THE EMERGENCE OF ARBA'INNAVIS TRADITION AND ITS TYPES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Samatova, S. (2023). THE EMERGENCE OF ARBA’INNAVIS TRADITION AND ITS TYPES. Modern Science and Research, 2(5), 964–968. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20465
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In the article, the history of the origin of the Arba'in tradition in the east, the first examples, prose and poetic Arba'in, the work "Arba'in" by Imam Nawawi, the works of Abdurahman Jami and Alisher Nawai in this direction, their similarities and differences aspects are discussed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

964

ARBA’INNAVISLIK AN’ANASINING VUJUDGA KELISHI VA UNING TURLARI

Samatova Sabohat

Termiz davlat universiteti filologiya fakulteti adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti) yo’nalishi

ikkinchi bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7963368

Annotatsiya.

Maqolada sharqda arba’inchilik an’anasining kelib chiqish tarixi, ilk

namunalar, nasriy va she’riy arba’inlar, Imom Navaviyning “Arba’in” asari, Abdurahmon Jomiy
va Alisher Navoiyning mazkur yo’nalishdagi asarlari, ulardagi o’xshash va farqli jihatlari haqida
so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

hadis, ummat, forsiyzabon, turkiyzabon, asar, sahih.

THE EMERGENCE OF ARBA'INNAVIS TRADITION AND ITS TYPES

Abstract.

In the article, the history of the origin of the Arba'in tradition in the east, the first

examples, prose and poetic Arba'in, the work "Arba'in" by Imam Nawawi, the works of
Abdurahman Jami and Alisher Nawai in this direction, their similarities and differences aspects
are discussed.

Key words:

hadith, ummah, Persian, Turkish, work, sahih.

ВОЗНИКНОВЕНИЕ ТРАДИЦИИ АРБАИННАВИС И ЕЕ ВИДЫ

Аннотация.

В статье история возникновения традиции арбаин на востоке, первые

образцы, прозаический и поэтический арбаин, произведение «Арбаин» имама Навави,
произведения Абдурахмана Джами и Алишера Обсуждаются наваи в этом направлении, их
сходства и различные аспекты.

Ключевые слова:

хадис, умма, персидский, тюркский, труд, сахих.

Hadis so’zi arabcha

(

حدي ث

)

“hadasa” o’zagidan olingan bo’lib, “hodisa”, “xabar”,

“yangilik”, “voqea-hodisa” deb tarjima qilinib, Payg’ambarimizdan (s.a.v) vorid bo’lgan so’zga
aytilgan. Ulamolar istilohida hadis-payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ga nisbat berilgan so’z, fe’l,
taqrir va hilqat-tana tuzilishi, hulqdagi sifatlar hamda siyratga tegishli barcha tarjimayi-hollaridagi
barcha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Hadis va sunnat so’zlari bir ma’noda ishlatilaveradi. Sunnat
- odob degani. Hadis ikki qismdan iborat bo’ladi- matn va isnod. Turiga ko’ra ham ikki xil, Hadis
i qudsiy (ma’nosi Alloh tomonidan, aytilishi payg’ambardan) va Hadisi nabaviy(payg’ambar s.a.v
tomonlaridan aytilgan). Hadislar e’tiborga olinishi jihatdan uch turga ajratiladi: 1) sahih
(ishonchli), 2) hasan (yaxshi), 3) zaif.

Hadisning turlari:1.Qavliy hadislar-Rasuli akram alayhissalomning og’izlaridan nutq

qilingan hadislar. 2. Fe’liy hadislar: payg’ambarning fe’llarini xabarini beruvchi, 4. Taqririy hadis-
rasululloh guvohligida sodir bo’lgan biror voqea-hodisadagi holatni tasdiqlaganlari ya’ni ruxsat
berganlari haqida, 5. Xalqiy- u zotning shamoillari, ko’rinishlari haqida, xulqiy-xulqlari,
tavozelariga oid hadislar sirasiga kiradi.
Hadislar Qur’onga nisbatan qanday o’rin tutadi? Odatda olimlar hadislarni Qur’oni
Karimdan keying ikkinchi o’ringa qo’yishgan. Chunki hadislar Qur’ondagi ma’nolarni
ta’kidlovchi-tasdiqlovchi bo’ladi, masalan, Qur’oni Karimda barcha masalalar umumiy qilib
berilgan, hadislarda esa ular aynan izohlanib, Payg’ambarimiz s.a.v tomonlaridan amaliy
tushuntirilgan. Xususan, Qur’onda namozga buyurilgan, hadisda esa namozning ahamiyati,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

965

shartlari, odoblari va qanday o’qilishi tushuntirilgan. Shuningdek, Qur’onda zikri kelmagan ilm-
odoblarni hadis bayon qiladi. Bir qancha masalalar hadislar orqali bayon qilingan.
Dastlab hadislar sahobalar tomonidan yodlab o’rganilgan. Keyinchalik ba’zilar yozib ham
ola boshlagan. Keyinchalik tobeinlar davrida bu an’ana kengroq davom ettirilgan. Ana shu tarzda
muhaddislik ilmi yuzaga kelgan. Ayniqsa, hijriy 3-asrda ya’ni halifa Umar ibn Abdulaziz davrida
bu jihatga alohida e’tibor qaratilib, hayot bo’lgan tobeinlardan ko’plab hadislar yozib olina
boshlagan. Ana shu davrlarda hadislarni ta’lif etish sohasida “musnad”, “sahih”, “sunan” deb
atalmish turli yo’nalishlar vujudga keldi. Musnad yo’nalishida tasnif etilgan to’plamlarda turli
mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini
qabul qilgan vaqtiga ko’ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Bunga Abu Hanifa, Ahmad ibn
Hanbalning to’plamlarini misol keltirish mumkin. “Sunan” yo’nalishidagi hadislar to’plamlariga
esa, to’g’ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda “zaif” hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso
at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja to’plamlari shu yo’nalishga mansubdir.
Movarounnahrda birinchi bo’lib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadislar to’plamini
tuzgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marzaviy , Ishoq ibn Rohavayh al-Marvaziy,
Haysam ibn ibn Qulayb ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn
Ma’qul an-Nasafiy va bpshqalar hadis to’plamlarini tasnif etishgan. “Sahih” yo’nalishidagi
to’plamning ilk va mukammal namunasining muallifi imom Buxoriy bo’lgan. U kishi hadislarni
ilmiy izlanish va shartlarga ko’ra saralab chiqqanlar va olimning kitoblari, xususan, “Jome as-
sahih” hozirda Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 9-10-asrlarda islom olamida eng
ishonchli deb topilgan 6ta to’plam vujudga kelgan. Bular : “Sahihi Buxoriy”, “Sahihi Muslim”,
“Sahihi Termiziy”, “sunani Abu Dovud”, “Sunani Ibn Moja”, “Sunani Nasoiy”. Quvonarlisi, ana
shu to’plam mualliflarining 2 nafari movorounnahrlik, 4 nafari esa xurosonlik bo’lgan. Hadislar
to’plami sunna deb nomlangan. Ularni yig’ib, ta’lif etuvchilar esa muhaddislar deb atalgan.

Shuningdek, boshqa manbalarda hadislarni javonerlar-mavzu va boblarsiz, ya’ni aralash

hadislar, musannafatlar-sarlavhali, tartiblangan hadislar, musnad-roviy-sahobaning ismiga ko’ra
tartiblangan hadislar, sahih kitoblar-eng ishonchli hadislar to’plamlariga ham ajratgankar. Hadis
to’plamlari qatorida “mustadrak to’plamlar” ham bo’lib, bu to’plam-sahihga yaqin sanaladi.
“Mustaxraj” hadislar esa Buxoriy shartlariga to’g’ri keladi, lekin boshqa roviydan keltirilgan
bo’ladi. “Sulan” to’plamlarda esa boblar fiqhiy bo’ladi. Ya’ni tahorat, namoz kabi masalalar
boblar orqali bayon etiladi. Ana shunday ma’lum bir maqsadda jamlangan hadislar to’plami
arba’in hisoblanadi. Arba’in qirq degani. Bu hadis to’plamlarining o’ziga xos janri hisoblanadi.
Hadislarning nega aynan qirqtasi tanlab olininb, asar ta’lif etilgan? Chunki bu ish ham hadisda
kelgan xushxabarga ergashib amalga oshiriladi.

Muhammad paygʻambarimizning (s.a.v.) «Kimki

ummatlarimga din xususidagi qirq hadisni yetkazsa, Tangri taolo uni qiyomat kuni faqh (huquq)
bilimdonlari, olimlar toʻdasiga qoʻshadi», degan hadisi asosida yozilgandir. Odatda, islom dini
asoslari va qoidalari (“Usul ud-Din”), Islom yoxud Alloh yoʻlidagi muqaddas kurash, toat-ibodat
yoki odob-axloq qoidalarini targʻib qilishga qaratilgan bunday asarlarning barchasida qirqtadan
hadisning sharhi berilgan boʻladi.

Hadisni ustozdan olib, o’rganish, o’rgatishga-tahammul

deyiladi. Tahammul arabchada “ortib olish” degan ma’noni bildiradi. Demak, ana shu ma’noda
barcha arba’in mualliflarini “tahammul sohiblari” deb atash o’rinli bo’lar ekan. Mazkur
yo’nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar bizga ana shu tahammul sohiblari, ularning benazir
meroslarini anglashimizga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ularda ilgari surilgan ezgulik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

966

g’oyalari ana shu buloqdan suv ichgan har bir qalb sohiblariga ham ko’chib, ularni poklashga, xalq
g’amida yashashga, nifoqdan uzoq bo’lishga o’rgatadi.

Arba’in she’r tizimi odatan to’rt misrali ruboiylar ko’rinishida bo’lib, she’r avvalida

hadisning arabiy yoki tarjima matni beriladi. Nazm sohiblari oddiy xalq vakillariga tushunarli,
eslab qolishlariga oson bo’lishi uchun ana shu usuldan foydalanganliklari aytiladi. Hadislarni bu
usulda yetkazish payg’ambar alayhissalom meroslarini yanada kengroq yoyilishiga xizmat
qilganligi shubhasizdir. Biroq mazkur yo’nalishda nasriy arba’inlar ham yo’q emas. Ularda ham
aynan qirqta mashhur hadislar saralab olinib, to’plam qilingan. Bunda hadis asl matnidan so’ng
uning tafsiri nasriy tarzda berib borilgan. Ana shunday “Arba’in”ni islom olamida ma’lum va
mashhur bo’lgan fiqhiy olim, ko’plab qo’llanmalar muallifi Imom Navaviyda uchratish mumkin.
Dastlab u kishi haqlarida qisqacha ma’lumot berib o’tsak: Imon Navaviy

hijratning 631 yili

muharram oyida Damashqdagi Navo shahrida dunyoga kelganlar. Yoshliklaridayoq Qur’onni yod
oldilar. Islom ahkomlariga oid qator asarlar muallifi. Ishoq ibn Ahmad u zotning fiqh ilmidagi
birinchi ustozlari bo‘ldi. Navaviy hazratlari har kuni 12 xil dars bilan mashg‘ul edilar. Imom
Navaviy hazratlari nihoyatda taqvodor, zohid, parhezli kishi edilar. Biror soatlarini Alloh toatidan
boshqa ishga sarf qilmasdilar. Kechalarini ibodat va kitob tasnif etish bilan o‘tkazardilar. Haq u
kishi uchun hamma narsadan ustun edi.

Olim “Arba’in” yozishda ham o’ziga qat’iy talablar

qo’yadi. Xususan, har bir hadisning avval asl matnni roviylari bilan berib, so’ngida esa qaysi
muhaddisning qanday to’plamidan olinganligini ham keltirib o’tadi. Keling, quyida olim asaridan
ayrim namunalarni ko’rib chiqamiz.

1-hadis

Amirul mo’minun Abu Hafs Umar ibn Xattob (r.a) dan: Men Rasululloh (s.a.v)ning shunday
deyayotganlarini eshitdim:”Amallar(faqatgina) niyatlar bilan (e’tibor qilinadi) va har bir kishi
uchun niyat qilgan narsasigina (savob yoki jazosi) bordir. Bas, kimning hijrati Alloh va Rasuli
uchun bo’lsa , uning hijrati Alloh va Rasul uchun (deb e’tibor qilinajak). Kimning hijrati biror
dunyo (matosi)ni qo’lga kiritish yoki bir ayolni nikohlab olish uchun bo’lsa, uning hijrati nima
uchun qilingan bo’lsa o’sha uchundir. (

Buxoriy va Muslim rivoyati)

6

Mazkur hadis payg’ambar alayhissalomdan keying odil halifa deya e’tirof etilgan Umar ibn
Xattobdan rivoyat qilinadi. Ma’lumki Umar (r.a) islomning dastlabki yillarida tavhidni qabul qilib,
ahkomlarni mahkam tutgan kishilardan edi. Rasululloh ta’lim berganlaridek, bajarilayotgan har
bir amal, avvalo, niyatga bog’liq ekan. Kishi bir ishni qilsa-yu, biroq ko’nglida boshqa niyat bo’lsa,
u o’sha niyatiga ko’rasini olar ekan. Aytaylik, yo’qsilga sadaqa qilishda, ko’ngilda shubha bo’lib,
“molim kamayib qolmasmikin” degan qo’rquv bo’lsa, o’sha ehson haqiqatda molga ziyon
yetkazishi mumkin. Yoki zamonaviy jamiyatda bir korxonada xodim o’z vazifasini sidqidildan
emas, faqatgina boshliq tanbeh bermasligi uchungina bajarsa, u ham o’shanga yarashasini oladi,
ya’ni ishi va maoshida unum bo’lmaydi. Bu qoidani hozirda hattoki, zamonaviy psixologlar ham
turli usullar bilan tushuntirishga urinishmoqda. Ularga ko’ra insonlar biror maqsadni amalga
oshirishda, avvalo, niyatni to’g’rilab olishlari kerak. Yo’qsa, muddaodan kutilgan muvaffaqiyat
qoniqarli bo’lmasligi mumkin. Bundan shu anglashiladiki, diniy-ma’rifat va islomiy bilim barcha
zamonlarda ham har ikki dunyoda foydali bo’lgan.
Vaqt o’tishi bilan bu yo’nalish takomillasha bordi. Nasriy arba’inlar bilan bir qatorda she’riy
arba’inlar ham yaratila boshlandi. Bunda asosan shoirlar o’zlari uchun qat’iy talablar joriy qilishdi,
bunda har bir hadisni asoslab kelayotgan she’r to’rt misradan (ruboiy shaklida) iborat bo’lishi, a-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

967

b-a-b, a-a-a-a ba’zida a-a-b-b tarzida qofiyalanishi kerak. Dastlab bu usulda Abdurahmon Jomiy
fors tilida “Chixil hadis”ini yozdi. Mazkur asar forsiyzabon insonlar orasida judayam sevib o’qildi.
U kishidan sal o’tib Hazrat Navoiy ushbu asardan “turkiyzabonlar ham bahramand bo’lishlari
uchun” turkiyga tarjima qildilar. Lekin bu aynan tarjima emas edi, chunki hazrat ko’p o’rinlarda
o’z mulohazalari, boshqa hadislar berib borganlar. Navoiy asarning yozilish sababini quyidagicha
izohlaydi:

Forsiydonlar aylabon idrok,

Oriy erdi bu nafdin atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori,
Bo‘lmag‘aylar bu nafdin oriy.
Men demakni chu muddao aylab,
Ul ijozat berib duo aylab.
(s.a.v.)ning hadislarini avval arab tilida beradi va uning tarjimasini she’riy usulda taqdim etadi.
“Arba’in” ning asosiy qismi “Sizlardan hech biringiz o‘ziga ravo ko‘rgan narsasini birodariga ravo
ko‘rmaguncha, chin mo‘min bo‘lolmaydi”, degan mashhur hadisning navoiyona talqini bilan
boshlanadi:
Mo‘min ermastur, ulki iymondin
Ro‘zgorida yuz safo ko‘rgay.
Tokki qardoshiga ravo ko‘rmas
Har nekim o‘ziga ravo ko‘rgay.
Tanlangan hadislarning deyarli barchasi komil inson axloqiga oid qarashlarni o‘zida aks ettirganini
ko‘rishimiz mumkin. Bu hadislarda insonlar yaxshilik qilishga chorlanadi, yomon illatlardan
qaytariladi, umuman olganda, ular insonning hayot va jamiyatdagi vazifasini anglatadi. Masalan,
“Insonlarning eng yaxshisi insonlarga foydasi tegadiganidir”, degan hadisni Alisher Navoiy turkiy
tilda shunday ifoda etadi:
Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?
Eshitib, ayla shubha raf’ andin.
Yaxshiroq bil ani ulus arokim,
Etsa ko‘prak ulusqa naf’ andin.
Ko‘rib o‘tganimizdek, ushbu sharh orqali insonning ulusga jamiyatga xizmat qilishi ulug‘lanyapti.
Umuman olganda, “Arba’in” asari insonning ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu haqda
shoir asarning xotima qismida aytib o‘tadi:
Erur ul arba’inning avvali hol,
Ayla bu “Arba’in” bila a’mol.
Alisher Navoiyning “Arba’in”ini o‘rganib borar ekanmiz unda, asosan, Islom axloqiga doir
hadislar jamlanganining guvohi bo‘lib boraveramiz. Shoirning niyati: asar muqaddimasida
taʼkidlanganidek, “forsiydonlar idrok aylagan” qirq hadis mohiyatidan turkiyzabonlarni ham
bahramand qilish edi. Bu hadislarni sheʼrga solishda esa barcha shoirlar ularning oson
tushunilishini, yodda saqlanilishini ham nazarda tutganlar.

Quvonarlisi, bu an’ana hozir ham davom etmoqda. Hozir ham adabiyotimizda mazkur

yo’nalishda sermahsul ijod qilishmoqda, bunga O’zbekiston xalq shoiri S.Sayyidning “Qirq
hadis” , Sh. Qurbonning “Arba’in” , shoira N.Afoqovaning “Rasululloh s.a.v dedilar” kabi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

968

arba’inlarni misol keltirishimiz mumkin. Bu asarlarning har biri o’quvchini ilmga, ma’nan boy
bo’lishga, axloqan go’zal bo’lishga o’rgatadi.

REFERENCES

1.

Arba’in / Nashrga tayyorlovchi: Karimbek va Saidbek Hasan; Sharhlovchi A.Rustam. T.:
Meros, 1991.

2.

Arba’in: Qirq hadis sharhi / So‘z boshi mualliflari va sharhlovchi: Q.Ahad, O.Mahmud. T.
: Adabiyot va san’at, 1995.

3.

M.Hakimov. Navoiy asarlari qo’lyozmalari tavsifi. T.: Fan,1983.

4.

Sirojiddin

Sayyid.

Asarlar.11-jild.

She’rlar/Qirq hadis/Yaxshilik eskirmagay.-

Toshkent:Sharq.2018.-B86-113

5.

Hasanxon Yahyo Abdulmajid/”Arba’in”ning nasriy bayoni va tahriji-Islom.uz
islom.uz/content/view/3123/8







References

Arba’in / Nashrga tayyorlovchi: Karimbek va Saidbek Hasan; Sharhlovchi A.Rustam. T.: Meros, 1991.

Arba’in: Qirq hadis sharhi / So‘z boshi mualliflari va sharhlovchi: Q.Ahad, O.Mahmud. T. : Adabiyot va san’at, 1995.

M.Hakimov. Navoiy asarlari qo’lyozmalari tavsifi. T.: Fan,1983.

Sirojiddin Sayyid. Asarlar.11-jild. She’rlar/Qirq hadis/Yaxshilik eskirmagay.-Toshkent:Sharq.2018.-B86-113

Hasanxon Yahyo Abdulmajid/”Arba’in”ning nasriy bayoni va tahriji-Islom.uz islom.uz/content/view/3123/8

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов