ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
660
NAMUNALI O‘QUVCHIM OQILOVA SOLIHA VA IQTIDROLI O‘QUVCHILAR
HAQIDA
Karimjonova Gulnora Saipovna
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 320 - maktabning boshlang‘ich sinf
o’qituvchisi
Oqilova Soliha
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 320 - maktabning 2-“a” sinf o‘quvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7953489
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Toshkent shahar Shayxontohur tumani 320-maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi Karimjonova Gulnoraning o’quvchisi Oqilova Solihaning iqtidori
haqidagi iliq fiklari keltirib o’tilgan va iqtidorli yoshlarni kashf etish hamda shart sharoitlari
haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, o’quvchi, iqtidor, yoshlar, o’qituvchi, maktab.
AN EXEMPLARY STUDENT ABOUT INTELLIGENT AND TALENTED
STUDENTS
Abstract.
In this article, Karimjonova Gulnora, a primary school teacher of school 320 of
Shaikhontohur district of Tashkent city, gives warm comments about the talent of her student
Oqilova Saliha, and talks about the discovery of talented young people and the conditions.
Key words:
education, student, talent, youth, teacher, school.
ОБРАЗЦОВЫЙ СТУДЕНТ ОБ УМНЫХ И ТАЛАНТЛИВЫХ СТУДЕНТАХ
Аннотация.
В данной статье Каримжонова Гульнора, учитель начальных классов
школы 320 Шайхонтохурского района города Ташкента, тепло отзывается о таланте
своей ученицы Окиловой Салихи, рассказывает об открытии талантливой молодежи и
условиях.
Ключевые слова:
образование, ученик, талант, молодежь, учитель, школа.
Bugungi kunda ta’lim sohasiga juda kata e’tibor qaratilmoqda. Shunday ekan, biz
o’qituvchilar oldimizda ham juda katta mas’uliyat turibdi. Maktablarda qanchadan-qancha
iqtidorli o’quvchilar bilim olmoqdalar. Ularning iqtidorini aniqlay bilish o’qituvchining
mahoratiga bog’liq. Bugungi kun o’qituvchilariga yillar davomida yig’ilgan ish tajribamdan kelib
chiqib, iqtidorli o’quvchilar bilan alohida mashg’ulotlar olib borishni taklif qilardim.
Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda jahon
miqyosidagi buyuk kashfiyotlarni jamiyatimizning negizini tashkil etadigan buyuk
allomalarimiz merosiga tayangan holda bugungi zamon talabalaridan kelib chiqib, xalq
farovonligiga xizmat qiladigan buyuk kashfiyotlar yaratish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish
muhim ahamiyat kasb etdi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
661
Shunday o’quvchilar haqida so’z yuritilganda, ko’z o’ngimda 320-maktabning 2-“a” sinf
o’quvchisi
Oqilova Soliha
namoyon bo’ladi. Uning bilimlarni egallash bilan birga tasviriy
san’atga, adabiyotga bo’lgan qiziqishlari haqida so’z yuritsam mubolag’a bo’lmaydi.
Mamlakatimizda ana shunday o’quvchilarning ko’payishi jamiyat taraqqiyotining bir
bo’g’inidir. Zero, Yangi O’zbekistonda kichik Xorazmiylar, Navoiylar, Boburiylar yurt ravnaqiga
ravnaq qo’shadilar.
Bilimli, iqtidorli bola nafaqat o‘zining, balki xalq, millatning ham kelajagini belgilaydi.
Iqtidorli
yoshlar
O‘zbekiston
Respublikasining
ijtimoiy
va iqtisodiy taraqqiyotining
hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil
hisoblanadi.
Shu o‘rinda «Iqtidorli yoshlar kimlar?» degan savol paydo bo‘ladi. «Iqtidor» arabcha «qodir
bo‘lmoq», «qila olmoq», shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadigan
tushuncha, shuningdek, iqtidorli yoshlar maqsadga intilish, qat’iyatlilik va mehnatsevarlik kabi
fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagining kuchliligi bilan ajralib
turadilar.
Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va tarbiyalashning asosiy maqsadi respublikaning
ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual salohiyati bor yoshlarni tayyorlash,
yordam berish, iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish hamda ulardagi noyob iste’dodni
ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iboratdir.
Bir so‘z bilan aytganda, maktabda o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi, ularning
qiziqishlari, iqtidorlarini ro‘yobga chiqishi, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat
qilishlariga shart-sharoit yaratish lozim. Shuning uchun ham davlat iste’dodli yoshlarni alohida
qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’lim muassasalarining iqtidorli o‘quvchilari maxsus psixologik va
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
662
pedagogik test o‘tkazish orqali aniqlanadi. Bunday o‘quvchilarni maqsadli hayotga yo‘llashda
ta’lim muassaslarining vazifalari quyidagilardan iboratdir:
-
Iqtidorli o‘quvchilarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishi va qobiliyatlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
-
malakali o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan individual (yakka tartibda)
ishlashga safarbar qilish;
-
ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy jamiyat ishlariga iqtidorli
o‘quvchilarni keng jalb etish;
-
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda maktabda iqtidorli o‘quvchilar haqidagi
ma’lumotlar banki va ularni doimiy tashxislash monitoringini shakllantirish;
-
ular bilan ishlashning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini aniqlash;
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda ustoz-shogird an’anasiga qat’iy rioya etish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bizni
Oqilova Solihaga
va qolgan iqtidorli o’quvchilarimizdan kelajakda
umidimiz katta albatta.
Bunday qobiliyatli o‘quvchilarga ilmiy rahbar etib ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega
bo‘lgan o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha reytingi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar
tanlanadi.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash orqali maaktabimiz o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni,
ya’ni yoshlarni mustaqil fikrlash, bo‘sh vaqtlarini tashkil etish, ularning birorta kasb-hunar
egallashi uchun poydevor yaratish,
iqtidorli, ijodkor o‘quvchilarni rag‘batlantirish ishlarini
mahalla hamkorligida amalga oshirish orqali iqtidorli o‘quvchilar safini kengaytirishga erishadi.
Shunday qilib, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, tanlash va tarbiyalash borasida
mamlakatimiz
ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyat taraqqiyotini
ta’minlash, vatanimiz iqtidoriy salohiyatni dunyo miqyosida namoyon etish imkonini beradi.
REFERENCES
1.
Karimjonova Gulnoraning o‘quvchisi Oqilova Soliha haqidagi sahxsiy fiklari va iqtidorli
yoshlarni kashf qilish haqida
2.
Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. – T.: «Akademiya», 2017.