ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
303
SOTSIAL PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI
Mambetiyarova Venera
Qaraqalpaq màmleketlik universiteti Pedagogika hàm psixologiya kafedrası oqıtıwshısı.
Tursinbaeva Jansulu
Qaraqalpaq màmleketlik universiteti 1-kurs student.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11181545
Annotatsiya. Maqola shaxs muammosini sotsial psixologik aspektidan o’rganib chiqaradi
va insonning jamiyat bilan o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarni tushunishni maqsad qilar.
Ushbu maqola jamiyatdagi o’zgarishlarni tahlil qiladi va insonning jamiyatga ta’siri haqida
nazariy va amaliy ma’lumotlar taklif qiladi.
Kalit so’zlar: Sotsial psixologiya, shaxs, muammo, tushuncha, jamiyat, normativlar,
shaxsiyat.
PERSONALITY PROBLEM IN SOCIAL PSYCHOLOGY
Abstract. The article examines the problem of personality from the social psychological
aspect and aims to understand the changes in the interaction of a person with society. This article
analyzes changes in society and offers theoretical and practical information about the impact of
man on society.
Key words: Social psychology, person, problem, concept, society, norms, personality.
ПРОБЛЕМА ЛИЧНОСТИ В СОЦИАЛЬНОЙ ПСИХОЛОГИИ
Аннотация. В статье рассматривается проблема личности с социально-
психологического аспекта и ставится цель понять изменения во взаимодействии человека
с обществом. В данной статье анализируются изменения в обществе и предлагаются
теоретические и практические сведения о влиянии человека на общество.
Ключевые слова: Социальная психология, человек, проблема, понятие, общество,
нормы, личность.
Sotsial psixologiyada "shaxs muammosi" deyilgan konsept o’z ichiga insonning jamiyat
bilan o’zaro munosabatlarida uzoq muddatda o’tkazgan o’zgarishlarni o’rganishni maqsad qiladi.
Bu, insonlarning jamiyatda qanday o’zgarishlar o’tkazishi, qanday holatlarda o’zgarishlar
ro’y berishi, jamiyatning tajribalari va normativlaridan qanday holatlarida foydalanishi kabi
mavzularni o’z ichiga oladi.
Bu muammo, insonning o’zining shaxsiyatini shakllantirishda va uning jamiyatdagi o’rnini
aniqlashda juda muhimdir. Misol uchun, shaxs muammosi, insonning qanday holatda o’zini
jamiyatning aksariyatidan ajratishi, yaqin do’stlari, oilasi yoki jamiyatining qanday baholangani
bilan bog’liq bo’lishi, ya’ni insonning jamiyat bilan o’zaro munosabatlari o’zgarishi va buni
tushunish, o’rganish uchun kerakli hisoblanadi.
Biror insonning shaxsiyati, xarakteri, o’zining jamiyatdagi o’rniga qarab, yaqinlarining
munosabatlari va jamiyatning normativlari bilan bog’liq o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarishlar
odatda o’zining o’zini aniqlash, o’ziga qarshi his-tuyg’ular va o’zgarmalar ko’rsatish orqali
o’rganiladi. Sotsial psixologik tadqiqotlar va teoriyalar, shaxs muammosini o’rganishda va
tushunishda yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
304
Shaxs muammosi, insonlarning jamiyatdagi o’z-o’zini o’rganish jarayonida o’zining
identifikatsiyasi, qabul qilishi, boshqa insonlar bilan aloqasi, jamiyatning qabul qiladigan
normativlari kabi asosiy tushunchalar bilan bog’liqdir. Sotsial psixologlar shaxs muammosini
o’rganishda, o’zaro amaliyotlar, tajribalar va tushunchalar asosida ilmiy dalillar to’plashadi va
jamiyatning bireylarga ta’siri va o’zgarishlarni tushunishga yordam beradi.
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llanilladigan tushunchalar sirasiga kiradi.
Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi.
Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham
shaxsning sotsialligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» — «aqlli zot» tushunchasini o’zida
ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda
olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish.
Charlz Darvin tabiri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan
minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra,
sotsial omillar ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni
o’rganish masalasi uning bevosita sotsial muhiti va uning sotsial normalari doirasida o’rganishni
taqozo etadi.
Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat
ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu sotsial olam bilan aloqasi uning
insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan sotsial xulq normalari doirasidagi
harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun
bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning
rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. [1.182]
Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga
kelinmagan. Bu o’zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi.
Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646—1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof
doskaning o’zi bo’lmaydi, xattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli
teshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar bo’ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida ma’lum
rol o’ynaydi. [2.104]
Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo’lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir
qilishi aniqlandi: yumshoq-tonal yoki keskir (qo’pol) tonal bo’lmagan tillar. Masalan, keskinroq
hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda
so’zlashuvchi vyetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.
Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlarning kelib chiqish sababi tushunarli bo’lishi kerak:
ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo’ysunadi, uning kutishlariga
javob berishga xarakat qiladi va o’z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai
nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin. [3.65]
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o’ziga xosligi shundaki, u turli
guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni
Ijtimoiy psixologiya, avvalo, biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
305
qonuniyatlarga bo’ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida
qanday aks topishini o’rganadi.
Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo’sinda sodir bo`lishi ijtimoiy psixologiyada
sotsializatsiya muammosi bilan uzviy bog’liq bo’lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari,
xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo’lyo’riqlar muammosi bilan bog’liqdir. Ana
shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon
bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish Ijtimoiy
psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. [4.12]
Shaxs psixologiyasining shakllanishiga u mansub bo’lgan ma’lum bir ijtimoiy
guruhlarning munosabatlari ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bunday o’zaro ta’sir va muloqot
jarayonida shaxslarning bir-biriga ta’siri sodir bo’lishi bilan birgalikda, jamiyatga, mehnatga,
odamlarga, o’zining shaxsiy sifatlariga nisbatan o’z qarashlariga, ijtimoiy ustanovkalariga ta’sir
o’tkazishi sodir bo’ladi. Ma’lum bir ijtimoiy muhitda yashar ekan, shaxs u yerda o’ziga xos
o’ringa, obro’ga, rolga ega bo’ladi. Hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasi sohasida shaxsni
o’rganish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar masalasi, ayniqsa bu boradagi amaliy vazifalar
ijtimoiy psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv
yo’nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g’arb davlatlarida
shaxsni o’rganishga nisbatan ikki xil ijtimoiy psixologiya - «Psixologik ijtimoiy psixologiya» va
«Sotsiologik ijtimoiy psixologiya» mavjud. Bu yo’nalishlar bir-biriga o’xshasada, ularning bir-
biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat,
muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv,
konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o’z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning
ijtimoiyruhiv kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan
bo’lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko’pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil
qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik
psixologiya kabilarga alohida urg’u beriladi. Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o’rganishning o’ziga
xosligini tushuntirish va ko’rsatish maqsadida bu sohada ish olib borayotgan barcha olimlar o’z
qarashlarini o’ziga xos tarzda ifodalay olgan.
REFERENCES
1.
Aronson, E., Wilson, T. D., & Akert, R. M. (2019). Social psychology (10th ed.). Pearson.
2.
Baumeister, R. F., & Bushman, B. J. (2017). Social psychology and human nature (4th
ed.). Cengage Learning.
3.
Myers, D. G., & Twenge, J. M. (2018). Social psychology (13th ed.). McGraw-Hill
Education.
4.
Hogg, M. A., & Vaughan, G. M. (2018). Social psychology. Pearson.
5.
Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF
METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.
6.
Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari.
Scienceweb academic papers collection.
