SHAPING THE WORLD VIEW OF STUDENTS THROUGH THE WORKS OF EASTERN THINKERS

HAC
Google Scholar
To share
Habibova, G. (2023). SHAPING THE WORLD VIEW OF STUDENTS THROUGH THE WORKS OF EASTERN THINKERS. Modern Science and Research, 2(12), 153–156. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26635
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, through the works of Eastern thinkers, we will study the educational methods and means of forming the worldview of our students, inculcating their approaches, ideas, and views in the minds of the young generation in their creative activities, their correct use in life, and the importance of education in the educational process. It is reflected that it has a great role, that educational education should be given before education, that education will be quality if education is formed correctly, and how necessary it is for society to educate a perfect person.


background image


153

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ASARLARI ORQALI O'QUVCHILARINING

DUNYOQARASHINI SHAKILLANTIRISH

Habibova Go'zal

Kimyo Xalqaro Universiteti magistranti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.10336421

Annotatsiya.

Maqolada Sharq mutafakkirlarining asarlari orqali o'quvchilarining

dunyoqarashini shakillantirish, ijodiy faoliyatidagi ta’limtarbiyaga oid yondashuvlari, g‘oyalari,

qarashlarini yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini o‘rganish,

hayotda ulardan to‘g‘ri foydalanish, ta’lim jarayonida tarbiyaning o‘rni katta ekanligi, ta’limdan

avval tarbiyaviy ta’limni uqtirish, tarbiya to‘g‘ri shakllantirilsa ta’lim siaftli bo‘lishi va komil

insonni tarbiyalash jamiyat uchun qanchalik zarurligi aks ettirilgan

Kalit so‘zlar

: Sharq mutafakkirlari, barkamol avlod tarbiyasi, inson, tarbiya turlari: aqliy,

axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, shaxs, taʼlim, tarbiya.

SHAPING THE WORLD VIEW OF STUDENTS THROUGH THE WORKS OF

EASTERN THINKERS

Abstract.

In the article, through the works of Eastern thinkers, we will study the

educational methods and means of forming the worldview of our students, inculcating their

approaches, ideas, and views in the minds of the young generation in their creative activities, their

correct use in life, and the importance of education in the educational process. It is reflected that

it has a great role, that educational education should be given before education, that education

will be quality if education is formed correctly, and how necessary it is for society to educate a

perfect person.

Key words:

Eastern thinkers, education of a mature generation, human, types of education:

mental, moral, physical, work, aesthetic, personality, education, upbringing.

ФОРМИРОВАНИЕ МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ ТРУДЫ

ВОСТОЧНЫХ МЫСЛИТЕЛЕЙ

Аннотация.

В статье через труды восточных мыслителей формирование

мировоззрения учащихся, изучение образовательных подходов, идей, взглядов в сознании

молодого поколения, их правильное использование в жизни, образовании отражено, что

важна роль образования в этом процессе, что образовательное образование должно быть

дано до образования, что образование будет качественным, если образование будет

правильно сформировано, и насколько необходимо обществу воспитать идеального

человека


background image


154

Ключевые слова:

восточные мыслители, воспитание зрелого поколения, человек,

виды воспитания: умственное, нравственное, физическое, трудовое, эстетическое,

личность, образование, воспитание.

O‘zbekistonda taʼlim tizimini o‘sib kelayotgan yosh avlod talablari asosida tashkil etish,

uni jamiyat taraqqiyoti istiqbollari va jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini

taʼminlash bugungi kunning dolzarb masalasidir. O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida

yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik,

kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy

fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy

fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy

manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har

qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan

qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq

mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir

ko’rsatgan.

Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafakkur

taraqqiyotining asosi bo‘lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni

ifodalaydi. Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so‘zi arabcha

“robba” fe’lidan olingan bo‘lib, o‘stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi

ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan,

imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: Tarbiya birnarsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”.

Rog‘ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga

o‘tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy,

fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir”.

Mashoyixlarning aytishlaricha: "Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati

yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur". Shuningdek, taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy

"Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir"

deya ta’kidlagan edi.

Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan

mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini e’zozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va

kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada

boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta’lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom


background image


155

ettirish lozimligini alohida ta’kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida

avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning

hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan.

Mahmud Qoshg‘ariy “Devoni lug‘atit turk” asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib

so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshirdi” deydi. Allomaning ushbu fikri

kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini

e’zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi. Bugungi kunda yosh avlodni milliy ma`naviy

axloq-odob ananalari yordamida tarbiyalash, komil inson qilib o‘stirishda sharqona odob-axloqqa

tayanish borasida boshlangich sinflar dasturida ham alohida takidlanadi.

Аbu Rаyhon Beruniyning taʼlim berish kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni

toliqtirmaydigan boʼlishiga eʼtibor beradi va shunday yozadi: “Bizning maqsadimiz oʼquvchini

toliqtirib qoʼymaslikdir. Hadeb bir narsani oʼqiy berish zerikarli boʼladi va toqatni toq qiladi. Аgar

oʼquvchi bir masaladan boshqa bir masalaga oʼtib tursa, u xuddi turli-tuman bogʼrogʼlarda sayr

qilgandek boʼladi, bir bogʼdan oʼtar-oʼtmas, boshqa bogʼ boshlanadi. Kishi ularning hammasini

koʼrgisi va tomosha qilgisi keladi. “Har bir yangi narsa rohat bagʼishlaydi” - deb behuda

aytilmagan”.

Muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy

fanlar asoslari mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining

milliy istiqlol g’oyasi va mafkura asoslari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, o’quvchilarda

ularga nisbatan munosabatni shakllantirish samarali yo’l hisoblanadi. Boshlang’ich sinf

o’quvchilarida lmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotning, xalq og’zaki ijodining,

ertaklarning, hikoya va qissalarning ahamiyati katta. Kelajagi buyuk davlatni barpo qilguvchi

mamlakatning butun aholisi faqat tijorat, din, oldi-sotdi bilangina shug’ullanavermasdan eng

avvalo ishlab chiqarishni, ilmfanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, umuman ma’rifatga

birinchi darajali e’tibor berish tufayligina ko’tarilish mumkinligini tushunish ham ilmiy

dunyoqarashni shakllantirishga kiradi. Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir, ikki,

uch kishi yoki bir necha guruh tomonidan bo’lmay, balki ko’pchilik, ijtimoiy fikr tomonidan

bajariladigan ijtimoiy-tarixiy harakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish

kishidan ko’p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir.

Xulosa qilib aytganda, buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan O’zbekiston sharoitida

mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo’lishi davr taqozosidir, chunki shaxsiy dunyoqarashga ega

bo’lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir

bo’ladilar.


background image


156

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoyev ”Ma’naviy taraqqiyot” Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi.

261-bet Sh.M.Mirziyoyev ”Ma’naviy taraqqiyot” Ta’lim – tarbiya : yangi: imkoniyatlar 211

bet.

2.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. T.: “Hilol-nashr”. 2013 y.

3.

A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008 y.

4.

M.Xajiyeva. Xoja Ahmad Yassaviyning ma’naviy-tarbiyaviy qarashlari. Avtoreferat. T.:

2004 y.

5.

M.Shoxadjyaev. Burxoniddin Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlari.

Avtoreferat. T.: 2006 y.

6.

M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y

References

Sh.M.Mirziyoyev ”Ma’naviy taraqqiyot” Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi. 261-bet Sh.M.Mirziyoyev ”Ma’naviy taraqqiyot” Ta’lim – tarbiya : yangi: imkoniyatlar 211 bet.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. T.: “Hilol-nashr”. 2013 y.

A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008 y.

M.Xajiyeva. Xoja Ahmad Yassaviyning ma’naviy-tarbiyaviy qarashlari. Avtoreferat. T.: 2004 y.

M.Shoxadjyaev. Burxoniddin Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlari. Avtoreferat. T.: 2006 y.

M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов