FORMATION OF SINGING SKILLS IN PRIMARY GRADES.

HAC
Google Scholar
To share
Jaqsımuratova, B. (2023). FORMATION OF SINGING SKILLS IN PRIMARY GRADES. Modern Science and Research, 2(10), 281–288. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24348
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the basis of musical education for students is singing, because the tasks of developing musical ability and interest in musical art are the tasks of students' own activities.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

281

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA QO’SHIQ KUYLASH MALAKALARINI

SHAKLLANTIRISH.

Jaqsımuratova Baǵdagúl Qoshıbaevna

Ózbekstan mámleketlik konservatoriyası Nókis filialı oqıtıwshıs

https://doi.org/10.5281/zenodo.8424782

Annotatsiya.

Bu maqolada o’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning asosi qo’shiq aytish,

chunki musiqaga bo’lgan qobiliyatni o’stirish musiqa san’atiga bo’lgan qiziqishni vazifalari
o’quvchilarning o’z faoliyatlari haqqida so’z etilgan.

Kalit so’z:

musiqa, kuylash, qoshiq, badiiy did, emotsional, vokal, madaniyat, ijod.

FORMATION OF SINGING SKILLS IN PRIMARY GRADES.

Abstract.

In this article, the basis of musical education for students is singing, because

the tasks of developing musical ability and interest in musical art are the tasks of students' own
activities.

Key word:

music, singing, spoon, artistic taste, emotional, vocal, culture, creativity

ФОРМИРОВАНИЕ ПЕВЧЕСКИХ НАВЫКОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.

Аннотация.

В данной статье пение является основой музыкального образования

учащихся, поскольку рассматриваются задачи развития музыкальных способностей и
интереса к музыкальному искусству.

Ключевые слова:

музыка, пение, ложка, художественный вкус, эмоциональность,

вокал, культура, творчество.

Musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan o’zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarda

ko’proq, zavq emosional tuyg’ular va kechinmalar uyg’otish bilan ajralib turadi. Musiqa ayniqsa
bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, musiqa darslari
xorda kuylashlar, musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqiy ijodkorlik kabi faoliyatlarni o’z ichiga
oladi.

O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning asosi qo’shiq aytish, chunki musiqaga bo’lgan

qobiliyatni o’stirish musiqa san’atiga bo’lgan qiziqishni vazifalari o’quvchilarning o’z faoliyatlari
jarayonida muvofaqqiyatli bajarishadi. Qo’shiq kuylash bolalarni musiqaga faol jalb etishning eng
asosiy shaklidir. Qo’shiq kuylash o’quvchilarda qo’shiqchilik madaniyatining rivojlanishiga,
ularning umumiy va musiqiy rivojiga ichki dunyosining tarbiyasiga, dunyoqarashining
shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Qo’shiqning ifodasi ijrosi bolalarning hissiy ta’sirchangligini
o’stirib, musiqiy obrazlarni yanada chuqurroq tushunishlariga, ularda musiqiy did va
extiyojlarning shakllanishiga yordam beradi. Qo’shiq kuylash har bir bola uchun estetik
hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar va badiiy ehtiyojlarni ifodalashning oddiy va tabiy yo’lidir.
Qo’shiqda estetik tarbiyaning ikkita ta’sirchan vositasi so’z va musiqa birlashadi. Qo’shiq
o’rgatish jarayoni doimiy vokal mashqlar aytishni va kuyni diqqat bilan tinglashni, uni to’g’ri
qaytarish va eslab qolishni talab etadi. Shuning uchun u umumiy musiqiy tarbiyaning eng
ommaviy, ta’sirchan vositasidir. Birgalikda kuylash o’quvchilarni bir ijodiy jamoa qilib
birlashtiradi. Jamoaviy qo’shiq kuylashda ovoz va eshituv xususiyatlari turlicha rivojlangan
bolalar birlashadilar, bu esa o’ziga ishonchi kam bo’lgan, uyatchan bolalarni ham ijodiy ishga jalb
etadi. Qo’shiq kuylash tufayli bolalarda metodik, garmonik his – tuyg’ularini his etish sof
intanasiya faol rivojlanadi, kuylash apparati mustaxkamlanadi, nafas rivojlanadi, qomat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

to’g’rilanadi, qon aylanish yaxshilanadi. Bu o’quvchilarning jismoniy o’sishga ham ijobiy ta’sir
etadi.

Qo’shiq kuylatishda o’qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi. - bolalarni jamoaviy

kuylashga qiziqtirishi;

- musiqa emosional ta’sirchanglikni o’stirish;
- badiiy didni tarbiyalash;
- qo’shiqchilik ovozini rivojlantirish chiroyli, tabiiy kuylashni shakllantirish, diapazonni

kengaytirish;

- badiiy ifodali, ongli ijroning asosi bo’lgan volkal
– xor malakalarini o’stirish;
- melodik, ritmik, garmonik eshituvini har tomonlama rivojlantirish. Qo’shiq kuylash

uchun tinglangan qo’shiqlar xilma – xil janrda bo’lib, ular ko’proq milliy musiqamizdagi lirik
qo’shiqlar, hazil, bolalar xalq qo’shiqlari, bolalar o’yinlarini uynash uchun mos keladigan kuy,
qo’shiqlar, marsh va vals kuylarini o’z ichiga olgan. Shuningdek dasturlarga qardosh va chet el
kompozitorlari asarlaridan ba’zi namunalar ham keltirilgan.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari har bir sinfda, har bir o’quv yilda 12-14 qo’shiq

o’rganadilar. Shu davrda ular asosan bir ovozli qo’shiqlarni kuylash malakalarini puxta
o’zlashtiradilar va ayni paytda ikki ovozli kuylashga tayyorgarlik ko’radilar III sinf 3 choragidan
boshlab ikki ovozli elementlari bor qo’shiqlar tavsiya etiladi. Musiqa asarni idrok qilish, g’oyaviy
jixatdan yaxlittaassurot qoldirish uchun ularni o’rganishda bir yoki bir necha dars asosida musiqa
qonuniyatlari, ijrochilik turlari yoki uning ifoda vositasi bo’lgan ma’lum mazmun bilan bog’lanish
katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, dars tuzilishiga ham bog’liq. Darsda bir necha musiqiy faoliyat
turlarini musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, asarni musiqiy pedagogik tahlil etish, musiqaning
badiiy xususiyatlarini ritmik xarakterlarda ifodalashni maqsad sari yo’naltirish va bu bilan dars
mazmunini qiziqarli tashkil etish.

1. Qo’shiq kuylash orqali o’quvchilarning his – tuyg’ularini shakllantirishda musiqa san’ati

estetik tarbiyaning muhim omili bo’lib, u garmonik rivojlangan shaxsning kamolatga yetishi uchun
unga muhim ta’sir etuvchi jarayondir.

Boshlang’ich sinflarda musiqa mashg’ulotlarini qoniqarli uyushtirish yosh avlodni ichki

dunyosini boyitish va san’atning to’g’ri tushinishdagi yagona yo’lidir. Musiqa kishilar extiyojini
qondirib berar ekan, ularning ongini shakllantirishga ko’maklashadi, xis – tuyg’ularini boyitadi.
Shaxsdagi ijtimoiy xususiyatlarni tarbiyalashga katta yordam beradi. Bolalikda erishilmagan
narsaga kamolat yoshida erishish qiyin bo’ladi. Katta yoshli kishining xayoti, uning atrofdagi
voqyelikka munosabati ko’p jixatdan bolalikda olgan tarbiyaga borib taqaladi. Umumta’lim va
xunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida shunday qayd etishgan «Nafosat his –
tuyg’usini rivojlantirish yuksak estetik didni shakllantirish, san’at asarlariga baho berish
mahoratini shakllantirish kerak.

Umumta’lim maktabidagi musiqa ta’limi tarbiyasining muvofaqqiyatli boshlang’ich

sinflarda boshlab musiqa darslarining qay darajada uyushtirilganligi va tashkil etganligiga
bog’liqdir. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga nisbatan estetik zavq uyg’ota bilishi kerak. Bu uchun
avvalo o’qituvchining o’zi musiqa ma’lumotiga ega bo’lishi va quyidagi tadbirlarni amalga
oshirish, kerak. - bolaning musiqaga nisbatan ijobiy munosabatini tarbiyalash; - qo’shiq kuylash


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

va tinglashga o’rgatish; - darsning har bir bo’lagini, musiqa haqidagi har bir ma’lumotini kichik
yoshdagi o’quvchilar quvnoqlik va qiziqish bilan qabul qilishlariga erishish.

Musiqaviy tarbiya, bolalar musiqaviy qobiliyatining rivojlanishida maktab o’quvchilari

estetik tarbiyasining qismidir. Musiqaviy estetik tarbiya masalalari kunda muhim ahamiyatga ega.
Bola shaxsining shakllanishi jarayonida uning estetik madaniyat asosida har tomonlama badiiy
rivojlanishi o’qituvchidan jiddiy mas’uliyatni talab qiladi. Chunki boshlang’ich sinfdagi musiqa
tarbiyasi bolaning mehnatga, Vatanga va burchga bo’lgan muhabbatini shakllantiradi, tarbiyalaydi
hamda uning butun xayoti mobaynida unga hamrox bo’lib boradi. Insondagi musiqaviy xazinalar
yosh bolalarning ichki dunyosiga singib borishi asosan boshlang’ich maktabdan boshlanadi.

Musiqa darslarining mazmunida faqat ma’lum bir musiqa materialni o’zlashtirish emas,

balki o’quvchilarning ongini voqyelikka munosabatini rivojlanishi, estetik va xulq madaniyatining
shakllanishida o’zgarishlar nazarda tutiladi. Bolalarning musiqaviy estetik tarbiyasida musiqa
madaniyati darslarining ijodiy tarzda olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchining
darsga ijodiy yondashishi bir qancha foydali maslaxatlarni o’z oldiga qo’yadi.

- musiqa tarbiyasida yangi usul va vositalar izlash;
- xayot va san’at o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ifodalash;
- musiqa san’atining mazmun va ma’nosini tushintirish maqsadida aniq fakt va misollarini

ishlatish;

O’quvchilarni badiiy estetik ruhda tarbiyalashda, ular qalbida go’zallikka xavas

uyg’otishda san’atning barcha turlari qatori qo’shiqning xizmati benixoya kattadir. Har bir
zamonda bastakorlar, shoirlar va xonandalar xalq tafakkurini va xayotini ko’rsatuvchi juda ko’p
qo’shiqlar yaratganlar. Ularning har bir usul ritm vositasida xis hayaajon uyg’otuvchi, mazmuni
jihatdan esda qoluvchi, kishini o’ylashga, fikr muloxaza yuritishga majbur qiluvchi ta’sirchan
kuchga egadir. Madaniy merosga to’g’ri yondoshish, undan unumli foydalanish masalasiga
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng e’tibor kuchaydi va taniqli olim va pedagoglar
tomonidan dasturlar o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyalar chop etildi. Lekin bu tadqiqotlar
qo’shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati mazmuniga to’xtalgan vazifasini o’z oldiga qo’ymadi.
Qo’shiq yoshlar diqqatini go’zallik, yaxshilik, insoniylikka jalb etishda katta ta’sir kuchiga ega
ekanligini nazarda tutib, maktab xayoti qanday musiqa ruhi bilan sug’orilganligiga ahamiyat
berish zarur. Bolalar uchun tushunarli, ular tomonidan ko’p kuylanib turadigan kuy, qo’shiqlarni
tanlash, ularda ashula asarlarini qaytaqayta tinglash va ijro etish istagini uyg’otish, har xil yangi
ta’surotlarga ega bo’lishlariga erishish kerak. Bolalarga atalgan qo’shiq va kuylar bir qatorda
folklor qo’shiqlar, serjilo serqirra oxanglarga boy bo’lgan mazmunli klassik qo’shiqlarni
o’quvchilargao’rgatish ularda bu san’at merosiga nisbatan muxabbat to’yg’ularini va uni xurmat
qilishga o’rgatadi.

Musiqa o’qituvchilari o’z o’quvchilariga kuy, qo’shiq o’rgatishda ijro yo’liga ijro

maxoratini oshirish usullariga e’tiborlarini qaratish bilan birga o’rganilayotgan asar moxiyatini
tushinib tahlil qilib, mazmuni, tarixi haqida ma’lumot berishga yetarlicha e’tibor berishlari kerak.
Boshlang’ich sinflarda musiqa tarbiyasi vazifalarini amalga oshirish darsda o’qituvchining
optimal metodlaridan unumli foydalanishga bog’liq. Ammo maktabda musiqa o’qitishning
optimal metododlari va ulardan foydalanish usullari amaldagi qo’llanmalarda yetarlicha ochib
berilmagan. Xozirda qo’llanilayotgan metodik qo’llanmalarda asosan musiqa darsining o’ziga xos


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

xususiyatlari strukturaviy tuzishlari, musiqa faoliyati turlari va ularni amalga oshirish uslublari
bayon etilgan.

Ashulaning musiqiy tuzilishi xarakteri, ifoda vositalari xayotdagi o’rni jixatidan o’rganib

quydagi bosqichlarda o’zlashtiriladi.

1. Asarni tinglashga bolalar diqqatini jamlash va asar xaqida o’qituvchining kirish so’zi.
2. O’qituvchi ijrosida yoki gramzapisda asarni tinglash.
3. Asarni suxbat yo’li bilan musiqaviy – badiy jixatdan oddiy taxlil etish.
4. Asarni butunlikcha qayta tinglash, so’ngasar xaqida bolalarning umumiy ta’surotlari

yuzasidan yakuniy suxbat o’tkazish.

Mazkur ishlar jarayonida bolalarda asar xaqida bilish tushunchasi va ko’nikmalari hamda

umumlashma badiiy ta’surotlar va jarayonlar xosil bo’lib boradi. Taxlil davomida musiqa
tuzilishiga doir o’rganiladigan yangi terminlar o’rganilib boriladi. Asarni tinglash bolalarning
psixologik rivojlanish va axloqiy estetik tarbiyasi uchun o’qituvchining eng faol shakli
hisoblanadi.

Boshlang’ich sinf o’qituchilarida qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish musiqa darsi

oldida turgan muhim masalalardan biridir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq kuylash – musiqaviy
qobilyatning rivojlanishidi, kuylash malakalarining shakllantirishda, shu jumladan, bo’lajak
musiqashunoslarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Qo’shiq aytish kuylovchiga faqat estеtik zavq
bеrmasdin, bo’lajak musiqashunoslarni tayyorlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Qo’shiq
aytish quylovchiga faqat estеtik zavq bеrmasdan, balki eshitish qobilyatining rivojlanishiga
yordam bеradi, nafas yo’llarini rivojlantiradi.

Yaxshi va ravon tarbilangan kuylash malakalari, tarbiya kеlajakda ijobiy samara kеltirib,

rang – barang qo’shiqlarni ifodali quylash imkonini bеradi. Albatta bu jarayon oson kеchmay,
o’qituvchidan qatsr muammo va vazifalarni to’laqonlilik bilan hal etishni talab etadi. Ma’lum
qo’shiqni kuylash davomida o’qituvchi quyidagi vazifalarni hal etish yo’llarini olmog’i kеrak.

qo’shiq to’g’risida boshlang’ich tushunchalar bеrish orqali o’qituvchilarda hissiy

taassurotlarini shakllantirish;

Ijro etish rеjasini to’zishga qaratilgan musiqiy yo’nalishni tahlil qilish;
Asarni kichik bo’laklarga bo’lib ishlash hamda kuylash malakalarini shakllantirish

yo’llarini rеjalashtirish;

Ayrim jumlalarni puxta o’rganish maqsadida takrorlash hamda ifodali kuylashga zamin

yaratadigan mashqlardan foydalanish;

Asarning badiiy har aktеrini tinglovchiga еtkazib kuylash o’qituvchi bu vazifalarni

bajarishga kirishar ekan eng avvalo tanlangan bu qo’shiqning yaratilishi haqida o’quvchilarga
qisqacha ma’lumot bеrib ma’lum cholg’u asbobi jo’rligida ifodali kuylab bеradi;

Musiqiy tovushlarning baland – pastlik yo’nalishi hamda ijro xususiyatlarining bolalar

yoshiga mos yoki mos emasligi to’g’risida ular bilan savol - javob qilish orqali qisqacha tahlil
o’tkazadi. Qo’shiqning kichik bo’laklariga qayta ishlash, ular orasidagi bolalar qayta o’ylab aniq
idrok etganlaridan so’ng qo’shiqni to’liqligicha kuylash mumkin: bolalar qo’shiqni to’lig’icha ijro
etayotgan bir birini eshitishga harakat qila boshlaydilar. Bu holatni bo’lib navbat bilan qo’shiqni
quylatadi. U еrda ham kuylovchilar, ham tinglovchilar hosil bo’ladi. Savol – javob tariqasida har
qaysi g’uruhning qay darajada kuylanganligi aniqlanadi va o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bu
bilan asarning badiiy har aktеrini tinglovchiga еtkazib kuylash vazifasi amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

285

Bu vazifalarning o’qituvchilarni bilim doirasini ya’ni kuylash madaniyatini

shakllantirmasdan turib, amalga oshirib bo’lmaydi. Kuylash malakalarining shakllanishi har bir
bolaning o’z xususiyati va qo’shiqchilik qobilyatiga ham bog’liqdir. Chunki bolaning
maktabgacha musiqaga, qo’shiq aytishga bo’lgan munosabati, maktabda unlagi kuylash
malakalarining ta’kidlanishi sifatiga ta’sir qiladi.

Ma’lum bir qo’shiqni kuylash jarayonining o’z talablari to’g’ri va puxta bajarilgandan

so’ng asarning musiqiy yo’nalishi orqali o’quvchilarda kuylash malakasining shakllanib borishga
katta e’tibor bеriladi. Buning uchun esa quyidagi bosqichlar orqali maqsadga erishish
rеjalashtiriladi:

Oddiy va elеmеntlar kuylashni o’rganishga erishish.
Oddiylikdan murakkablikka ko’chadigan mashqlar o’stida ishlash.
Hosil bo’lgan kuylash mahoratidan o’rinli foydalanish.
Birinchi bosqichdan boshlab o’qituvchilarga qo’shiq kuylash yo’llari o’rganilib boriladi.

Albatta bunda tovush imkoniyatlari (diapazonni) hisobga olinadi va toza sof hamda ifodali
kuylalariga harakat qilinadi. Yumshoq kuylash va to’g’ri talaffo’z qilish va erkin quylashga
alohida e’tibor bеriladi. Buning uchun esa og’iz va jag’lar harakatini to’g’ri harakatga kеltirish
ta’minlanib boriladi. O’quvchilarni toliqtirib qo’ymaslik maqsadida esa, kuylash faoliyatini
musiqa tinglash faoliyati bilan tеz – tеz lmashtirib turish nazardan chеtda qolmaslik kеrak. Birinchi
bosqichning amalga oshirishda musiqa o’qituvchisining ushbu malakalarini bir – biriga
bog’liqligini ta’minlashga erishuvchi muhit hisoblanadi.

Ikkinchi bosqichning maqsadi o’quvchilarning yorqinlikni puxta ta’minlash va hosil qilish,

ovoz tеmbridagi yorqinlikni puxta ta’minlash va tovushlarda hamohanglikni xshilashdir. Shu
maqsadda turli mashq yohud gammalardan foydalaniladi. Shuningdеk, nafasni to’g’ri taqsim etish
va to’la shakllantirish yo’llari o’stida ish olib boriladi.

Dеmak, har ikki bosqich ham o’qituvchilarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirilib

borishga qaratilgan bo’lib, jarangdorlikning sof va ifodali bo’lishi, ovoz hosil qilish usulining
mustahkamlanishi, tovush tеmbri sifatining samarali oshishi yohud diapazonning sеzilarli darajada
kеngayishi, talaffuzlarining to’g’ri va aniq bo’lishiga chorlaydi.

Har ikkala bosqichda shakllangan kuylash malakalari uchinchi bosqichda yanada

mustahkamlanadi. Chunki bu bosqich davrida o’quvchilar puxta va chuqur musiqiy his – tuyg’u,
tushunchaga ega bo’ladilar, hamda qo’shiqning to’g’ri kuylash yo’llarini ancha yaxshi
o’zlashtirilgan bo’ladilar. Shuning uchun ham bu davrga kеlib, tovushlarning katta sakrashlarini
o’z ichiga olgan ayrim mashqlardan bеvosita foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning natijasi
shunga chorlaydiki, o’quvchilarning o’zaro kuylash malakalariga ta’sir qiladi. Nafas olish
mе’yorining tartibi bo’lishida o’quvchining kuchlm nazorati kuylashda ifodalilikni, urg’u va
talaffo’zlarni ifodali bo’lishiga olib kеladi.

Kuylash malakalarini shakllantirish va rivojlatnirib borishda kichik va qisqa kuylash

mashqlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Buning uchun mashqlarni tеz – tеz takrorlab turish va
o’quvchilarni guruhga bo’lib kuylashni joriy etish foydalidir. Musiqa asarini esa, kichik
bo’laklarga bo’lib o’rganish yaxshi samara bеradi. Buning uchun qo’shiqning umumiy
haraktеridan uzoqlashmaslik, jumlalar orasidagi o’zaro bog’lanish va izchillikning to’laligicha
saqlash kеrak. O’quvchilar qo’shiqni ijro etayotganlarida o’zaro bir – birlarini eshitib
quylashlariga alohida e’tibor bеrish, ayrim hollarda esa yakkaxonlik hamda ko’pchilik ijrosini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

286

qanday tinglash kеrak ekanligi to’g’risida tushuncha bеrib borish nazardan chеtda qolmasligi
kеrak.

Ma’lumki, o’qituvchilar biror bir musiqa asarni erkin tahlil qila olmaydilar, yohud

dastlabki mashqlarda qo’lga kiritilgan natijalarni kеyingi mashqlarda ishlatishga qiynaladilar.
Kuylash malakalari orasidagi bog’liqlikni esa yaxshi sеzmaydilar. Bunday hollarda bеvosita
darsning samarali kеchishida, ma’lum bir asarni sifatli kuylashda ancha qiyinchiliklar tug’diradi.
Shu sababli ham o’quvchilar orasida «qayta kuylash mashqlari» usulida qo’llash darkor. Bu
usulning 2 sharti mavjud bo’lib, har ikkalasi bir – biri bilan o’zviy aloqadorlikka ega.

Birinchidan, o’quvchi kuylayotganda aynan qilish va qanday ijobiy natijaga erishishi

mumkin bo’lgan puxta va aniq bilimga ega bo’lishlik bo’lsa, ikkinchidan, nimaga erishganini har
bir mashqning qanday natija bеrganini, shuningdеk, qanday xatolarga yo’l qo’yilganligini
bilishlikdir. Shu yo’sinda qo’llanilayotgan kеyingi mashqlarda esa bеvosita ushbu xatolarni
bartaraf etish, tuzatish, sof va tiniq kuylashga qaratilgan bo’lishi kеrak.

Birinchi shartning puxta va to’g’ri bajarilishi uchun o’qituvchi savodxonligi jarayonini

kuylash jarayoniga bog’liqligi hamda har ikkala jarayonning mantiqan o’zaro bir – biriga mos
bo’lishiga e’tiborni qaratmog’imiz lozim. Ikkinchi shartning puxta bajarilishi esa qayta kuylash
mashqning ma’lum maqsadga qaratilganligiga bog’liqdir. Ko’rinib turibdiki, har ikkala shartning
yo’nalishi yuqorida ta’kidlab o’tilgan 3 bosqich maqsadi bilan uzviy aloqador bo’lib qoladi.
Kuylash malakalarini shakllantirishdagi mana shu 3 bosqichni samarali bajarish o’qituvchidan
yana quyidagilarga e’tibor bеrishni talab etadi;

A) Har bir o’quvchining individual (alohida) xususiyati va imkoniyatini hisobga olish,
Б) O'quvchilarning ohangdoshlikni his etishga erishish,
V) O’quvchilarga tanish bo’lgan milliy cholg’u asboblaridan kеng foydalanish,
G) Dars jarayonida ko’nikmagan o’quvchilarni o’z vaqtida musiqa dastlabki 2-3

mashg’ulotlardan boshlab bolalar qobilyatini hisobga olgan holda ularni 3 g’uruhga bo’lib
o’tkaziladi. Kichik mashqlar o’stida ishlayotganda bolalarni individual musiqiy qobiliyati va
imkoniyatlari o’quvchi tomonidan aniqlanib, o’rganilib boriladi. Xususan bolalarning musiqaga
munosabati, ovoz pardasining imkoniyatlari, nafas olish yo’llari va kuylash ifodasi o’rganiladi. Bu
xususiyatlarni to’g’ri shakllanishiga bolalarni uch guruhga bo’lib o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bolalrni ohangdoshlikni his etish qobilyatini shakllantirishda o’qituvchi avvalo ularning
maktabgacha musiqaviy tarbiyasini o’rganish kеrak. Bolalarga tanish bo’lgan qo’shiqlarni amalga
oshirish ohangdoshlikni his etishda samarali natija bеradi.

Kuylash malakalarining ijobiy shakllanishida milliy cholg’u asboblarining bеvosita muhim

ahamiyati bor. Lеkin Ovrupa cholg’u asboblarining ham bu jarayonda muhim o’rni borligini rad
etib bo’lmaydi. Jumhuriyatimizning hamma umumta’lim maktablarida ham turli cholg’u asboblari
mavjud emas. Ko’pgina maktablar musiqa darslarida doira, nog’ora, g’ijjak, tanbur, nay kabi
o’zbеk milliy cholg’u asboblaridan kam foydalaniladi. Agar bolalar milliy cholg’ular mohiyatini
tubdan bilishsa, o’rganishsa ularda milliy san’atimiz va madaniyatimizning o’rganishga bo’lgan
qiziqish yanada kuchayadi. Dеmak, ushbu cholg’ulardan ko’proq foydalanilsa kuylash
malakalarini shakllanish jarayonining samarasi ijobiy bo’ladi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari qo’shiq kuylashga o’rgatish umumta’lim maktabining

amalga oshirilishi mumkin bo’lgan muhit masalasidir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq kuylash usuli
musiqaviy qobiliyatning rivojlanishida vokal – xor malakalarini shakllantirishda, bo’lajak


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

287

musiqashunoslarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Qo’shiq aytish kuylovchiga faqat
estеtik zavq bеrmasdan, balki eshitish qobiliyatini rivojlanishiga yordam bеradi. Nafas yo’llarini
rivojlantiradi.


REFERENCES

1.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ
ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

2.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

3.

Камалова Д. Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые
особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] / Д. Э.
Камалова

//

Материалы

республиканское

научно-практической

конференции. – Нукус. Наука. 2019. – С. 18-21.

4.

Kaмалова,Д. Э.Роль художественной детали в каракалпакских
новеллах[The Role of Artistic Detail in Karakalpak Novels]. // Донецкие
чтения 2021: образование, наука, инновации, культура и образы
современности: Материалы VI Международной научной конференции. –
Донецк: Изд-во ДонНУ. 2021. –с. 139-142.

5.

Абатбаева, Рано Алламбергеновна. "ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН МУСИҚА
МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНИШИДА МАШХУР БАСТАТОР Н.
МУҲАММЕДДИНОВНИНГ ЎРНИ." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 648-
653.

6.

Allambergenovna, Abatbaeva Rano. "THE MANIFESTATION OF EUROPEAN
AND NATIONAL TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM"." International
Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 2.2 (2022): 185-187.

7.

Maksetbaevich O. K. Ethnodemographic procesess at the headquarters of
amudarya on the EVE of the 1916 uprising //Journal of Critical Reviews. – 2020.
– Т. 7. – №. 11. – С. 391-395.

8.

Кощанов Б. А., Отегенов Х. М., Ержанова Г. М. ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН
ТАРИХШУНОСЛИГИНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ //ВЗГЛЯД В
ПРОШЛОЕ. – 2022. – №. SI-3.

9.

Rametullaevich K. A., Makhsetbaevich U. K. The Struggle of the Working People
of Karakalpakstan against Social and Colonial Oppression in 1916 in Chimbay
//resmilitaris. – 2023. – Т. 13. – №. 1. – С. 2980-2984.

10.

Отегенов Х., Ҳакимниязов К. НАРОДНОЕ ВОССТАНИЕ 1916 ГОДА В
ХИВИНСКОМ

ХАНСТВЕ

И

АМУДАРЬИНСКОМ

ОТДЕЛЕ

ТУРКЕСТАНСКОГО

КРАЯ

//ВЕСТНИК

КАРАКАЛПАКСКОГО

ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2015. – Т.
27. – №. 2. – С. 50-55.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

288

11.

Отегенов Х. К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском
отделе в 1916 г //Каспийский регион: политика, экономика, культура. – 2019.
– №. 2 (59). – С. 31-36.



References

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.

Камалова Д. Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] / Д. Э. Камалова // Материалы республиканское научно-практической конференции. – Нукус. Наука. 2019. – С. 18-21.

Kaмалова,Д. Э.Роль художественной детали в каракалпакских новеллах[The Role of Artistic Detail in Karakalpak Novels]. // Донецкие чтения 2021: образование, наука, инновации, культура и образы современности: Материалы VI Международной научной конференции. –Донецк: Изд-во ДонНУ. 2021. –с. 139-142.

Абатбаева, Рано Алламбергеновна. "ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН МУСИҚА МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНИШИДА МАШХУР БАСТАТОР Н. МУҲАММЕДДИНОВНИНГ ЎРНИ." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 648-653.

Allambergenovna, Abatbaeva Rano. "THE MANIFESTATION OF EUROPEAN AND NATIONAL TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM"." International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 2.2 (2022): 185-187.

Maksetbaevich O. K. Ethnodemographic procesess at the headquarters of amudarya on the EVE of the 1916 uprising //Journal of Critical Reviews. – 2020. – Т. 7. – №. 11. – С. 391-395.

Кощанов Б. А., Отегенов Х. М., Ержанова Г. М. ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРИХШУНОСЛИГИНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2022. – №. SI-3.

Rametullaevich K. A., Makhsetbaevich U. K. The Struggle of the Working People of Karakalpakstan against Social and Colonial Oppression in 1916 in Chimbay //resmilitaris. – 2023. – Т. 13. – №. 1. – С. 2980-2984.

Отегенов Х., Ҳакимниязов К. НАРОДНОЕ ВОССТАНИЕ 1916 ГОДА В ХИВИНСКОМ ХАНСТВЕ И АМУДАРЬИНСКОМ ОТДЕЛЕ ТУРКЕСТАНСКОГО КРАЯ //ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА. – 2015. – Т. 27. – №. 2. – С. 50-55.

Отегенов Х. К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском отделе в 1916 г //Каспийский регион: политика, экономика, культура. – 2019. – №. 2 (59). – С. 31-36.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов