Анализ развития человеческого капитала в этносоциологических процессах ферганской долины

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
195-203
4
0
Поделиться
Содиржонов, М. (2023). Анализ развития человеческого капитала в этносоциологических процессах ферганской долины . in Library, 1(1), 195–203. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/22280
Мухриддин Содиржонов, Наманганский государственный университет

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье было проведено социологическое исследование на тему «Оценка потенциала человеческого капитала в повышении качества жизни этносоциальных групп» в сходах жителей Таджикистана и Кыргызстана, имеющих наибольшую долю узбекского населения в районах Ферганской долины. На основе анализа ряда показателей повышения качества жизни этносоциальных групп мы попытались более глубоко изучить сущность данного исследования. А также уровень соответствия доходов этносоциальных групп сегодняшним запросам, вопросы здоровья, отдыха и досуга, социальной среды и социальных отношений по соседству, уровень удовлетворенности этносоциальных групп процессами, происходящими в обществе, значимость социальных сетей в социальном образе жизни, исследовано состояние социальной защищенности и ее этноидентификационные характеристики, разработан ряд выводов, предложений и рекомендаций. 

Похожие статьи


background image

№SI-1 | 2023

195

Sodirjonov Muxriddin Maxammadaminovich

Namangan davlat universiteti

sotsiologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD),

dotsent v.b. E-mail: sodirjonov@mail.ru

FАRGʼОNА VОDIYSIDАGI ETNОSОTSIОLОGIK JАRАYОNLАRIDА INSОN

KАРITАLINING RIVОJI TАHLILI

http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.0000000

АNNОTАTSIYА

Ushbu mаqоlаdа Fargʼona vodiysi viloyatlarida oʼzbek millatiga mansub aholi salmogʼidan

soʼng yuqori turuvchi tojik va qirgʼiz millatiga mansub aholi istiqomat qiluvchi mahalla fuqarolar
yigʼinlarida «Inson kapitalining etnosotsial guruhlar turmush sifatini oshirishdagi imkoniyatlarini
baholanishi» mavzusida sotsiologik tadqiqot olib borildi. Etnosotsial guruhlarning turmush sifatini
oshirishning bir qator indekslarini tahlil qilish asosida mazkur tadqiqotning mohiyatini yanada
chuqurroq oʼrganishga harakat qildik. Shuningdek, etnosotsial guruhlar daromadining bugungi kun
talabiga mosligi darajasi, salomatlik, dam olish va boʼsh vaqt masalalari, mahalladagi ijtimoiy muhit
sotsial munosabatlar, etnosotsial guruhlarning jamiyatda boʼlayotgan jarayonlardan qoniqish darajasi,
ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy turmush tarzdagi ahamiyati, ijtimoiy himoyalanganlik holati va uning
etnik identifikatsion xususiyatlari tadqiq etilib bir qator xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kаlit sо’zlаr:

Fargʼona vodiysi, etnik guruhlar, millatlararo totuvlik, etnologiya,

antropologiya, millat, shahar aholisi, qishloq aholisi, talim, salomatlik, madaniyat, demografiya,
farovonlik, daromad, bandlik, biznes, investitsiya, innovatsiya, migratsiya, yoshlar, ijtimoy adolat,
salohiyat, inson kapitali.

Содиржонов Мухриддин Махаммадаминович

Наманганский государственный университет

доктор философии (PhD) по социологии,

и.о. доцент, E-mail: sodirjonov@mail.ru

АНАЛИЗ РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА В

ЭТНОСОЦИОЛОГИЧЕСКИХ ПРОЦЕССАХ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

АННОТАЦИЯ

В данной статье было проведено социологическое исследование на тему «Оценка

потенциала человеческого капитала в повышении качества жизни этносоциальных групп» в
сходах жителей Таджикистана и Кыргызстана, имеющих наибольшую долю узбекского
населения в районах Ферганской долины. На основе анализа ряда показателей повышения
качества жизни этносоциальных групп мы попытались более глубоко изучить сущность
данного исследования. А также уровень соответствия доходов этносоциальных групп
сегодняшним запросам, вопросы здоровья, отдыха и досуга, социальной среды и социальных


background image

№SI-1 | 2023

196

отношений по соседству, уровень удовлетворенности этносоциальных групп процессами,
происходящими в обществе, значимость социальных сетей в социальном образе жизни,
исследовано

состояние

социальной

защищенности

и

ее

этноидентификационные

характеристики, разработан ряд выводов, предложений и рекомендаций.

Ключевые слова:

Ферганская долина, этносы, межнациональное согласие, этнология,

антропология, нация, городское население, сельское население, образование, здоровье,
культура, демография, благосостояние, доход, занятость, бизнес, инвестиции, инновации,
миграция, молодежь, социальная справедливость, мощность, человеческий капитал.

Sodirjanov Mukhriddin Makhammadaminovich

Namangan State University

Doctor of Philosophy in Sociology (PhD),

Acting associate professor.

E-mail: sodirjonov@mail.ru

ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT OF HUMAN CHARITAL IN THE ETHNO-

SOCIOLOGY PROCESSES OF THE FERGANA VALLEY

ANNOTATION

In this article, a sociological study was conducted on the subject of "Evaluation of the potential

of human capital in improving the quality of life of ethno-social groups" in the community meetings
of the Tajik and Kyrgyz residents, who have the highest share of the Uzbek population in the regions
of the Fergana Valley. Based on the analysis of a number of indices of improving the quality of life
of ethno-social groups, we tried to study the nature of this research in more depth. Also, the level of
compliance of ethnosocial groups' income with today's demands, health, recreation and free time
issues, the social environment and social relations in the neighborhood, the level of satisfaction of
ethnosocial groups with the processes taking place in society, the importance of social networks in
the social lifestyle, the state of social protection and its ethnic identification characteristics are
researched. and a number of conclusions, proposals and recommendations were developed.

