Ҳар қандай жамиятнинг тараққиётида миллат менталитети, руҳияти ривожланишида анъаналар, маросимлар алоҳида ўрин тутади. Аслида шу омиллар миллат мавжудлигининг асосий меъзонлари, белгилари ҳисобланади. юртимизнинг келажаги бўлган ёш аволдни миллий анъаналар руҳида тарбиялаш муҳим масалалардан биридир.
Arxeologik izlanishlar natijalariga ko'ra, 0‘rta Osiyoning janubiy mintaqasi boTgan Janubiy Turkmanistonda mil.avv. 1V-HI ming yilliklardayoq oddiy mudofaa inshootlari paydo boTa boshlagan. Mudofaa dcvorlar mudofaa nuqtai nazaridan oddiy boTib, ko'proq paxsadan qilingan to'siqdck ko'rinsada, ular aholining xavfsizligini ta'minlash uchun aniq maqsadida qurilganiligini qayd etish joiz.
Мамлакатимизнинг мустақил тараққиёт йўлига чиқиши ҳаётимизнинг барча яъни ижтимоий-иқтисодий, сиёсий, ҳуқуқий ва маънавий соҳаларида улкан ўзгаришларни амалга оширишга замин бўлди.
Навоий асарларининг мазмун-моҳиятини англаб етишда китобхон бир қатор мураккабликка дуч келади. Чунки, айрим байт, ҳикоят, тимсолларнинг асосий маъносини тўғри тушуниш чуқур тафаккур, уларнинг фалсафий моҳиятини билишни талаб этади.
Ushbu maqolada XVI-XVIII asrlarda Buxoro xonligida me’morchilik va san’at rivoji taraqqiyotiga oid ilmiy izlanishlar o‘rganilgan. XVI-XVIII asrlarda Buxoro xonligida me’morchilik va san’at rivoji taraqqiyotiga oid ilmiy izlanishlar nafaqat O‘zbekistonda, butun O‘rta Osiyo va boshqa xorijiy davlatlarda ham olib borilgan. Sovet davriga kelib bu sohadagi izlanuvchilar soni ancha ortdi. Asosiy ilmiy tadqiqotlar XX asrdan boshlab olib borilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida esa bu harakatlar yangi pog‘onaga chiqdi. Tadqiqotchilarning deyarli barchasi XVI asrdan boshlab Buxoro xonligidagi shaharlarda me’morchilik va san’at sohasiga yangi yo‘nalish va o‘zgacha uslub kirib kelganligini takrorlashadi. Aksariyat nashrlarga e’tibor bersak, asosiy urg‘u poytaxt Buxoro, undan so‘ng Samarqand shaharlariga qaratiladi. Xattoki, Termiz, Shahrisabz va Qarshi shaharlari tarixi ham kam o‘rganilgan.