JORDAN'S ROLE IN PALESTINIAN CONTROL AT THE END OF THE MANDATE SYSTEM

HAC
Google Scholar
To share
Abduraxmonov, A. (2024). JORDAN’S ROLE IN PALESTINIAN CONTROL AT THE END OF THE MANDATE SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 1188–1190. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29649
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Since its establishment, Jordan has been recognized as a state directly related to Palestine. Especially due to King Abdullah's territorial policy and geopolitical strategies, the issues of Jordan and Palestine came to the fore. This article examines Jordan's policy on Palestine after World War II.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1188

MANDAT TIZIMI YAKUNIDA IORDANIYANING FALASTIN NAZORATIDAGI

O‘RNI

Abduraxmonov Alisher Ulug`bek o`g`li

TDSHU, Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti magistr 1-kurs.

Tel: +998900293533

e-mail:

abdurahmonov0101.a@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10712140

Annotatsiya.

Iordaniya tashkil topganidan beri Falastin bilan bevosita aloqador davlat

sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, qirol Abdullohning hududiy siyosati va geosiyosiy strategiyalari
sabab, Iordaniya va Falastin masalari asosiy o‘ringa chiqdi. Ushbu maqolada, Ikkinchi jahon
urushidan keyin, Iordaniyaning Falastin ustidan yuritgan siyosati yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Falastin, Iordaniya, yahudiy alyansi, BMT taqsimoti, Arab legioni, ozod

zobitlar, G‘arbiy sohil, G‘azo.

JORDAN'S ROLE IN PALESTINIAN CONTROL AT THE END OF THE MANDATE

SYSTEM

Abstract.

Since its establishment, Jordan has been recognized as a state directly related to

Palestine. Especially due to King Abdullah's territorial policy and geopolitical strategies, the
issues of Jordan and Palestine came to the fore. This article examines Jordan's policy on Palestine
after World War II.

Keywords:

Palestine, Jordan, Jewish Alliance, UN Partition, Arab Legion, Free Officers,

West Bank, Gaza.

РОЛЬ ИОРДАНИИ В ПАЛЕСТИНСКОМ КОНТРОЛЕ В КОНЦЕ МАНДАТНОЙ

СИСТЕМЫ

Аннотация.

С момента своего создания Иордания была признана страной,

напрямую связанной с Палестиной. В частности, благодаря территориальной политике и
геополитической стратегии короля Абдаллы, вопросы Иордании и Палестины вышли на
первый план. В данной статье рассматривается политика Иордании в отношении
Палестины после Второй мировой войны.

Ключевые слова:

Палестина, Иордания, Еврейский альянс, Раздел ООН, Арабский

легион, Свободные офицеры, Западный Берег, Газа.


Ikkinchi Jahon urushi davomida fashistlar tomonidan qirg‘inga uchragan yahudiylar dunyo

nigohida mazlum holiga kelib qolgandi. Bu esa, AQSH va Angliyaning milliy yahudiy birligini
tuzish va yahudiylarni Falastinga ko‘chirish siyosatini ahamiyatini oshirib yubordi. 1942-yilda
o‘tkazilgan Biltmor konferensiyasidan so‘ng, AQSH yahudiylarning eng yaqin hamkoriga aylandi,
Yahudiy lobbisining ta’siri ostida harakat qilgan Harri Trumen Biltmor konferensiyasi qarorlarini
amalga oshirishga faol kirishdi.

1

Angliya va AQShning ayri-ayri olib borgan harakatlari natijasi kutilgandek bo‘lmagani

sabab, yahudiy qochqinlar masalasi BMT tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi, bu esa hech

1

“Ürdün-Filistin İlişkilerine Tarihsel Bir Bakış” N. Neşe Kemiksiz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1189

bitmayotgan urushning boshlanish nuqtasi edi. BMTning Falastin yerlarini bo‘lish va u yerda Arab
va yahudiy birliklarini tashkil etish qarori, dastlab, ikki tomonning ham noroziliga sabab bo‘ldi
biroq, keyinchilik, yahudiylar bu taqsimotni qabul qildilar, arablar esa, qurolli to‘qnashuvlarga
hozirlikni boshladilar. Natijada, 1947-yilda bu o‘lkada to‘qnashuvlar boshlandi.

Bundan eng manfaatdor o‘lka esa, Iordaniya davlati edi. Garchi arab davlati bo‘lsa-da,

davlat manfaatlari sabab Falastindagi to‘qnashuvlardan foyda chiqarishga uringan Iordaniya qiroli
Abdulloh Falastin taqsimotidan biroz avval yahudiy alyansi vakili Golda Meyr bilan ko‘rishib,
Falastin masalasiga Husayn (Falastin ozodlik rahbarlaridan biri) va boshqa arab davlarlarining
aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diplomatik va strategik rejalarni muvofiqlashtirishdi.
Kelishuvning yana bir sharti shu ediki, Abdulloh taqsimot asosida berilgan Yahudiy yerlariga
kirmaslik va’dasi evaziga, alayansni arab yerlari deya berilgan hududlarni Iordaniyaga qo‘shib
olishga rozilik berishga majbur qildi.

Abdullohning asl maqsadi Iordan daryosining ikki qirg‘og‘ini o‘z davlatiga birlashtirish

edi. Shu maqsadda, u Arab davlatlari ligasida o‘zining bu rejasini qabul qilinishi uchun harakat
qilib ko‘rdi va hatto bu harbiy amaliyotning moliyalashtirilishiga ham erishmoqchi edi. 1948-yil
aprel oyida Arab davlatlar ligasining yig‘ilishida qirol Abdulloh mandat tizimi yakuniga yetgach,
Iordaniya armiyasining (arab legioni) Falastin hududlariga kirishini e’lon qildi. Garchi Misr keskin
qarshilik bildirsa-da, Arab legioni qudrati oldida ojiz edi.

2

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Falastin hududlari nafaqat yahudiylar uchun balki

arab davlatlari uchun ham juda ahamiyatli hudud hisoblangan, misol tariqasida ko‘rib o‘tilayotgan
Iordaniya qirolligi ham Falastinni o‘z hududlarinig ichkki qismi deb hisoblagan, shu ma’noda bu
hududlarni egallashga o‘z hukmronligini o‘rnatishga harakat qilgan. Hatto, Arab-Isroil urushi
natijasida, qochqinga aylanib, Iordaniya hududlariga ko‘chib o‘tgan falastinliklarga Iordaniya
fuqaroligini berib, Falastin milliy birligi g‘oyasini yo‘qotishga ham uringan, chunki Falastin birligi
bevosita Iordaniya qirolligi birligi va mavjudligiga xavf sifatida baholangan. Bu fikrlar isbotini
quyida ko‘rib chiqamiz.

1950-yilda G‘arbiy sohilning anneksiya qilinishidan so‘ng, 1954-yilda bu yerda yashovchi

falastinliklarga Iordaniya fuqaroligi berildi, ularga parlament quyi palatasidan o‘rinlar ajratildi. Bu
siyosiy harakat qirol Abdullohining arabizm idealogiyasi sifatida ko‘rilsa-da, aslida Iordaniya
qirolligi hududlarini kengaytirish siyosati ham edi. Bu anneksiya o‘lkadagi demografik jarayonni
tubdan o‘zgartirib yubordi, bu hududda falastinliklar aholining uchdan ikki qismini tashkil eta
boshladi. Bu esa Iordaniyaning falastinliklarga vakillik qilishiga va ushbu joriy etilgan rejimga
xavf tug‘dira boshladi.

3

Iordaniyaning assimilatsiya siyosatiga javoban Misr G‘azo sektorini Mirsga qo‘shib

olinganligini, uning haqiqiy egalari falastinliklar ozod davlat qursa, bu hudud ularga qaytarilishini
e‘lon qildi. Biroq, Iordaniya tomonidan G‘arbiy sohilning egallanishi mustaqil Falastin davlati
tuzilishiga katta to‘siqqa aylandi.

1948-yildagi urushda arablarning mag‘lub bo‘lishi Arab milliy birligi g‘oyalari

kuchayishiga va arab o‘lkalari bo‘ylab keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, Misrda amalga

2

"Jordan, a country known to have received the biggest flow of Palestinian refugees since 1948 and considered to host

41 perc..." (PDF). Archived from the original (PDF) on 28 August 2017. Retrieved 17 August 2018.

3

“Ürdün-Filistin İlişkilerine Tarihsel Bir Bakış” N. Neşe Kemiksiz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1190

oshirilgan hokimiyat almashinuvi natijasida, hokimiyat tepasiga kelgan jamol Abdul Nosir bu
harakatning siyosiy tayanchiga aylandi. Birinchilardan bo‘lib, Suriya bilan kelishuv asosida
Birlashgan Arab Jumhuriyatining tuzulishi bu g‘oylarning amalga oshishi mumkinligini
ko‘rsatardi. Jamol Abdul Nosirning keyingi faoliyati Falastinga qaratildi. 1959-yilda Arab
davlatlari ligasining yig‘ilishida Falastin milliy birligi go‘yasining ilgari surishini uni bevosita
Iordaniya bilan qarshi qarshiga keltirdi. Abdul Nosirning maqsadi Falastinda mustaqil bir birlik
qurish edi. Bu Misr, Suriya, Livan va Iordaniyadagi falastinliklar tomonidan tuziladigan kengash
edi, bu kengash dastlab, Falastin mustaqilligi uchun kurashishi va keyinchalik, Mustaqil Falastin
davlati ta’sischilari bo‘lishi nazarda tutilgan edi. Bu rejlar esa Iordaniyada nafaqat G‘arbiy
sohilning qo‘ldan chiqarilishiga balki, qirollik siyosiy rejimiga ham xavf olib keladigan muammo
sifatida baholandi.

Bugungi kunimizda eng jiddiy muammo bo‘lib turgan Falastin-Isroil muammmosi

ishtirokchilari ikkitadan ortiq ekanligi ayon edi. Shu o‘rinda Iordaniya ham bu konfliktning
bevosita ishtirokchisiga aylandi. Tarixda bu ishtirok Iordaniya qiroli Abdullohning Falastin
xalqiga “xiyonati” sifatida e’tirof etilsa, ba’zan esa hoshimiylar qirolligining butun arablarni
yagona g‘oya atrofida birlashtirish siyosatining bir bo‘lagi ekanligi ta’kidlanadi.

Biroq, shu holat aniqki, Falastin davlati tuzilmadi va arab davlatlari orasida hech qanday

birlik ham hosil bo‘lmadi.

Aksincha, Misr va Iordaniya Falastin nazorati ustidan “raqobatlashuv”ga kirishib

strategiyalar ayriligiga borishdi.

Umuman olganda, Iordaniya tarixan va geosiyosiy jihatdan Falastin bilan bog‘langan

bo‘lib, ushbu davlatning amalga oshirgan harakatlari bevosita Falastinga ta’siri bo‘laveradi.

REFERENCES

1.

“Ürdün-Filistin İlişkilerine Tarihsel Bir Bakış” N. Neşe Kemiksiz

2.

https://arabcenterdc.org/resource/the-jordan-is-palestine-idea-resurfaces-again/

3.

https://books.openedition.org/ifpo/5014

4.

http://www.kinghussein.gov.jo/his_palestine.html

5.

Massad, Joseph A. (11 September 2001). Colonial Effects: The Making of National
Identity in Jordan. Columbia University Press. ISBN 9780231505703 – via Google Books.

6.

"Jordan, a country known to have received the biggest flow of Palestinian refugees since
1948 and considered to host 41 perc..." (PDF). Archived from the original (PDF) on 28
August 2017. Retrieved 17 August 2018.

7.

Israel, Jordan, and Palestine: The Two-State Imperative

8.

ASHER SUSSER 2012.

9.

Published by: Brandeis University Press


References

“Ürdün-Filistin İlişkilerine Tarihsel Bir Bakış” N. Neşe Kemiksiz

https://arabcenterdc.org/resource/the-jordan-is-palestine-idea-resurfaces-again/

https://books.openedition.org/ifpo/5014

http://www.kinghussein.gov.jo/his_palestine.html

Massad, Joseph A. (11 September 2001). Colonial Effects: The Making of National Identity in Jordan. Columbia University Press. ISBN 9780231505703 – via Google Books.

"Jordan, a country known to have received the biggest flow of Palestinian refugees since 1948 and considered to host 41 perc..." (PDF). Archived from the original (PDF) on 28 August 2017. Retrieved 17 August 2018.

Israel, Jordan, and Palestine: The Two-State Imperative

ASHER SUSSER 2012.

Published by: Brandeis University Press

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов