TECHNOLOGIES FOR PREPARING SCHOOL TEACHERS FOR INNOVATIVE TEACHING ACTIVITIES

HAC
Google Scholar
To share
Erkinova, N. (2024). TECHNOLOGIES FOR PREPARING SCHOOL TEACHERS FOR INNOVATIVE TEACHING ACTIVITIES. Modern Science and Research, 3(1), 1400–1403. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28052
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article describes the processes of preparing future science teachers for innovative activities.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1400

MAKTAB O’QITUVCHILARINI INNOVATSION O’QITISH FAOLIYATGA

TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI

Erkinova Navbahor Saparboy qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Ta’lim muassasalarining boshqaruvi yo’nalishi magistranti

e-mail:

erkinovanavbahor@umail.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.10506012

Annotatsiya. Maqolada bo’lajak fan o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash

jarayonlari yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: Texnologiya, o’qituvchi, innovatsiya, faoliyat, tayyorlash.

TECHNOLOGIES FOR PREPARING SCHOOL TEACHERS FOR INNOVATIVE

TEACHING ACTIVITIES

Abstract. The article describes the processes of preparing future science teachers for innovative

activities.

Keywords: Technology, teacher, innovation, activity, training.

ТЕХНОЛОГИИ ПОДГОТОВКИ ШКОЛЬНЫХ УЧИТЕЛЕЙ К ИННОВАЦИОННОЙ

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация. В статье описаны процессы подготовки будущих учителей естественных

наук к инновационной деятельности..

Ключевые слова: технология, учитель, инновации, деятельность, обучение.


Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat

siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy
bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga
yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish,
yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar
amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20 -apreldagi - Oliy ta‘lim

tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini
isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga
ko’tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali
mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning 9 darajasida shart-sharoit
yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida
e‘tibor qaratilgan.[2]

Bo‘lajak fan o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik tafakkurini

kengaytirish, ularda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur
bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

Bo’lajak fan o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi, bugungi kunda

muhim masalalardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni
oshirish uchun inson aqli erishgan, yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari
va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik,
boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1401

dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang- barang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning
qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta
imkoniyatlarni taqdim etadi.

Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya

avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; ilmiy-texnika
yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish
kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi.[7]

Ta`lim texnologiyasi- Innovatsion texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi.

Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o’z oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini
qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda, dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha
jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli. Bugungi kunda ilmiy va ommabop
adabiyotlarda «Innovatsion texnologiya» tushunchasini ta`riflashda turli xil tasniflarni uchratishimiz
mumkin. O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha:

«Innovatsion texnologiya- bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) vositalari

yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab
olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir»

«Innovatsion texnologiya- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim shakllarini

qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`yektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik
vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim
o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U Innovatsion texnologiyaga
ta`lim usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb
qaraydi. «Innovatsion texnologiya ta`lim-tarbiyaning ob`ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar
asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va
takomillashtirish tizimidir», -deb ta`rif beradi. Innovatsion texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini
o’qitishning har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va
vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash,
shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga
yo’naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini
aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.[8]

Innovatsiya – bu u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish maqsadida yangi texnika-

texnologiyalarni yaratish, ish faoliyatni boshqarishning takomillashgan usul va shakllarini ishlab
chiqish hamda ularni joriy etishga qaratilgan ilmiy-ijodiy faoliyat natijasi. Innovatsiyalar u yoki bu
faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro,
ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar
texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa
turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang-barang va turli-tuman
ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy
salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu munosabat bilan innovatsiyalardan keng
va samarali foydalanish.

Inovatsion texnologiyalarning afzalliklari
- o’qitish mazunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi;
- o’z vaqtida aloqalarni ta’minlanishi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1402

- tushunchalarni amaliyotga qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi;
- o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlarini taklif etilishi;
- motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi;
- o’tilgan materialni yaxshi eslab qolishi;
- muloqotga kirishish ko’nikmasini takomillashishi;
- o’z-o’zini baholashning o’sishi;
- o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati;
- nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay balki,tanqidiy va mantiqiy fikrlarning

rivojlanishi;

- muammolar yechish ko’nikmalarni shakllanishi.
Inovatsion texnologiyalarning kamchiliklari
- ko’p vaqt talab etilishi;
- o’quvchilar har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;
- juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolini past bo’lishi;
- “kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchli”o’quvchilarning ham past baho olishi.[5]
Maktab fanlari darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini bosqichlari va vazifalari.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida shakllangan bo’lib, u an’anaviy
pedagogikadan quyidagicha farqlanadi: An’anaviy ta’limda o’qituvchi pedagogik jarayonning
subyekti, o’quvchi esa obyekti deb qaraladi. Hamkorlik pedagogikasida esa o’quvchi o’z o’quv
faoliyatining subyekti sifatida qaraladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi pedagogik jarayonning
subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bo’ladi. Ular o’zaro hamkor,
hamdo’st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard, hamboshqaruvchi bo’ladilar. Hamkorlik
munosabatlari o’qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan o’quvchilar va o’qituvchilar tashkilotlari bilan,
rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida ham o’rnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining
ta’lim-tarbiya olish, motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o’quv-tarbiya jarayonini
insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan, holda yuqori natijalarga erishishni
ta’minlaydi.

Hamkorlikda o’qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
—o’quvchining o’rganish jarayonini boyitadi:
—o’quvchilarga ular o’rtasida taqsim qilinib, o’zlashtirilgan kognitiv axborotlar to’plamini

beradi;

—o’quvchilarda materialni o’rganishga ishtiyoq uyg’otadi;
—o’quvchilarning o’z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini

kengaytiradi;

—axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
—o’quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
— turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o’rtasida ijobiy o’zaro munosabatlarni

oldinga suradi.

Xulosa qilib aytganda, maktab fanlari darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini

bosqichlari va vazifalari, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida
shakllangan bo’lar ekan. U an’anaviy pedagogikadan quyidagicha farqlanib, barchasi innovatsion
faoliyatni yaxshilashga qaratilgan ishlar jamlanmasidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1403

REFERENCES

1.

Mirziyoyev. Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz.
“O‘zbekiston” 2017.

2.

Mirziyoyev. Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. “O‘zbekiston” 2016.

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi ,,Oliy ta‘lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari’’ to’g’risidagi Qarori

4.

”Ta’lim to’g’risidagi qonun” Toshkent 1997 y

5.

Ishmuhamedov. R. J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo’llari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.

6.

A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T.: 2008. – 128
b.

7.

Shomirzayev M. X. Maktab fanlarini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar. Darslik..
–T.: “UrDU nashr-matbaa markazi”, 2020. – 226 b.

8.

Shomirzayev. M. X. Maktab fanlarini o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari.
O‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanma. –T.: 2019. – 72 b.

References

Mirziyoyev. Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” 2017.

Mirziyoyev. Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” 2016.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi ,,Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari’’ to’g’risidagi Qarori

”Ta’lim to’g’risidagi qonun” Toshkent 1997 y

Ishmuhamedov. R. J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.

A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T.:2008. – 128 b.

Shomirzayev M. X. Maktab fanlarini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar. Darslik.. –T.: “UrDU nashr-matbaa markazi”, 2020. – 226 b.

Shomirzayev. M. X. Maktab fanlarini o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari. O‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanma. –T.: 2019. – 72 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов