49
ADABIY MEROS
MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK
SOHIBA MADIRIMOVA,
ToshTAU, dotsent v.b.
MUTRIB SHE’RLARIDA MATN TAHRIRI VA UNING
NAMOYON BO‘LISH USULLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xorazm adabiy muhiti shoiri Muhammad Hasan Mutrib Hoji
Tabib o‘g‘lining (1853–1923) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoir
she’rlari muallif tahriri va kotib tahriri tasnifi asosida o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
matn, devon, qo‘lyozma manba, asliyat, tabdil, g‘azal, bayt, band.
Abstract:
In this article, the lyrical poems of the Khorezm literary milieu poet Muhammad
Hasan Mutrib Haji Tabib son (1853-1923) are studied from the aspect of textual studies. The poet’s
poems were studied based on the classification of author’s edition and scribe’s edition.
Keywords:
text, devon, manuscript source, original, conversion, ghazal, maqtaʼ, couplet.
Аннотация:
В данной статье с текстологической точки зрения исследуются лириче-
ские поэмы поэта хорезмской литературной среды Мухаммада Хасана Мутриба Хаджи
Табиба сына (1853-1923). Стихотворения поэта изучались на основе классификации ав-
торского издания и переписного издания.
Ключевые слова:
текст, диван, рукописный источник, оригинальность, адаптировать,
газель, стих, клаузула.
M
atn tahriri adabiy asarlarning muallif dastxati yoki unga yaqin variantlarini nashr
nusxalari bilan qiyosiy o‘rganish, yuzaga kelgan tafovutlarning sabablarini aniqlash
-
da muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday yaratilayotgan asar biror maqsadga
yo‘naltirilgan holda yoziladi. Shunday ekan “tahrir” jarayoni ikki usulda namoyon bo‘ladi.
Bi-
rinchisi,
muallif ongli ravishda yoki o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy voqealariga binoan yaratgan asa
-
rining qayta sayqallanish jarayonida yuzaga kelgan tahrir,
ikkinchisi
yaratilgan asarning kotib-
lar tomonidan amalga oshirilgan bilvosita yoki bevosita qilingan tahrir. Rus olimi D.S.Lixachov
“Tekstologiya” kitobida tahrirning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi:
1) g‘oyaviy tahrir;
2) uslubiy tahrir;
3) asardagi faktlarni boyitish, kengaytirishga qaratilgan tahrir;
4) bir necha turni o‘zida mujassam etgan qorishiq tahrir
1
.
Matnshunos Q.Pardayev o‘zining tadqiqotida matn tahririni g‘oyaviy tahrir, muallif tahriri,
kotib tahriri
2
kabi turlariga ajratib o‘rganadi.
Mutrib Xonaxarob adabiy merosi tadqiqida yuqorida keltirilgan tahrir turlarini to‘liq tatbiq
etib bo‘lmaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shoir devoni qo‘lyozmalariga ko‘chirilgan lirik asarlar
matnida jiddiy o‘zgarishlar borligi namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Mutrib asarlari matniga doir
tahrirni quyidagi tasnif asosida o‘rganish mumkin:
1.
Muallif tahriri;
1
Лихачев Д.С. Текстология. Краткий очерк. – М. –Л: Наука, 1964. – С.7.
2
Pardayev Q. Muqimiy she’riyatida matn tarixi, tahriri va talqini. Filol. fan. d-ri... diss. – Toshkent, 2019. – B. 47-48.
50
Adabiy meros. Ilmiy jurnal
2023-yil, 1-son (7)
2. Kotib tahriri.
Mutrib she’rlari matnida muallif tahririning quyidagi uch ko‘rinishi ko‘zga tashlanadi:
1.
Yaxlit she’r baytlarining qisqarishi;
2.
Bayt tarkibidagi so‘zlarning o‘zgarishi;
Yaxlit she’r baytlarining qisqarishi.
Tahrirning bu turi Mutrib ijodida g‘azal baytlariga
bog‘langan muxammaslar matnida ko‘proq uchraydi. Bu hol shoirning Navoiy, Munis, Oga
-
hiy g‘azallariga bog‘lagan taxmislarida yorqinroq ko‘rinadi. Masalan, 1134 raqamli “Majmuat
ush-shuaroi payravi Feruzshohiy”
qo‘lyozma manbada Mutribning Ogahiy hamda Feruz g‘azal
-
lariga bog‘lagan 5 ta muxammasi berilgan. Bular O‘zR FA ShIda saqlanayotgan shoir devoni
qo‘lyozmalarida uchramaydi. Jumladan, shoir Ogahiyning
rajazi
musammani solim
(– – V – / – –
V -/ – – V -/ – – V -) vaznida yaratgan “
Jonbaxsh la’ling uzra to xat qildi paydo orazing
3
” misrasi
bilan boshlanuvchi g‘azaliga taxmis bog‘lagan. Muxammasning birinchi bandi quyidagicha:
Qildi xirad begonasi ko‘rgach, nigoro, orazing,
Aylab manga har lahzada mehr oshkoro orazing,
Bazmimg‘a yetkurdi bu tun ming zebu oro orazing,
Jonbaxsh la’ling uzra to xat qildi paydo orazing,
Xurshid uza jam’ ayladi Xizru Masiho orazing
(1134 inv. 22
b
, 23
a
).
Shoir Ogahiyning 9 baytli g‘azalidan uchinchi hamda oltinchi baytlarini tushirib qoldirib, 7
baytiga taxmis bog‘lagan. Tushirib qoldirilgan baytlar quyidagicha:
Zohid tilar jannat guli sarvin magarkim ko‘rmamish,
Lutf ichra zebo qomating husn ichra hamro orazing.
Oydek yuzung mahjurlari shom g‘amini yorutur,
Partav maning shomimg‘a ham solg‘aymu oyo orazing.
Mutrib Ogahiyning
“Orazing”
hamda
“Qoshu ko‘zung”
radifli g‘azallariga taxmis bog‘lar
ekan, ustozi g‘azallarining biror so‘zini o‘zgartirmagan. Ammo g‘azalning aksar baytlari tushirib
qoldirilgan. Bizningcha, buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:
birinchidan,
shoir Ogahiy tomonidan yaratilgan ushbu g‘azallarning ba’zi baytlariga har jihat
-
dan muvofiq keluvchi taxmis bog‘lashga jur’at eta olmagan;
ikkinchidan,
shoir tayangan manbada, ya’ni bayoz, majmua yoki devonlarga ko‘chirilgan vari
-
antlardagi qo‘lyozmalarda yuqoridagi baytlar qisqargan holda berilgan bo‘lishi ehtimoli bor;
uchinchidan,
shoir g‘azalning o‘zi tanlagan baytlarigagina taxmis bog‘lagan bo‘lishi mumkin.
Bayt tarkibidagi so‘zlarning o‘zgarishi.
Mutrib Xonaxarobning devon qo‘lyozmalariga kiri-
tilmagan muxammaslari 1127 raqamli qo‘lyozmaga ham ko‘chirilgan. Bu qo‘lyozmaga kiritilgan
muxammaslar 1134 raqamli qo‘lyozmada ham uchraydi.
Ushbu ikki qo‘lyozma manbadagi muxammaslar matni o‘zaro solishtirilganda ular orasida
ayrim matniy o‘zgachiliklar borligi aniqlandi. Ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ikkala man
-
bada ham muxammaslar Feruz qalamiga mansub
“Ohista-ohista”
g‘azaliga bog‘langan. Xulo
-
salar aniq bo‘lishi uchun avvalo, g‘azal matni Xiva Ichonqal’a muzeyida saqlanayotgan 5884/11
raqamli “G‘azaliyoti Feruz” manbasi asosida tekshirildi. Qiyosiy o‘rganish natijalari Feruz g‘azali
ayrim baytlari Mutrib muxammasida negadir, o‘zgartilgan holda uchraydi. Jumladan, g‘azalning
ikkinchi baytidagi
“qilg‘ali”
so‘zi 1127 (57
b
-bet), 1134 (54
a/b
-bet) raqamli qo‘lyozma majmualar
-
ga
“ayladi”
tarzida o‘zgarishga uchragan. Muxammasning ushbu bandi quyidagicha:
Uzorin gulgul aylab jannatoso o‘lgali gulshan,
Tarahhumlar qilib, bilkull bo‘lurg‘a bu kecha bir tan,
Ko‘rub holi xarobim hajr aro ul dilbari purfan,
Firoqida qarorg‘on ko‘zlarimni
ayladi
ravshan,
Ochib
ruxsorayi
xurshidson ohista-ohista.
3
O‘zR FA SHI Asosiy fond. Ogahiy. Ta’viz ul-oshiqin. Qo‘lyozma devon. №1529. – B. 112a/b.
51
1127 raqamli majmuada “Ochib ruxsorayi” birikmasidagi “
ruxsorayi
” so‘zi “
ruxsorani
”
shaklida ko‘chirilgan. Ushbu g‘azalning sakkizinchi baytidagi “Qucharsan, quch” birikmasi
muxammasda “Vagar quchsang” tarzida tahrir etilgan:
Agar
istarsen o‘pmaklikni eng jonfizo la’lim,
Qucharsan quch
belim engu miyon ohista-ohista (5884/11-inv. 105
a
-bet).
Mutrib muxammasida:
Agar istarsen o‘pmaklikni eng jonfizo la’lim,
Vagar quchsang
belim engu miyon ohista-ohista.
Bu kabi tahrirlar, ya’ni o‘zi muxammas bog‘layotgan g‘azallar matnidagi bunday o‘zgarishlar
Mutrib tomonidan amalga oshirilgani haqiqatga yaqin, bizningcha. Negaki, ayrim hollarda bunday
o‘zgarishlar shoir tomonidan amalga oshirilgan.
Professor Nurboy Jabborov tahrirni hajm va ko‘lamiga ko‘ra ikki turga bo‘lib o‘rganishni
tavsiya etadi: “1) butun matn tarkibiga oid tahrir; 2) matnning alohida qismiga aloqador tahrir
4
”.
Misollardan ham ko‘rinib turibdiki, o‘rganilayotgan manbadagi tahrirlar asosan matnning alohida
qismiga oid.
Mutrib Feruzning “
Dedim, ko‘zumni ravshan et, mehri jamoling ko‘rsatib
” misrasi bilan bosh-
lanuvchi 7 baytli g‘azaliga ham taxmis bog‘lagan. Feruz g‘azalining maqta’iga ham Mutrib to
-
monidan juz’iy tahrir kiritilgan. Masalan, “Dedim, ko‘zungdin o‘rgulay Feruzg‘a bir bo‘sa ber
...”
ni muxammas misralaridagi “dilso‘zg‘a”, “qunduzg‘a”, “navro‘zg‘a” so‘zlariga mos ravishda
“Feruzg‘a” tarzida o‘zgartirilgan (1127(78
b
-bet) raqamli qo‘lyozma; 1134(79
a/b
-betlar) raqamli
qo‘lyozma). She’r matni quyidagicha:
Fosh aylabon mehru vafo man tashnayi dilso‘zg‘a,
Keldi qoshimg‘a cho‘lg‘anib, sanjob ila qunduzg‘a,
Ey Mutribo, emdi do‘nub, har bir kuning navro‘zg‘a,
Dedim, ko‘zungdin o‘rgulay, bir bo‘sa ber Feruzg‘a,
Dedi, yuzumni og‘ritur har yon xating nishi botib.
Matnshunos Nafas Shodmonovning yozishicha: “... matn muallifi harakatdagi voqelikni aks etti
-
rar ekan, muayyan ijodiy ruhiy jarayonni kechiradi. Shu jarayonda u obyektiv va subyektiv sabablar
ta’sirida matnning ayrim o‘rinlariga munosabatini o‘zgartirishi va ularga turli hajmlardagi tuzatishlar
kiritishi mumkin. Bunday tuzatish va o‘zgartirishlar matnning materiali, yaratilishi, shakllanishi, qu
-
rilishi va hokazo tarixiy, badiiy, g‘oyaviy hamda uslubiy jihatlarini o‘rganishga asos bo‘ladi”. Garchi
majmuadagi Mutrib she’rlarida harakatdagi voqelik aks etmagan bo‘lsa-da, muallif muayyan ijodiy
ruhiy jarayonni kechirgani aniq. Matndagi tahrirlar ayni shu ijod jarayoni mahsuli sifatida baholan
-
mog‘i kerak. Shu bois tahrirlar asosan matnni mukammallashtirishga xizmat qilgan.
Kotib tahriri.
Mutribning A (2679-inv.) tayanch manbaga kirgan ikkita musaddasi 1134
raqamli majmua tarkibida ham uchraydi. Bular:
“Mash’ali bazmima husnini balosini ko‘rung...”,
“Gulshan ichra jilvau yuz nozi izhor ayladi...”
misralari bilan boshlanadi.
Ushbu she’rlar matni qiyoslanganda, ular orasida ayrim o‘zgachaliklar kuzatiladi. Jumladan,
yetti bandli “
Mash’ali bazmima husnini balosini ko‘rung...”
A (2679-inv. 231
a/b
-betlar)
tayanch
manbadagi “balosini ko‘ring” birikmasi majmuaga “jilosini ko‘ring” tarzida ko‘chirilgan. Shu
o‘rinda “
Mash’ali bazmima husnini jilosini ko‘rung...”
varianti mazmunan to‘g‘ri ekanini ta’kid
-
lash kerak. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, kelgusida shoir asarlarining ilmiy-tanqidiy
matnini tayyorlashda ushbu musaddas matni 1134 raqamli qo‘lyozma majmuadagi variant asosida
tiklanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quyidagi jadvalda “
Gulshan ichra jilvau yuz noz izhor ayladi...”
misrasi bilan boshlanuvchi
ikkinchi musaddas matnidagi tafovutlar keltirildi:
4
Jabborov N. Badiiy matn tahririning xos xususiyatlari. – “O‘zbek adabiyotshunosligida talqin va tahlil muammolari”
mavzuidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent, Mumtoz so‘z, 2014. – B. 28.
52
Adabiy meros. Ilmiy jurnal
2023-yil, 1-son (7)
She’r bandi
va misrasi
A (2679-inv.) tayanch manba
1134 raqamli qo‘lyozma majmua
1/1
“Qilmadim komim ravo
ul
yorlig‘
hangomida” (232
b
-bet)
“Qilmadim komim ravo
chun
yorlig‘
hangomida” (209
a
-bet).
3/1
Doimo
ko‘rgach o‘zin majnunshior aylar ongo
...
Dahr eli
ko‘rgach o‘zin majnunshior aylar ongo
...
6/3
Ohkim, ehsoni lutf ila dame shod etmayin,
Xasta ko‘nglumni g‘amu hijrondin ozod
etmayin,
Lablarini kavsaridin
qatra
xayrod
etmayin,
Mutribi sargashtani bir jom ila yod etmayin,
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi,
Rashk tiyg‘i jon ila ko‘nglumni afgor ayladi.
Ohkim, ehsoni lutf ila dame shod etmayin,
Xasta ko‘nglumni g‘amu hijrondin ozod
etmayin,
Lablaridin kavsarini
qatra
xaridor
etmayin,
Mutribi sargashtani bir jom ila yod etmayin,
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi,
Rashk tiyg‘i jon ila ko‘nglumni afgor ayladi.
Ko‘rinadiki, “ul” so‘zi “chun”, “doimo” so‘zi esa “dahr eli” tarzida tahrir etilgan. She’rning
keyingi “
Lablarini kavsaridin
qatra
xayrod
etmayin” misrasi “Bayozi majmua”ga “
Lablaridin
kavsarini
qatra
xaridor
etmayin” tarzida ko‘chirilishi asar mazmunini tubdan o‘zgartirib yubora
-
di. Ayniqsa, “Xaridor” so‘zi musaddasning keyingi misralaridagi
shod, ozod, yod
so‘zlariga qofi
-
yadosh sifatida ko‘chirilishi mantiqan noto‘g‘ri.
Umuman, manbalar tahlili asosida aytish mumkinki, ushbu she’r matni faqatgina A tayanch
manbadagina mukammalroq tarzda uchraydi. 1134 raqamli manbadagi musaddaslar matnida
ko‘plab vazn, qofiya buzilishi bilan bog‘liq nuqsonlar bor.
A tayanch manba hamda V tayanch yordamchi manbalariga ko‘chirilgan
“Mayi la’ling bila
jonimni daf’i xumor etgil”
misrasi bilan boshlanuvchi 7 baytli g‘azalning beshinchi bayti qiyos-
langanda ular orasida quyidagi farq borligi kuzatildi:
Ochib gulzori husning chehrayi baxtimni siyohidin,
Bori ayshim xazondur, tiyra baxtimni bahor etgil.
(A tayanch manba. 151
b
-bet).
Bori ayshim xazondur, chehrayi baxtim siyohidin,
Ochib gulzori husning, tiyra baxtimni bahor etgil.
(V tayanch yordamchi manba. 235
a
-bet).
(Chehrayi baxtim siyohidin barcha turmushim xazon kabidir, gulzor husningni ochib, hayo-
timni o‘q tezligi kabi (kelib) bahor etgil).
Ikkinchi berilgan baytda
, oshiqning chehrayi baxti (siyohidin) qora bo‘lganidan barcha tur
-
mushi xazon bo‘lgani, (yor) go‘zal (gulzor) husnini ochib (kelib), (oshiqning) hayotini o‘q tezligi
kabi bahor etishi kerakligi anglashiladi. Ushbu baytda shoir tazod (xazon-bahor)dan mohirona
foydalangan.
Birinchi baytda:
(yorning) go‘zal husni (oshiqning) chehrayi baxti qoraligidandir. Barcha tur
-
mushi xazondur, (yor uning) hayotini o‘q tezligi kabi bahor etishi kerakligi mazmuni tushuniladi.
Baytda muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr saqlanmasligi natijasida g‘azalda anglashilgan mazmun
o‘zgarib, mantiq buzilishi yuzaga kelgan.
Hijriy 1328/1910-yilda Muhammad Sharif Muhammad
Ya’qub devon ba Xarrot tomonidan
ko‘chirilgan 2025 raqamli qo‘lyozma bayoz matnida shoirning ayrim g‘azallaridagi so‘zlar ish
-
latilishida ba’zi kamchiliklar ham uchraydi. Masalan, ramali musammani mahzuf (-V – -/-V– –
/-V – – /– V -) vaznida yozilgan
Ko‘nglum ichra, ey sumanbar, dog‘i hijronimni ko‘r
” misrasi
bilan boshlanuvchi ushbu g‘azalning to‘rtinchi baytidagi “
yuz lak
” birikmasi “
yuz lek
” tarzida
ko‘chirilgan. Tabiiyki, bu hol bayt mazmuniga ta’sir ko‘rsatgan:
Intizoringdin tuganmas dardima pobast o‘lub,
Ko‘nglum ichra necha
yuz lek
dardi pinhonimni ko‘r. (Qo‘lyozma, 107
b
-bet).
53
Ma’lumki, “lek” so‘zi Navoiy asarlari lug‘atida “lekin” so‘zining qisqargan shakli sifatida
berilgan
5
. Ushbu zidlov bog‘lovchisi g‘azal mazmunining buzilishiga sabab bo‘lgan. Asliyatda
bu so‘z کل (lak) shaklida yozilgan. “Lak” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “yuz ming” ma’nosiga
ega. Kotib esa bu so‘zga “ی” (i) harfini ortiqcha qo‘shib, کيل (lek) tarzida “tahrir” etgan. Holbuki,
matnshunos Nurboy Jabborov fikricha: “Matnning muallif ishtirokisiz amalga oshirilgan har qan
-
day tahriri asar mohiyatiga zarar yetkazishi jihatidan maqsadga muvofiq emas
6
”.
She’r mazmunida oshiq yorini kutib, tuganmas dardga giriftor bo‘lganidan ko‘nglidagi dard
necha yuz mingdan ham yuz karra ortiq darajaga yetganini anglash mumkin. Ushbu misralarda
shoir mubolag‘a san’atining g‘uluv turidan foydalangan. Bundan ko‘rinadiki, matn mazmuni “yuz
lek” birikmasi o‘rniga “yuz lak” bo‘lishini talab etadi.
Shu g‘azalning to‘qqizinchi misrasida راذع (uzor) so‘zi uchraydi. Bizningcha bu so‘z asliyatda
رذع (uzr) bo‘lgan. G‘azal bayti quyidagicha:
Aylab
uzorimni
qabul, ey gul, xirom et, man sori,
Bo‘lsa ne jurmim sanga, ondin
pushaymonni
ko‘r.
___________________________________________
Aylab uzrimni qabul, ey gul, xirom et, man sori,
Bo‘lsa ne jurmim sanga, ondin pushaymonimni ko‘r.
“Uzor” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, yuz, bet; chakka ma’nolarni bildiradi. “Uzr” so‘zi esa
uch xil ma’noni ifodalaydi: 1. Kechirim; 2. Bahona, sabab; 3. Kamchilik
7
.
Baytda oshiq yoridan uzrini qabul qilib, u tomon xirom etishini, xatolaridan pushaymon
ekanini ko‘rmog‘ini iltijo etgani ifodalangan. Ayon bo‘ladiki, “uzor” so‘zining qo‘llanishi g‘aliz.
Shu baytda kotib yana bir xatoga yo‘l qo‘yib, “Ondin pushaymon
imni ko‘r” birikmasidagi “-im”
qo‘shimchasini tushirib ko‘chiradi. Natijada fikr ifodasidagi mantiq buzilgan.
Mutrib Xonaxarobning qo‘lyozma asarlarida uchraydigan kamchiliklarni asarning boshqa
nusxa lari asosida tiklab, to‘g‘ri varianti berilishi zarur. Biroq shoir asarlarining qayta ko‘chirilgan
manbalari bo‘lmagani sababli ayrim qiyinchiliklarga duch kelindi. Biroq fikr-mulohazalarimizni
asoslashda matnshunos olimlarimizning qarashlariga asoslandik. Matnshunos Sh.Sirojiddinov fikri
-
cha: “... agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, matnshunos ichki mantiqi bilan she’r qofiyasi, radifi aso
-
sidagi so‘z variantini tanlab olishi zarurati yaqqol seziladi”
8
. Kotib tomonidan yo‘l qo‘yilgan bu kabi
tahrirlarning amalga oshirilishi Mutrib asarlarining mazmun doirasiga, vazniga salbiy ta’sir etgan.
Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati:
1. Лихачев Д.С. Текстология. Краткий очерк. – М. – Л: Наука, 1964. – С.400.
2. Pardayev Q. Muqimiy she’riyatida matn tarixi, tahriri va talqini. Filol. fan. d-ri... diss. –
Toshkent, 2019. – B. 223.
3. 3-O‘zR FA SHI Asosiy fond. Ogahiy. Ta’viz ul-oshiqin. Qo‘lyozma devon. №1529.
4. Jabborov N. Badiiy matn tahririning xos xususiyatlari. – “O‘zbek adabiyotshunosligida
talqin va tahlil muammolari” mavzuidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – T:. Mumtoz so‘z,
2014. – B. 28.
5. Jabborov N. Badiiy matn tahririning xos xususiyatlari. //O‘zbek adabiyotshunosligida
talqin va tahlil muammolari (Ilmiy maqolalar to‘plami). – T.: Mumtoz soʻz, 2014. – B. 28-32.
5
Navoiy asarlari lug‘ati (Tuzuvchilar: P.Shamsiyev, S.Ibrohimov). – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at,
1972. – B. 336.
6
Jabborov N. Badiiy matn tahririning xos xususiyatlari. – “O‘zbek adabiyotshunosligida talqin va tahlil muammolari”
mavzuidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent, Mumtoz so‘z, 2014. –B. 28.
7
Navoiy asarlari lug‘ati. (Tuzuvchilar: P.Shamsiyev, S.Ibrohimov). – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at,
1972. – B. 782
8
Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – Toshkent, 2019. – B. 68.