➤
Categories
Journals
Conferences
Catalog of abstracts
Catalog of dissertations
Catalog of monographs
Catalog of textbooks
Upcoming conferences
Organizations
Authors
Blog
About
Submissions
Public Offer
Personal data processing policy
Open Access Statement
Public license
Copyright
Contact
Login
Home
/
Archives
/
No. 8 (2025) Modern Science and Research
No. 8 (2025) Modern Science and Research
Journal:
Modern Science and Research
Published:
03-08-2025
To share
Articles
YIELD AND BIOCHEMICAL COMPOSITION OF FRUIT OF DIFFERENT PEACH CULTIVARS BELONGING TO NECTARINE GROUP
Ушбу мақолада Фарғона вилояти Олтиариқ тумани шароитида шафтолининг нектаринлар гуруҳига мансуб навлари мевасининг биокимёвий таркибини аниқлаш бўйича амалга оширилган тадқиқот натижалари ёритилган. Тадқиқот объекти сифатида оддий шафтолининг нектаринлар гуруҳига мансуб Ифора, Муяссар, Хосият, Лючак ранний, Нектарин Ташкентский, Зарғалдоқ, Суперлола, Лола (назорат) навлари хизмат қилди. Бунда шафтоли навларида мевасининг кимёвий таркибидаги қуруқ модда, қанд, умумий кислота, аскорбин кислота, нитрат миқдори ва қанд миқдорининг кислота миқдорига нисбати ўрганилди, биокимёвий тахлил натижаларига асосан мевасининг сифат кўрсаткичлари, хуштаъмлиги бўйича туксиз навлар ичида Нектарин Ташкентский, Ифора навлари ўрганилган навлардан устунлиги аниқланди.
Guzal Yuldasheva
5-9
Read
КОНТРОЛЬ КАЧЕСТВА ДЕЯТЕЛЬНОСТИ АУДИТОРСКОЙ ОРГАНИЗАЦИИ И ЕЕ ЭЛЕМЕНТОВ
В данной научной статье представлен углубленный анализ системы контроля качества аудиторских организаций и ее основных элементов. Качество аудита тесно связано с надежностью финансовой отчетности, точностью информации для пользователей и повышением доверия к аудиторским услугам. В статье рассматриваются основные направления системы менеджмента качества, основанные на требованиях международных стандартов, в частности IFAC и ISQC 1, такие компоненты, как ответственность руководства, соблюдение этических стандартов, квалификация персонала, документирование, мониторинг и выполнение аудиторских заданий. Также освещается практика обеспечения качества аудиторских организаций на основе опыта Узбекистана, существующих проблем и статистических данных. В конце статьи даны практические рекомендации по совершенствованию контроля качества.
Fazliddin Erkinov
5-14
Read
O‘QUV MARKAZI LOYIHASIDA RISK VA DAROMADLILIK MASALALARI
Ushbu maqolada o‘quv markazi loyihalarini amalga oshirishda uchrashi mumkin bo‘lgan asosiy risk omillari va daromadlilikni aniqlovchi moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Ta’lim xizmatlari sohasida xususiy sektorga oid loyihalarning samaradorligini baholashda risklarni aniqlash, ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida foyda prognozlarini tuzish muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Net Present Value (NPV), Internal Rate of Return (IRR), Payback Period kabi moliyaviy baholash vositalari yordamida o‘quv markazining daromadlilik darajasi aniqlanadi. Shuningdek, mazkur loyihalar uchun xos bo‘lgan bozor, moliyaviy, operatsion va yuridik xavflar chuqur tahlil qilinadi. Maqola yakunida ushbu risklarni minimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Rushana Ergashova
15-23
Read
ANDIJON VILOYAT TARIXI VA MADANIYAT DAVLAT MUZEYI
Ushbu maqolada Andijon viloyat tarix va madaniyat davlat muzeyi to’g’risida batafsil ahboron beriladi.
