MULTIDISCIPLINARY AND INTERDISCIPLINARY STUDY OF METAPHOR

HAC
Google Scholar

Abstract

In this article, the philosophical and linguocognitive theories of metaphor allow to study the creative principles of thinking in modern science, and their wide-ranging and interdisciplinary study is researched. The existence of a process of metaphorization in various fields of science, including sports, architecture, art, cinematography, politics, mathematics, physics, as well as from production-related fields such as advertising, marketing, service (names of hairstyles in hairdressers, names of dishes in restaurants) and its practical effectiveness is reflected in the article.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

136

METAFORANING KO’P TARMOQLI VA FANLARARO O`RGANILISHI

Ollomurodov Arjunbek Orifjonovich

Osiyo xalqaro universiteti ingliz tili fani o`qituvchisi

arjun.ollomurodov@icloud.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8346795

Annotatsiya.

Ushbu maqolada metaforaning falsafiy va lingvokognitiv nazariyalari

zamonaviy ilm-fanda tafakkurning yaratuvchanlik tamoyillarini oʻrganishga imkon berganligi
hamda ularning keng tarmoqli va fanlararo o`rganilishi tadqiq qilingan. Fanning turli jabhalari,
jumladan, sport, arxitektura, sanʼat, kinomatografiya, siyosat, matematika, fizika, shuningdek,
ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalardan reklama, marketing, xizmat koʻrsatish (sartaroshxonada
soch turmaklari nomi, restoranlarda taom nomlari) kabi bir qancha tarmoqlarda metaforizatsiya
jarayoni mavjudligi hamda uning amaliy samaradorligi maqolada o`z aksini topgan.

Kirish so’zlar:

emperik xususiyat, kognitiv mexanizm, tafakkur, til va ong, produktiv,

prakseologik va kreativ xususiyatlar, sotsio-kognitiv yondashuv, metaforizatsiya jarayoni.

MULTIDISCIPLINARY AND INTERDISCIPLINARY STUDY OF METAPHOR

Abstract.

In this article, the philosophical and linguocognitive theories of metaphor allow

to study the creative principles of thinking in modern science, and their wide-ranging and
interdisciplinary study is researched. The existence of a process of metaphorization in various
fields of science, including sports, architecture, art, cinematography, politics, mathematics,
physics, as well as from production-related fields such as advertising, marketing, service (names
of hairstyles in hairdressers, names of dishes in restaurants) and its practical effectiveness is
reflected in the article.

Key words:

empirical feature, cognitive mechanism, thinking, language and consciousness,

productive, praxeological and creative features, socio-cognitive approach, metaphorization
process.

МУЛЬТИДИСЦИПЛИНАРНОЕ И МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОЕ

ИССЛЕДОВАНИЕ МЕТАФОРЫ

Аннотация.

В данной статье философская и лингво-когнитивная теория

метафоры позволяет изучить принципы креативности мышления в современной науке и
исследуется их широкомасштабное и междисциплинарное исследование. Существование
процесса метафоризации в различных областях науки, в том числе в спорте, архитектуре,
искусстве, кинематографии, политике, математике, физике, а также в таких связанных
с производством сферах, как реклама, маркетинг, сервис (названия причесок в
парикмахерских, названия блюд в ресторанах) и его практическая эффективность,
которые отраженны в статье.

Ключевые слова:

эмпирический признак, когнитивный механизм, мышление, язык и

сознание, продуктивные, праксиологические и творческие особенности, социокогнитивный
подход, процесс метафоризации.


Metaforaning falsafiy va lingvokognitiv nazariyalari zamonaviy ilm-fanda tafakkurning

yaratuvchanlik tamoyillarini oʻrganishga imkon berdi. Ayniqsa, metaforaning “emperik xususiyati


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

137

va uning tayanch kognitiv mexanizm sifatidagi roli”

1

turli sohalarda amalga oshirilayotgan

oʻxshatish, qiyoslash hamda yaratish asosidagi tizimli bogʻliqlik ushbu fenomen nomini olishiga
sabab boʻldi. Har qanday sohadagi metaforik mahsulot, avvalo, til va tafakkurning oʻzaro
hamohangligi natijasidir. Zero, tafakkurda paydo boʻlgan fikr dastlab tilda oʻz aksini topib, harakat
orqali moddiylikka aylantiriladi. “Tafakkur – inson faoliyatining hamrohi. Tasavvurli tafakkur
voqelikni bevosita aks topishidan boshqacharoq koʻrinishda kechadi va uning asosida xayoliy
tasavvur yotadi. Bilvosita, xayolan tasavvur metafora, metanomiya va boshqa mental timsollar
shakllanishiga sabab boʻladi.”

2

Metaforaning koʻp aspektli va fanlararo oʻrganilishi badiiy

asarlarda berilgan metaforalarning amaliy qiymatini belgilab, uning produktiv va praksiologik
(natijali faoliyatga yoʻnaltiruvchi) xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga inson ongining kreativ (yaratuvchanlik) faoliyati metaforizatsiya jarayoni

bilan bogʻliq ekanligini namoyon etadi. Innovatsion gʻoyalar mamlakat rivoji uchun dolzarb
boʻlgan bir paytda, mazkur jarayonni oʻrganish, tahlil etish va uning qonuniyatlarini aniqlash
tilshunoslar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. T.G.Popova va Ye.V.Kurochkinalar
metaforaning kognitiv mexanizm sifatidagi xususiyatlarini yuqori baholab, quyidagicha fikr
bildirshgan: “Метафора исключительно практична. Она может быть применена в качестве
орудия описания и объяснения в любой сфере: в психотерапевтических беседах и в
разговорах между пилотами авиалиний, в ритуальных танцах и в языке программирования,
в художественном воспитании и в квантовой механике”

3

. Mazkur munosabat orqali

metaforaning fanlararo oʻrganilish sabablarini tushuntirib beradi. Metaforik fikrlash nafaqat til va
adabiyot sohasi vakillari, balki turli yoʻnalishda faoliyat yurituvchi insonlar tafakkurida ham
mavjud boʻlib, maʼlum bir muammoli masalalarda oʻrinli yechim topishga koʻmaklashadi.

Maqolada “OUT DOOR” nomini olgan taʼlimotning oddiy va sodda ijtimoiy tasvirlar

orqali korxona ishchilariga mehnat faoliyatini yaxshilash qonuniyatlari yetkazilishi tushuntirilgan.
Bunda ishchilar badan tarbiya jarayonida shunchaki oddiy mashqlar emas, balki mazkur taʼlimotni
oʻtkazuvchi yetakchining tavsiyalari bajarilishi koʻrsatilgan. “Korxon – katta kema”, “savdo
tizimida boʻlish, yelkanli kemada suzish demak, baʼzan suv sokin, baʼzan esa toshqinlarda barcha
xavf ostida qoladi” kabi tasviriy holatlar gavdalantiriladi va ishchilarga shunday holatda qanday
harakatlanishlari lozimligi tavsiya etiladi. Mazkur tasvirlar korxona kadrlarini kelajakka
tayyorlash, jamoaviy faollikni yoʻlga qoʻyish va kasbiy faoliyatlari bilan birgalikda shaxsiy
hayotga ham ruhan tayyorlanishda koʻmaklashadi. Ushbu maqolada asosiy eʼtibor yetakchi
nutqiga qaratilgan, nutqda aks ettirilayotgan tasviriy ifodalar metaforadan iborat boʻlib, inson
ongida turli tasavvurlar aks ettiradi. Matematik, fizik va ayni paytda falsafa, til sohalarida
tadqiqotlar olib boruvchi olim YU.I.Manin metaforani aynan matematikaga oʻxshatadi.

Matematik nazariyalarni tushuntirishda soʻz yoki iboralardan foydalanishning ahamiyati

xususida quyidagi fikrlarni bildiradi: “С другой стороны, не можем мы также и опустить слова
и иметь дело только с формулами. Слова в математических и естественнонаучных текстах
играют три основные роли. Во-первых, они обеспечивают многочисленные связи между
физической реальностью и миром математических абстракций. Во- вторых, слова несут
оценочные суждения (иногда явные, иногда неявные), которыми мы руководствуемся при

1

Лакофф Джордж, Джонсон Марк. Метафоры, которыми мы живем. –М.: Едиториал, 2004. ̶С.205.

2

Safarov SH. Til nazariyasi va lingvometodologiya. –Toshkent, 2015. –B.310.

3

Попова Т.Г., Курочкина Е.В. Метафора как языковой и ментальный механизм. – М.:Высшая школа, 2015. –С.2


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

138

выборе тех или иных цепочек математических рассуждений в огромном дереве «всех»
допустимых, но по большей части бессодержательных формальных выводов”

4

Demak, matematikada ham soʻz yordamisiz, sharhlar keltirib boʻlmaydi, yaʼni mazkur

oʻrinda olim tasviriy ifodalarni nazarda tutmoqda. Shuning uchun ham soʻzga baholovchi,
muhokama qilishga imkon beruvchi vosita sifatida qaraydi. Yuqoridagi fikrlarni davom ettirgan
holda matematika va tilning oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini kompyuter lingvistikasi orqali
isbotlaydi. Fransuz tadqiqotchisi Kristian Notarining kompyuter metaforasi va kognitiv
lingvistikani qiyoslab oʻrganuvchi ilmiy maqolasida ham sunʼiy intellekt tahlil qilinadi. U
kompyuter va inson miyasining bir-biriga oʻxshatilishini salbiy baholab, inson miyasi murakkab
sistemadan iborat ekanligini taʼkidlaydi

5

. Til qonuniyatlarini oʻrganuvchi olimlar nazariyalarida

berilgan “avtomatik oʻzgarish”, “mexanik qurilish” va “grammatik formula” kabi metaforik
iboralarning kompyuter tiliga mos kelish darajasini tahlil etadi.

Tilshunos Bianka Tomoni iqtisodiyot sohasidagi metaforalarni tahlil etgan boʻlib, bunda

metaforaning kognitiv xususiyatlariga tayanadi. Tadqiqot ishida iqtisodiyot sohasi, xususan, bank
tizimida foydalaniluvchi quyidagi misollar “Bank bu – jang maydoni” konseptual metaforasini
berishini koʻrsatadi. Berilgan misollar sotsio-kognitiv yondashuv asosida tahlil qilingan boʻlib,
Boers, Demecheleer, Charteris-Black, Ennis, Musolff va McCloskey kabi bir qancha iqtisodchi
olimlar nazariyalari asosida tahlil etilgan. B.Tomonining taʼkidlashicha, iqtisodiyotda
metaforalardan jamoani jalb qilish va ishontira olish maqsadida, shuningdek, nutqning izchilligini
taʼminlashda foydalaniladi.

Bank sohasiga oid 74 ta hujjat asosida toʻplangan 6000 ga yaqin metaforik iboralarni uch

guruhga ajratadi. Metaforalar tahlili matn, uning turi va tematikasiga muvofiq oʻrganilgan boʻlib,
metaforik iboralar yoʻnaltirilgan tinglovchi-qabul qiluvchilarning tushunish salohiyati inobatga
olingan hamda psixolingvistik jihatdan tahlil etilgan.

Konseptual metaforalarning tabobat olamidagi ahamiyatini kanadalik tilshunos Silvi

Vandel ochib bergan. Uning fikricha, ilm-fanning rivoji turli davlatlarda olib borilayotgan
tadqiqotlarni toʻgʻri tarjima qilishga bogʻliq. Bugungi kunda ilmiy matnlarda nafaqat maʼlum fan
doirasida termin yoki jumlalarni, balki tasviriy vositalar, xususan metaforikiboralardan tashkil
topgan murakkab gaplarni ham uchratish mumkin. Mazkur jumlalarni bir maʼnoviy guruh atrofida
birlashtirish, umumiylashtirish va maqsad hamda manba nuqtasini aniqlash ilmiy matnlar
tarjimasining adekvat boʻlishida yordam beradi.

6

Ingliz tilidagi tabobatga oid matnning fransuz

tiliga tarjima qilish jarayonida olima har ikki tildagi izohli va ensiklopedik lugʻatdan tashqari
meditsina terminologik lugʻatlaridan ham unumli foydalangan va natijada adekvat tarjimaga erisha
olgan.

Shuningdek, mazkur maqolada metaforalarga nazariy fanlarda mavjud boʻlgan murakkab

konsepsiyalarni taʼlim oluvchiga yoritib beruvchi asosiy vosita sifatida baho berilgan. Taʼkidlash
joizki, murakkab tushunchalarni tadqiq etuvchi olim va uni oʻrganuvchilar ongi oʻrtasida katta farq
boʻlib, bu yoshlarning ilm-fan doirasidan uzoqlashishlariga sabab boʻlmoqda. V.V.Pustalova
metaforani ana shu masofani yaqinlashtiruvchi vosita sifatida eʼtirof etadi.

4

Манин Ю.И. Математика как метафора. –М.: МЦНМО, 2008. – С.19.

5

Christiane NOTARI. Métaphore de l’ordinateur et linguistique cognitive. Thèse de doctorat sous la Direction de M. Jean PAMIÈS

. –Université de Toulouse II: 2008. –Р.8.

6

Sylvie Vandaele Métaphores conceptuelles en traduction biomédicale et cohérence. ̶Montréal, 2001. –Р.3


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

139

Olim misol tariqasida ekologiya fanini keltirar ekan, “bir kemadamiz” jumlasining

qoʻllanilish vaziyatlarini aynan mazkur fanga loyiq deb topadi. YAʼni, oʻquvchilarda “biz bir
kemadamiz” degan tushuncha “er – umumiy uyimiz”, “jamiyat va tabiatning chambarchas
bogʻliqligi” va “birgalikdagi harakat” kabi tasavvurlarni hosil qilishda koʻmaklashadi.

Zero, ulkan yer yuzasida sodir boʻlayotgan muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bola

ongiga yetkazib berishdan koʻra uni kichik bir kemaning holatiga qiyoslab tushuntirish samarali
natija beradi. Metaforaning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu fikrni nomoddiylikdan moddiylik
tomon undashidadir. J.Lakoff va M.Jonsonlarning olamni konseptual anglash hamda bilimlarning
emperik xususiyatlari toʻgʻrisidagi nazariyalari keyinchalik turli sohalarda amalga oshirilgan
texnik va ilmiy yangiliklarning real mexanizmi borligini aniqlashga turtki boʻldi. Ana shunday
sohalardan biri sanaot bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan reklamadir (mahsulotlarni targʻibot
qilish). Reklamalarda metaforik mexanizm va uni angash toʻgʻrisida Kristin Papas, Alen Kuper,
Kapelli Pantin, Shantal Jirard va Mari-Elen Fri Verdeylar tadqiqotlar olib borishgan. Demak,
metaforalar fan tarmoqlaridagi murakkab nazariyalarni yoshlarga yetkazib berishda muhim
ahamiyatga ega vositadir. Olamda mavjud narsa-hodiaslar oʻrtasida oʻxshashlik topish hamda uni
oʻz oʻrnida qoʻllay bilish pedagoglardan yetuk bilim va malakani talab etadi. Oʻquvchilarga
berilayotgan bilim oʻzining amaliy tadbigʻi bilan birgalikda tushuntirilishida metaforalarning oʻrni
beqiyos. Shuning uchun ham mazkur tushunchani kengroq oʻrganish va metaforik qobiliyatni
shakllantirish barcha soha vakillari, xususan, pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Metaforaning turli aspektlardagi tadqiqotlari M.V.Dyuzenli, A.N.Baranov, G.S.Baranov,

D.O.Dobrovolskiy, E.V.Budayev, YU.N. Karaulov, Dj. Fokonye, M.Terner, F.Grea,
L.V.Balashova, N.A.Ilyuxina, Z.I.Rezanova, YU.V.Tarasova, V.N.Teliya, A.P.Chudinov,
N.A.Mishankina kabi olimlarning ilmiy ishlarida oʻz aksini topgan. O.YA.Karimov
taʼkidlaganidek, “Har bir soha metaforani oʻzini qiziqtirgan aspektda oʻrganadi, oʻzi uchun muhim
tasnif prinsipiga tayanib guruhlaydi”. Biroq metaforaning eng koʻp qoʻllanilish va tahlil etilgan
sohasi, tilshunoslikdan tashqari albatta, psixologiya, metafizika va ommaviy axborot vositalaridir.
Mazkur yoʻnalishda tadqiqotlarni kuzatish natijasida, metaforalarning konseptual umumiylashuvi
mantiqiy fikr mulohazalarni soddalashtirishga yordam beradi.

REFERENCES

1.

Christiane NOTARI. Métaphore de l’ordinateur et linguistique cognitive. Thèse de
doctorat sous la Direction de M. Jean PAMIÈS. –Université de Toulouse II: 2008. –Р.8.

2.

Lakoff, G. & M. Johnson (1980). Metaphors We Live By. Chicago, Il: The University of
Chicago Press.

3.

Sylvie Vandaele Métaphores conceptuelles en traduction biomédicale et
cohérence. ̶Montréal, 2001. –Р.3

4.

Safarov SH. Til nazariyasi va lingvometodologiya. –Toshkent, 2015. –B.310.

5.

Манин Ю.И. Математика как метафора. –М.: МЦНМО, 2008. – С.19.

6.

Попова Т.Г., Курочкина Е.В. Метафора как языковой и ментальный механизм. – М.:
Высшая школа, 2015. –С.2

7.

Musayev K. Tarjima nazariyasi asoslari. Darslik. –Toshkent: Fan.2005.-B. 214-215.

8.

Karimov O. YA. Abdulla Oripov sheʼriyatida metaforik obrazlar tizimi. – T.: Oʻqituvchi,
2012. – B. 29

References

Christiane NOTARI. Métaphore de l’ordinateur et linguistique cognitive. Thèse de doctorat sous la Direction de M. Jean PAMIÈS. –Université de Toulouse II: 2008. –Р.8.

Lakoff, G. & M. Johnson (1980). Metaphors We Live By. Chicago, Il: The University of Chicago Press.

Sylvie Vandaele Métaphores conceptuelles en traduction biomédicale et cohérence. ̶Montréal, 2001. –Р.3

Safarov SH. Til nazariyasi va lingvometodologiya. –Toshkent, 2015. –B.310.

Манин Ю.И. Математика как метафора. –М.: МЦНМО, 2008. – С.19.

Попова Т.Г., Курочкина Е.В. Метафора как языковой и ментальный механизм. – М.: Высшая школа, 2015. –С.2

Musayev K. Tarjima nazariyasi asoslari. Darslik. –Toshkent: Fan.2005.-B. 214-215.

Karimov O. YA. Abdulla Oripov sheʼriyatida metaforik obrazlar tizimi. – T.: Oʻqituvchi, 2012. – B. 29

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов