ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
301
HUDUDLAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TARAQQIYOT
STRATEGIYASI
Raxmonqulova Nafisa Olimjon qizi
Osiyo xalqaro universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10353172
Annotatsiya.
Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mamakatimizda bir qator
islohatlar amalga oshirilmoqda. Bunday islohatlar natijasi o‘laroq harakatlar strategiyasi
yaratildi. Ushbu maqolada iqtisodiyotni rivojlantirishda harakatlar strategiyasining ahamiyati
xususida ma’lumotlar berildi. Jadal rivojlangan mamlakatlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri haqida gap bordi. Aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob
qilindi.
Kalit so‘zlar:
strategiya, jadallashtirish, budjet, sanoat zonalari, aholi daromadi,
moliyaviy barqarorlik.
DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF THE REGIONAL
ECONOMY
Abstract.
In order to develop the regional economy, a number of reforms are being
implemented in our country. As a result of such reforms, an action strategy was created. This
article provides information on the importance of action strategy in economic development. The
influence of rapidly developed countries on the economy of Uzbekistan was discussed. The work
done to ensure the employment of the population was summarized.
Key words:
strategy, acceleration, budget, industrial zones, population income, financial
stability.
СТРАТЕГИЯ РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ РЕГИОНА
Аннотация.
В нашей стране реализуется ряд реформ, направленных на развитие
региональной экономики. В результате таких реформ была создана стратегия действий.
В этой статье представлена информация о важности стратегии действий в
экономическом развитии. Обсуждалось влияние быстроразвивающихся стран на
экономику Узбекистана. Подведены итоги проделанной работы по обеспечению
занятости населения.
Ключевые слова:
стратегия, акселерация, бюджет, промзоны, доходы населения,
финансовая устойчивость.
Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan asosiy
maqsad va vazifalardan biridir. Chunki mintaqada qoloq va sohalari rivojlanmay qolgan hudud
bo‘lmasligi lozim. O‘zbekiston hozirda jadal qadamlar bilan iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lidan
bormoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zining 2023-yil 7-maydagi nutqida quyidagi
fikrlarni ilgari surgan edilar: “Shuncha sa’y-harakatlarimiz, qabul qilayotgan qarorlarimiz
qishloqdagi oddiy odamlar hayotiga nima o‘zgarish olib kirayapti, daromadi ko‘paydimi, ishga
joylashdimi, bolasi o‘qishga kirdimi, uyli-joyli bo‘ldimi, to‘yib ovqatlanayaptimi, toza suv
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
302
ichyaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi. Bu barcha darajadagi rahbarlar xalqimiz oldida
javob berishi kerak bo‘lgan eng asosiy savollardir”.
1
2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini
takomillashtirish Strategiyasida budjet jarayoniga jamoatchilikni jalb etishni yanada kengaytirish
choralari ko‘rish, shuningdek, fuqarolarning byudjet jarayonidagi faol ishtirokini qo‘llab-
quvvatlash, o‘rta muddatda soliq-byudjet siyosatining ustuvor va asosiy yo‘nalishlarini muhokama
qilishda fuqarolar ishtirokini ta’minlash mexanizmlarini keng qo‘llash (xususan, byudjet
mablag‘larining xarajatlari yo‘nalishida) belgilangan. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida esa ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish va ustuvor
tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim loyihalar barcha hududlarning talablari va
mahalliy tashabbuskorlarning takliflarini inobatga olgan holda mahalliy jamoatchilik ishtirokida
keng muhokama qilinganidan keyin qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Aynan shu qonun-hujjatlari doirasida hududlarda iqtisodiy harakatlar olib borilmoqda.
Ushbu strategiya tamoyillari asosida rivojlanuvchi turli sohalar uchun talab va takliflar ilgari
surildi. Bugungi kunda Respublikamiz hududlarida o‘z va moliyaviy daromadlar asosida ko‘plab
tadbirlar amalga oshirildi.
Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo’nalishlari quyidagi vazifalarni tashkil etadi: Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, Xarajatlarning ijtimoiy
yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni
ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo
munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish siyosatini davom ettirish, solik ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli
rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish,
jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta
o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy
investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Hududlar iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yaratilgan harakatlar strategiyasi zamirida
quyidagilar yotadi:
-
hududlar iqtisodiyotini keng miqiyosda rivojlantirish;
-
hududlar iqtisodiyotini rivojlanish tezligini barqarorlashtirish;
-
hududlarda sanoat zonalarining tarmoqlarini ko‘paytirish;
-
iqtisodiy jihatdan qoloq hududlarni isloh qilish;
-
strategiya tamoyillari asosida hududlarni qayta rekonstruksiya qilish;
-
mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish;
-
tadbirkorlik orqali aholi bandligini ta’minlash;
-
bandlikka ko‘maklashish;
-
tarmoq va hudud bo‘yicha jamoatchilik fikrini bilish;
-
aholi muammolariga yechim topish.
1
uza.uz
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
303
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risidagi Qonunda shunga e’tibor qaratishimiz lozim:
2
Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va
ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli,
aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga
oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini
liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal
rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad
manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ushbu qonun-hujjatida belgilab qo‘yilgan yuqoridagi talablardan tashqari aholi
hayotining ajralmas negizi bo‘lgan davlat xizmatlari xususidagi bandlar diqqatni tortadi. Bu
bandlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining yashash tarzini yaxshilash, aholiga sifat
ko‘rsatishni aniq nazoratga olish va shu vositasida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish.
Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai nazaridan olib qaraganda mintaqalarda
sanoatning raqobatbardoshligini oshirish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, o‘z
imkoniyatlari hisobiga ichki talabni qondirish, yangi talab uchun sarmoya kiritish, hududlararo,
respublika va xalqaro bozorlar ulushini kengaytirish, sinergetika samarasini olish, resurs tejamkor
siyosatni ishlab chiqish, byudjet yig‘imlarini ko‘paytirish, moliyaviy barqarorlik va hududlar
mustaqilligini ta’minlash muhim hisoblanadi.
3
Valyuta bozori liberallashuvi tashqi savdoga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu sohada
raqobatbardoshlikni oshirish, eksport korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish, ularga
imtiyozlar tizimini takomillashtirish, bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish va tashqi savdo
operatsiyalarini amalga oshirish muddatlarini keskin qisqartirish, tashqi savdo tariflarini
pasaytirishga oid hujjatlarni rasmiylashtirishlarning elektron shakliga o‘tish va boshqa chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda.
4
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, iqtisodiy rivojlangan mamlakatning aholisi ham turli
imtiyozlarga ega bo‘ladi. Hududlarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlagan davlatgina ko‘zlagan
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. lex.uz
3
Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутаносиблиги. Инсон тараққиёти тўғрисида маъруза.-Т.: БМТ
тараққиёт дастури, Иқтисодий тадқиқотлар маркази, 2008, -Б. 41.
4
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти: назария ва амалиёт. Дарслик. Қайта ишланган ва тўлдирилган 3-
нашри. - Т.: ЎзФА “ФАН” нашриёти, 2019.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
304
maqsadiga erisha oladi. Yangi natijalar ko‘rsata oladi. Harakatlar strategiyasini hayotga da’vat
qilib har tamonlama rivojlanishga erishish mumkin.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. lex.uz
2.
Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутаносиблиги. Инсон тараққиёти тўғрисида
маъруза.-Т.: БМТ тараққиёт дастури, Иқтисодий тадқиқотлар маркази, 2008, -Б. 41.
3.
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти: назария ва амалиёт. Дарслик. Қайта
ишланган ва тўлдирилган 3-нашри. - Т.: ЎзФА “ФАН” нашриёти, 2019.
4.
Явмутов, Д. Ш., & Ракҳманқулова, Н. О. (2021). Бухоро Вилоятида Кичик Саноат
Зоналарининг Ривожланиши. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN
ILMIY JURNALI, 1(2), 10-13.
5.
Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ
РАСЧЕТА ПРОДУКЦИИ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ. IJTIMOIY FANLARDA
INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 12-17.
6.
Орипов, М. А., Аминова, Н. Б., & Рахманкулова, Н. О. (2020). Экологически чистое
и устойчивое управление цепочками поставок в экономике платформы. Вестник
науки и образования, (13-2 (91)), 28-30.
7.
Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE
INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.
8.
Alisher
Khudoynazarovich
Shadiyev.
(2023).
FUNCTIONS,
METHODS,
MANAGEMENT DECISIONS AND SOCIAL FACTORS OF EDUCATIONAL
MANAGEMENT. American Journal of Public Diplomacy and International Studies
(2993-2157), 1(9), 87–93.
9.
Shadiyev, A. (2022). EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF SINGAPORE
TOURISM IN UZBEKISTAN. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz),
23(23).
10.
Shadiyev, A. K. (2021). Development and organization catering service in hospitality.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 381-387.
11.
Bazarova, M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING SERVICES IN
THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF BUKHARA
REGION. Modern Science and Research, 2(10), 798–804.
12.
Supievna, B. M. (2023). USING EFFECTIVE WAYS OF CONDUCTING MARKETING
RESEARCH IN INTERNATIONAL COMPANIES. Finland International Scientific
Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(6), 624-629.
13.
Bakhodirovich, K. B. (2023). International accounting models and their characteristics in
the conditions of innovative economy. Zien Journal of Social Sciences and Humanities,
21, 56-60.
14.
Bakhodirovich, K. B. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF IMPROVING
ACCOUNTING IN SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP.
IMRAS, 6(6), 161-165.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
305
15.
To’rayevna, S. N. . (2023). Biznes Sohasida Xodimlarni Topish Va Tanlash Bosqichlari.
Miasto Przyszłości, 41, 184–190.
16.
Sodiqova, N. (2023). DIGITAL LABOR IN THE NEW ECONOMY. Modern Science
and Research, 2(10), 293–300.
17.
Toshov, M. (2023). PERSONNEL MANAGEMENT AND THEIR EVALUATION IN
MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 535–541.
18.
Toshov, M. (2023). PERSONNEL MANAGEMENT AND THEIR EVALUATION IN
MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 535–541.
19.
Akbarovna, N. N. (2023). RAQAMLI IQTISODIYOTDA MOLIYA VA MOLIYAVIY
TEXNOLOGIYALARNING ORNI. Gospodarka i Innowacje., 41, 446-449.
20.
Bahromjon, X., & Nargiza, N. . (2023). THE PROCEDURE FOR DRAWING UP
FINANCIAL STATEMENTS IN JOINT-STOCK COMPANIES ON THE BASIS OF
INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS. Modern Science and
Research, 2(10), 805–811.
21.
Алимова Ш. А., Ниёзова И. Н. Бизнес-коммуникации в системе управления
промышленных структур //Academy,(1 (64)). – 2021. – С. 55-57.
22.
Alimova S. O. FEATURES OF THE STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF
INDUSTRIAL ENTERPRISES.
23.
Jumaeva, Z. Q. "REGIONAL FEATURES OF INVESTMENT POLICY OF
UZBEKISTAN." Central Asian Problems of Modern Science and Education 2020.1
(2020): 48-55.
24.
Bustonovna, D. Z. (2023). DIGITAL TECHNOLOGIES IN SHAPING THE E-
COMMERCE ENVIRONMENT. Gospodarka i Innowacje., 41, 316-320.
25.
Jumayeva, Z. (2023). THEORY OF MARKET EQUILIBRIUM, SUPPLY AND
DEMAND. Modern Science and Research, 2(10), 740–743.
26.
uza.uz