Masturaxon Uraimova
24-29
Read
ЖАМИЯТДА ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ ЖИҲАТДАН ИЖТИМОИЙЛАШУВИГА ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ЯРАТИЛАЁТГАН ЁШЛАР ИНФРАТУЗИЛМАЛАРИ ВА ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ МАНИПУЛЯТИВ ТАЪСИРИ
Мазкур мақолада Янги Ўзбекистонда яратилаётган ёшлар инфратузилмалари, амалга ошириб борилаётган кенг кўламли ислоҳотлар, оммавий ахборот воситалари, ижтимоий тармоқларнинг ёшлар мафкурасини шакллантиришдаги манипулятив ўрни илмий асосда таҳлил қилинган. Глобал ахборот муҳитининг ўзгариши ёшларга ижобий ва салбий таъсир кўрсатаётгани ёритилган. Мақолада оммавий ахборот воситалари билан ишлаш имкониятлари, рақамли технологиялар орқали ўзини ривожлантириш, шунингдек, ахборот хуружлари ва интернет қарамлиги каби муаммолар атрофлича ўрганилган. Шунингдек, ёшларнинг мафкуравий иммунитетини маънавий ва мафкуравий жиҳатдан қўллаб-қувватлаш учун рақамли ҳозирги замонавий платформалардан самарали фойдаланиш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилган. Мақола, илмий-амалий аҳамиятга эга бўлиб, замонавий ахборот технологиялари шароитида ёшлар билан ишлаш стратегиясини шакллантириш учун асос бўла олади.
Шарофиддин Хонимов
30-35
Read
O`ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH MASALALARI: MUAMMOLARI YECHIMLARI
Maqolada o‘zbek adabiy tilining rivojlanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Adabiy tilning hozirgi bosqichda duch kelayotgan asosiy muammolari — so‘z boyligining yetarli darajada boyitilmasligi, lahjalar ta’sirining kuchayishi, globalizatsiya sharoitida rus va ingliz tilidan kirib kelayotgan so‘zlarning nazoratsiz qo‘llanishi, shuningdek, zamonaviy kommunikatsiya vositalarida adabiy me’yorlarga rioya qilinmaslik holatlari muhokama qilinadi.
Shoira Xolmuratova, Ikrom Islomov
36-38
Read
KASBIY VA MAVSUMIY MAROSIMLAR
Kasbiy va mavsumiy marosimlar – bu jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan madaniy voqealar bo’lib, odatda insonlarning kasbi yoki tabiat mavsumlari bilan bog’liq holda nishonlanadi. Kasbiy marosimlar asosan ma’lum bir kasb vakillari tomonidan ularning ish faoliyati yoki kasbiy an’analari doirasida o’tkaziladi. Mavsumiy marosimlar esa, tabiatning o’zgarishlariga mos holda nishonlanadigan tadbirlardir.
Jaloliddin Qurbonov
10-12
Read
TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA RENTABELLIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH (“ASAKABANK” ATB MISOLIDA)
Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni aniqlovchi muhim ko‘rsatkichlar – foyda miqdori hamda rentabellik darajasi chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, “Asakabank” ATB misolida 2020–2024-yillar davomida bankning sof foydasi, umumiy aktivlari, o‘z kapitali hamda rentabellik indikatorlari (ROA – aktivlar rentabelligi va ROE – o‘z kapital rentabelligi) asosida kompleks tahlil amalga oshirilgan. Tahlil natijalari “Asakabank” faoliyatida foyda ko‘rsatkichlarining izchil o‘sayotganini, bu esa moliyaviy boshqaruv samaradorligining ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Maqolada bank rentabelligini oshirishga doir takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida: kredit portfelining diversifikatsiyasi, raqamli bank xizmatlaridan foydalangan holda xizmat turlarini kengaytirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hamda risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash kabi amaliy choralar ilgari suriladi. Shuningdek, tijorat banklari moliyaviy tahlilining zamonaviy usullari va rentabellikni baholashda qo‘llaniladigan iqtisodiy indikatorlarning amaliy ahamiyati yoritiladi.
Ilxomjon Ibroximov
39-45
Read
ОСОБЕННОСТИ РАССЛЕДОВАНИЯ НАРКОПРЕСТУПЛЕНИЙ, СОВЕРШЕННЫХ ПОСРЕДСТВОМ СЕТИ ИНТЕРНЕТ В РЕСПУБЛИКЕ КАЗАХСТАН И РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Статья исследует актуальные вопросы расследования наркопреступлений в интернете в Республике Казахстан и Республике Узбекистан. Основное внимание уделяется взаимодействию органов уголовного преследования с телекоммуникационными и информационными службами для выявления IP-адресов, местонахождения подозреваемых и установления операторов мобильной связи. Рассматривается проблематика бесконтактного сбыта наркотических средств, которая актуализировалась в связи с распространением интернет-технологий и цифровых платформ, таких как социальные сети, мессенджеры и интернет-магазины. Автор анализирует законодательные рамки расследования наркопреступлений в интернете, включая необходимость регистрации процессуальных действий и их соответствие уголовно-процессуальному законодательству РК и РУ. Освещается важность правильного оформления документов, которые должны соответствовать требованиям уголовно-процессуального кодекса, для признания их доказательственной значимостью. В заключение автор предлагает ряд изменений в уголовно-процессуальное законодательство Республики Казахстан и Республики Узбекистан, направленных на усиление эффективности расследований и улучшение взаимодействия правоохранительных органов с другими организациями и гражданами.
Валентин Олейник
661-667
Read
IJTIMOIY KAPITAL VA MENEJERLIK SAMARADORLIGI: TASHKILOTLAR MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL
Tadqiqot ijtimoiy kapital, ya’ni ishonch, norasmiy aloqalar va hamkorlik muhitining, menejerlik samaradorligiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Markaziy Osiyoning 20 ta kompaniyasi misolida olib borilgan tahlilda xodimlar va menejerlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar, norasmiy muloqot sifati, va jamoaviy ish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. So‘rovnoma va yarim tuzilgan intervyular asosida olingan natijalar, yuqori ishonch va ijobiy ijtimoiy kapital darajasi mavjud bo‘lgan tashkilotlarda menejerlar qaror qabul qilishda tezroq va samaraliroq harakat qilayotganini ko‘rsatdi. Natijalar asosida, ijtimoiy kapitalning biznes faoliyatidagi bevosita rolini aniqlovchi xulosalar berildi.
Elmurod Sodiqov
4-5
Read
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QONUNCHILIGIDA SOLIQ QARZLARINI UNDIRISH JARAYONI
Ushbu tesizda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligi doirasida soliq qarzlarini undirish tartibi va bosqichlari tahlil qilinadi. Soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini bajarmasligi holatlarida qoʻllaniladigan qonuniy mexanizmlar, undirishning ixtiyoriy va majburiy shakllari, ularning huquqiy asoslari, shuningdek, mavjud muammolar va takomillashtirish yoʻnalishlari yoritib beriladi.
Hamid Payziyev
6-8
Read
IMPLEMENTATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN ACADEMIC WRITING
In this paper writer purposed to explore importance of artificial intelligence in education and mainly focused of essence of utilizing artificial intelliges in academic writing.
Barno Djumanova
9-12
Read
ICHKI AUDIT HISOBOTINI TUZISHDA XORIJ TAJRIBASI
Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini shakllantirishning dolzarbligi, uning samaradorligini oshirishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishning ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ichki audit qanday tashkil etilgani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari yuzasidan taklif va tavsiyalar beriladi.
Suxrobjon Mamatkulov
13-17
Read
TANLANGAN SOYA NAVLARINING DASTLABKI O’SISH KO’RSATKICHLARI
Har qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin yaratadi.
Nargiza Hamroqulova
18-20
Read
SIROJIDDIN SAYYID SHE`RIYATIDA BORLIQ VA INSONIY MUAMMOLAR TALQINI
Ushbu tezisda Sirojiddin Sayyid she`riyatining o`ziga xos xususiyatlari, olam, inson va hayotiy tushunchalar badiiy tafakkur orqali tahlil etilgan.
Aziza Xoliyorova
21-23
Read
РОЛЬ ФОЛЬКЛОРНЫХ МОТИВОВ В ФОРМИРОВАНИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ: ИСТОРИЧЕСКИЙ И СОВРЕМЕННЫЙ КОНТЕКСТ РУССКИХ СКАЗОК
Русские народные сказки, как часть фольклорного наследия, играют ключевую роль в формировании национальной идентичности, отражая ценности, исторические реалии и культурные особенности общества. Проблема исследования заключается в недостаточном анализе того, как фольклорные мотивы русских сказок способствовали формированию национального самосознания в разные исторические периоды и как они интерпретируются в современном контексте. Цель статьи — исследовать роль фольклорных мотивов в русских сказках в процессе формирования национальной идентичности в Древней Руси, допетровской и петровской России, советском периоде и современной России. В ходе исследования были проанализированы тексты сказок из сборников А.Н. Афанасьева и других источников, а также исторические и культурологические работы. Решение проблемы достигнуто через выявление ключевых мотивов (героизм, общинность, справедливость) и их связи с национальной идентичностью в разные эпохи.
Садаф Юлдашева
24-27
Read
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH MEXANIZMLARINING EVOLYUTSIYASI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Ushbu tadqiqot raqamli transformatsiyaning davlat boshqaruvi tizimidagi qaror qabul qilish jarayonlariga bo‘lgan ta’sirini tahlil qiladi. O‘zbekiston misolida olib borilgan empirik tahlillar orqali, elektron hukumat tizimlari, jumladan, my.gov.uz, Xalq qabulxonasi, hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, joriy etilishi natijasida boshqaruvdagi byurokratik to‘siqlar sezilarli darajada kamaygani aniqlangan. Raqamli texnologiyalarni joriy etish qaror qabul qilishdagi tezkorlikni, fuqarolar bilan aloqadagi shaffoflikni va davlat xizmatlarining ishonchlilik darajasini oshirgan. Tadqiqotda sifatli va miqdoriy uslublar qo‘llanilgan bo‘lib, so‘rovnomalar, yarim tuzilgan intervyular va ikkilamchi statistik ma’lumotlar asosida kompleks tahlil o‘tkazilgan. Natijalar davlat sektorida raqamli transformatsiya jarayonining samaradorligini empirik asosda tasdiqlaydi va qaror qabul qilishda zamonaviy texnologiyalar asosida yondashuvlarni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ilgari suradi.
Sodiqov Elmurod
4-6
Read
SHO’RLANGAN TUPROQQA MOSLASHGAN SOYA NAVLARI DUKKAGINING MIQDOR VA SIFAT KO’RSATKICHLARI
Ushbu maqolada soyaning ajratib olingan navlaridagi hosildorlik ko’rsatkichlari alohida qisqacha bayon qilindi va quyidagi ko’rsatkichlar o’rganilib aniqlandi. Dukkak uzunligi, dukkak eni va og’irligi, har bir tupdagi o’rtacha dukkak soni.
Nargiza Hamroqulova
7-9
Read
IMMEDIATE AND LONG-TERM RESULTS AND PROSPECTS OF RECONSTRUCTIVE AND RESTORATIVE SURGERY OF THE LIVER AND EXTRA HEPATIC BILIARY TRACTS
Increased frequency of gallstone disease morbidity, as well as improving biliary tract surgery in recent decades have led to a significant increase in the number of surgical interventions performed. In Uzbekistan around 7-8 thousand operations are performed each year on the organs of bile-excreting system, about 400 thousand operations are performed in the CIS countries and, according to WHO, about 2.5 million - worldwide. Since operations on biliary tract today are performed in almost all hospitals by differently-skilled surgeons, this leads to an increased frequency of various complications, including iatrogenic injuries, which are responsible for the formation of cicatricial strictures of extrahepatic bile ducts [1;2;5;9].
U.N. Turakulov , M.M. Akbarov, R.R. Saatov
31-37
Read
SOYANING (GLIYCENA MAXIM) RIVOJLANISH FAZALARI XUSUSIYATLARI
Har qanday o’simlikning shu jumladan soyaning hosildorligini oshirish uchun eng avvalo shu o’simlikning rivojlanish fazalarini bilish va xususiyatlarini o’rganish lozim. Soyaning suvga va ozuqaga bo’lgan ehtiyoji rivojlanish fazalariga qarab o’zgarib boradi.
Nargiza Hamroqulova
38-40
Read
BANKLAR VA KRIPTOVALYUTALAR: O'ZARO MUNOSABATLAR VA XAVF-XATARLAR
Ushbu maqolada an’anaviy moliyaviy institutlar — banklar bilan yangi raqamli moliyaviy vosita sifatida shakllanayotgan kriptovalyutalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar har tomonlama yoritilgan. Kriptovalyutalarning tarqalishi moliyaviy xizmatlar sohasida yangi imkoniyatlar bilan birga, bank tizimi uchun muayyan tahdidlar va tartibga solish muammolarini ham yuzaga keltirmoqda. Maqolada banklar va kriptoaktivlar o‘rtasidagi raqobat va hamkorlik aspektlari, transchegaraviy to‘lovlar, blokcheyn texnologiyasining bank amaliyotiga ta’siri hamda ushbu jarayondagi asosiy xavf-xatarlar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston moliyaviy sektorida kriptovalyutalarga nisbatan shakllanayotgan siyosat va huquqiy asoslar ham ko‘rib chiqilgan.
Shaxnoza Ahadova
99-109
Read
SOYA NAVLARINING BUXORO SHAROITIDAGI O’SISH KO’RSATKICHLARI
Har qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin yaratadi. Bu maqolada soyaning qisqacha tavsifi, o’sish sharoitlari va aynan Buxoro sharoitida tanlangan soya navlari o’sishidagi dastlabki feneologik ko’rsatkichlar o’rin olgan.
Nargiza Hamroqulova
110-114
Read
TIJORAT BANKLARIDA ISLOM MOLIYASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatida Islom moliyasi xizmatlarini joriy etish va ularni rivojlantirish yo‘llari har tomonlama tahlil qilinadi. Islom moliyasi shariat tamoyillariga asoslangan bo‘lib, foizsiz moliyalashtirish, halol investitsiya va tenglikka asoslangan sheriklik munosabatlarini ilgari suradi. Maqolada ushbu xizmatlarning asosiy turlari – murabaha, mudaraba, musharaka, ijara va sukuk instrumentlari keng o‘rganilib, ularning tijorat banklari faoliyatiga integratsiyalashuvi amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida mamlakatda mavjud normativ-huquqiy baza, infratuzilmaviy imkoniyatlar va moliyaviy savodxonlik darajasi chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar aniqlangan. Shuningdek, O‘zbekistonda Islom moliyasiga oid xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar, tartibga soluvchi mexanizmlar va xalqaro tajribalar asosida ilg‘or takliflar ishlab chiqilgan. Muallif Islom moliyasining iqtisodiy inklyuzivlik, moliyaviy xavfsizlik va halollik tamoyillariga asoslangan holda milliy moliya tizimini diversifikatsiyalashdagi o‘rni va ahamiyatini asoslab beradi.
Behruz Saidov
115-122
Read
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI KREDITLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH (ANORBANK AJ MISOLIDA)
Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining, xususan, Anorbank AJ misolida tadbirkorlik subyektlarini kreditlash tizimidagi amaliyotlari, ularning samaradorligi va mavjud muammolari chuqur tahlil qilinadi. Tahlillar asosida kreditlash jarayonida uchrayotgan asosiy to‘siqlar, garov ta’minotiga bo‘lgan yuqori talablar, kredit tarixi va foiz stavkalarining biznes rivojiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, bankning raqamli kreditlash xizmatlarini joriy etish, imtiyozli kredit liniyalarini kengaytirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish orqali tadbirkorlikni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Maqola natijalari Anorbank AJning amaliy faoliyatini rivojlantirish hamda O‘zbekiston bank tizimida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishonchli ilmiy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Umidjon Yodgorov
123-129
Read
SHAHARLARNING SENORLARGA QARSHI KURASH JARAYONLARI
Ushbu maqolada O‘rta asr Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligiga qarshi olib borgan kurashlari tarixiy tahlil etilgan. Xususan, XI–XIV asrlarda shaharlarning iqtisodiy kuchayishi, savdo-sotiqning rivojlanishi va hunarmandchilik markazlarining shakllanishi ularning mustaqillikka intilishida muhim omil bo‘lgani yoritilgan. Senorlarning soliq va harbiy majburiyatlar orqali shaharliklarni siquv ostida ushlab turishga urinishlari, bunga javoban shahar aholisi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar, kommunal harakatlar va ularning natijalari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, ayrim shaharlarga mustaqillik berilishi, shahar kommunalarining tashkil topishi va ularning huquqiy maqomlari tarixiy dalillar asosida ko‘rsatiladi. Tadqiqot shaharlarning senorlar ustidan g‘alaba qozonishi Yevropa jamiyatida feodal munosabatlarning zaiflashuvi va yangi ijtimoiy qatlamlarning shakllanishiga olib kelganini ta’kidlaydi.
Alisher Gulyamov
891-899
Read
1
2
3
4
5
6
7
>
>>
© Copyright 2025 in Science All Rights Reserved | Developed by
in Science
| Site create by
in Designer