ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
699
TALANTNI ANIQLASHNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Xusainova Dilrabo Ibragimjanovna
Fargona viloyati yuridik tehnikumi
yuristlar uchun ingliz tili fani o'qituvchisi 3-darajali yurist
dilu2280@mail.ru.
+99890-277-99-24
https://doi.org/10.5281/zenodo.10033123
Annotatsiya.
Mazkur maqolada talantni aniqlashning inson hayotidagi ahamiyati va
zaruriyati haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.
Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltitilgan.
Kalit so’zlar:
talant, talantni aniqlash, iqtidorli bolalar, o’qish va tarbiya.
ВАЖНОСТЬ ВЫЯВЛЕНИЯ ТАЛАНТОВ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация.
В данной статье говорится о важности и необходимости выявления
талантов в жизни человека. На протяжении всей статьи используются обоснованные
мнения и комментарии. В конце статьи даны выводы и предложения.
Ключевые слова:
талант, выявление талантов, одаренные дети, образование и
воспитание.
THE IMPORTANCE OF IDENTIFYING TALENT IN HUMAN LIFE
Abstract.
This article talks about the importance and necessity of identifying talent in
human life. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. At the end of the
article, conclusions and suggestions are given.
Key words:
talent, identifying talent, gifted children, education and education.
Iqtidorli bolalar boshqalarga o‘xshamaydigan xususiyatga ega bo‘lib, ularning qobiliyati
atrof-muhit, o‘yin, turli topshiriqlar, o‘qish va tarbiya asosida shakllanib boradi.
Ko‘p yillar davomida iqtidorlilik muammosi psixologlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda.
Olimlar olib borgan tadqiqotlar natijasi iqtidorlilikning psixologik qonuniyati va mexanizmlari
hamda iqtidor darajasini o‘rganadigan yangi metodlarni psixologiya va psixodiagnostikaga olib
kirdi.
Umuman olganda, talant ikkiga bo‘linadi: tug‘ma va yashirin. Tug‘ma talantli bolalarni
tushunish uchun, avvalo, bolalar ruhiyatining yosh xususiyatlarini bilishimiz kerak. Agarda
qobiliyat tug‘ma xislat bo‘lsa, iqtidorlilik qobiliyatning yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Qobiliyat
va iqtidorlilik inson hayoti davomida shakllanib boradi. Ba’zi bolalarda ilk yoshdan
rivojlanishning ayrim samarali ko‘rinishlari, aqliy rivojlanishning yuksalishi kuzatiladi.
Iqtidorlilik psixologiyasida uchraydigan muammolardan biri – bu, yashirin iqtidorlilikdir.
Ko‘p hollarda yashirin iqtidor oilamizning kichik a’zosida biz payqamagan holda
shakllanayotganini sezmay qolamiz. Bu vaqtda farzandimiz boshqa iqtidorli bolalarga o‘xshab
faol, muloqotchan, qiziquvchan emas, balki uyatchan, boshqalar bilan qiziqmaydigan fe’l-atvorga
ega bo‘ladi, ammo o‘zicha kitoblar o‘qiydi, ertaklar, she’rlar yozishga harakat qiladi. Shunday
vaqtda kichkintoyning ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi
kelajakda o‘z ishining malakali egasi bo‘lib yetishishi uchun yordam beradi. Shuni yodda tuti-
shimiz kerakki, iqtidorni aniqlashda dastavval, bolaning yoshi va uning psixologik xususiyatlariga
e’tibor qaratish kerak.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
700
Iqtidorli bolada quyidagi sifatlar ko‘zga tashlanadi:
qiziquvchanlik;
qo‘yilgan muammoga noodatiy yondashuv va yechim;
faol, o‘z fikrlarini mustaqil tarzda bayon etish layoqati;
boy tasavvurga ega;
xotira mustahkamligi;
o‘rganishga, o‘qishga qiziqishning yuqoriligi.
Ayrim hollarda iqtidorli bolalar o‘z tengdoshlari bilan kam muloqotga kirishadi yoki
aksincha, umuman, gaplashishni xohlashmaydi. Yodda tutishimiz kerakki, bunday bolalarning
shakllanishida bog‘cha tarbiyachisi va pedagog-psixologlarning vazifasi katta. Tarbiyachi birinchi
o‘rinda, iqtidorli bolalar haqida bilimga ega bo‘lishi lozim. Kichkintoyni turli ijodiy faoliyat turi
bilan shug‘ullantirish, kasblar haqida tanishtirish, pedagog-psixolog esa ular bilan individual,
guruhiy psixologik konsultatsiya, trening, art-terapiya hamda ota-onalar bilan suhbat ishlarini olib
borishi maqsadga muvofiq.
Ota-ona esa o‘z navbatida quyidagilarni amalda qo‘llashi zarur:
farzandingizning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay oling, uning oldiga qiyin vazifalar
qo‘ymang, topshiriqlaringiz osondan – qiyinga tarzida bo‘lsin;
farzandingizga rasm chizishi uchun turli qalamlar, bo‘yoqlar olib bering, bolangizning
ijodiy faoliyatini cheklamang;
ular bilan doim haqiqatgo‘y bo‘ling, iqtidorli bolalar aldovni yomon ko‘rishadi;
kezi kelganda bolangizdan faxrlanishingizni ayting, bu kichkintoyingizda yangi
qirralarning ochilishiga sabab bo‘ladi;
uzoq davom etadigan suhbatdan yiroq bo‘ling, chunki bola aniqlikni yoqtiradi;
bolaning individualligini hurmat qiling, o‘zingizning intilishlaringizga kichkintoy orqali
erishishga harakat qilmang.
Shunday qilsangiz farzandingizda quyidagi hislatlar shakllanishi mumkin:
o‘ziga bo‘lgan ishonch hissi;
o‘zining va o‘zgalarning qadr-qimmatini hurmat qilish;
yaxshilik, haqgo‘ylik, sabrlilik, javobgarlik, hamdo‘stlik va boshqalarni tushunish hissi.
Psixologlar qobiliyatni aniqlashda quyidagi metodlardan foydalanishlari maqsadga
muvofiq:
1.
Intellektual iqtidor: bu bolaning, o‘quvchining intellektual shakllanish qiyofasini va uning
qobiliyatini, imkoniyatini aniqlab beradi.
2.
Lingvistik iqtidor: bolaning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qobiliyatini baholab beradi.
Lingvistik qobiliyatga ega bo‘lgan bola, til yordamida matnni qiziqarli, ma’noli va mazmunga ega
tarzda bayon eta oladi.
3.
Ijodiy iqtidor: bu yo‘nalishga oid metodikalar kichkintoyning hech kimga o‘xshamagan
tarzda fikrlashi (originallik), tirishqoqligi, qiziquvchanligi, tasavvur jarayonini o‘rganadi.
REFERENCES
1.
Методические рекомендации по организации работы специалистов сферы общего
образования по выявлению и сопровождению детей, проявивших выдающиеся
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
701
способности. Авторысоставители: Яковлева Н.И., Иванова Т.С. и др. МОН РФ ГОУ
ВПО Московский государственный областной университет. 2017 г.
2.
Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – С.-Пб.: Питер, 2003.-713 с.
3.
Раҳматова Ф.Ғ. Иқтидорли ўқувчилар билан ишлашнинг назарийтехнологик
жиҳатлари. Услубий қўлланма. Самарқанд-2019. – .46 б.
4.
Психология: Словарь/ Под общ. ред. А.В.Петровского, М.Г.Ярошевского. – М., 1990.
– С. 247.
5.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. - Т.: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси»
Давлат илмий нашриёти, 2006. -264-б.