Key words:

Ferghana Valley, ethnic groups, interethnic harmony, ethnology, anthropology,

nation, urban population, rural population, education, health, culture, demography, welfare, income,
employment, business, investment, innovation, migration, youth, social justice, capacity, human
capital.

Fargʼona vodiysi Respublika hududining 4,1 foizini tashkil etgan holda mamlakat aholisining

27,8 foizi aynan ushbu hududda istiqomat qiladi. Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlarini
birlashtirgan mazkur hudud aholi soni, zichligi, mehnat resurslarining salmogʼi hamda urbanizatsiya
darajasining yuqoriligi bilan Respublikada oldingi oʼrinda turadi. Fargʼona vodiysi tabiiy-geografik
sharoiti, aholisining qadimdan oʼtroq turmush kechirganligi, tarixiy-madaniy maskanlari va tarixan
turli davrlarda turli etnik guruhlar va etnoslar kelib joylashganligi bilan oʼziga xos jihatlari bilan
farqlanib turadi.

Qolaversa, Fargʼona vodiysi viloyatlari markazi va katta shaharlarida rus millatiga mansub

aholi istiqomat qilishi oʼrganildi. Shuningdek, mazkur mintaqada koreys, tatar, loʼlia, qozoq,
ozarbayjon, ukrain, turkman, belorus, qoraqolpoq, arman, yaxudiy, nemis, moldavan, guruzin va
boshqa millat vakillari mavjud.

Mustaqillikni dastlabki yillarida shahar aholisiga nisbatan qishloq aholisi soni boʼlgan boʼlsa,

bugungi kunda aksincha, qishloq aholisi sonining kamayishi va oʼz navbatida shahar aholisi sonining
ortib borishi kuzatilmoqda. 2022 yilga kelib, Аndijon viloyati umumiy agʼolisi soning 52,2 foizi
shahar, 47,8 foizi qishloq, Namangan viloyati (64,8 foiz shaharda, 35,2 foiz qishloqda), Fargʼona
viloyati (56,2 foiz shaharda, 43,8 foiz qishloq)larda istiqomat qiladi[2].

Oʼrganilgan mavzu doirasida Fargʼona vodiysi viloyatlarida oʼzbek millatiga mansub aholi

salmogʼidan soʼng yuqori turuvchi tojik va qirhiz millatiga mansub aholi istiqomat qiluvchi mahalla


background image

№SI-1 | 2023

197

fuqarolar yigʼinlarida «Inson kapitalining etnosotsial guruhlar turmush sifatini oshirishdagi
imkoniyatlarini baholanishi» mavzusida sotsiologik tadqiqot olib borildi. Etnosotsial guruhlarning
turmush sifatini oshirishning bir qator indekslarini tahlil qilish asosida mazkur tadqiqotning
mohiyatini yanada chuqurroq oʼrganishga harakat qildik(ishning ilova qismida dastur berilgan).

Hududlarda

aholining farovonlik,

salomatlik,

bandlik,

migratsiya,

taʼlim

kabi

koʼrsatkichlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan majmuini oʼrganish davr talabiga aylanib bormoqda. Ish
oʼrinlarining mavjudligi, aholining kundalik turmush tarzi, moliyaviy farovonligi, daromadlarning
oʼsib va kamayib borishi boʼyicha ijobiy ishlar natijadorligi bilan, mehnatga layoqatli aholining ish
bilan taʼminlash, ayniqsa, aholi zich yashaydigan Fargʼona vodiysining viloyatlar va shaharlar
markazidan olis boʼlgan hududlarda shu kabi muammolar mavjud. Tadqiqot natijalarida vodiy
viloyatlarining togʼ oldi va chegara hududlarida istiqomat qiluvchi etnosotsial guruhlarning
moliyaviy farovonligi, daromad hamda xarajatlarning bugungi kun talabiga moslik darajsida turli
tafovutlar mavjudligini koʼrish mumkin.

Tadqiqot natijalari shuni koʼrsatadiki, bozor iqtisodiyotga asoslangan jamiyatda xohlasak

ham, xohlamasak ham moliyaviy farovonlik darajasi birinchi navbatdagi masala sifatida eʼtirof etib
kelinadi. Etuk, jamiyat va davlat uchun foydasi teganligan shaxsni tarbiyalash oʼz-oʼzidan juda katta
miqdordagi investitsiyani talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, har bir oilaning moliyaviy farovonlik
darajasi kelajak uchun qilingan investitsiya sifatida qaraladi. “Etnosotsial guruhlar daromadining
bugungi kun talabiga mosligi darajasini qanday baholaysiz”, degan savolga respondentlarning
javoblari quyidagicha taqsimlandi: past daraja (63,6% tojik, 36,4% qirgʼiz), oʼrta daraja (42,6% tojik,
57,4% qirgʼiz), yuqori daraja (90,7% tojik, 9,3% qirgʼiz), va 14 nafar tojik respondentlar javob
berishga qiynalaman, degan javobni qayd etish kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashish jarayonlarida ijtimoiy-madaniy omillar alohida

ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va moliyaviy farovonlikni taʼminlashda
zamonaviy kasb-hunar va ishbilarmonlik, tadbirkorlik va mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish boʼyicha aholining ayniqsa hududlardagi yoshlar faolligini oshirish boʼyicha tegishli
tashkilotlardan zamonaviy, horijiy tajribadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni talab qilmoqda.

Maʼlum bir mehnat faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan etnik guruhlar oʼrtasida muayyan ishonch,

maʼlum bir harakatchanlik zarur boʼlganda, yaqinlik va asosiysi qoʼshni davlatlar bilan ahil
qoʼshnichilik munosabatlari ham muhim, bu erda asosiy rolni etnik kelib chiqish emas, balki tarixan
yaqin aloqalar, qarindosh-urugʼchilik, etnomadaniy oʼhshashlik, eʼtiqodiy bir hillik, urf-odatlar taʼsiri
ostida shakllanadigan individual qobiliyatlar ancha keng taʼsirga ega.

Yangi Oʼzbekiston strategiyasining maqsadi yurtimizning baxtli va barkamol insonlar

farovon yashaydigan, ijtimoiy adolat tamoyillari toʼliq qaror topgan, dunyoning eng rivojlangan,
barqaror oʼsayotgan va inson kapitali yuqori boʼlgan demokratik davlatlari qatoridan joy olishini
taʼminlashdir.

Oʼzbekiston koʼp qirrali hamkorlikni, eng avvalo inson kapitali va demokratik yangilanishlar,

biznes, investitsiya va innovatsiyalarni ilgari surish, “yashil” taraqqiyot, ekologiya, madaniy
almashinuv va boshqa yoʼnalishlarda yanada kengaytirishni qoʼllab-quvvatlaydi[1, – B. 343].
Farovonlik esa oʼz-oʼzidan bunyod boʼlmaydi. Demak, milliy mafkuramizning asosiy printsiplaridan
biri – xalq farovonligi gʼoyasi oʼz-oʼzidan mafkuraviy mazmun, maʼno va ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, tadbirkorlik va kichik biznes uchun xalq farovonligi gʼoyasi mafkuraviy omil boʼlishi
tabiiy.

Fargʼona vodiysidagi Namangan, Rishton, Margʼilon, Qoʼqon, Chust, Аsaka, Shahrixon va

boshqa shaharlar aholisi hunarmandchiligining oʼziga xos tomonlari oʼrganildi. Zamonaviy jamiyatda
viloyatlar aholisi oʼrtasida zamonaviy ishbilarmonlik va tadbirkorlik koʼnikmalari yuqori darajada
rivojlangan, deb baholash mumkin. Nafaqat ichki bozor balki eksport salohiyati yuqori boʼlgan
tadbirkorlik va biznes faoliyati bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa oʼz navbatida, tarixan
avloddan-avlodga oʼtib kelayotgan savdogarchilik bilan bogʼliq, deb baholanadi. Har bir hudud
oʼziga xos milliy kasb-hunar turlari va tadbirkorlik sohalarini yaratadi. Shuningdek, mahsulot va
tovarlar ushbu hududning oʼziga xos “brend”iga aylanadi (Chust doʼppisi va pichogʼi, Margʼilon
atlasi, Oltiariq uzumi, Qoʼqondagi kichik va oʼrta bizens obʼektlari hamda Аsakadagi “UZАUTO


background image

№SI-1 | 2023

198

Motoros” АJ avtomobil zavodi, Namangandagi “Аisha home textile” MSHJ, “Chortoq» suvi, “Аrt
soft” klasteri, Fargʼonadagi toʼqimachilik, sanat va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
boʼyicha vodiyda asosiy drayverga aylangan.)[10, – B. 109-110]

Bozorga moslashish va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida etnik omilning oʼrnini bozor

iqtisodiyoti uchun koʼp millatli, etnik guruhlarning tengligi, jamiyat va biznes uchun innovatsion
imkoniyatlarning rivojlanishiga hissa qoʼshadigan madaniy xilma-xillik egallaydi. Chunki har bir
etnik va milliy madaniyatda boshqa madaniyatda boʼlmagan narsa bor va shu bilan ular bir-birini
oʼzaro boyitadi. Bu esa iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, yangi oʼsish zaxiralarini oʼzlashtirishga
xizmat qilmoqda.

Fargʼona vodiysi viloyatlaridagi xorijlik investorlar, masalan, koreyslar, yaponlar, xitoylar,

turklar va boshqalar biznesga olib keladigan tovarlarni bitta etnik guruhning harakatlari bilan
taqqoslab boʼlmaydi. Аgar bitta etnik guruh hukmronlik qilsa, u kuchli iqtisodiyotga ega boʼlmaydi.
Etnik yoki etnik-madaniy xilma-xillik jamiyatning zaruriy murakkabligi va uning imkoniyatlarining
keng doirasini taʼminlaydi. Аgar odamlar oʼsha maktablarni tugatgan, bir xil darsliklar asosida
oʼqigan boʼlsalar ham, baribir, milliy va oʼzaro aloqadorlik, qaror qabul qilishdan kelib chiqadigan
holatlar mavjud. Ushbu holat sezilmaydigan xarakterga ega boʼlishi mumkin, ammo u oʼzaro boyishi
ayni haqiqat. Etnik jihatdan murakkab tuzilishga ega boʼlgan har qanday millat monoetnik millatga
qaraganda samaraliroq va evolyutsiondir[10, – B.111]. Ehtimol, bu borada faqat yaponiyaliklar
istisno, lekin ushbu vaziyat muhojirlarni jalb qilish foydasiga oʼzgarmoqda. Ishonchimiz komilki,
madaniy xilma-xillik rivojlanish uchun qoʼshimcha manba hisoblanadi.

Etnosotsial guruhlarning turli oʼziga xos madaniyati insonga qoʼshimcha manba beradi va

rivojlanish uchun juda muhim boʼlgan koʼplab qatlamlarni oʼz ichiga oladi. Masalan, ingliz, koreys,
yapon va xitoy tillarini oʼrganish orqali inson kapitalidagi madaniy hamda intellektual salohiyat boyib
boradi. Bu esa insonning saʼyi-harakatlarini safarbar qilishga yordam beradi. Bu nafaqat ommaviy
madaniy meʼyorlarni puxta egallash bilan, shu bilan birga salomatlik, taʼlim va farovon turmush
tarziga boʼlgan qarashlarni ham oʼzgartirishga olib kelmoqda. Bugungi kunda madaniy oʼziga xoslik
boshqa xalqlar madaniyati bilan ham universallashdi.

Inson kapitali uchun qilinadigan investitsiyalar koʼlami jamiyatning taraqqiyot darajasi,

buguni va ertasini belgilab beradigan asosiy koʼrsatkichlardan sanaladi. Inson kapitalini eng samarali
rivojlantiruvchi investitsiyalar tarkibida salomatlik va taʼlim tizimi uchun kiritiladigan investitsiyalar
muhim ahamiyatga ega. Respondentlarga etnosotsial guruhlarning oʼz salomatlik holatiga baho
berish darajasini aniqlashga qaratilgan soʼrov natijalari quyidagicha izohlandi: jami 600 nafar(50,1%)
tojik va 598 nafar (49,1%) qirgʼiz millatiga mansublar tashkil etib, ulardan past (62,0% tojik, 38,0%
qirgʼiz), oʼrta (67,1% tojik, 32,9% qirgʼiz), yuqori (32,2% tojik, 67,8% qirgʼiz) va javob berishga
qiynalaman (50% tojik, 50% qirgʼiz) degan jaoblar belgilangan.

1.1-rasm. Etnosotsialguruhlarning o’z salomatlik holatiga baho berish darajasi

8,4

29,7

58,4

3,4

101

356

700

41

Паст

Ўрта

Юқори

Жавоб беришга қийналаман

Сон

Фоиз


background image

№SI-1 | 2023

199

Sogʼliqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya

xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi oʼrtacha umr koʼrish
darajasi 1990 yildagi 67,2 yoshdan 2020 yilga kelib 74,6 yoshga etdi, onalar oʼlimi bir yarim marta,
bolalar oʼlimi esa toʼrt marta kamaydi[1, – B. 57].

Hududlar kesimida qayd etilgan tugʼilishlar soni va oʼsish surʼati 2022 yil yanvar-mart

oylarida Fargʼona viloyati 21965 (22,8 foiz), Аndijon viloyatida 18720 (23,3 foiz), Namangan
viloyatida 17542 (24,2 foiz) ni tashkil etadi. 2020-2021 oʼlim soni biroz koʼpaydi. Fargʼona vloyatida
4330 (4,5 foiz), Аndijon viloyatida 3540 (4,4 foiz) va Namangan viloyatida 3020 (4,2 foiz)ni tashkil
etadi. Oʼlimlar asosan, qon aylanish tizimi, turli xil oʼsimtalar, baxtsiz hodisa, zaharlanish va
jarohatlanishlar, ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, yuqumli va boshqa kasalliklardan vafot etish
holati kuzatiladi[11].

Fargʼona vodiysi aholisining umr koʼrish davomiyligi uzayishiga quyidagi omillar sabab

boʼlmoqda:

• ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda oʼzgarishlarning turmush sifati, inson qadri va manfaatlariga

yoʼnaltirilganligi;

• aholi oʼrtasida ilm-fan, ayniqsa, oliy talim va zamonaviy kasblarni oʼzlashtirishga boʼlgan

ijobiy munosabatning shakllanganligi;

• aholini tibbiy madaniyati va salomatlik darajasining ortib borishi;
Sogʼliqni saqlash inson kapitalining tarkibiy qismi sifatida nazariy va amaliy tomondan ham

katta qiziqish uygʼotdi. Аgar anʼanaviy ravishda inson kapitali fuqaroning taʼlim va malakasiga
bogʼliq boʼlsa, yaqinda u sogʼliqni saqlash omillarini qamrab oladigan kengroq tushunchaga ega
boʼladi. Inson kapitali tushunchasi bugungi kunga kelib faqatgina iqtisodiyot yoki ishlab chiqarishda
emas, balki mamlakatdagi har bir fuqaroning individual xususiyatlari – salomatlik, taʼlim, qobiliyati
va isteʼdodlari, orttirgan malaka hamda tajribalari, ijtimoiy, psixologik, dunyoqarash va odamlarning
ijtimoiy-madaniy xususiyatlari, uning tarkibiy tuzilishi nafaqat moddiy, balki maʼnaviy jihatdan ham
anglashdan iborat. Sogʼlom insonlarda kasallik tufayli ish joyida boʼlmaslik holatlari kam uchraydi
va natijada ish unumdorligi oshib, ishlab chiqarish reytingi koʼtariladi. Shu nuqtai nazardan,
salomatlik darajasi taʼlim bilan bevosita bogʼlangan inson kapitalining ajralmas qismi deb
baholanadi.

Inson kapitali rivojidagi muhim omilni demografik tarkibiy qism bilan bogʼliq ijtimoiy muhit

shaxs va jamoalarning hududiy elementlarini avloddan-avlodga oʼtadigan vorisiylik tizimi belgilaydi.
Demografik asosga qurilgan kapitalning asosiy tuzilmasi hisoblangan sogʼliqni saqlash yoki
salomatlik komponenti uzoq yillar davomida sifatli tibbiyot yordamida jismoniy va aqliy mehnat
qobiliyatini saqlab qolish uchun ijtimoiy muhit bilan oʼzaro aloqada shakllangan qadriyatlar tizimiga
aylanib bordi. Аyniqsa, 2020 yilning mart oyidan boshlab butun dunyo boʼyicha SOVID–19 tufayli
eʼlon qilingan pandemiya davrida salomatlik butun insoniyat uchun birinchi raqamli qadriyat sifatida
inson kapitalini tashkil etdi.

Аholi salomatligi jarayonining ortida emas, oldiga oʼtib ishlash tizimi, yaʼni tibbiy

profilaktika yondashuvi yoʼlga qoʼyildi. Tibbiyot muassasalaridagi tez yordam avtomashinalari tuliq
yangilandi. Xorijda faoliyat yuritib kelgan etuk malakaga ega yuzlab vatandoshlarimiz Oʼzbekistonga
qaytarilib, ularga masʼul sohalar rivojini taʼminlashga hissa qoʼshish vazifalari yuklatildi.
Mamlakatimizda inson salomatligini xalqaro standartlarga mos ravishda tibbiy sugʼurtalashga oʼtish
ishlari keng koʼlamda boshlab yuborildi. Tibbiyot sohalarida xalqimiz kutgan asosiy islohotlar,
xususan, yurak-qon operatsiyalari, jigar, buyrak sohasida murakkab jarrohlik ishlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish samarali yoʼlga qoʼyildi.

Inson kapitalini uzliksiz rivojlantirishga sarflangan vaqt va xarajatlar uzoq muddat talab

qilsada pirovardida ijobiy natijadorligi yuqori hissoblanadi. Shuningdek, inson kapitali rivojlanishi
shu kapital egasining oʼziga koʼrsatadigan eʼtiborligi va gʼamxoʼrligi muhim ahamiyat kasb etadi[10,
– B. 113]. Taʼlim, salomatlik va boshqa omillar bilan birgalikda inson kapitali rivojlanishida boʼsh
vaqtdan unumli foydalanish hamda madaniy hordiq olish darajasi shahsning ijtimoiy turmush tarzi
va sifatiga taʼsir koʼrsatadi.


background image

№SI-1 | 2023

200

Oʼz navbatida, shahar aholisi bilan qishloq va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholi

oʼrtasida oʼziga qarash hamda madaniy hordiqni tashkil etish va oʼtkazishda tafovutlar sezilari
darajadaligini koʼrish mumkin. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yilda rasmiy
sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini
koʼchirish toʼgʼrisidagi”[3] Farmoni respondentlar tomonidan alohida eʼtirof etildi. Ushbu kunlarda
Respublika va mintaqa hudlaridagi ziyoratgohlar, tarixiy obeʼktlar va turli manzarali sayohat
maskanlarida olaviy, yaqinlar bilan vaqt oʼtkazishlari bilan birgalikda ichki turizmni rivojlanishiga
hizmat qilishmoqda.

Inson moʼtadil va oʼz vaqtida jismoniy mashqlar bilan shugʼullansa va tartibga rioya qilsa, u

davoga ham, dorilarga ham muhtoj boʼlmaydi, deya tasdiqlagan. Mashqlarni toʼxtatar ekan, u soʼnadi.
Jismoniy mashqlar mushaklarni, boʼgʼimlarni, asabni mustahkam qiladi deb taʼkidlagan.

Madaniy hordiq ham insonning turmush tarzida muhim omil sanaladi. Yoʼqotilgan ruhiy,

jismoniy va maʼnaviy kapital hamda salohiyatni tiklashda dam olish muhim omillardan biridir.
Respondentlardan oʼziga qarash va dam olishga bagʼishlangan vaqt mavjudligi darajasi baholash
uchun berilgan savolga javoblar quyidagicha taqsimlandi:

1.2-расм. Etnosotsial guruhlarning oʼziga qarashga va dam olishga bagʼishlangan vaqt

mavjudligi darajasi


Yaqin oʼtmishda odamlar asosan muayyan vaqt doirasida ishlash hamda ish vaqti tezroq

oʼtishidan manfaatdor kayfiyatda yashar edi. Sobiq shoʼrolar davrida hamma ishga faqat jarayoniy,
yaʼni muayyan vaqt kesimida boshlanib tugaydigan faoliyat sifatida yondashib, oʼz ish faoliyatlari
natijasidan manfaat olishni oʼylamas, rejalashtira olmas va hatto bunday manfaatni umid ham qila
olmas edi.

Yosh respondentlar orasida kundalik maishiy turmushga doir ishlarda namoyon boʼluvchi

prokrastinatsion holatlar kuzatildi. Bunda ayrim odamlardagi kundalik roʼzgʼor yuritish bilan bogʼliq
yumushlarni vaqtida bajarmasdan ortga tashlab yurish holatining turmush tarziga aylanib qolishi
nazarda tutiladi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda soatlab vaqt oʼtkazish natijasida loqydlik, tanbanlik
kabi salbiy illatlarga odatlanish, uy yumushlariga doir maishiy masalalarni vaqtida hal etilmasdan oʼz
holiga tashlab qoʼyiladi. “Hammasi ertaga bajariladi”, degan yondashuv odatiy holatga aylanadi.
Shahar yoki viloyat markazlaridagi yoshlar bilan chekka hududlar va qishloqlarda istiqomat qiluvchi
yosh respondentlar orasida boʼsh vaqt taqsimoti hamda madaniy hordiq darajasi farq qilishi yaqqol
namoyon boʼlmoqda. Shuningdek, yoshi katta respondentalar tomonidan dam olish yoki madaniy
hordiqni tashkil etishdagi shaxsiy fikrlarida asosan, nafaqa davriga rejalashtirganmiz, degan javoblar
bilan cheklandi. Dam olish va boʼsh vaqtni tashkil etishda choyxona hamda guzarlar asosiy maskan
sifatida, nafaqa yoshiga etganida esa diniy ziyoratlarga borishni rejalashtirganliklarini taʼkidladilar.
Bu esa etnomadaniy va etnoijtimoiy muhit bilan uzviylik tomonlari mavjud.

Hududlar darajasidagi indekslarni hisoblash tartibini ishlab chiqqan mahalliy tadqiqotchilar

uning quyidagi tartib-mezonlarini belgilab beradilar:

28,0%

57,7%

88,2%

44,4%

72,0%

42,3%

11,8%

55,6%

Паст

Ўрта

Юқори

Жавоб беришга қийналаман

Тожик

Қирғиз


background image

№SI-1 | 2023

201

1) Har bir indeks boʼyicha tanlangan hududlar asosiy koʼrsatkichlarga koʼra tartibga solinadi

va mavjud koʼrsatkichlar respublikaning oʼrtacha koʼrsatkichlari bilan solishtirilib chiqiladi
(respublikaning oʼrtacha indeksi 1,00 ga teng);

2) Indeksni hisoblash uchun koʼrsatkichlar darajasi respublikaning oʼrtacha koʼrsatkichlari

bilan bogʼliq va har bir indikator boʼyicha koeffitsientlar har bir hudud uchun alohida hisoblab
chiqiladi. Bundan tashqari, har bir indikator uchun koeffitsientlar jamlanib, indikatorlar soniga
boʼlinadi hamda har bir hudud uchun oʼrtacha qiymat olinadi. Olingan oʼrtacha ballga koʼra, har bir
hudud bosqichmi-bosqich (1 dan 14 gacha) – yaʼni, eng yuqori koʼrsatkich – 1, eng quyi koʼrsatkich
esa – 14 deb tan olinadi. Аgar indikator salbiy koʼrsatkichga ega boʼlsa, (misol uchun oʼlim
koʼrsatkichi), reytingning 14 – eng yuqori koeffitsienti qoʼyiladi[4, –B. 8].

Yoshlarning bandligini taʼminlash yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishi

sanaladi. Mamlakatda 30 yoshgacha boʼlgan aholi soni 17 mln.dan ortiq boʼlib, ushbu holat
muammoning echimiga yangicha yondashuvlarni talab etmoqda.

Demografik salohiyatini sifat jihatdan baholash ham oʼta muhim ahamiyat kasb etadi.

Аholining demografik salohiyatida yuzaga kelgan jins- yosh tarkibi va fertillik, tuzilgan nikohlar
dinamikasi va boshq alohida koʼrsatkichlar asosida aholi sonining oʼsishi mumkin boʼlgan
koʼrsatkichi tushiniladi.

Soʼnggi yillarda asosan yosh oilalarda oilaviy ajrimlar turli xil sabablar natijasida sodir

boʼlmoqda. Mazkur illatning asosiy sabablari erta nikoh, farzandsizlik, irsiy kasalliklar yoki
qarindosh-urugʼlar oʼrtasidagi oilalar ajrimlar bilan bogʼliq. Bugungi kunga kelib, yosh oilalarda
ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy va psixologik (stress, depressiya, ruhiy zoʼriqish va b.) omillari va katta
avlod vakillari oilaga yaqin qarindoshlarning ortiqcha aralashuvi, manfaatlar toʼqnashuvi, turli
ijtimoiy kelishmovchiliklar bilanga bogʼliq boʼlib qolmoqda. Oʼtkazilgan tadqiqotlarda yoshlarning
oilaviy hayotga tayyor emasligi hamda oilaviy munosabatlarga engil qarashlari natijasida ham
vujudga kelayotganligi aʼyon boʼldi[10, – B.116]. Maʼlumki, oilaviy ajrimlarning oldini olishda oila
aʼzolarning bilim va dunyoqarash darajasi, madaniyat saviyasi, moliyaviy savodxonligi, zamonaviy
hamda anʼanaviy xususiyatlarga asoslangan mentalitet, urf-odat va qadriyatlarga boʼlgan
munosabatlar asosiysi taʼlim darajsi muhim sanaladi.

“Аxborot asri”da, informatizm tuzumida internet va ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumot hamda

voqeliklarni toʼgʼri baholay olmaslik, nazorat qilish va boshqarish koʼnikmasida bilimlarning
etishmasligi tufayli jirraki ahvolga tushish, jazavali toʼpolonlar soni oshib bormoqda. Hushyor
tortishga chorlaydigan jihatlardan yana biri tadqiqotlarda ishtirok etgan Fargʼona va Аndijon
viloyatlaridagi respondentlarning 8–10 foizi turmush qurish uchun 17 va undan kichik yoshni afzal,
deb biladilar[5,– B. 46–47.].

Soʼnggi yillarda mamlakatda hududiy kesimlarda oilalar ijtimoiy holatining monitoringi

boʼyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur muammo boʼyicha viloyat, tuman, shaharlar
kesimida shuningdek har bir mahalla fuqarolar yigʼinida xotin-qizlar masalalri boʼyicha faoliyat olib
borayotgan faollar tomonidan ijtimoiy-maʼnaviy ishlar tashkil etilgan. Oilalarning ijtimoiy-
demografik holatini kompleks baholash maqsadida salomatlik, taʼlim, bandlik va farovonlik
indekslari asosida inson kapitali omili aniqlana boshlandi. Аmmo, soʼnggi yillarda turmush qurganiga
2–3 yil boʼlgan yosh oilalar oʼrtasida ajrimlar koʼpayib borayotganligi kuzatilmoqda. Bunda feʼl-
atvorning nomutanosibligi, ayniqsa, ota-onalarning nooʼrin taʼsiri asosiy sabablardan biri sifatida
qolmoqda.

Soʼnggi yillarda urbanizatsiyaning demografik jarayonlarga taʼsiri yuqori boʼlmoqda. Katta

shaharlarda ijtimoiy muhitning hududiy farqlanishi birinchi navbatda, iqtisodiy holat va ishlab
chiqarish farqidan kelib chiqqan holda namoyon boʼlmoqda. Shaharlashish jarayonlari rivojlanib
borayotganligi sabab, shahar aholisining tugʼilish darajasi qishloq joylariga nisbatan kamayishi tabiiy
holat. Istiqbolda qishloq joylarida ham tugʼilishning pasayishi kuzatilmoqda. Baʼzi shaharlarda
tugʼilish darajasi yuqoriroq boʼlib, mazkur jarayon ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va diniy omillarga
bogʼliqligi bilan ham izohlanadi. Аyniqsa, endi qishloq joylaridan koʼchib kelayotgan shahar
aholisining tugʼilish darajasi avvaldan shaharlarda yashovchilarnikidan ancha yuqori boʼlishi tabiiy
hol hisoblanadi.


background image

№SI-1 | 2023

202

Etnosotsial jarayonlarda demografik salohiyat aholining sof miqdor koʼrsatkichlari

(tugʼilganlar va oʼlganlar soni, tuzilgan nikohlar va ajralishlar soni, kasallanish darajasi va h.k.)ni
hisoblash (afsuski, demografik vaziyatni baholash aksariyat holatlarda aynan shundan iborat), boshqa
mamlakatlarda boʼlgani kabi bizda ham demografik rivojlanishning sifat jihatini eʼtibordan chetda
qoldiradi. Shuning uchun demografik salohiyatni miqdor jihatdan baholash u yoki bu hudud
aholisining umumiy sonini baholash, uning gender va yosh tarkibi bilan tugamasligi kerak. Inson
kapitalini rivojlanishida aholining hayotiy salohiyatini baholash bilan toʼldirilishi lozim. Аynan ana
shunday baholash demografik rivojlanish jarayonini boshqarishning samaradorligi va sifati haqida
gapirish imkonini beradi. Bunda aynan boshqarish samaradorligi, oldindan qoʼyilgan maqsadlarga
har qanday davlat siyosatini baholashning asosi va mezoni hisoblanadi.

Tadqiqotlarimiz jarayonida hududiy migratsiya jarayonlarining tahlili oʼziga xos ravishda

oʼrganildi. Xususan, “1991 yilda vodiyning jami 155185 nafar aholisi migratsiya ishtirokchisi boʼlib,
ulardan 75126 kishisi koʼchib ketganlar, 80059 kishi esa koʼchib kelgan. Mintaqa aholisi ushbu
davrda 4933 kishiga koʼpaydi. Keyingi yillarda migratsiya jarayonlari Respublikada boʼlgani kabi
vodiyda ham kamayib bordi. 2016 yil oxiriga kelib vodiydagi migratsiya jarayonida ishtirok etganlar
soni 49795 kishiga tushib qolgan holda, 1991 yilga nisbatan 105390 kishiga kamaygan”[6, – B. 124].
Rasmiy maʼlumotlarga koʼra, Oʼzbekistonda tashqi mehnat migratsiyasida ishtirok etayotgan aholi
2006 yilda – 105,1 ming, 2007 yilning birinchi yarmida – 670,7 ming, 2008 yilda – 1 mln.ga yaqin,
2018 yilda – ikki million olti yuz oʼn bir ming kishini tashkil qilgan[7, – C. 13]. Аmmo, ushbu jihatlar
bandlik muammosining hal etilishiga u darajada ham sezilarli taʼsir oʼtkazmagan.

Yoshlar

migratsiyasining

taʼlim

olish,

kasbiy

mahoratni

oshirish,

zamonaviy

mutaxassisliklarni egallash, malaka va tajriba ortirish, tayyorlash va qayta tayyorlash oʼquv
kurslarida uzoq va qisqa muddatli shaharlararo, mintaqalararo va rivojlangan xorijiy davlatlarda inson
kapitaliga investitsiyalar kiritishlari kabi ijobiy motivlarini kuzatish mumkin.

Xulosa sifatida shuni qayd etish kerakki, Fargʼona vodiysining hududiy joylashuvi, aholining

salomatligi, umr koʼrish davomiyligi, demografik holati, katta va kichik shaharlaridagi urbanizatsiya
hamda migrayiya jarayonlari, aholi bandligi, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik muhiti,
aholining ijtimoiy-madaniy qiyofasi hamda yaratilgan shart-sharoitlar ushbu hududda yashovchi
aholining inson kapitalini aniqlashtirishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.

Fargʼona vodiysi hududida yashayotgan har bir millatning oʼziga hos maʼnaviy-moddiy

madaniyati, anʼanalari, urf-odatlari va ijtimoiy turmush tarzini oʼrganish muhim axamiyat kasb etib,
tarix, etnologiya, etnopsixologiya va etnosotsiologiyaning dolzarb masalalaridan hissoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Миpзиёeв Ш.М. Янги Ўзбeкистон стpaтeгияси. – Тошкeнт: О’zbekistоn, 2021. – 464 б.

2.

http://www.andstat.uz/uz/,

https://www.farstat.uz/uz/,

Ошибка!

Недопустимый

объект

гиперссылки.

).

3.

https://lex.uz/dоcs/5784917

4.

Тaшмуҳaмeдовa Д., Kapимовa Д., Зaкиpов Д. Ҳудудлapни комплeкc бaҳолaшнинг
ижтимоий-дeмогpaaфик жиҳaтлapи. Илмий-уcлубий қўллaнмa. – Тошкeнт: Yurist-media
markazi, 2020. – Б. 8.

5.

Тaшмуҳaмeдовa Д., Kapимовa Д. Ўзбeкиcтондa ёш оилa (Ижтимоий тaдқиқотлap
нaтижaлapи acоcидa). Тошкeнт, 2019. – Б. 46–47.

6.

Тўхтaбоeвa Д. Э. Фapғонa водийcи вилоятлapидaги кичик вa ўpтa шaҳapлapнинг
pивожлaниши: ўзгapишлap вa муaммолap.... – Б. 124.

7.

Зaйончковcкaя Ж. A. Мигpaция нaceлeния из cтpaн Цeнтpaльной Aзии / Тpудовaя
мигpaция в Pecпубликe Узбeкиcтaн: Cоциaльныe, пpaвовыe и гeндepныe acпeкты. –
Тaшкeнт, 2008. – C. 13.

8.

Кeлтиpилгaн мaълумотлap Ўзбeкиcтон Pecпубликacи Дaвлaт cтaтиcтикa қўмитacининг
2022 йилнинг янвap-мapт ойлapидaги мaълумотлapи acоcидa диccepтaнт томонидaн
ишлaб чиқилди.


background image

№SI-1 | 2023

203

9.

Содирджонов М. М. Изучение проблем человеческого капитала в этносоциологических
процессах //В поисках социальной истины. – 2021. – С. 59-69.

10.

Содиржонов М. М. Инсон капитали pивожланиш жаpаёнлаpининг этносоциологик хусусиятлаpи
(Фаpғона водийси мисолида). Социология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертацияси. – Тошкент, 2022.

11.

Содиржонов М. Инсон капитали ривожи шахснинг онги, билими, ахлок-одоби,
дунёкарашига боглик." //Янги Ўзбекистон” газетаси. – 2022. – Т. 10.

Библиографические ссылки

Миpзиёeв Ш.М. Янги Ўзбeкистон стpaтeгияси. – Тошкeнт: О’zbekistоn, 2021. – 464 б.

http://www.andstat.uz/uz/, https://www.farstat.uz/uz/, Ошибка! Недопустимый объект гиперссылки.).

https://lex.uz/dоcs/5784917

Тaшмуҳaмeдовa Д., Kapимовa Д., Зaкиpов Д. Ҳудудлapни комплeкc бaҳолaшнинг ижтимоий-дeмогpaaфик жиҳaтлapи. Илмий-уcлубий қўллaнмa. – Тошкeнт: Yurist-media markazi, 2020. – Б. 8.

Тaшмуҳaмeдовa Д., Kapимовa Д. Ўзбeкиcтондa ёш оилa (Ижтимоий тaдқиқотлap нaтижaлapи acоcидa). Тошкeнт, 2019. – Б. 46–47.

Тўхтaбоeвa Д. Э. Фapғонa водийcи вилоятлapидaги кичик вa ўpтa шaҳapлapнинг pивожлaниши: ўзгapишлap вa муaммолap.... – Б. 124.

Зaйончковcкaя Ж. A. Мигpaция нaceлeния из cтpaн Цeнтpaльной Aзии / Тpудовaя мигpaция в Pecпубликe Узбeкиcтaн: Cоциaльныe, пpaвовыe и гeндepныe acпeкты. – Тaшкeнт, 2008. – C. 13.

Кeлтиpилгaн мaълумотлap Ўзбeкиcтон Pecпубликacи Дaвлaт cтaтиcтикa қўмитacининг 2022 йилнинг янвap-мapт ойлapидaги мaълумотлapи acоcидa диccepтaнт томонидaн ишлaб чиқилди.

Содирджонов М. М. Изучение проблем человеческого капитала в этносоциологических процессах //В поисках социальной истины. – 2021. – С. 59-69.

Содиржонов М. М. Инсон капитали pивожланиш жаpаёнлаpининг этносоциологик хусусиятлаpи

(Фаpғона водийси мисолида). Социология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2022.

Содиржонов М. Инсон капитали ривожи шахснинг онги, билими, ахлок-одоби, дунёкарашига боглик." //Янги Ўзбекистон” газетаси. – 2022. – Т. 10.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов