BEDA QANDALASI (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.)NING BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH

Annotasiya

Mazkur tezisda beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus Goeze.) ning bialogiyasi, tarqalish geografiyasi, o‘simliklarga yetkazadigan zarari va unga qarshi kurash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bundan tashqari zararkunandaga qarshi agrotexnik, mexanik va kimyoviy usullar orqali samarali kurash choralariga alohida e’tibor qaratilgan

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
31-33
14

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xusanov, A., & Mamajonova , T. (2025). BEDA QANDALASI (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.)NING BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH. Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 2(4.4), 31–33. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universaljurnal/article/view/111215
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur tezisda beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus Goeze.) ning bialogiyasi, tarqalish geografiyasi, o‘simliklarga yetkazadigan zarari va unga qarshi kurash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bundan tashqari zararkunandaga qarshi agrotexnik, mexanik va kimyoviy usullar orqali samarali kurash choralariga alohida e’tibor qaratilgan


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

31

BEDA QANDALASI (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.)NING

BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH

Xusanov Alijon Karimovich

1

., Mamajonova Tabassumoy Xudoberdi qizi

2

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri b.f.d. professor

1

.

a_xusanov75@adu.uz

Andijon davlat universiteti biologiya yo

ʻ

nalishi talabasi

2

.

tabassummamajonov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15574280

Annotatsiya:

Mazkur tezisda beda qandalasi (

Adelphocoris lineolatus

Goeze.) ning

bialogiyasi, tarqalish geografiyasi, o‘simliklarga yetkazadigan zarari va unga qarshi kurash usullari
haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bundan tashqari zararkunandaga qarshi agrotexnik, mexanik va
kimyoviy usullar orqali samarali kurash choralariga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

beda qandalasi,

Adelphocoris lineolatus

, zararkunanda, urug‘lik beda, dalate

plyus preparati, Bi-58 preparati, entometrin preparati.

Аннотация

:

В

тезисе

даны

подробные

сведения

о

биологии

,

географии

распространения

,

повреждаемости

растений

и

методах

борьбы

с

люцерновым

долгоносиком

(

Adelphocoris lineolatus

Goeze.).

Кроме

того

,

особое

внимание

уделяется

эффективным

мерам

борьбы

с

вредителями

агротехническими

,

механическими

и

химическими

методами

.

Ключевые

слова

:

люцерновый

долгоносик

, Adelphocoris lineolatus,

вредитель

,

люцерна

посевная

,

препарат

далат

плюс

,

препарат

Би

-58,

препарат

энтометрин

.

Annotation:

This thesis provides information on the biology, geography of distribution,

damage to plants, and methods of controlling the alfalfa weevil (

Adelphocoris lineolatus

Goeze.). In

addition, special attention is paid to effective pest control measures through agrotechnical,
mechanical, and chemical methods.

Keywords:

alfalfa weevil, Adelphocoris lineolatus, pest, seed alfalfa, dalate plus preparation,

Bi-58 preparation, entometrin preparation.

Beda qandalasi dunyo bo

ʻ

yicha qator olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

Xitoylik olim Zhang Runjie tomonidan Miridae oilasiga mansub zararkunandalar bo‘yicha olib

borgan tadqiqotlarda

Adelphocoris lineolatus

va boshqa turlarning bioekologiyasiga oid

ma’lumotlarni taqdim etgan.

Xie We ning tadqiqotlarida esa ekologik nazorat va feromonlardan foydalanish orqali ayni shu

tur ustidan biologik nazorat usullarini ishlab chiqqan.

Wheeler Jr. Miridae oilasining morfologiyasi va tarqalishini aniqlagan va Adelphocoris

avlodiga mansub turlarni sistematik jihatdan tasniflagan [1].

Deborah A. Ragsdale va Sheralyn P. Brumleylar zararkunandalarni tarqalishi, oziqlanishi,

xulq-atvori va pestitsidlarga chidamliligini aniqlagan.

Yirik entomolog olim V.V.Yaxontov o‘z kuzatuvlarida beda qandalasini tuzilishi, tarqalishi,

ko

ʻ

payishi va ularga qarshi biologik hamda kimyoviy kurash choralari haqida ma’lumotlar keltirgan

[7].

Beda qandalasi (

Adelphocoris lineolatus

Goeze.)ning erkagi 6,5-8,5 mm, urg‘ochilari esa 7,5-

9,5 mm kattalikda bo‘ladi. Umumiy ranggi qo‘ng‘ir-yashil. Qandala yelkasining old qismi biroz
egilgan bo‘lib, 2 ta qora nuqtasining bo‘lishi unga hos bo‘lgan belgisi hisoblanadi. Qanotining ba’zi
qismlari qoramtir, o‘rtasida yirik qilichsimon dog‘i bor. Tuxumlarining kattaligi 0,9-1,2 mm ga teng
bo‘lib, dastlab sarg‘ish-oq, keyinchalik biroz qizaradi. Tuxumlari cho‘zinchoq kuvacha shaklida
bo‘lib, o‘rta qismi bukilib, pastki qismi biroz torayib yumoloqlanib turadi, yuqori uchi maxsus
qopqoqcha bilan berkitilgan [5].


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

32

Lichinkalarning uzunligi yoshiga qarab 1,2- 1,5 mm dan (yangi tuxumdan chiqqan lichinkalar)

3,5-5,0 mm gacha bo‘ladi. Lichinka tanasining rangi yashilsimon-qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish, qorni och
yashil; katta yoshdagi lichinkalarda qizg‘ish rang faqat qorin oxirida saqlanib qoladi.Yangi qo

ʻ

yilgan

tuxumlar rangi yaltiroq, sarg

ʻ

ish oq bo

ʻ

lib, keyinchalik birmuncha qizaradi. Tanasining rangi to

ʻ

q

yashil yoki och yashil, qorni qizg

ʻ

ish tusda. Katta yoshdagi lichinkalarning qorni oxirgi uchigina

qizg

ʻ

ishroq bo

ʻ

ladi. To

ʻ

rtinchi yoshdagi lichinkalarning ko

ʻ

krak chekkalarida po

ʻ

stsimon qanot

boshlang

ʻ

ichlari paydo bo

ʻ

ladi. Oxirgi (beshinchi) yoshga yetgan lichinkalarning tanasi yaltiroq

yashil tusga kiradi [7].

Beda qandalasi Rossiyaning Boltiq dengizidan Amur o‘lkasigacha bo‘lgan hamma joylarida,

taxminan Vologda kengligidan va Sibirning o‘rta kengligidan shuningdek, Shimoliy Afrikada va
yaqin Sharq mamlakatlari hamda Markaziy Osiyoda uchraydi [7].

Beda qandalasi bedaning yosh poyalari uchlari, barg bandlari, ayniqsa, gul va g‘unchalardagi

shirani so‘rish yo‘li bilan zarar yetkazadi. Qandala tushgan g‘uncha va gullarning anchasi to‘kilib
ketadi, poyalarda gulbandlargina qoladi. Beda qandalasi asosan urug‘lik bedaga zarar yetkazadi. Bu
zararkunanda shikastlagan o‘simliklarning soni 65% va xatto 90% gacha yetishi mumkin. Beda
qandalasi sebarga, g‘o‘za, lavlagi, mavrak va boshqa ko‘pgina ekinlarga ham zarar yetkazishi
mumkin. Bu hasharot hammaxo‘r bo‘lib, dukkakdoshlar (Fabaceae), soyabonguldoshlar
(Umbelliferae),

murakkabguldoshlar

(Compositae),

sho‘radoshlar

(Chenopodiaceae)

va

gulhayridoshlar (Malvaceae) oilalariga mansub madaniy hamda yovvoyi o‘simliklarda oziqlanadi.
Biroq bu zararkunanda hamma o‘simliklarga qaraganda bedani yaxshi ko‘radi [7].

Markaziy Osiyoning ba’zi rayonlarida (xususan Xorazmda) beda qandalasi g‘o‘za

ko‘saklarining 20% dan ziyodroq qismini shikastlaydi, bunday ko‘saklardagi paxta tolalari buziladi
va bir-biriga yopishgan qo‘ng‘ir massaga aylanadi (ko‘sak bakterio‘zi) [5].

Beda qandalasi, beda, bo‘yimadoron, eshak-sho‘ra, dala pechagi, ituzum, shirinmiya, olabuta,

shuvoqlar va boshqa dukkakli ekinlarga qo‘yilgan tuxum shaklida qishlaydi. Mavsumda 4-5 ta avlod
berib rivojlanadi. Tuxumlari 20°C dan kam bo‘lmagan o‘rtacha sutkalik haroratda rivojlana
boshlaydi. Tuxumlardan lichinkalar chiqishi uzoq davom etadi. Bahorda, aprel qisman may oyida
tuxumdan yetuk zotgacha rivojlanishi deyarli 50-60 kunda, jazirama davrida esa 18-20 kunda amalga
oshadi. Qo‘yilgan tuxumlarning bir qismi, ayniqsa noqulay sharoitda uzoq diapauza holida qolib
kelasi yili ulardan lichinka chiqadi. Hasharotning bir avlodi to‘liq rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
samarali harorat yig‘indisi 10°C chegarasida 35°C ni tashkil etadi. Bitta urg‘ochi qandala mavsum
davomida 300–350 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Beda qandalasining lichinkalari boshqa so‘qir
qandalalar lichinkalariga nisbatan nimjon bo‘lib, turli xil ta’sirlar natijasida tana qismlari (oyoq,
mo‘ylov)ni uzilishi va tez nobud bo‘lishi bilan farqlanadi. Ammo voyaga yetganlari serharakat bo‘lib,
ko‘pincha kunduzi bir joydan ikkinchi joyga uchib hayot kechiradi, ayniqsa issiq havoda faollashadi
[5].

Beda qandalasi urug‘lik beda, hamda g‘o‘zaning jiddiy zararkunandasi hisoblanib,

o‘simlikning yuqori yosh qismini, shona, gul va yosh tugunlarini so‘rib zarar keltiradi. Bundan
tashqari mosh, loviya, no‘xat, yeryong‘oq kabi o‘simliklarga ham zarar yetkazadi. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra asosan 3 tur qandala dominant (zarari sezilarli) deb qayd etilgan. Bular,

Adelphocoris lineolatus, Lygus protensis

hamda yangi tur bo‘lgan g‘o‘za qandalasi -

Creontiades

pallidus

. Bu uchala qandala o‘simliklarda turli muddatlarda paydo bo‘lib, zichligi ham turlicha bo‘ldi.

Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida (Ulug‘nor, Oltinko‘l, Asaka, Xo‘jaobod, Buloqboshi)
g‘o‘zada ularning zichligini o‘rgandik. Hisob-kitoblarga ko‘ra janubda g‘o‘za qandalasi 98,0-99,0%
ni, beda va dala qandalasi 1,0-1,5 % ni; shimolda g‘o‘za qandalasi 93,0-95,0 % ni, beda va dala
qandalalari 5,0-7,0 % ni tashkil etdi [5].

Qandalaga qarshi kech kuzda yoki qish faslida bedaning kuzgi o‘rimdan so‘ng qolgan qismiga

o‘t qo‘yish tavsiya qilinadi.

Qishlayotgan zararkunandalarni kamaytirish uchun erta ko‘klamda yoki kech kuzda begona

o‘tlarni butunlay yo‘qotish chorasini ko‘rish kerak.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

33

Beda qandalasiga qarshi kimyoviy kurash usullari ham ishlab chiqilgan bo

ʻ

lib, zararkunanda

qandalalarga qarshi kurashishda ancha samara beradi.

Dalate plyus preparatidan 1 gektar maydonga 0.25 litr, entolucho preparatidan 1gektar

maydonga 0.3 litr, entometrin preparatidan 1 gektar maydonga 0.3 litr, Bi-58 preparatidan 1 gektar
maydonga 0.5–1 litr, entospilan preparatidan 1 gektar maydonga 0.3 kg, deltasisi preparatidan 1
gektar maydonga 0.1–0.6 litr va entomektin preparatidan 1 gektar maydonga 0.3–0.4 litr
ishlatilganida samarasi 90–95% gacha tashkil etadi. Bi-58 preparatini gektariga 0.5 litr dan
qo

ʻ

llanilganda 92% samara beradi [6].

Beda qandalasini o‘ldiradigan insektisidlar bir vaqtning o‘zida beda bitlarini ham qiradi. Beda

qandalasiga qarshi kurashda mexanik tutqichlar ham ishlatiladi [7].

Yuqoridagilarga asoslanib, kelgusida ushbu malumotlarni qishloq xo‘jaligi ekinlarini

muhofaza qilish amaliyotiga tatbiq etilishi yuqori hosildorlikka erishish kafolatini beradi deb
hisoblaymiz.

Adabiyotlar ro

ʻ

yhati

1. Wheeler A. J. Entomological Technique as Referring to the Life History of Insects. – 1927.
2. A.M.Muhamadiyev, Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi, O

ʻ

qituvchi nashriyoti, Toshkent–

1976.

3

.

B.A.Sulaymonov, A.R.Anorbayev, Sh.A.Maxmudova, MM.Ablazova, Umumiy

entomologiya va zoologiya ,Toshkent–2019.

4. R.Olimjonov, Entomologiya, O

ʻ

qituvchi nashriyoti, Toshkent–1977.

5. A.X.Yusupov va M.N.Yusupova. O

ʻ

simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot Instituti.

G

ʻ

o

ʻ

zaning o

ʻ

simlikxo

ʻ

r qandalalar bilan zararlanishining oldini olish va qarshi kurash usullari

hamda vositalarini yaratishning ilmiy–amaliy asoslari (Tavsiyanoma), Toshkent–2018.

6. I.K.Ergashev, B.Z.Xamrayev, Sh.M.Xudoyberdiev, A.R.Anorboyev, D.N.Nurmuhamedov,

U.D.Ortiqov, A.M.To

ʻ

rayev, K.Axmedjonova. O

ʻ

zbekiston Respublikasi qishloq xo

ʻ

jaligida

o

ʻ

simlik zararlunandalari, kasalliklariga va begona o

ʻ

tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan

kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o

ʻ

simliklarning o

ʻ

sishini boshqaruvchi

vositalar ro

ʻ

yxati. O

ʻ

zbekiston Respublikasi O

ʻ

simliklar karantini va ximoyasi agentligi. Toshkent–

2022.

7. V.V.Yaxontov. O

ʻ

rta Osiyo qishloq xo

ʻ

jaligi o

ʻ

simliklari hamda maxsulotlarining

zararkunandalari va ularga qarshi kurash. UzSSR O

ʻ

rta va oliy maktab davlat nashriyoti. Toshkent-

1962.

Bibliografik manbalar

Wheeler A. J. Entomological Technique as Referring to the Life History of Insects. – 1927.

A.M.Muhamadiyev, Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi, Oʻqituvchi nashriyoti, Toshkent–1976.

B.A.Sulaymonov, A.R.Anorbayev, Sh.A.Maxmudova, MM.Ablazova, Umumiy entomologiya va zoologiya ,Toshkent–2019.

R.Olimjonov, Entomologiya, Oʻqituvchi nashriyoti, Toshkent–1977.

A.X.Yusupov va M.N.Yusupova. Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot Instituti. Gʻoʻzaning oʻsimlikxoʻr qandalalar bilan zararlanishining oldini olish va qarshi kurash usullari hamda vositalarini yaratishning ilmiy–amaliy asoslari (Tavsiyanoma), Toshkent–2018.

I.K.Ergashev, B.Z.Xamrayev, Sh.M.Xudoyberdiev, A.R.Anorboyev, D.N.Nurmuhamedov, U.D.Ortiqov, A.M.Toʻrayev, K.Axmedjonova. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararlunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarning oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxati. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va ximoyasi agentligi. Toshkent–2022.

V.V.Yaxontov. Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari hamda maxsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash. UzSSR Oʻrta va oliy maktab davlat nashriyoti. Toshkent-1962.