Ushbu maqolaning maqsadi mashinaviy o‘qitish (machine learning) usullaridan foydalangan holda maktab o‘quvchilarini fanlardan olgan baholari va softskills ko‘nikmalari bo‘yicha ularning yo‘nalishlarini aniqlashdir. Maqolada ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regressiya yordamida sigmoid funksiya qurish murakkabliklari ko‘rib chiqildi hamda o‘quvchilarni 10 yil davomida ta’lim yo’nalishi bo‘yicha tanlangan fanlardan olingan baholari va ularni turli parametrlari, sabablari hamda o‘quvchining imkoniyatlari raqamlashtirildi. Ushu raqamlar yordamida trening ma’lumotlar top‘lami tashkil qilindi. Natijada maktab o‘quvchilarini 10 yil davomida o‘qigan fanlari va ulardan oligan baholarining klassifikatsiyasi ishlab chiqildi. Neyron tarmoq arxitekturalari, modullari, mashinaviy o‘qitish algoritmlarida eng ko‘p qo‘llanilayotgan aktivlashtirish funksiyalari, o‘qitish usullari hamda chiziqli va logistik regressiya qurish usullari, kamchiliklari va imkoniyatlari tahlil qilingan. Ko‘p o‘zgaruvchili chiziqli regressiya uchun gradiyent tusish funksiyasini vektorlangan hisoblash orqali qulaylashtirish yo‘llari o‘rganib chiqildi. Chiziqli regressiyaning bu turida juda ko‘p o‘zgaruvchilar qatnashganligi uchun vektor hisob-kitoblar ancha qulayli isbotlangan. Vektor hisoblashlar yordamida gradiyent tushish jarayonlarini parallel hisoblash yo‘llari ham ko‘rib o‘tilgan. Hususan, trening ma’lumotlar jadvalining ustunlarini qo‘shish, koeffitsiyentlarni transpozitsiyalash - AT, chiziqli funksiyaning vektorlangan ko‘rinishlari, gradiyent tushish uchun giperparametrlar (o‘rganish darajasi - , qadamlar soni) aniqlab olindi.
XXI asr - texnologiyalar asri hisoblanadi. Shunday ekan o‘quv jarayonida turli zamonaviy axborot vositalaridan o‘rinli foydalanish, kompyuterli ta’lim jarayonida darslarni o‘quvchi-talaba va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish bugungi kunda dolzarb masalalardandir.Tabiiy fanlar hamda texnika fanlarida uchraydigan ko‘pgina masalalar differensial tenglamalarga keltiriladi,ya’ni ularning analitik yechimini topish nihoyatda murakkab masala,shu sababli taqribiy yechish usullaridan foydalanish ko‘proq samara beradi.Bunday muammolarni hal qilish uchun esa matematik paketlar mavjud bo‘lib,ushbu maqolada differensial tenglamalarni Maple dasturida yechish haqida gap boradi.Ya’ni, birinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglamani Maple dasturida analitik yechimini topish dasturi tuzilib natija olingan.
Ushbu ishda turli sohadagi masalalarni chiziqli tenglamalar sistemasi orqali yechib, soha vakillarining fikrlashlarini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu maqola konvolyutsion neyron tarmoqlari va ma’lumotlar tahlili bo’yicha muhim ma’lumotlar taqdim etadi. Bu tarmoqlar ma’lumotlarni tahlil qilishda va tasniflashda foydalaniladigan texnologiyani tavsiflaydi. SNA 1(Social Network Analysis) va SNA-2 (Social Network Analysis) nomli ikkita neyron tarmoqi tuzilishi va ishlash prinsiplari haqida ma’lumot berilgan. Bu tarmoqlar ma’lumotlarni qo’llab-quvvatlaydi va ularga intellektual tahlil imkoniyati beradi. Maqola tarmoqlarning qatlamlarini ularning bog’lanishlarini va xususiyatlarini batafsil tavsiflaydi. Bu tarmoqlar ma’lumotlarni avtomatik ravishda tahlil qilish va sinovdan o’tkazishda ishlatiladi. SNS-1 (Synthetic Nervous System) va SNS-2 (Synthetic Nervous System) konfiguratsiyalari esa bu tarmoqlarning sonini va sinaptik koeffitsientlarni ifodalaydi. Bu maqola, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun intellektual tizimlarning murakkab tuzilishi va ishlashini tushuntiradi. Ushbu tizimlar, ma’lumotlarni qisqa muddatda tahlil qilish va tasniflashda yordam beradi va ko’p sohasida foydalaniladi.
Ushbu maqola shahrlarni rejalashtirishda geometrik talqin kompozitsiyasining rivojlanishini shartli ravishda: - nuqta, markaz, doiraviy rivojlanish yo'nalishi bo’lmasligi, (statik kompozitsiya); - chiziq, qator-ikki qarama-qarshi yo'nalishda rivojlanadi (dinamik kompozitsiya); - to’rt burchak, panjara-bir nechta, o'zaro ko'ndalang yo'nalishlarda rivojlananishi to’g’risida so’ boradi.
Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan. “Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi, balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol, Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi, uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks etadi. Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan.
Маълумки, дастхатнинг ўзида уни бажарган шахс тўғрисида маълумот мавжуд. Хатни бажариш жараёнида ёзувчининг руҳияти, анатомик-физиологик ва бошқа ўзига хосликлар акс эттирилади. Бу маълумотларни шарҳлаб бериш ва дастхат бўйича шахс тўғрисидаги маълумотларни олиш хатшунослик экспертизасининг вазифаларидан биридир.
Chet tilini o'rganish har doim ma'lum darajada ikkinchi madaniyatni o'rganishni talab qiladi, hatto siz ushbu tilda gaplashadigan xorijiy davlatga hech qachon qadam qo'ymagan bo'lsangiz ham. Til
va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog'liq va o'zaro bog'liqdir. Klub a'zolari klubsiz mavjud bo'lgani kabi, odamlar vakuumda mavjud emas. Ular qandaydir ramkaning bir qismidir: oila, jamoa, mamlakat, an'analar to'plami, bilimlar ombori yoki koinotga qarash. Muxtasar qilib aytganda, har bir inson madaniyatning bir qismidir, har bir kishi ushbu madaniyatni ifodalash, ushbu an'analar doirasida harakat qilish va koinotni tasniflash uchun tildan foydalanadi.
Energiya tejaydigan texnologiyalarni faol amalga oshirish, iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi, uslubiy va ilmiy ishlanmalar, energiya tejaydigan uskunalarni sanoat ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan tayyorgarlik choralari taklif qilindi. Taklif etilayotgan energiyani tejashning uchta yo’nalishi e’tiborga olingan. Energiyani tejash bo‘yicha bir qator umumiy tavsiyalar va alohida energiya tejash tizimlariga tegishli aniq tavsiyalar ko’rib chiqildi.
“Latent” tushunchasi yuridik fanga jinoyatchilikni barcha
ko'rinishlarini sinchkovlik bilan o'rganish davrida kirib kelgan bo'lib, bu tushuncha jinoyatning haqiqatda sodir bo'lgan, ammo turli sabablarga ko'ra yashirin bo'lib qоlgаn qismini belgilashda qo'llanilgan. Yиridik adabiyotlarda lаteпt jinoyatlarning turli хil talqinlari mavjud bo'lsada, аksariyat hollarda lаtепt jinoyatlarning umumiy tushunchasiga uning аsоsiy, zaruriy belgisi sifatida noma'lum (yashirin) jihati mavjudligi оlinadi. Maqolada latent jinoyatlar tushunchasining shakllanishi, latent jinoyatlarning turlari va tasniflanri o'rganilgan
Ijtimoiy hayotda tinimsiz sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta tilga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bu esa tilning ayrim birliklarini yo‘qolish xavfi borligini anglatadi. Xuddi shunday salbiy ta’sir sheva birliklarini yo‘qolib ketishi bilan ham xarakterlanadi. Dialektlarni saqlab qolish, ularni ommalashtirish uchun bunday til birliklarini, avvalo shakliy jihatdan tasniflash, tavsiflash zarur. Tilning elektron korpuslarida formal-struktur tahlil qilingan ma’lumotlar bazasini kiritish, nafaqat lingvistlar, balki boshqa soha vakllari uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega tadqiqotlardan bo‘ladi.
ХХI аср - юқори компьютер технологиялари асри ҳисобланади. Замонавий технологияларнинг ривожланиб бориши билан, барча фан соҳаларида бўлганидек, тарих фанида ҳам тадқиқот ва изланишлар олиб боришнинг янги манбалари ва усуллари шаклланди.
Maqolada kontrastiv tadqiqotlarda qo‘llaniladigan usullar , bir tomondan, zamonaviy umumiy tilshunoslikning turli yo‘nalishlaridagi nazariyani rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ular qarama-qarshilik xarakteridagi muayyan ishning maqsadi va yo‘nalishiga bog‘liq tkanligi haqida so’z boradi. Chet tilini o'rganish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan ishlarda ona tili boshlang'ich model - "standart til" sifatida olinadi, u bilan o'rganilayotgan chet tili o'xshashliklari va asosan farqlari bo'yicha taqqoslanadi.