Barkamol avlod kamoloti- taraqqiyot kafolati

HAC
Google Scholar
To share
Saydullayev, A. (2024). Barkamol avlod kamoloti- taraqqiyot kafolati. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28127
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda barkamol avlod kamolotida taʼlim va tarbiya masalalari koʻrib chiqilgan.

Similar Articles


background image

Barkamol avlod kamoloti- taraqqiyot kafolati

Saydullayev A.N.

Toshkent amaliy fanlar universiteti

“Pedagogika” kafedrasi katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466943

Tayanch soʻzlar:

barkamol avlod, taʼlim-tarbiya, yoshlar, uzluksiz taʼlim tizimi, pedagogik mahorat, professional

taʼlim tizimi.

Ключевые слова:

гармонично развитое поколение, воспитание, молодёжь, система непреревного образования,

педагогическое мастерство, система профессионального образования.

Key words:

harmoniously developed generation, upbringing, youth, preschool education system, pedagogical skills,

vocational education system.

REZYUME

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda barkamol avlod kamolotida taʼlim va tarbiya masalalari koʻrib chiqilgan.

Hammamizga ayonki, bugungi murakkab

globallashuv davrida jamiyatimizda milliy gʻoya va
mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni
turli zararli gʻoya va tahdidlardan asrash, ularni oʻz
mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar
insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

(Sh.M.Mirziyoyev)

Oʻzbekiston

Respublikasida

amalga

oshirilayotgan taʼlim islohotlari davrida yurtimiz
yoshlari ongida yangicha tafakkurni, milliy ongni
shakllantirish, isteʼdod egalarini izlab topish va
ularni tarbiyalashdek olijanob vazifalarga alohida
eʼtibor berila boshlandi. Shu jihatdan qaraganda,
jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib
oʻrin egallash uchun isteʼdod egalarini aniqlab,
tarbiyalashniig manbalari va vositalarini koʻrib
chiqish, davlat va nodavlat taʼlim tizimlari va
boshqa tarmoq vazirliklari hamma sohalardagi
axloqiy-tarbiya masalalarini kompleks yechish ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar
mamlakatimiz intellektual salohiyatini oshirishni
yanada tezlashtiradi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda muhtaram

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida
Oʻzbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish
boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli
islohotlar tufayli barcha jabhada tub oʻzgarishlar
roʻy bermoqda, xalqimizning dunyoqarashi, ongu
tafakkuri yuksalmoqda. Jamiyatimizda yangicha
qadriyat va anʼanalar shakllanmoqda.

Jamiyat taraqqiyoti sharoitida har bir faoliyat,

jumladan, pedagogik faoliyatning ham ilmiy
asoslanganligi, erishilgan natijasi bilan hisoblanadi.
Shuni alohida qayd etish joizki, pedagogik
nazariyadagi quruq safsata, amaliyotdagi subyektiv
mavhumlik

bugun

davlatimiz

rahbari

Sh.M.Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli
barham topa boshladi. Komil inson tarbiyasi
masalalari amaliyotda oʻz ijobiy samarasini
koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida

tub islohotlar yoʻlidan borar ekan, oʻz
fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo

etishga bel bogʻlagan, oʻsib kelayotgan avlod va
boʻlajak mutaxassislarning barkamol boʻlib
voyaga yetishlariga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha
davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi
va asosiy maqsadi boʻlib kelgan. Tabiiyki,
hozirgi taʼlim islohatlari sharoitida ham barkamol
shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyev

2020-yil

29-dekabrdagi

murojaatnomasida

“Biz

oʻz

oldimizga

mamlakatimizda

Uchinchi

Renessans

poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni
qoʻygan

ekanmiz,

buning

uchun

yangi

Xorazmiylar,

Beruniylar,

Ibn

Sinolar,

Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab
beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz
kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani
rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror
toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy
ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari
boʻlib xizmat qilishi lozim”, — deydi. “Ushbu
maqsad yoʻlida yoshlarimiz oʻz oldiga katta
marralarni qoʻyib, ularga erishishlari uchun keng
imkoniyatlar yaratish va har tomonlama koʻmak
berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa
boʻlishi zarur. Shundagina farzandlarimiz
xalqimizning asriy orzu-umidlarini roʻyobga
chiqaradigan

buyuk

va

qudratli

kuchga

aylanadi”.

Davlatimiz

rahbari

ning

2020-yil

30-

sentyabrdagi “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ga
bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida

taʼlim

va tarbiya sohasidagi eng ustuvor yoʻnalishlarni
belgilab berar ekan, taʼlimning taraqqiyot
bosqichlariga, qabul qilingan “Uzluksiz tarbiya
konsepsiyasi”

talablari

va

umumtaʼlim

maktablarida oʻqitilayotgan “Tarbiya” fanining
dolzarbligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Mamlakatimizda

amalga

oshirilayotgan

taʼlim-tarbiya siyosatini butun mazmun-mohiyatini
barkamol avlod kamoloti va yoshlar taʼlim
tarbiyasining mazmuni tashkil etadi. Chunki oiladagi
sogʻlom psixologik jarayon va oilaviy taʼlim-tarbiya,
yoshlar istiqomat qilayotgan mahalla, koʻcha hayoti,


background image

u yerdagi mavjud ijtimoiy psixologik muhit barkamol
avlod kamolotida juda katta ahamiyat kasb etadi.

Psixologik tadqiqotlardan maʼlumki, taʼlim va

tarbiyadagi obyektiv shart-sharoitlar, ijtimoiy muhit
voqea-hodisalari oʻsmirning ongi, hohish-irodasiga
boʻysunmagan holda taʼsir etadi va uning ongi,
dunyoqarashi, shaxs sifatida shakllanish va xulq-
atvori mazmunini belgilab beradi. Shaxsdagi u yoki
bu xildagi xususiyatlar kishining ijtimoiy hayot
faoliyati, uni qurshab olgan obyektiv shart-sharoitlar
va voqea-hodisalar taʼsirida vujudga keladi. Ushbu
shart-sharoitlar va obyektiv munosabatlar xarakteri
individning shaxs sifatida shakllanishiga asos boʻlib
xizmat qiladi.

Demak

aytish

mumkinki,

shaxs

xususiyatlarining

shakllanishi

nafaqat

inson

organizmining nasliy xususiyatlariga, balki eng
avvalo u aloqada boʻlgan ijtimoiy muhitga ham koʻp
jihatdan bogʻliq boʻladi. Ijtimoiy turmush shart-
sharoitlari provard natijada inson xulq-atvorining
shakl va tamoyilini belgilab beradi.

Maʼlumki, har bir jamiyatning ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyoti, faol pozitsiyasi shu jamiyat
aʼzolarining aqliy salohiyatiga, bilimdonligiga va
yuksak manaviy axloqiy fazilatlariga bogʻliq boʻladi.
Shaxsdagi mazkur fazilatlar, xislatlar dastlab oilada,
soʻngra esa oila muhitida shakllana boshlaydi. Shu
tufayli ham barcha davrlarda, barcha zamonlarda
oilaning eng muhim va eng asosiy vazifalaridan biri
bu farzandlarni har tomonlama komil inson qilib
voyaga yetkazish hisoblangan.

Ayniqsa bu jarayonga, yosh avlod taʼlim

tarbiyasiga, barkamol inson kamolotiga, uning kasb
egallashiga, jamiyatda oʻzining munosib oʻrniga ega
boʻlishi

va

jamiyatning

ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotiga munosib hissa qoʻsha olishiga
bugundan alohida ahamiyat qaratish lozimligiga
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” va “Taʼlim
toʻgʻrisida”gi qonunda ham alohida taʼkidlab
oʻtilgan.

Bu jarayonni nechogʻli samarali amalga

oshirish bevosita oilaning tarbiyaviy funksiyaga
bogʻliqdir. Haqiqatdan ham oila yoshlarda milliy
qadriyatlarni,

axloqiy

fazilatlarni,

shaxsiy

xususiyatlarni, hayotiy mezon va meʼyorlarni, odob
va axloqni shakllantiruvchi muhim maskandir.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda koʻpchilik

oilalarda, asosan yosh oilalarda farzand tarbiyasiga
yetarlicha eʼtibor qaratilmayayotganligi, yurtimizda
amalga tadbiq etilayotgan tub islohotlarning mazmun
mohiyati ularga yetarlicha toʻlaqonli yetkazib
berilmayotganligi bugungi kunda hech kimga sir
emas. Buning oqibatida yoshlarda sabr, matonat,
mavjud qiyinchiliklarni mardanovor yengib oʻtishga
intilish va kelajakka nisbatan komil ishonch bilan
qarashdagi layoqatining yetishmasligi, teran fikrlay
olmaslik singari illatlar yaqqol koʻzga tashlanib
qolmaqda.

Vaholanki, yuqorida qayd etganimiz singari

bugungi taʼlim va tarbiya islohoti boʻyicha
mamlakatimizda olib borilayotgan ibratli tadbirlar,
amalga oshirilayotgan ishlar maqtovga sazavordir.
Zamon talablariga toʻliq javob bera oladigan

zamonaviy taʼlim muassasalarining bunyod etilishi,
yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
uchun turli xil fan toʻgaraklarining barpo etilishi,
sogʻlom turmush tarzi targʻiboti boʻyicha amalga
oshirilayotgan ishlar fikrimizning yorqin dalilidir.

Oila

tarbiyasida

bolalarning

yosh

va

individual-psixologik

xususiyatlarining eʼtiborga

olinmasligi ularni yomon yoʻllarga kirib ketishlariga
sabab boʻladi. Shuning uchun ham ota-onalar oilada
farzand tarbiyasida, ular bilan boʻladigan oʻzaro
munosabatlarda,

muomalada

yosh

davri

xususiyatlarini hisobga olgan holda ish yuritsalar, har
bir oilada tarbiya samaradorligi yuqori boʻlar edi.

Oilada farzand tarbiyasidagi yana bir asosiy

muammo

bu

ota-onalarda

farzand

tarbiyasi

toʻgʻrisidagi bilim, koʻnikma va malakalarning
yetishmasligidadir.

Barchamizga maʼlumki, bizning xalqimiz

tarixdan juda katta maʼnaviy va madaniy
qadriyatlarga ega xalqdir. Toʻplangan ana shu boy
madaniy, maʼrifiy qadriyatlar, urf-odatlar va
anʼanalar,

xalq

rasm-rusumlari

orqali

farzandlarimizni tarbiyalab voyaga yetkazsak, biz
tarbiyada koʻzlangan natijaga erishishimizga hech
qanday shubha yoʻq.

Boy madaniy maʼrifiy merosimiz, tarixda

oʻzini oqlagan milliy tarbiya usullari orqali
tarbiyalangan farzandlarlarimiz, ilmda, odob-axloqda,
aql-zakovatda va mehr-oqibat butun dunyoga namuna
boʻla oladi.

Maʼlumki, balogʻat yoshi hisoblangan oʻsmirlik

davrida keskin psixofiziologik oʻzgarishlar sodir
boʻladi. Ushbu oʻzgarishlar koʻpincha oʻsmir
ruhiyatiga ham salbiy taʼsir oʻtkazadi. Bu oʻsmirda
tajanglik, serzardalik, injiqlik, taʼsirlanuvchanlik
holatlarining kelib chiqishiga sabab boʻladi. Oʻsmir
ruhiy dunyosida paydo boʻlgan bunday oʻzgarishlar
balogʻat davri oʻtishi bilan bir meʼyorga kelib qoladi.
Shuning uchun balogʻat yoshi davrida ota-onalar
oʻsmirlar tarbiyasiga alohida eʼtibor berishlari, ularda
kechayotgan psixofiziologik oʻzgarishlarni hisobga
olishlari maqsadga muvofiqdir. Koʻpincha oilaviy
tarbiyada bolalarning yosh va individual-psixologik
xususiyatlarining inobatga olinmasligi ularning
notoʻgʻri, yomon yoʻllarga kirib ketishlariga sabab
boʻladi. Shu boisdan ota-onalar oilaviy tarbiyada,
farzandlari

bilan

boʻladigan

shaxslararo

munosabatlarda, ular bilan muomala qilishda shaxs
va yosh davri xususiyatlarini hisobga olgan holda ish
tutsalar

oilaviy

tarbiyaning

samarasi

yuqori

boʻlishligini taʼminlagan boʻlur edi.

Ota-onalarda

bolalar tarbiyasi toʻgʻrisidagi

nazariy va amaliy bilim va maʼlumotlarning
yetishmasligi oilaviy tarbiyada nuqsonlarning kelib
chiqishiga sabab boʻladi.

Maʼlumki, oʻzbek xalqi boy maʼnaviy, madaniy

qadriyatlarga ega. Ana shu qadriyatlar, urf-odatlar,
rasm-rusumlar va tarbiya usullari orqali bobolarimiz,
momolarimiz

farzandlarini

tarbiyalab

voyaga

yetkazishgan. Milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan
farzandlar odob-axloqda, aql-zakovatda, mehr-oqibat
va xalqparvarlikda, jasurlik va mardlikda nom
qozongan.


background image

Xabaringiz bor xalqimiz uzoq yillar mobaynida

yevropacha turmush tarzini boshidan kechirdi. Bir
necha ming yillik urf-odatlar, rasm-rusumlar,
anʼanalar va milliy tarbiya usullari oʻrniga
yevropacha tarbiya madaniyati kirib keldi. Ular
baʼzan tazyiq orqali ham kiritildi. Natijada xalqimiz
tarixan shakllangan boy madaniy va maʼnaviy
merosidan, oilaviy tarbiya usullaridan ayrildi.

Nazarimizda bunday holat bugungi kunda

oʻzbek oilalaridagi tarbiya samarasiga qaysidir
maʼnoda salbiy taʼsir koʻrsatdi. Natijada oilaviy
tarbiyaning taʼsirchanlik roli pasaydi. Ota-ona va
bolalar oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
Oilalarda mehr-oqibat, kichiklarga izzat, kattalarga
hurmat yoʻqola boshladi. Bu oxir oqibat atrofga,
jamiyatga ham taʼsir eta boshladi. Shu boisdan boʻlsa
kerak, bugun koʻcha-kuyda yoshlarning oʻzini
tutushlari, muomala munosabatlari baʼzan kishining
gʻashini keltiradi.

Yoshlarimizda oʻzbek xalqiga xos boʻlgan mehr-

shafqatlilik, bagʻrikenglik, nochorlar, dardmanlar
holidan xabar olish, ularga yordam berish xislatlari
negadir bugungi kunda koʻrinmay borayapti.
Yoshlarimiz oʻrtasida xasislik, boqibegʻamlik,
loqaydlik,

betga

choparlik,

manfaatparastlik,

tamagirlik, koʻzbuyamachilik kabi illatlar kuchayib
bormoqda.

Bugungi kunda oʻzbek oilasida mavjud boʻlgan

tarbiyadagi nuqsonlardan yana biri ota-onalarning rad
etish, taqiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi tarbiyalash
usulidir. Bu xildagi tarbiya usulida bolalarning
xoxish-istagi, oʻy-xayollari, orzu va intilishlari, fikr
va mulohazalari inobatga olinmaydi. Bundan tashqari
bunday tarbiya usulida bolalarga oʻz fikr
mulohazalarini ochiqcha bayon etish, mustaqil
qarorlarga kelish va muayyan vaziyatlarga oʻz
nuqtayi nazarini bildirish imkoniyati cheklanadi.
Bunday tarbiya usulida baʼzan bolalarning hatti-
harakatlari majburiy tarzda taqiqlash usullari bilan
boshqarib boriladi. Uyda bu narsaga tegish mumkin,
bu narsaga tegish mumkin emas, bu kiyimni kiyasan,
bunisini kiymaysan qabilidagi munosabat oʻrnatiladi.
Bolaning qiziqishi, erkinligi, oʻziga yoqqan kiyimni
kiyishi, kungli istagan ish bilan mashgʻul boʻlishi,
qiziqqan kitobini oʻqishi va xoxlagan sport turi bilan
shugʻullanishi ota-ona ixtiyori bilan amalga
oshiriladi. Oilada ota yoki onaning aytgani-aytgan,
degani-degan boʻladi. Bunday usulda tarbiyalangan
bolalarda mustaqil fikr yuritish qobiliyatining sust
rivojlanishi, tortinchoqlik, oʻz fikr–mulohazalarini
bayon eta olmaslik, tobelik, qoʻrqoqlik va jurʼatsizlik
kabi salbiy xislatlar yorqin namoyon boʻladi.
Jurʼatsiz, tobe, tortinchoq bolada faollik va oʻz-oʻziga
ishonch hissi yetishmaydi. Shuningdek, ularda
nutqning sust rivojlanishi holati ham kuzatiladi.
Bunday bolalar butun umr davomida birovlarga tobe
boʻlib

yashaydilar.

Ularda

rahbarlik,

boshqaruvchanlik

qobiliyatlari

sust

rivojlangan

boʻladi. Ular birovlarning gap–soʻzlariga tez
uchadilar.

Shuning

uchun

ular

aldovlar,

koʻzbuyamachiliklar,

taʼmagirliklar

qoʻrboniga

aylanadilar. Ulardagi fikrlash qobiliyatining sust
rivojlanganligi nizoli vaziyatlarga tez-tez tushib

qolishlikka sabab boʻladi. Bundaylar nizoli
vaziyatlarda toʻgʻri qarorlar qabul qilishga
qiynaladilar. Ular birovlarning taʼsiri, qistovi yoki
majburlashi natijasida turli xil qonunbuzarliklarni
amalga oshirishlari mumkin.

Oʻzbek

oilalarida

berilayotgan

tarbiya

nuqsonlaridan yana biri oilaviy tarbiyada milliy
qadriyatlarimizdan, yaʼni ertak, maqol, rivoyat va
hadis ilmidan yetarlicha foydalanilmayotganligidir.

Oʻzbek oilalarida ota-onalarning farzandlarni

tarbiyalashdagi

kamchiliklaridan

yana

biri

bolalarning

tarbiyasiga

yoshligidan

eʼtibor

bermaslikdir. Axir xalqimizda “toʻqqizida boʻlmagan
toʻqsonida ham boʻlmaydi” degan ajoyib naql borku.
Bolani qanchalik erta oʻrgatsang, tarbiya bersang
shunchalik tez moslashadi, oʻrganadi. Afsuski,
koʻpgina ota-onalar yoshligida farzandimning qorni
toʻq, usti but boʻlsa boʻldi deb oʻylashadi. Yoshi 16-
17ga borib, maktabni bitirayotganda esa farzandi
haqida oʻylab qolishadi. Bu davrga kelib farzand
tarbiyasi, uning ertangi kuni haqida oʻylashligi kech
boʻlganligini

koʻpchilik

ota-onalar

anglab

yetmaydilar.

Oilada ota-onalarning tarbiyada yoʻl qoʻyayotgan

kamchiliklaridan boshqa biri bolalarning yosh va
individual-psixologik

xususiyatlarini

hisobga

olmaslikdir.

Koʻpchiligimiz

oiladagi

barcha

farzandlarga bir xil tarbiya berishga oʻrganib
qolganmiz. Bilamizki, bolalar tabiatan har xil
koʻrinishli, turli xil xarakterli, qobiliyatli yoki
qobiliyatsiz, ogʻir, vazmin yoki harakatchan
boʻlishadilar.

Aynan ushbu jihatlarga koʻra, bolalarga

yondashish, ular bilan munosabatda boʻlish va tarbiya
berish usulini tanlash maqsadga muvofiqligini
unutmasligimiz kerak. Shu oʻrinda alohida taʼkidlash
lozimki, bizning oilalarimizda oilaviy tarbiyada
milliy qadriyatlarimizdan, xalq urf-odatlari va
anʼanalarimizdan, rasm-rusum va odatlarimizdan
foydalanayotganimizda

ertak,

maqol,

masal,

rivoyatlar va xalq ogʻzaki ijodi bilan bir qatorda va
“Quron” va hadis ilmlaridan toʻlaqonli foydalansak
tarbiyada koʻzlagan maqsadimizga tez va oson
erishamiz.

Aynan shu xususida Paygʻambarimiz (sollallohu

alayhi va sallam) bunday deganlar: “Avlodlaringizni,
birinchidan:

“Allohni

sevadigan

qilib

tarbiyalanglar...” Chunki Alloh Taolo uni yoʻqdan
bor etib, ota-onani uning dunyoga kelishiga sababchi
qildi. Va ularning qalblariga farzand mehru
muhabbatini soldi. Agar Alloh taolo farzand
muhabbatini qalbga solmaganida, uni bagʻriga
bosmasdi, rahm-shafqat qilmasdi, koʻchaga tashlab
ketgan boʻlardi. Shuning uchun farzand Alloh taoloni
sevib, unga shukrlar qilishi lozim.

Ikkinchidan: “Allohning Rasulini sevadigan

qilib tarbiyalanglar”. Chunki Alloh taolo
Rasulullohni (sollallohu alayhi va sallam) xalq
orasidan tanlab olib, xalqqa Paygʻambar qilib
yuborgan. Qurʼoni karimning Anbiyo surasi 107-
oyatida ul zotni “Biz sizni (butun) olamlarga rahmat
qilib yuborganmiz”

,

deyilgan. Paygʻambarimiz

insonlarga ota-onasidan ham mehribonroq boʻlgan,


background image

dunyodagi barcha yaxshiliklarni oʻrgatgan zot, butun
dunyo ahlining ustozi sanaladi.
Uchinchidan: “Allohning Kitobini sevadigan qilib
tarbiyalanglar...”. Chunki bu Kitob insoniyatni
hidoyatga chorlaydi. Bu uchta talab inson farzandiga
oʻrgatilishi lozim boʻlgan qoidalardan sanaladi.

Hadisi shariflardagi tarbiyaga oid maʼlumotlar,

Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy,
Bobur singari buyuk allomalarning tarbiya haqidagi
koʻplab ibratli fikrlari bugungi kunda ham har bir
shaxs uchun qadr-qimmatini yoʻqotmagan muhim
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular axloq-odobga
juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori
deganlar. Asrlar mobaynida tarbiya mavzuida koʻplab
kitoblar yaratilgan. Xalq ogʻzaki ijodi xazinalarida bu
borada juda ham qimmatbaho fikrlar jamlangan.
Tarbiyaning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu
— insonning jamiyatga boʻlgan munosabatini yuqori
pogʻonaga koʻtarish, Imon va insof, soʻz va ish
birligi, insonparvarlikdir. Zero shunday ekan,
jamiyat va xalq manfaati, uning porloq istiqboli
uchun masʼul har bir shaxs buni teran his etishi va
unga amal qilishi lozim.
Bulardan tashqari tarbiyada ongli intizom
masalasiga alogʻida eʼtibor qaratish zarur. Ongli
intizom kishining xulqida, kishilar bilan
munosabatida va umumiy dunyoqarashida namoyon
boʻladi. Ongli intizomli shaxs oʻz burchini toʻgʻri
anglaydi, xatti-harakatlariga toʻgʻri baho beradi.
Ota-onalar oʻz farzandlarini komil insonlar qilib
tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va
fidoyiligi bilan oʻzgalarga foyda keltirish, sadoqat,
samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat
qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar boʻlishida
oilaning totuvligi, ota-onaning oʻzaro mehr-
muhabbati ham samarali taʼsir koʻrsatadi. Kishi oʻz
hayotida axloqiy kamolotga qanchalik koʻp intilsa,
shunchalik oʻz xato-kamchiliklarini anglab boradi.

Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,

Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy
kabi ulugʻ mutafakkirlarning axloqiy qarashlaridan
yoshlarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda
keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.

Oʻtmishda

ajdodlarimiz insonning psixologik

qonuniyatlarini, taʼlim tarbiya masalalarini muayyan
ilmiy yoʻnalishda oʻrganmagan boʻlsalarda, biroq
allomalarning qoʻlyozmalarida mazkur holatlarning
namoyon boʻliish, inson kamoloti borasidagi
qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb
etadi.

Farzand tarbiyasini ota — onalar oʻz shaxsiy ishi

deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota —
onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat
oldidagi masʼuliyati hamda qarindosh — urugʻlar
oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota — ona
obroʻsi farzand tarbiyasida maʼnaviy ozuqa boʻladi.
Bu maʼnaviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni koʻzlab
ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi.
Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy
faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qoʻshib olib
boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga
oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota — onalar
ijobiy oʻrnak boʻladigan kishilardir, yaʼni obroʻli ota

— onalardir. Bunday odamlar oʻz farzandlari
tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha taʼlimda ham
eʼtibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar
aʼzolari boʻladi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson
shaxsi uchta faktorlar taʼsirida tarkib topadi. Ulardan
birinchisi odam tugʻilib oʻsadigan tashqi ijtimoiy
muhitning taʼsiri boʻlsa, ikkinchisi odamga uzoq
muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy
taʼlimtarbiyaning taʼsiridir va nihoyat, uchinchisi
odamga nasliy yoʻl bilan beradigan irsiy omillarning
taʼsiridir.

Shunday

qilib,

insonning

psixik

taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida
tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi
ahamiyatga egadir. Bu oʻz navbatida bola shaxsini
tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda
katta ekanligini koʻrsatib beradi.

Oʻzbekistonda

roʻy

berayotgan

oʻzgarishlar "Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti
hamkorligi" yoʻnalishidagi shaxs tarbiyasida oila,
ota-ona, mahalla, oʻquv bilim yurtining asosiy
vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq
etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan
oila oʻrtasidagi bu xildagi oʻzaro xabarlashuvlar
oʻquvchini toʻla oʻrganishga, taʼlim va tarbiyada
shu oʻquvchi uchun eng maqbul tarbiya va taʼsir
vositasini topishga yordam beradi

Yuqoridagilardan

xulosa

qilib

aytish

mumkinki, bolalar va oʻsmirlar kamolotida sogʻlom
ijtimoiy-psixologik muhitni toʻgʻri tashkillashtira
olsak, oilaviy tarbiyani toʻgʻri yoʻnaltira bilsak,
taʼlim va tarbiya borasida davlatimiz rahbari
tomonidan belgilab berilgan vazifalarni ogʻishmay
amalga oshirib borsak , barkamol avlod kamolotida
albatta, koʻzlagan buyuk maqsadlarimizga erishamiz.

Adabiyotlar:

[1].

.O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi
// Xalq so‘zi. 2023 yil 20 dekabr.

[2].

.O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi
2020 yil 29 dekabr

[3].

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Shavkat Mirziyoyevning “Oʻqituvchi va murabbiylar
kuni”ga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi.
Toshkent 2020-yil 30-sentyabr

[4].

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun. Toshkent.

2020-yil 23-sentyabr

[5].

“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi”

Toshkent. 2019 y 31-dekabr.

[6].

Umarov

B.M.,

Saydullayev

A.N.

Farzandlar tarbiyasiga befarq boʻlmaylik(yoki
yoshlar xulq - atvoriga oid psixologik chizgilar)
Toshkent. 2016 y .

[7].

.Quronov M., Qodirov A., Akramova Sh.

Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. –
Toshkent: «Ma’naviyat», 2018.

[8].

Vospitaniye trudnogo rebenka: deti s

deviantnim povedeniyem.pod.red. M.I. Rojkova.–M.:
gumanit.izd. sentr “VLADOS”, 2003 g.


background image

[9].

.Shoumarov

Gʻ.B.,

Sogʻinov

N.A.,

Habibullayev F.Gʻ. Oilani oʻrganish psixodiagnostik
metodikalari.

–T.: 1998-y.
[10]..Yadgarova G.T., Avlayev O.U. Tarbiyasi

qiyin, qaltis guruhga mansub bolalar bilan ishlash (Uslubiy
qoʻllanma)T.: 2007-y.

[11]..Abdurasulov R., Axrorqulova M. Maktab
pixologlari

kursi

tinglovchilariga

mustaqil

shugʻullanishlari uchun. Metodik qoʻllanma. Jizzax.
2003-y.

[12]..Bolotova A.K., Makarova I.V. Prikladnaya
psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. – M.: “Aspekt
Press”,2001 g.

[13].Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va
tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni,
2011.

[14].Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi
va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) –
T.: Noshir, 2011.
[15].Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil
topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari

(tilshunoslik

fanlari misolida).

Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti

matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.
[16].Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik

.

“Tibbiyot

nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223 bet.
[17]. Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov
T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik

.

“Tibbiyot

nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 250 bet.

References

..O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi. 2023 yil 20 dekabr.

..O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020 yil 29 dekabr

.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Toshkent 2020-yil 30-sentyabr

.“Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun. Toshkent. 2020-yil 23-sentyabr

.“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” Toshkent. 2019 y 31-dekabr.

.Umarov B.M., Saydullayev A.N. Farzandlar tarbiyasiga befarq boʻlmaylik(yoki yoshlar xulq - atvoriga oid psixologik chizgilar) Toshkent. 2016 y .

..Quronov M., Qodirov A., Akramova Sh. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2018.

.Vospitaniye trudnogo rebenka: deti s deviantnim povedeniyem.pod.red. M.I. Rojkova.–M.: gumanit.izd. sentr “VLADOS”, 2003 g.

..Shoumarov Gʻ.B., Sogʻinov N.A., Habibullayev F.Gʻ. Oilani oʻrganish psixodiagnostik metodikalari.

–T.: 1998-y.

..Yadgarova G.T., Avlayev O.U. Tarbiyasi qiyin, qaltis guruhga mansub bolalar bilan ishlash (Uslubiy qoʻllanma)T.: 2007-y.

..Abdurasulov R., Axrorqulova M. Maktab pixologlari kursi tinglovchilariga mustaqil shugʻullanishlari uchun. Metodik qoʻllanma. Jizzax. 2003-y.

..Bolotova A.K., Makarova I.V. Prikladnaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. – M.: “Aspekt Press”,2001 g.

.Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.

.Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Noshir, 2011.

.Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

.Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223 bet.

. Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 250 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов