Bobojonova, M. (2023). METHODOLOGY OF USING STUDY TASKS BASED ON THE COMPETENCY APPROACH IN THE MOTHER LANGUAGE TEACHING PROCESS. Modern Science and Research, 2(5), 455–459. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20249
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article presents examples of the processes of practical application of the elements of basic competences formed in students in the teaching of the mother tongue. Recommendations are given for the use of basic competencies in the development of students' abilities, in the formation of their speech, thinking, and the ability to use available information sources.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

455

ONA TILI O’QITISH JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA

ASOSLANGAN O’QUV TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Bobojonova Muhayyo Alisherovna

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanidagi M.M.T.B ga qarashli 101-maktab

ona tili va adabiyot fani oʻqitivchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7942434

Annotatsiya.

Maqolada ona tili o’qitishda o’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch

kompetensiyalar

elementlarini

amalda

qo’llash

jarayonlari

namunalari keltirilgan.

O’quvchilar iqtidorini oshirishda, ularning nutqi, fikrlashi, mavjud axborot manbalaridan
foydalana

olish

ko’nikmalarini

shakllantirishda

tayanch kompetensiyalarni qo’llash

tavsiyalari berilgan.

Tayanch

so’zlar

:

kompetensiya,

shaxs

sifatida

o’z-o’zini

rivojlantirish

kompetensiyasi, ruhiy va intellectual kamolotga intilish, ijodiy fikrlash malakasini oshirish.

METHODOLOGY OF USING STUDY TASKS BASED ON THE COMPETENCY

APPROACH IN THE MOTHER LANGUAGE TEACHING PROCESS

Abstract.

The article presents examples of the processes of practical application of the

elements of basic competences formed in students in the teaching of the mother tongue.
Recommendations are given for the use of basic competencies in the development of students'
abilities, in the formation of their speech, thinking, and the ability to use available information
sources.

Key words:

competence, the competence of self-development as a person, striving for

mental and intellectual perfection, improving the skill of creative thinking.

МЕТОДОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЧЕБНЫХ ЗАДАНИЙ НА ОСНОВЕ

КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ РОДНОМУ

ЯЗЫКУ

Аннотация.

В статье представлены примеры процессов практического

применения элементов базовых компетенций, формируемых у учащихся при обучении
родному языку. Даны рекомендации по использованию базовых компетенций в развитии
способностей учащихся, в формировании у них речи, мышления, умения пользоваться
доступными источниками информации.

Ключевые слова:

компетентность, компетентность саморазвития как личности,

стремление к умственному и интеллектуальному совершенству, совершенствование
навыка творческого мышления.

Umumiy

o’rta

ta’lim

muassasalarida

ona

tili

fanini

o’qitishning

maqsadi-

o’quvchilarda og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, kitobxonlik
va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.

Ona tili fanini o’qitishning asosiy vazifasi – o’quvchi shaxsini fikrlashga, o’zgalar

fikrini anglashga, o’z fikrini og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila
olishgaqaratilgan

nutqiy(

kommunikativ)

kompetensiyani

rivojlantirish; o’quvchilarda

grammatikaga oid o’zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologoya, so’zning tarkibi, so’z
yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid
tushunchalarni) rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

456

holda to’g’ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.

Ona tili fanidan o’quv dasturi o’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga

yo’naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O’quv dasturida
o’quvchilarda

fanga

doir

nutqiy

va

lingvistik

kompetensiyalarni

hamda tayanch

kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko’zda tutilgan.

Umumiy o’rta ta’limda – ona tili imkoniyatlari asosida ta’lim oluvchida mustaqil

va ijodiy fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq muhiti, sharoiti va vaziyatiga mos ravishda
og’zaki

va

yozma

shakllarda

to’g’ri,

ravon

va

aniq

ifodalash ko’nikmalarini

shakllantirishdan iborat. 5-9- sinflarda ona tili fonetikasi, leksikasi, morfologiya va sintaksisini
tizimli va amaliy samarali o’rganish natijasida ta’lim oluvchiga tilshunoslik fani asoslarini
berish emas, balki ayni bir narsa- hodisani atash, fikrni ifodalash uchun ona tilida o’nlab
imkoniyatlarning har birining o’z ifoda va ta’sir xususiyatini o’quvchiga yetkazish, unda mana
shu jihatlarni ilg’ay olish, bunda axborot resurslariga murojaat qilishmadaniyatini
shakllantirish, har bir shakl va imkoniyatdan o’z o’rnida foydalana olish malakalarini
rivojlantirishdir.

Ma’lumki,

O’zbekiston

Respublikasida

tayanch

kompetensiyalar

quyidagicha

nomlanadi:

1. Kommunikativ kompetensiya.
2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi.
3. Shaxs sifatida o’z- o’zini rivojlantirish kompetensiyasi. 4. Ijtimoiy faol fuqarolik

kompetensiyasi.

5. Umummadaniy kompetensiya.
6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo’lish hamda

foydalanish kompetensiyasi.

Bizningcha “kompetensiya” deganda, o’quvchilar tomonidan egallangan bilim va

ko’nikmalarni mustaqil ravishda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarda amaliy qo’llay olish
layoqati tushuniladi. Ilmiy tadqiqotchi sifatida darslarimda tayanch kompetensiyalarning
barcha turlaridan unimli foydalanishga harakat qilaman.

1. Kommunikativ kompetensiyasi: Mavzudan kelib chiqib to’g’ri javob bera olish;
2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mavjud aborot manbalaridan (internet, televizor,

radio(audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektronpochta va boshqalar) foydalana oladi;

3. O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o’zini-

o’zi rivojlantirib, jismoniy,ma’naviy, ruhiy va intellectual kamolotga intila oladi;

4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: mehnat qonunchiligida o’z haq huquqlarini

biladi, jamiyat va oilasi manfaati uchun xizmat qila oladi.

5. Umummadaniy kompetensiyalar: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda

umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish;

6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda

foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va
iqtisodiy rejalarni tuza olish.

Bugun sizlarga 3- tayanch kompetensiya: Shaxs sifatida o’z- o’zini rivojlantirish

kompetensiyasi bo’yicha olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida o’z tadqiqotim


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

457

natijalarini o’rtoqlashmoqchiman.

Darslardagi qatra va ijodiy matn yarata olish ko’nikmasi o’z-ozini rivojlantirish, jismoniy,

madaniy, ruhiy va intellectual komolotga intilishga undaydi, o’z hatti – harakatini nazorat
qila bilishga, halollik, to’g’rilik kabi sifatlarda ega bo’lishga chorlaydi. Quyida o’quvchilar
tomonidan yaratilgan qatra va ijodiy matnlar shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish
kompetensiyasiga yaqqol misol bo’la oladi.

Bolalikning beg’ubor tongi
Bolalik bu - beg’uborlik. Bizning quvonchli kunlarimiz, shirin allamiz. Zavqqa to’la baxtli

onlarimiz. Kulgu gullarining g’uncha ochish davri. Zamon torlarining yoqimli misiqasi.
Tabiatning jilmayishi. Ilohiy kuch, ilk qadam, ilk sevinch tuyg’usi. Ilk so’z va albatta hayot. Bu
bolalikning beg’ubor tongi emasmi? Bizga ayon, har bir bola o’zgacha. O’ziga xon, o’ziga bek…
G’ayri tabiiiy qarash. Boshqacha xususiyat. Har gapida sokinlik, jo’shqinlik o’ynaydi. Uning
munchoq – munchoq ko’zlari qalbingga xotirjamlik keltiradi. Har kulishida o’zing bilmagan
holda osmonlarga uchasan, bulutlarni quchasan. Har so’zin tinglab, uzoq vaqt yashaganday
bo’lasan. Uni ilk bor qo’lingga olsang, bag’ringga bossang, bolaligingni eslaysan. Sen ham
dala – qirni sevganing, qalbingdagi baxt nima ekanligini tuyganing yodingga tushadi. Ana
shunday tarzda bolalikning beg’ubor tongi seni qarshilaydi. Hayotingning eng nish urgan
faslini topasan. Bolalik bozorining xaridori bo’lasan. U yerdan bolalik davri, bolalik ko’ngli,
bolalik bag’ri, bolalik nozi kabi mevalarni sotib olasan. Ularning sevinch ila ta’mini totib
ko’rasan. Vaqt o’tib, qiymati ko’tarilgach, yana sotib olish uchun yelib - yugurasan. Ammo
bu bozorning xaridori bo’lolmaysan. O’rningni boshqasi egallaydi. Qayg’urma! Sen uchun esa
o’smirlik bozori poyezdi uchun chipta beriladi.

Bahor tabassumi
Bahorning ilk tongida o’zgacha uyg’ondim. Derazadan qaradim. Kayfiyatim ko’tarilib

ketdi. Negadir o’zimni qushdek yengil his qila boshladim. O’zgacha yoqimli hid taraldi.
Bu bahorning yoqimli ifori edi. Bunchalar ham yoqimlisan, bunchalar ham go’zalsan,
bahorim! Sening yoqimli shabadang ham daraxtlarni asta uyg’otadi. Ular ham o’z tuhfasini
senga hadya qilishadi. Ular gullaydi. Bu sovg’ani ko’rib sen yana ham atrofga o’zgacha
boqasan, hamma yerni gulga burkaysan. Bundan shodlangan quyosh esa o’z nurlarini o’zgacha
taratadi. Bahor, sening sening tabassumingni ko’rdik. Hammayoq gulga burkandi, bu
sening tabassuming emasmikan?

Taqdir
O’shanda kichkina edim. Men uni yaratishim kerak edi. Men uni yaratdim, xuddi

bolalardek! U mening qo’limda qo’g’irchoq edi go’yo. Yillar o’tib, men o’smir bo’ldim. Endi
men o’zimga sig’may ketardim, xuddi butun dunyo menga qarshi chiqayotgandek ko’rinardi.
O’zimda qandaydir tuyg’ularni his etardim. Negadir endi o’zimni

uning

qo’lidagi

qo’g’irchoqdek his qilardim. Katta bo’ldim, endi men o’zimni eplay olardim. Endi u menga
ba’zida do’st, ba’zida esa raqib edi. U meni oyog’imga har qadamda bolta urib, yiqitishga
harakat qilardi. Ba’zida u qo’ygan tuzoqlarida ancha qolib ketardim, ba’zida tuzog’ini
chetllabo’tardim. Ba’zida uni deb yig’lar, ba’zida kulardim. Endi yanayam kattaroq bo’ldim,
endi men xulosa chiqardim.Odamlarning taqdiri o’z qo’lida ekan.Taqdir tuzoq qo’ymas ekan,
aslida u bizga imkon berar ekan. Ammo biz insonlar o’zimiz qo’ygan tuzoqqa, o’zimiz tushar
ekanmiz!


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

458

Bugungi kun
Hayot bir ko’chaga o’xshaydi. Unda qanday qadam bosish o’zimizga bog’liq. Hadeb,

o’tmishga alanglasak, hayotda ko’p qoqilamiz. Xotiralar unda chalg’ishga olib

keladi.

Kelajakka intilaversak, bugungi kun yo’qoladi, bugungi maqsad yo’qoladi. Biz bugungi
kun, mana shu soniya bilan yashashimiz kerak. Hayotda bugungi rejalar bo’lmay turib, bir
yildan keyin nima qilaman, nima qilishim kerak, deb emas, balki hozir nima qilaman, bugun
nima qilishim kerak, deb savol berishimiz kerak. Agar har bir inson bugungi kun bilan
yashaganida edi, orzular va maqsadlardan ko’ra, g’alabalar va yutuqlar ko’proq bo’lardi.
Kim biladi, yana kimlardir: ”Buguning bilan yashasang, xor bo’lasan, ertangni o’yla!”- deb
qo’yishadi Nima bo’lganda ham, har bir inson hayoti davomida o’z umr daftariga taqdir qalami
bilan o’z bitigini bitishi kerak. Niyatim esa har bir insonning umr daftaridagi orzu-maqsadlari
va yutuq, g’alabalari o’rtasida doimo tenglik bo’lsin! Har bir insonning taqdir qalami doimo
o’tkir bo’lsin!

Yuqoridagi

ijodiy

matnlarni

yaratishdan

tashqari,

nutqiy (kommunikativ)

kompetensiyani rivojlantirish; o’quvchilarda grammatikaga oid o’zlashtiriladigan bilimlarni
(fonetika, leksikologoya, so’zning tarkibi, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va
imlo,

tinish

belgilari,

nutq

uslublari,

stilistikaga

oid tushunchalarni) rivojlantirish

hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to’g’ri va ravon
bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni ham shakllantirib,
tahlil jarayonlarini o’tkazilsa ham maqsadga muvofiq. O’zbek tili o’qitish metodikasi fani
hozirgi kungacha boy tajriba to’pladi. U pedagogika fanlari tizizimidagi mustaqil fan
sifatida shakllandi, rivojlandi, hozir ham rivojlanishda davom etmoqda. Uning mazmuni
ona tili ta’limining izchil tizimini ishlab chiqish, ona tili darslarini tashkil etishga oid
metodik tavsiyalarni tanlash va amaliyotga joriy etishgina emas, balki metodika sohasining
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til o’rganishning interfaol metodlarini o’zida aks
ettirgan ilmiy asoslarni ishlab chiqishdir.

Ona tili darslarida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’quv topshiriqlaridan

foydalanilsa, har bir dars qiziqarli o’tishiga, badiiy so’z qudratini anglashga,vatanga sadoqatli
insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatga e’tiqodli bo’lishga zamin
yaratiladi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston

Respublikasi

Xalq

Ta’limi

vazirligi

Respublika

Ta’lim

Markazining “O’quv dasturi” 2017- yil

2.

“Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari” Andijon
viloyati, Baliqchi tumani 15 – umumta’lim maktabi oily toifali o’qituvchisi Foziljon
Anapiyayev ma’ruzasi.2017- yil.

3.

Nozimaxon A’lamova. “Hayot oynasidan mo’ralaganda” “Istiqlol nuri” nashriyoti
2019-

yil.

Xalq

Ta’limi

vazirligi

tasarrufidagi

Xorijiy

tillarga

ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi o’quvchisi.

4.

“Bahor tabassumi” Malikxo’jayeva Mumtoza. “Istiqlol nuri” nashriyoti. 2019-
yil. Xalq Ta’limi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat
umumta’lim maktabi o’quvchisi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

459

5.

“Haqiqat tilsimlari” Zeboxon Saydaxmedova.“Sharq” nashriyoti.2012-yil Xalq
Ta’limi

vazirligi

tasarrufidagi

Xorijiy

tillarga

ixtisoslashtirilgan

Davlat

umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot o’qituvchisi



References

O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim Markazining “O’quv dasturi” 2017- yil

“Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari” Andijon viloyati, Baliqchi tumani 15 – umumta’lim maktabi oily toifali o’qituvchisi Foziljon Anapiyayev ma’ruzasi.2017- yil.

Nozimaxon A’lamova. “Hayot oynasidan mo’ralaganda” “Istiqlol nuri” nashriyoti 2019- yil. Xalq Ta’limi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi o’quvchisi.

“Bahor tabassumi” Malikxo’jayeva Mumtoza. “Istiqlol nuri” nashriyoti. 2019- yil. Xalq Ta’limi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi o’quvchisi.

“Haqiqat tilsimlari” Zeboxon Saydaxmedova.“Sharq” nashriyoti.2012-yil Xalq Ta’limi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot o’qituvchisi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов