THE DEVELOPMENT OF UZBEK AND KARAKALPAK DUTORS AND THEIR PECULIARITIES.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Gaybullaeva, X. (2023). THE DEVELOPMENT OF UZBEK AND KARAKALPAK DUTORS AND THEIR PECULIARITIES. Modern Science and Research, 2(8), 53–57. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22341
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article tells about the dutar, which is the Uzbek and Karakalpak national instrument, their history, their types, performance styles, teachers who contribute to the development and introduction of the dutar into the world, and their textbooks.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

53

O’ZBEK VA QORAQALPOQ DUTORLARINING RIVOJ TOPISHI VA

ULARNING OʻZIGA HOS XUSUSIYATLARI.

Gaybullaeva Xurliman Nurabıllaevna

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 3 - kurs talabasi

hurliman591@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8213399

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oʻzbek va qoraqalpoq milliy cholgʻulari boʻlgan dutor sozi,

ularning tarixi, ularning turlari, ijro uslublari, xozirgi vaqtta dutor sozlarini rivojlanib va
jahonga tanitishda hissa qoʻshayotgan ustozlar va ularning oʻquv uchun darsliklari haqida soʻz
etiladi.

Kalit soʻzlar:

Ustoz, dutor, olamoynoq dutor, musiqa, shtrix, diapazon, madaniyat,

asarlar, kompozitor, konservatoriya, sozanda, baxshi.

THE DEVELOPMENT OF UZBEK AND KARAKALPAK DUTORS AND THEIR

PECULIARITIES.

Abstract.

This article tells about the dutar, which is the Uzbek and Karakalpak national

instrument, their history, their types, performance styles, teachers who contribute to the
development and introduction of the dutar into the world, and their textbooks

.

Key words:

Teacher, dutar, alamoynaq dutar, music, culture, works, composer,

conservatory, soloist, baqshi.

РАЗВИТИЕ УЗБЕКСКИХ И КАРАКАЛПАКСКИХ ДУТОРОВ И ИХ

ОСОБЕННОСТИ.

Аннотация.

В данной статье рассказывается о дутар, который является

узбекским и каракалпакским национальным инструментом, их истории, их видах, стилях
исполнения, педагогах, которые способствуют развитию и внедрению дутар в мир, и их
учебники.

Ключевые слова:

Педагог, дутар, аламойнак дутар, музыка, штрих, диапазон,

культура, произведения, композитор, консерватория, солист, бахши.

Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish

xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, cirk va boshqa
turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish,
madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim
muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik
adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022-2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash
va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: 2022/2023 oʻquv yilidan
boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning musiqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish,
ularning qalbida milliy madaniyatga boʻlgan muhabbatni shakllantirish, yosh isteʼdodlarni
aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi
belgilansin: umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida: mazkur qarorga roʻyxatda keltirilgan milliy
cholgʻulardan kamida bittasida, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro
etish mahoratiga ega boʻlish musiqa fani oʻqituvchilari uchunmajburiy hisoblanadi; musiqa fani
uchun ajratilgan oʻquv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholgʻu” shiori ostida cholgʻu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

54

ijrochiligi dars mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyiladi; notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar
bilan taʼminlash umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan
taʼminlash tizimiga kiritiladi; Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
ta’minlanishi lozim bo‘lgan milliy musiqa cholg‘ulari

Ro‘yxati:
1. Dutor
2. Do‘mbira
3. Doira
4. Tanbur
5. Rubob
6. G‘ijjak
7. Nay
Mazkur qarorga roʻyxatda keltirilgan milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasida kuy

ijro etish mahorati oʻrgatiladi hamda bu haqda ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatiga
(shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi; musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir oʻquv soati
hamda unga qoʻshimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etish amaliy
toʻgaraklari va fakultativ darslari oʻtkaziladi

1

.

Dutor

– оʻzbek anʼanaviy chertim cholgʻu sozlaridan biri. Uzoq oʻtmishdan xalq ijrochilik

amaliyotidan munosib оʻrin egallab kelayotgan dutor, ayni paytga kelib anʼanaviy ijro uslubiga
xos barcha guruhlar tarkibidan joy oldi. Anʼanaviy yakkanavoz cholgʻu sifatida shakllandi va
yetakchi cholgʻular qatoriga kirdi.

Dutorning tarixiy shakllanishi uzoq оʻtmish va boshqa cholgʻular bilan uygʻunlik jihatlar

borib taqalsada musiqiy risolalarda XV asrdan boshlab taʼriflanib keladi. “Farobiy (IX asr)
maʼlumotlariga qaraganda Xuroson tanburi оʻzining kоʻplab belgilari bilan zamonaviy dutorni
eslatadi”. Lekin, dutorni оʻz nomi va uning barcha (shakliy, tarkibiy, ijroviy) imkoniyatlari bilan
ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al–Xusayniy оʻzining
musiqa ilmiga bagʻishlangan “Qonuni ilm va amali musiqiy” nomli risolasida bayon etgan

2

.

Darhaqiqat, unda ikkita torli va ularning oraligʻi kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga
bogʻlangan pardalari оʻn bittani tashkil etuvchi dutor cholgʻu asbobi taʼriflanadi.

Dutor Оʻrta Osiyoning оʻzbek, turkman, tojik, qoraqalpoq xalqlari orasida keng

ommalashgan cholgʻudir. Qayd etish joizki, har bir xalq dutorining oz bоʻlsada оʻziga xoslik
jihatlari mavjuddir

3

. Dutor - ikki torli cholgʻu asbobidir. Odatga kоʻra, tut daraxtidan tayyorlanadi.

Cholgʻu ikki asosiy qismlarga bоʻlinadi: a) kosaxona (rezonator); b) dasta. Cholgʻuning kosasi 10-
12 ta yupqa qovurgʻachalarning bir-biriga birlashtirib yopishtirish orqali hosil qilinadi va uning
ustki qism maxsus qopqoq bilan qoplanadi. Cholgʻuning kosasida torlar ilinadigan maxsus
moslama, yaʼni ilgichlar оʻrnatiladi. Dutorning dastasi cholgʻu jussasiga qarab belgilanadi. Unda
14-15 ta pardalar mavjud bоʻlib, ular ichak, zamonaviy jarayonda jilka (sunʼiy ip) dan boylanadi
va torlari ipakdan eshilib tayyorlanadi. Anʼanaviy dutor pardalari diatonik tovushqator tarkibida
joylashgan. Dastaning boshlanish qismida esa, ikkita maxsus quloqlar joylashgan. Quloqlar iplarni
tortish va cholgʻuni sozlash uchun qоʻllaniladi. Cholgʻuda ovoz tarannumini sof holda taralishi

1

Mirziyoyev.Sh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori.

2

Xodjayeva.R “XALQ CHOLGʻULARIDA IJROCHILIK” (DUTOR) “Musiqa” Toshkent - 2020. B.13.

3

Xodjayeva.R “XALQ CHOLGʻULARIDA IJROCHILIK” (DUTOR) “Musiqa” Toshkent – 2020 B.14.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

55

uchun ikkita xarrak оʻrnatiladi. Cholgʻuning yuqori qismida joylashgan xarrak shayton xarrak
deyiladi va birinchi parda bilan quloqlar mobaynida joylashadi. Pastki xarrak maxsus shaklda
yasaladi va cholgʻuning sozlanishiga kоʻra qopqoq ustiga оʻrnatiladi

4

.

Oʻzbek aholisining dutori 6 turga boʻlinadi. Bugunga kelib, dutor sinfida shulardan toʻrt

turli koʻrinishdagi, yaʼni milliy dutor, dutor alt, dutor sekunda va dutor prima kabilarini oʻrganish
maqsadga yarasha ekanligi dalillangan. Bu yuqorida yoritilgan dutorlarning diapazoni ikki yarim
oktavani tashkil etadi, sozlanishi yozilishiga nisbatan bir oktava past eshitiladi. Kichik oktava re,
lya yoki re, sol notalariga sozlanadi. Dutor ijrosidagi chap qoʻl barmoqlarining holatiga applikatura
deyiladi. Kuyni bezash uchun yozilgan qoʻshimcha melodic shakllar melizm deyiladi. Quyidagi
melizmlarga izohli misollar keltiriladi:

-

Uzun forshlag

- asosiy nota choʻzimining yarmisi hisobiga ijro etiladi.

-

Qisqa forshlag

- asosiy nota choʻzilish va oʻzidan avvalgi nota choʻzimi hisobiga ijro

etiladi.

-

Qoʻsh forshlag

- 2 ta qisqa forshlagtan iborat boʻlib, oʻzidan avvalgi nota choʻzimi

hisobina ijro etiladi.

-

Trel

- asosiy ovozning oʻzidan yuqorigi tovush bilan almashib turilishi:

tr – trel.

-

Mordent

- 2 turli boʻladi:

1) yuqoridagi yordamchi tovush bilan asosiy pardaning takrorlanishi.
2) pastki yordamchi tovush bilan asosiy pardaning takrorlanishi.
-

Gruppetto

- 3, 4, baʼzida 5 lik tovushdan iborat melodik bezak.

-

Nola

- bunda barmoq bilan pardani qattiq bosib, balandlik darajasini bitta meʼyorda

koʻtarib, tushirib, bezab, ijro qilinadi

5

.

Ijrochilik amaliyotida mohirlik darajasiga erishgan xalq dutorchi sozandalari Mahmud

Yunusov, Gʻulomjon Qоʻchqorov, Faxriddin Sodiqov ... kabilar doimo xalqimiz eʼzozida bоʻlib
kelganlar

6

.

Dutorning xarraki juda past boʻlgani uchun koʻp dutorchilarimiz chalgan vaqtda qoʻllarini

taxtaga tekkizib dutorning mazasini qochiradi. Bu kunlarda bizning eng mashhur dutorchimiz
Samarqandlik Xoji Abdulaziz qoʻlini taxtaga urmay chalgani uchun uning dutorini havas bilan
tinglaydilar

7

.

Milliy musiqamiz oʻz oldiga bir xaziyna. Qoraqalpoq xalqiga tegishli boʻlgan gʻayri oddiy

naqshlarga boy sehrli navolarimiz, bizning afsonaviy tariximizni, urf-odatlarimiz, qaygʻusin,
quvonchin oʻz bagʻriga olganidek seziladi. Milliy navolarimizni xalq bilan birga ajratish mumkin
emas, ular bir-biriga yaqin oʻrtoq. Shuning uchun bu milliy navolarimiz ustoz-shogird sistemasi
orqali shu davrgacha yetib kelgan. Qoraqalpoq xalqining olamoynoq dutori qoʻshni xalqlari
boʻlgan oʻzbek, turkman, qozoq xalqlarining “dutor” va “doʻmbira” deb atalgan cholgʻulari bilan
oʻxshash joylari, shuning bilan birga oʻziga hos oʻzgachaliklari ham bor. Olamoynaq dutorining
oʻzgachaligi shundaki: birinchidan, dutor dastasidagi pardalarning oʻzgachaligi (masalan, oydin
parda, shirvon pardalari); ikkinchidan, qattiq eshtiladigan tovushning, tembrining oʻzgachaligi;
uchinchidan, olamoynaq dutorning oʻziga yarashgan koʻrinishi va bezak naqshlaridagi

4

Xodjayeva.R “XALQ CHOLGʻULARIDA IJROCHILIK” (DUTOR) “Musiqa” Toshkent – 2020 B.14.

5

Muhamedova.G.M “DUTOR DARSLIGI” “OʻQITUVCHI” Toshkent – 2005. B.8.

6

Xodjayeva.R “XALQ CHOLGʻULARIDA IJROCHILIK” (DUTOR) “Musiqa” Toshkent – 2020. B.15.

7

FITRAT “OʻZBEK KLASSIK MUSIQASI VA UNING TARIXI” “Fan” Toshkent – 1993. B.29.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

56

oʻzgachaliklar hisoblanadi. Masalan; dutorning boʻynidagi suyakka oʻyilgan milliy naqshlar
“olamoynaq” deb atalishiga sabab boʻlgan; toʻrtinchidan, tovush xonasining, dastasining
oʻlchamlari, tuzilishi (formasi) va dastadagi pardalarning oʻlchamlaridagi oʻzgachaligi.
Olamoynoq dutorini yasashda ustalar tut yogʻochidan foydalanishgan va ikki usulda yasashgan,
biri qazma dutor boʻlsa, ikkinchisi tilma (qurama) dutor. Qazma dutorning tovush xonasini bir
butun tut yogʻochidan oʻyib chiqishadi. Tilma (qurama) dutorning tovush xonasini tut yogʻochini
tilip, keyin shu tilmalarni bir-biriga qurashtirib yasaladi

8

. Olamoynoq dutori ota-bobolarimiz

Berdaq, Ajiniyoz, Musa baxshi, Esjan baxshi, Amet baxshi, Hurliman qiz baxshi va hozirgi vaqtda
Ǵ.Utemuratov, T.Qalliev, shu kabi koʻpgina baxshi-sozandalarimizning qoʻlidan oʻtgan, milliy
madaniyatimizning bir qismini tashkil qiluvchi cholgʻusi hisoblanadi

9

.

“Qoraqalpoq xalq kuylari XIX asr Evropa olimlarining diqqatini tortib, ular haqida fikr

berganlari haqida ma’lum. (A.F.Eyxgori, V.A.Uagenskiy). Qoraqalpoq musiqalarini oʻz oldiga
yigʻib, notalashtirish ishlari XX asrning 20-30-yillari qoʻlga olinadi. Mashhur kompozitor
A.Zataevich qoraqalpoq xalq kuylarini yozib olib, ular haqida ma’lumotlar beradi. Bundan
tashqari qoraqalpoq xalq kuylari V.Shafrannikovning 1941- yilgi va 1959- yili “Karakalpakskie
narodnie pesni” nomli Moskvada nashr ettirilgan kitobida biroz keng turda notalar tanishtirildi.
V.Shafrannikovdan boshqa qoraqalpoq xalq kuylarin A.Xalimov, A.Sultanov, J.Shamuratov,
M.Jiyemuratov va boshqa kompozitorlar boshchiligida qoʻlga olingan”. Qoraqalpoq xalq kuylari
ustida koʻplab izlanishlar olib borgan birinchi olima sanʼat fanlarining nomzodi T.Adambaeva edi.
Uning “Revolyuciyaǵa shekemgi qaraqalpaq muzikası” (Nukus, 1976 y.) nomli kitobida
qoraqalpoq musiqasining tarixi, izlanilishi, kompozitor faoliyati, qoraqalpoq xalq kuylari va
cholgʻulari, qoraqalpoq musiqasining ijrochilari, baxshichilik hunarining oʻzgachaligi kabi
bizning musiqa madaniyatimiz haqida chuqur ilmiy analiz qilgan mehnatlaridan hisoblanadi

10

.

Qoraqalpoq xalq kuylarini notaga tushirishda yangi olim D.Allanazarovning “Qaraqalpaq

xalıq sazları” kitobi hisoblanadi (Nukus, 2002 y). D.Allanazarov bugungi kunda qoraqalpoq xalq
musiqasini notaga tuʻshirip, uni keng jamiyatga yetkazishda katta xizmat koʻrsatayotgan
ustozlarimizdan biri. Qoraqalpoq dutor kuylaridan “Qara jorǵa”, “Nama bası”, “Sayra duwtar”,
“Dás nama”, “Jaman shıǵanaq”, “Sıy perde”, “Mıń tómen”, “Ilme sultan” va yana boshqa asarlar
dalil boʻladi.

Xulosa qilib aytganda oʻzbek va qoraqalpoq dutorlarining bir-birining farqi va oʻxshashlik

taraflari mana shular boʻlib, hozirgi kunda xalq musiqamizni yanayam rivojlanib
takomillashishida va kelajak avlod uchun manba boʻlib qolishi uchun yuqori darajali ustoz-
professorlarimiz tamonidan ilmiy kitoblar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar ishlanib qoraqalpoq
olamoynoq dutori va oʻzbek milliy dutorimiz, dutor-alt,prima dutorlarining butun jamiyat va
qoʻshni xalqlargʻa tanitib, targʻibot qilib kelishmoqda.

8

D.ALLANAZAROV, I. JUMANIYAZOV, B. QALMENOV “QARAQALPAQ MILLIY ALAMOYNAQ

DUWTAR SAZENDESHILIGI SABAQLI’G’I” 1- klass, “Ǵ.Ǵulom” Toshkent – 2011. B.9.

9

MUSIQA SANʼATIDA IJROCHILIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB

MASALALARI: ANʼANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK Respublika ilmiy amaliy anjuman materiallari toʻplami
10- may 2022- yil, “Duwtar saz ásbabınıń túrleri hám atqarıw metodları”. B.281.

10

D.Allanazarov “QARAQALPAQ SAZLARI”(DUWTAR) “BILIM” Nókis – 2004. B.4.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

57

REFERENCES

1.

Sh. Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son
qarori.

2.

Xodjaeva R. “Xalq cholǵularida ijrochilik” (Dutor). Toshkent, “Musiqa” nashriyoti, 2020.

3.

Muhamedova G.M. “Dutor darsligi” Toshkent, “Oʻqituvchi”, 2005.

4.

FITRAT “OʻZBEK KLASSIK MUSIQASI VA UNING TARIXI” Toshkent “Fan” 1993-
yil.

5.

D.ALLANAZAROV, I. JUMANIYAZOV, B. QALMENOV “QARAQALPAQ MILLIY
ALAMOYNAQ DUWTAR SAZENDESHILIGI SABAQLI’G’I” 1- sinf, “Gʻ.Gʻulom”
Toshkent 2011.

6.

MUSIQA SANʼATIDA IJROCHILIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHNING
DOLZARB MASALALARI: ANʼANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK Respublika ilmiy
amaliy anjuman materiallari toʻplami 10- may 2022- yil, “Duwtar saz ásbabınıń túrleri hám
atqarıw metodları”.

7.

D.ALLANAZAROV “QARAQALPAQ SAZLARI”(DUWTAR) “BILIM” – 2004.

8.

АБАТБАЕВА, Рано. "КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ
ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР." Journal of Culture and Art 1.1 (2023): 60-66.

9.

Абатбаева,

Рано

Алламбергеновна.

"ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН

МУСИҚА

МАДАНИЯТИНИ

РИВОЖЛАНИШИДА

МАШХУР

БАСТАТОР

Н.

МУҲАММЕДДИНОВНИНГ ЎРНИ." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 648-653.

10.

Allambergenovna, Abatbaeva Rano. "THE MANIFESTATION OF EUROPEAN AND
NATIONAL TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM"." International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences 2.2 (2022): 185-187.

11.

Tajimuratova, S. (2023). FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY. Modern Science
and Research, 2(5), 196-203.

References

Sh. Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori.

Xodjaeva R. “Xalq cholǵularida ijrochilik” (Dutor). Toshkent, “Musiqa” nashriyoti, 2020.

Muhamedova G.M. “Dutor darsligi” Toshkent, “Oʻqituvchi”, 2005.

FITRAT “OʻZBEK KLASSIK MUSIQASI VA UNING TARIXI” Toshkent “Fan” 1993- yil.

D.ALLANAZAROV, I. JUMANIYAZOV, B. QALMENOV “QARAQALPAQ MILLIY ALAMOYNAQ DUWTAR SAZENDESHILIGI SABAQLI’G’I” 1- sinf, “Gʻ.Gʻulom” Toshkent 2011.

MUSIQA SANʼATIDA IJROCHILIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI: ANʼANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK Respublika ilmiy amaliy anjuman materiallari toʻplami 10- may 2022- yil, “Duwtar saz ásbabınıń túrleri hám atqarıw metodları”.

D.ALLANAZAROV “QARAQALPAQ SAZLARI”(DUWTAR) “BILIM” – 2004.

АБАТБАЕВА, Рано. "КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР." Journal of Culture and Art 1.1 (2023): 60-66.

Абатбаева, Рано Алламбергеновна. "ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН МУСИҚА МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНИШИДА МАШХУР БАСТАТОР Н. МУҲАММЕДДИНОВНИНГ ЎРНИ." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 648-653.

Allambergenovna, Abatbaeva Rano. "THE MANIFESTATION OF EUROPEAN AND NATIONAL TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM"." International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 2.2 (2022): 185-187.

Tajimuratova, S. (2023). FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY. Modern Science and Research, 2(5), 196-203.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов