May, 2025-Yil
904
AMIR NASRULLO DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI
Sadullayev Umidjon Shokirovich
Osiyo xalqaro universiteti, Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchisi
Mizrobova Nigina Mirshod qizi
Osiyo xalqaro universiteti, Tarix ta’lim yo’nalishi 2- kurs tarix talim yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15530874
Annotatsiya. Ushbu maqolada Nasrulloxon davrida Buxoro amirligi juda ham rivojlandi.
Amir mamlakatni tiklash ishiga katta ahamiyat qaratdi. U mamlakatda harbiy islohot o’tkazdi.
Ko’plab to’pchilar qo’shini va piyoda askarlar tuzildi. Askarlar har 3 yilda bir marta kiyim bosh
bilan ta’minlab turildi. Nasrulloxon davrida ko’pdan buyon mustaqillikka da’vo qilib yurgan
Shahrisabz va Kitob hududlarini egalladi. Amir qattiq qo’l siyosati uchun xalq orasida Xoni
shahid ( Shahid xon) nomi bilan atalgan.
Kalit so’zlar: Amir Nasrullo, harbiy islohot, “bahodir”, “botir”, Qo’qon , “Sarbozxona”,
"savdoyi mijoz", Shahrisabz .
Amir Haydar oʻgʻli Nasrulloxon 1806-yilda Buxoroda tavallud topadi. Otasi uni 15
yoshligidan davlat boshqaruviga jalb etadi. Nasrullo otasi hamda inilari amir Husayn va amir
Umar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qiladi. Amir Xaydardan so‘ng Buxoro amirligi
taxtini mang‘itlar sulolasining keyingi vakili amir Nasrullo (1826-1860) egallaydi. U amir
Xaydarning uchinchi o‘g‘li edi. O‘n besh yoshdan otasi uni davlat boshqaruviga jalb qiladi.
Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qildi. Amir Xaydar vafotidan so‘ng hokimiyat
uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797-1826) va amir Umar (vafoti 1826 y) ni oradan
ko‘tarib, Buxoro taxtiga o‘tiradi. Amir Nasrullo o‘z hukmronligi davrida islom shariati
ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Jasur va dovyurak bo‘lganligi bois, uning ismiga «bahodir»,
«botir» unvonlari qo‘shib ishlatilgan. Nasrullo nihoyatda qatʼiyatli shaxs boʻlgani bois, otasi uni
barcha yurishlarga oʻzi bilan birga olib borgan. Nasrullo yoshligidanoq otasidan harbiy va davlat
boshqaruviga oid bilimlarni oʻrgangan. Manbalarga koʻra, amir Haydar boshqa oʻgʻillariga
nisbatan hamisha uni oʻziga yaqin tutgan. Otasidan soʻng qisqa kurashlarda ishtirok etgan
Nasrullo nihoyatda mohirlik bilan taxtni egallaydi. U Buxoro amiriga aylangan vaqtda davlat
qoʻshinlari ahvoli ogʻir, hatto mahalliy beklarning qarshiligini sindirish armiya uchun qiyin ishga
aylangandi. . Amir Nasrullo davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm
boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan
almashtirdi. Tarixchi va sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor
sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga zarba berdi. Uning tomonidan olib borilgan
harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana bordi. XIX asrning
30-yillarida Buxoro amirligida 20 ming atrofida askar boʻlib, harbiy zaruratga tugʻilganda Buxoro
bekligidan 12 ming, Samarqanddan 2500, Qarshidan 2500, Maymanadan va Qorakoʻldan 1000
nafar askar yetkazib berilgan. Qoʻshinning asosiy qismi nayza va qilich bilan qurollangan, bir
necha qismidagina pilta miltiq boʻlgan. Amir Nasrulloxon taxtga kelishi bilan mamlakatda
iqtisodiy, siyosiy, harbiy va maʻmuriy islohotlar amalga oshirishga kirishadi. Zamonaviy qurol-
yarogʻlar tayyorlash va foydalanishni oʻrgatish uchun xorijdan harbiy mutaxassislar jalb etiladi.
1834-yil Erondan kelgan Abdusamad Tabriziy amirlik askarlariga yevropacha uslubdagi harbiy
May, 2025-Yil
905
tartibni oʻrgatadi va 1837-yili maxsus toʻpchilar qoʻshinini tuzadi. Keyinchalik Buxoroda toʻp va
zambaraklar quyish uchun alohida toʻpxona ham quriladi. Ikki yuz kishidan iborat ingliz harbiy
andozasidagi maxsus askariy guruh tashkil etiladi. Amir Nasrulloning oʻziga xos maxsus
gvardiyasi vazifasini oʻtagan ushbu qismga eroniy qullar ham kiritiladi va unga Abdusamad
Tabriziy boshchilik qiladi. Tabriziy, hattoki, Amir Nasrulloxonning harbiy maslahatchisi va noibi
lavozimlarida ham faoliyat koʻrsatadi. 1837-yilda har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar
buluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilinadi. Muntazam piyoda qoʻshin soni 40 ming
kishiga yetkaziladi. Ikki mingga yaqin askar nayzali miltiq, qilich va toʻpponcha bilan
qurollantiriladi. Qoʻshin tarkibidagi sarbozlar asosan dehqonlar, hunarmandlar va asirlar orasidan
tanlab olinadi. Amirlik harbiy qoʻshinida qizil kurtka, oq shalvar va qalpoqdan iborat maxsus
harbiy kiyim joriy etiladi. Mazkur islohotlardan soʻng, Buxoro amirligi qoʻshinining jangovar
holati, qoʻshin tarkibi va sifati yaxshilanadi. Rossiya imperiyasining amirlikka bosqini davrida
ham qoʻshin Amir Nasrulloxon tomonidan olib kelingan oʻsha eski qurollar bilan janga kirganini
koʻrishimiz mumkin. Amir yangi tuzilgan toʻpchilar qismi uchun Oʻgʻlon va Talipoch darvozalari
oldida kazarmalar barpo etadi. Shu tariqa, Buxoro atrofida “Sarbozxona” nomi bilan mashhur
boʻlgan, 800 uydan iborat harbiylarning muntazam yashash manzillari paydo boʻladi. Amir
Nasrullo tashkil etgan toʻpchilar otryadi tarkibida 14 nogʻarachi, 14 naychidan iborat musiqachilar
guruhi mavjud boʻlib, har bir yuzlikda ikkita turk naʻmunasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta
trubachi faoliyat koʻrsatgan. Bundan tashqari, rus harbiy asirlaridan tuzilgan bolobomchilar ham
boʻlgan. Amir Nasrulloxon uchun eng qiyin kechgan Shahrisabz yurishi 20-yil davom etgan. Bu
vaqt oraligʻida amir shaharga 32-marta hujum qilgan va 1856-yilda Shahrisabzni uzil-kesil
boʻysundirgan. Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, sulh ramzi va hududa oʻrnashib
olish uchun Nasrulloxon mahalliy hukmdor Iskandar Vallomaning singlisi Kenagasxonimga
uylangan. Tarixga xoni shahid (shahid xon) nomi bilan kirgan Mang’itlar sulolasining yettinchi
hukmdori Amir Nasrullo Bahodurxon 1806-yil 1-iyun Buxoro shahrida Amir Haydarning
xonadonida ikkinchi o'g'il sifatida dunyoga keldi. Bu haqida mashhur alloma Ahmad Donish
o'zining" Tarixi saltanati mang'itiya " asarida yozib qoldirgan. Ular fikricha, Amir Nasrullo 63
yoshida 1860-yil vafot etgan. Demak, ularning yozganlaridan Amir Nasrullo taxminan 1797-yilda
tug'ilganligini anglatadi. Biroq, u Amir Haydar xonadonida ikkinchi o'g'il ekanligini e'tiborga
olsak, Ahmad Donishning yozgang fikri haqiqatga anchagina yaqinroqdir. Nasrulloxonning
ma'naviy kamolotga erishuvida Buxoroda katta nufuzga ega bo'lgan mashhur Shayx Muhammad
Husayn Alaviy Buxoriy (1785-1870) muhim rol o’ynagan. Keyinchalik Nasrullo o'zining piri
hisoblangan bu shayxni Romitan tumanidagi Qori Kamol qishlog'idan Buxoro shahriga ko’chirib
keltirib, unga Shayx Habibullaxon xonaqosidan maxsusus hujra ajratib bergan va nafaqa
tayinlagan. Bu ma'lumotlarni tarixchi olim Muhammad Nasriddin Hanafiy Hasaniy Buxoriy (Amir
Muzaffarning o'g'li) o’zining 1910-yil Yangi Buxoroda nashr etilgan "Tuhfat az-zoirin"
("Ziyoratchilarga tuhfa") asarida keltirib o'tadi. Nasrulloxon otasi Amir Haydar hamda birodarlari
Husayn va Umarxonlarning davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar vafoti (1826-yil 6-
oktyabr) dan so’ng hokimyat uchun kechgan keskin kurashlarda birodarlari Amir Husayn (1797-
1826) va Amir Umarxon (1810-1829) hamda boshqa ukalari ustidan g'olib kelib, 1827-yil aprel
oyining boshlarida 21 yoshida Buxoro amirligi taxtiga o'tirdi. Amir Nasrulloxon Buxoro amirligi
taxtiga o'tirgan mang'itlar sulolasining yettinchi hukmdori bo'ldi. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim
May, 2025-Yil
906
Somiyning fikricha, Buxoro amirligi taxtini egallashda Nasrulloxonga otasining vaziri bo'lgan
Muhammad Hakimbiy qo’shbegi katta yordam ko’rsatgan. U Buxoroni qamal qilib turgan
Nasrulloxon qo’shinlariga shahar darvozasini ochib beradi. Nasrulloxon ham ko'pchilik Mang’it
amirlari yo'l qo'ygan noxush bir xatoni takrorlaydi. . Mang'itlar o'zbek qavmi bo'lishiga
qaramasdan, Buxoro amirligini rasmiy ravishda 1756-yil 12- dekabrdan boshlab boshqarishga
kirishganlaridan so'ng qo'shbegi (bosh vazir) lavozimiga ko'pincha o'zbeklarni emas, balki
eroniylar (forslar)ni qo'yishgan. Kelib chiqishi eroniy qullarga borib taqalgan va Islom dinining
shia mazhabiga e'tiqod qilgan bunday qo'shbegilarning odatda Buxoroda qarindosh-urug'lari va
yaqin do'stlari bo'lmaganligi uchun ular amirga sadoqat bilan xizmat qiladi, deb o'ylashgan. Biroq
eroniy qo'shbegilar o'z mavqelarini tiklab olgach, amirlikning asosiy tub joy aholisi bo'lgan turkiy
xalqlarni, xususan, o'zbeklarni kamsitgan va mensimagan. Bu holat keyinchalik Buxoro amirligida
turli nizolarni keltirib chiqargan (ushbu satrlar muallifi 2005-yil 15-oktyabrda "Buxoronoma"
gazetasida bosilgan "Buxoro qo'shbegilari" maqolasida bu haqda qisman to'xtalib o'tgan). Amir
Nasrullo 1860-yil 21-sentyabrda 55 yoshida Buxoro shahrida fojeali vafot etgan. Buxoro
tarixnavislik maktabining namoyandalari Amir o'limining tafsilotlariga to'xtalib o'tirmay, odatda
bu haqida qisqacha ma'lumot berib o'tishadi. Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy, Mirzo
Salimbek (Salimiy), Sayyid Mansur Olimiy (Amir Said Olimxonning o'g'li) kabi buxorolik
tarixchilarning fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo'lsak, "Amir Nasrullo 1277- hijriy (milodiy
1860) yilda 35 yil va bir oy saltanat qilib, 63 yil umr ko'rib vafot etdi. U quloq og'rig’i kasali bilan
vafot etgan. Dushanba kuni otasining yonida dafn etildi, uning qabri Eshoni Imlodadir". Ahmad
Donish boshqa Buxoro tarixchilaridan farqli ravishda Amir Nasrullo tug'ilgan va vafot etgan
sanalarni aniq ko'rsatib, u hijriy yil hisobida 35 yil hukmronlik qilganligini va 56 yil
yashaganligini ta'kidlaydi. (Biz ushbu tadqiqotga Ahmad Donishning, yuqoridagi fikrlarini asos
qilib olib, Amir Nasrullo umri chegaralarini Donish yozganidek, 1806-1860 yillar doirasida
belgiladik. Nasrulloxon o'z ajali bilan o'lmay, fojeali tarzda halok bo'lganligi ham ayni tarixiy
haqiqat. Shuning uchun ham Amir Nasrulloning o'limi to'g'risida Turkiston jadid
taraqqiyparvarlarining asarlari va XX asr sovet davri tarixshunosligida an'anaviy o'zbek
tarixshunosligiga nisbatan boshqacharoq qarashlar shakllandi. Buxoro jadidlarining mashhur
namoyandalari Sadriddin Ayniy va Fitrat tomonidan ular sovet pozitsiyasiga o'tgan XX asr 20-30-
yillarida tarixiy va badiiy asarlarda bu voqea tafsilotlariga asosiy ayb Nasrulloxonga yuklatilib,
uning o’limida bosh aybdor bo'lgan Kenagasxonim shaxsiyati ulug'lanadi Nasrullo o'limiga sabab
bo'lgan o'sha voqeaning asosiy tafsilotlari esa quyidagicha Shahrisabzning sobiq hokimi Iskandar
vallamiyning singlisi Kenagasxonim (Fitratning yozishicha, Kengashoyim) o'z akasining g'arazli
rejasiga binoan o'z shahvari (eri) Amir Nasrullo uxlab yotganida uning qulog'iga simob qo’ygan.
Quloq og'rig'i dardiga duchor bo'lgan Nasrulloxon o'limi oldidan o'z shahvarining joniga qasd
qilgan Kenagasxonimni Ark ichidagi Childuxtaron qudug'iga tashlashni buyuradi. Bu paytda
Buxoroda yashayotgan Iskandar Vallamiy va uning butun oila a'zolari, shuningdek, kuyovi
Yoqubbiy va uning farzandlari ham amirning o'limi oldidan qatl qilinadi. Xullas, Amir Nasrullo
unga qilingan suiqasd natijasida qulog'iga simob qo’yilgandan keyin bir necha kun o'tgach 1860 -
yil 21- sentyabrda qattiq qiynalib, fojeali tarzda jon taslim qildi. Amir Nasrullo Buxoro shahridagi
Jo'ybor mavzesida joylashgan Eshoni Imlo (Xazrati Imlo) qabristoniga, otasi Amir Haydar qabri
yonida dafn etilgan. Amir Nasrullo vafot etganda undan yolg'iz o'g'il Muzaffariddin qolgan.
May, 2025-Yil
907
Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, Amir Nasrullo o'limi oldidan Buxoro toj-u taxtini yolg’iz o'g'li
Muzaffariddinga emas, balki ko'p sonli nevaralaridan biriga vasiyat qilib qoldiradi. Biroq Buxoro
amirligi taxtiga 1860-yil 23-sentyabrda Amir Muzaffarxon o'tiradi. Amir Nasrulloning bevaqt
o'limi keyinchalik ko'plab salbiy oqibatlarga olib keldi. Amirlikda o'tkazilayotgan islohotlar uning
vorislari davrida to'xtab qoldi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi uchala xonlikka qarshi
harbiy harakatlari, Buxoro amirligining Rossiya tajovuzi ga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsata
olmaganligi va oqibatda mag'lubiyatga uchrab, mamlakat hududining katta qismini boy berganligi
ushbu oqibatlarning eng asosiylari hisoblanadi. Sadriddin Ayniyning "Buxoro jallodlari" (1920),
"Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar" (1920- 1921; Moskva, 1926), "Tarixi amironi
Mang'itiyai Buxoro" ("Buxoro Mang'it amirlari tarixi") (Toshkent, 1923) kabi tarixiy tadqiqotlari,
"Qullar", "Doxunda" singari tarixiy romanlari va keyinchalik yozilgan "Esdaliklar" asarida,
Fitratning "Amir Olimxonning hukmronlik davri" (Dushanbe, 1930) risolasida mang'itlar
sulolasining butun "kirdikorlari" ochib tashlandi. Buxoro tarixining qariyb 200 yil davom etgan
davri, Mangit hukmdorlari (amirlar) faoliyati faqat qora bo'yoqlarda tasvirlandi. Tanqid tig'i
dastavval mang'itlar sulolasining so'nggi hukmdori Amir Sayyid Olimxon (1881-1944) ga qarshi
qaratilganligi o'sha davrdagi siyosiy va harbiy vaziyatlar taqozosiga ko'ra normal hol hisoblanadi.
Biroq barcha Mang'it amirlarini, jumladan, Amir Nasrulloni asossiz ravishda qoralash jarayoni
yoppasiga ommaviy kompaniyaga aylantirildi. Bu holat Qo'qon tarixnavislik maktabiga mansub
jadid taraqqiyparvari Ishoqxon Ibratning "Farg'ona tarixi" asarida ham o'zining yaqqol ifodasini
topgan. Ibrat va Fitrat tomonidan Nasrulloxon "Botur qassob", "Qassobning botiri" degan
mash'um nomlarga sazovor bo'ldi. Fitrat o'zining 1930-yili yozgan "Amir Olimxonning
hukmronlik davri" nomli tarixiy risolasida barcha Mang'it amirlari singari Amir Nasrullo
faoliyatini ham faqat qoralash bilan shug'ullanadi. Fitratning ushbu asaridan quyidagi iqtibosni
keltirib o'tmoqchimiz: "Amir Haydardan keyin uning o'gli Amir Husayn taxtga o'tirdi, biroq ikki
oy-u necha kundan keyin u vafot etdi. Uning o'rnini Amir Umar egalladi. Biroq Amir Haydarning
o'gli Amir Nasrullo o'zining birodariga qarshi lashkar tortib Buxoroni o'rab oldi va hukumatni o'z
qo'liga oldi. Nasrullo oldin Amir Umarni omon qoldirib, Buxorodan chiqarib yubordi, ammo o'z
ahdiga vafo qilmay orqasidan jallodini yubordi. Jallod Amir Umar boshini kesib keltirdi. Nasrullo
o'zining boshqa aka-ukalarini ham turli hiylalar bilan o'ldirdi va Buxoro hukumatiga hech qanday
raqibsiz ega bo'ldi. Unga "Qassobning botiri" laqabi berilgan edi. P. Ravshanov o'z fikrlarini
tarixiy dalillar bilan asoslash o'rniga Amir Nasrullo faoliyatini qoralashga, uning shaxsiyatiga loy
chaplashda davom etib, yana quyidagi so'zlarni alamli bir ehtiros bilan yozadi: "Amirning savdoyi
mijozligi shu darajaga yetadiki, ittifoqo biror amaldor yoxud savdogar, qozi yoki muftiy ismi-
sharifi biror bahonada qulog'iga chalinib qolsa bormi, yetti uxlab tushga kirmaydigan qaltis o'yin
o'ylab topardi..." , "Amirning razolati shu darajada ediki, davlatning harbiy qudratiga daxldor,
vaqtida bemisl xizmatlar qilib qo'yganki, kishilar ham bir soniyada dushmanga aylantirib
qo'yilardi. Shubha va gumonchilik amirning qoniga kirib olgan iblislar edi... “ yilardi. Shubha va
gumonchilik amirning qoniga kirib olgan iblislar edi... “ Mang’itlar sulolasidan Amir Nasrullodek
qattol podsho o'tmagan edi. Raiyat uni bir vaqtlar hukm surgan mo'g'ul xoni Qozonxonga qiyos
qilardi". O'zining aql-zakovati va harbiy iste'dodi bilan Mang'it amirlari o'rtasida alohida ajralib
turgan, uning bu xislatlariga hatto dushmanlari ham tan bergan Amir Nasrulloni bugungi o'zbek
adibi "savdoyi mijoz" deb ta'riflasa?! P. Ravshanov yuqoridagi fikrlar bilan cheklanmasdan,
May, 2025-Yil
908
tarixiy shaxs haqidagi tarixiy qissada o'z ehtiroslariga erk berib, mubolag’a va bo'rttirish san'atidan
ham unumli foydalanadi. Uning yozishicha, Nasrulloxon 1856-yil Shahrisabzni egallaganidan
keyin shaharda quyidagicha holat yuz bergan: "Amir Nasrullo Shahrisabzda turgan kunlar
ariqlardan suv o'rniga qonlar oqadi…
Xulosa : Amir Nasrulloxon davrida amalga oshirilgan harbiy islohotlar amirlik harbiy
salohiyatini oshirdi. Eron, Rossiya va Turkiya armiyalaridan andoza olib, qayta tashkil etilgan,
xorijlik mutaxassislar jalb qilingan Buxoro amirligi armiyasi Oʻzbekiston tarixida zamonaviy
armiya boshlanishining ibtidosi boʻldi. Afsuski, amir Nasrulloxondan keyingi hukmdorlar harbiy
sohaga yetarlicha eʻtibor qaratmadi, bu esa Buxoroning Rossiya mustamlakasiga aylanishiga olib
keldi. Mustamlakachilarga qarshi janglardagi magʻlubiyatlar va koʻplab harbiy xatoliklarning
asosi aslida amir Nasrulloxondan soʻng armiyada modernizatsiya ishlari olib borilmaganida edi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.
Muhammad Nasriddin Hanafiy Hasaniy Buxoriy "Tuhfat az-zoirin"
2.
2.Мирза Абдалазим Сами. Таърих-и салатин-тиййа. – Москва: Изд-во Восточной
литературы, 1962. - С.55
3.
3.Поён Равшанов ўзининг «Малика Кенагас ойим ёхуд Амир Насруллонинг ўлими
қиссаси» (Топ- кент: Шарқ, 2000)
4.
4.Кахрамон Ражабов « Насруллоххон» рисола
5.
Sadullayev, U. (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT. Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice, 2(4), 376-385.
6.
Sadullayev, U. (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT. Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice, 2(4), 376-385.
7.
Sadullaev , U. . (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION.
Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(5), 344–352.
8.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI. Modern Science and Research, 3(12), 1228-1238.
9.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI. Modern Science and Research, 3(12), 994-1003.
10.
Sadullayev, U. (2024). MIRZA SIROJ HAKIM AND HIS LEGACY. Modern Science and
Research, 3(2), 902-910.
11.
Toshpo‘latova,
S.,
Gadayeva,
M.,
&
Sadullayev,
U.
(2024).
SHARQ
ALLOMALARINING DIDAKTIK QARASHLARI. Modern Science and Research, 3(12),
985-993.
12.
Shokir o’g’li, S. U. (2023). The History of the Creation and Formation of the
Neighborhood. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education
(2993-2769), 1(10), 480-485.
13.
Sadullayev, U. . (2024). THE NEIGHBORHOOD IS THE CRADLE OF VALUES.
Modern Science and Research, 3(1), 607–613.
14.
Shokir O’g’li, S. U. (2023). The importance of the mahalla system’s reformations in new
Uzbekistan. International Journal Of History And Political Sciences, 3(10), 25-30.
May, 2025-Yil
909
15.
Sadullayev , U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN RAISING A
SPIRITUALLY MATURE GENERATION. Modern Science and Research, 2(10), 488–
493.
16.
Sadullayev, U. (2023). ABOUT THE EMERGENCE OF THE CONCEPT OF
NEIGHBORHOOD. Modern Science and Research, 2(12), 722–727.
17.
Shokir o’gli, S. U. (2023). The Essence of State Policy on Youth in New Uzbekistan.
American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769),
1(9), 554-559.
18.
Shokir o’gli, S. U. (2023). The Essence of State Policy on Youth in New Uzbekistan.
American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769),
1(9), 554-559.
19.
O’gli, S. U. S. (2023). ELUCIDATION OF ISSUES OF THE HISTORY OF BUKHARA
GUZARS IN OA SUKHAREVA AND HER STUDIES. International Journal Of History
And Political Sciences, 3(11), 30-35.
20.
Sadullayev, U. (2023). O’zbekistonda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor: mahalla
boshqaruvida xotin-qizlarning roli. In Oriental Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 551-556).
ООО «SupportScience».
21.
Shokir o'gli, U. S. (2023). MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI. Journal of new
century innovations, 35(1), 79-80.
22.
Sadullayev, U. (2023). THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE SOCIAL
DEVELOPMENT OF SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 755–757.
23.
Sadullayev, U. . (2023). THE ROLE OF WOMEN IN NEIGHBORHOOD
MANAGEMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 132–135.
24.
Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI
SHAKLLANISHIDA MILLIY TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI. Modern
Science and Research, 4(1), 59–67.
25.
Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). IBN SINONING FALSAFIY
QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 52–58.
26.
Sadullayev , U. (2024). Zamonaviy o’zbek mahallalarida ijtimoiy o’zgarishlar. Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(10), 284–294.
27.
Umidjon, S. (2024). “MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASROVCHISI”. Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice, 2(11), 148-153.
28.
Sadullayev,
U.
(2024).
TARIX
DARSLARIDA
SUN'IY
INTELLEKTDAN
FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. Modern Science and Research, 3(12), 600-608.
29.
Sadullayev, U., & Bekmurodova, F. (2025). JADIDCHILIK HARAKATI VA
ABDURAUF FITRAT. Modern Science and Research, 4(3), 675-679.
30.
Sadullayev, U. (2025). ZAMONAVIY O’ZBEK MAHALLALARIDA YOSHLAR
BILAN ISHLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Modern Science and
Research, 4(4), 1735-1743.
31.
Sadullayev, U. (2025). MAHMUDXO'JA BEHBUDIY VA UNING TURKISTON
JADIDCHILIGIDA TUTGAN O'RNI. Modern Science and Research, 4(1), 463-470.
May, 2025-Yil
910
32.
Sadullayev, U., & Nurnazarov, A. (2025). MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY VA UNING
ILMIY FAOLIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 846-850.
33.
Sadullayev, U. (2025). ALISHER NAVOIY VA UNING INSONPARVARLIK
G'OYALARI. Modern Science and Research, 4(3), 965-973.
34.
Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA 1900-
1910-YILLARDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT. Modern Science and Research, 4(1),
68–76.
35.
Sadullayev , U. (2024). Zamonaviy o’zbek mahallalarida ijtimoiy o’zgarishlar. Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(10), 284–294.
36.
Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). IBN SINONING FALSAFIY
QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 52–58.
37.
Sadullayev, U., Muyiddinov, B., & Boltayev, O. (2025). YOSHLAR DUNYOQARASHI
SHAKLLANISHIDA MILLIY TARBIYA VA TAʼLIMNING AHAMIYATI. Modern
Science and Research, 4(1), 59–67.
38.
Haqqulov, M. (2025). NARSHAXIYNING" BUXORO TARIXI" ASARI TAHLILI.
Modern Science and Research, 4(4), 1036-1045.
39.
Haqqulov, M. (2025). THE DEVELOPMENT OF THE SCIENCE OF HADITH IN
HISTORICAL ANALYSIS. Modern Science and Research, 4(4), 467-474.
40.
Haqqulov, M. (2025). AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TARIXIY
GEOGRAFIYASI. Modern Science and Research, 4(3), 584-593.
41.
Haqqulov, M., & Sadulloyeva, M. (2025). THE TEACHER-STUDENT RELATIONSHIP
BETWEEN IMAM AL-BUKHARI AND IMAM AT-TIRMIDHI. Modern Science and
Research, 4(3), 440-447.
42.
Haqqulov, M., Yarashova, M., & Muyiddinov, B. (2025). SHARAFIDDIN ALI
YAZDINING “ZAFARNOMA” ASARI TAHLILI. Modern Science and Research, 4(4),
398-408.
43.
Haqqulov, M., Gulyamov, A., & Srojeva, G. (2025). JADIDLARNING 1916 YILDAGI
XALQ QO’ZG’OLONIDA TUTGAN O’RNI. MILLIY HUKUMAT-TURKISTON
MUXTORIYATI VA UNING FAOLIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 100-
108.
44.
Haqqulov,
M.
(2025).
YANGI
DAVRDA
AVSTRIYA
(GABSBURGLAR)
IMPERIYASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR). Modern
Science and Research, 4(2), 834-842.
45.
Haqqulov, M., & Sadulloyeva, M. (2025). IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’AS
SAHIH” ILMIY AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 472-476.
46.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE
EMIRATE OF BUKHARA. Journal of universal science research, 3(1 (Special issue)),
319-325.
47.
Haqqulov,
M.,
Yarashova,
M.,
&
Yuldosheva,
F.
(2025).
ТARIXIY
KARTOGRAFIYANING ASOSIY YO ‘NALISHLARI, SHAKLLANISHI VA
TARAQQIYOTI. Modern Science and Research, 4(2), 81-91.
May, 2025-Yil
911
48.
Sayfutdinov, F. (2025). 1918-1920 YILLAR XALQARO MUNOSABATLAR
TARIXIDA VERSAL – VASHINGTON KANFRENSIYALARINING AHAMIYATI.
Modern
Science
and
Research,
4(2),
1066–1073.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68491
49.
Sayfutdinov , F., & Sharipov , D. (2025). CENTRAL ASIAN INTEGRATION:
HISTORICAL DEVELOPMENT AND PROSPECTS. Journal of Universal Science
Research,
3(1(Special
issue),
300–304.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/65623
50.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
51.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
52.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION, 4(3), 149-155.
53.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY
VA ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI. Modern Science and Research, 3(12),
852-858.
54.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR. TA’LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(9), 1–5. Retrieved from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
55.
Sayfutdinov , F. . (2024). ILLUMINATION OF THE SPIRITUAL LIFE OF THE
KARAKALPAK PEOPLE IN RESEARCH. Journal of Universal Science Research, 2(5),
441–452.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-
research/article/view/34891
56.
Sayfutdinov , F. (2024). MANG’IT AMIRLARI DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI
ME’MORCHILIK SOHASI RIVOJI. Modern Science and Research, 3(10), 620–629.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45335
57.
Ilniyazovich, S. F. (2024). Historiography of Various Expeditions and their Results in the
Regions Inhabited by Karakalpaks in the First Half of the 20th Century. EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 159-165.
