O`zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o`tish va iqlim o`zgarishi muammolarini hal etish uchun sharoitlar yaratish

HAC
Google Scholar
To share
Fazliddinov, J., Sharipov, B., & Mamasodikova , S. (2024). O`zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o`tish va iqlim o`zgarishi muammolarini hal etish uchun sharoitlar yaratish. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28131
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqola tarkibida ekologiya va uning inson salomatligiga ko`rsatadigan ta`siri, ayni vaqtdagi yomon ahvoldagi shaharlar, insonlarning tabiatga bo`lgan munosabati, hozirda global bo`lib turgan muammolardan yana biri yuzaga kelgan judayam ko`p hajmdagi chiqindilar va ularni qayta ishlash bilan bog`liq masalalar, rivojlangan davlatlarning bu borada olib borayotgan ishlari, rivojlanayotgan davlatlardan tabiiy gaz masalalarini yaxshilashga qaratilgan va bu borada bir qancha takliflardan iborat


background image

O`zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o`tish va iqlim o`zgarishi

muammolarini hal etish uchun sharoitlar yaratish

Fazliddinov Jasurbek Olimjanov

1

Sharipov Bakhtiyor Mikhliboevich

2

Mamasodikova Shokhistakhon Dilshodbek qizi

3

1

Toshkent amaliy fanlar universiteti

“Iqtisodiyot” fakultet ECO2201U04-gurux talabasi

2

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti sifat komissiya raisi

3

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Xotijiy til va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467799

Annotatsiya: Maqola tarkibida ekologiya va uning inson salomatligiga ko`rsatadigan ta`siri, ayni vaqtdagi yomon ahvoldagi shaharlar,

insonlarning tabiatga bo`lgan munosabati, hozirda global bo`lib turgan muammolardan yana biri yuzaga kelgan judayam ko`p
hajmdagi chiqindilar va ularni qayta ishlash bilan bog`liq masalalar, rivojlangan davlatlarning bu borada olib borayotgan ishlari,
rivojlanayotgan davlatlardan tabiiy gaz masalalarini yaxshilashga qaratilgan va bu borada bir qancha takliflardan iborat


Kalit so`zlar: Ekotizim,Koks,Ekotizim, Progress, Fotokimyoviy smog, Troposferik ozon, Peroksiatsetil, Antropogen

KIRISH

Inson hech qachon tabiatsiz yashay olmaydi, chunki

u tabiatning ajralmas qismi hisoblanadi.Biz yashab turgan
olam huddi insoniyat bilan birgalikda harakat qililayotgan
insonning bir bo`lagiga o`xshaydi. Quyoshning har
zarrasida, tuproqning har jismida tabiatninng bizga bo’lgan
iliq taftini his qilamiz. O’zining har bir jabhasida inson
uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni mujassam etgan.
Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunda nega ayanchli
ahvolda? Nega havo tarkibi bu darajada iflos? Bunga kimlar
sababchi? Buni qanday oldini olish mumkin? Shunga kabi
savollar bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylangan va
bulardan ba`zilariga javob berishga harakat qilamiz.

Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan

miqdorda ta`sir ko’rsatadi. Inson aql-zakovati orqali,
mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan
taqqoslab

bo’lmaydi.

Aniqroq

aytadigan

bo’lsak

mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa, shunday foydalanib,
unga sezilarsiz ta`sirini o’tkazadi. Insoniyat uni o’rab turgan
barcha shart-sharoitlarga moslasha oladi, moslasha olmas,
uni o’zi istaklariga moslashtiradi, natijada tabiat muvozanati
buziladi, buzilgan muvozanat esa katta ta’lofatlarga olib
keladi.

Keling

uzoqqa

bormaymiz

ayni

vaqtda

O`zbekistonning poytaxti bo`lmish qadimiy Toshkent
shaxriga yuzlanamiz.

2023-yilning 4-dekabr holatiga ko`ra Toshkent

IQAir reytingi holatiga ko`ra 11- o`rinda band qilib turibdi,
lekin o`tgan oyning 7-sanasida 5-o`rinda bo`lgan.

Ha bu haqiqatdan ham fakt, Toshkent oxirgi 8 yil

ichida yuqori 30 talikda turibdi eng asosiysi so`ngi yillarda
esa bu ko`rsatgich yuqori uchlikda bo`lgan.

Nega Toshkent havosi bunchalik iflos?

Insonning bitta mahsulotdan meyorida va o`z

qoidasiga roiya qilmasdan foydalanganligi bois yuqoridagi
ayanchli vaziyatga olib keldi va bu global muammoga
aylanib ulgurdi.

Nafaqat markaziy osiyo davlatlari balki yevropaning

gigand davlatlariga aylanib ulgurgan Hindiston va Xitoy
xalqlari

ham

yuqorida

takidlab

o`tilgan

reyting

peshqadamlari hisoblanadi. Bunga asosiy sabablar katta
hajmdagi qurilish ishlari, havo iqlimining nam emasligi,
ishlab chiqarish korxonalarining ko`pligini, koks korxonalar
va qurilish chiqindilarining ko`pligini aytishimiz mumkin.
Ekologiyaga o`z ta`siri ko`rsatmay qolmaydigan yana bir
global muammo chiqindilar hisoblanadi. Bu maqolani
tayyorlashga undagan ikki asosiy sabab havo va chiqindilar
bo`lib, ularga ayni shu maqolada chuquroq to`xtalib o`tamiz
va o`z yechimlarimizni taqdim etamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYA

Tirik mavjudotlarni o’rab turgan ekologik muxit,

asosan, insoniyat tomonidan salbiy tomonga o’zgartirib
yuborildi,

buning

asosiy

sababi

zavod-fabrikalar,

transportlar va ulardan chiqayotgan chiqindilar. Bu
o’zgarishlar atrof-muhitni shu darajada o’zgartirdiki, barcha
tirik mavjudotlar qatori inson salomatligiga ham o’z tasirini
o’tkazdi. XXI asr insoniyat faoliyatining har bir sohasida,
ayniqsa, tibbiyotda buyuk kashfiyotlar qilib, milliardlab
mablag’lar sarflanishiga qaramay, insonlar arganizmiga
kasalliklar xavf solishi va hoyotda bevaqt ko’z yumushlar
ko’p uchraydi.


background image

Biz atrof-muhitga va inson salomatligiga jiddiy zarar

yetkazadigan

atrofmuhitga

ta'sirini

tavsiflash

bilan

boshlaymiz. Bu yerda biz nafaqat o'simliklar va hayvonlarga
yetkazilgan zarar haqida gapiramiz, balki bu ta'sirlar
odamlarga ham ta'sir qiladi. Odatda, qabul qilinadigan
qarorlar atrof muhitga salbiy ta'sirlarni kamaytirish, tabiiy
muhitni himoya qilishdan ko'ra, inson salomatligini himoya
qilish uchun ko'proq ahamiyatga ega.

Ushbu ta'sirlarning asosiy oqibatlari umuman

sayyoramizning ifloslanishidir. Biz suv, tuproq, havoning
ifloslanishini, ekotizimlarning yo'q qilinishini, yashash
joylarining parchalanishini va boshqalarni ko'rishimiz
mumkin. Bularning barchasi kasalliklarning ko'payishiga,
biologik xilma-xillikning yo'qolishiga va o'simlik va
hayvonot dunyosida ham, odamlarda ham sog'liq
muammolariga olib keladi .

Buyuk mutafakir bobomiz Abu ali ibn Sinoning

hozirda ekologiya deb yuritilayotgan atrof-muhitning
deyarli barcha omillari, ularga insonning, jonizotlarning
ta’siri va nihoyat, bu omillarning inson va jonizotlarga aks
ta’siri to’g’risidagi mashhur iboralarning keltirishning o’zi
kifoya. “Chang bo’lmaganda inson 1000 yil yashagan bo’lar
edi”, yoki: “Havo toki muvozanatlangan va toza bo’lsa,
uning(pnevmaga) begona qo’shimchalar qo’shilmasa, u
salomatlik garovi bo’ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab
bo’ladi”. Yashash joyi muhiti borasida esa “Tib
qonunlari”da alohida ta’kidlab, shunday deyilgan: “Turar
joy tanaga turlicha ta’sir qilishi mumkin: balan yoki past
joyligi, tuproq tarkibi hamda xususiyati, suvning serobligi
yoki kamyobligi, darxtlarning mo’lligi, qabriston yoki
konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi tanlanganda
muhim ahamyatga ega”. Bu fikrlar muhit to’grisida bo’lib,
tibbiy ekologiyada tegishli ekanligi guvohi bo’lamiz.

Havoning

ifloslanishi

— atmosferada odamlar va

boshqa tirik

mavjudotlar sogʻligʻiga hamda iqlimga zarar

yetkazuvchi moddalarning mavjudligi sababli kelib chiqqan
ifloslanish.Gazlar

(shu

jumladan ammiak, karbon

monoksit, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, metan, karbonat
angidrid va xlorftorokarbonlar, qattiq zarralar (organik va
anorganik)

va

biologik

molekulalar

kabi

havoni

ifloslantiruvchi moddalarning har xil turlari mavjud.
Havoning ifloslanishi odamlarni kasalliklarga yoʻliqtirishi,
ularda allergiyalarni paydo qilishi va hatto oʻlimga olib
kelishi mumkin; u hayvonlar va oziq-ovqat ekinlari kabi
boshqa tirik organizmlarga hamda tabiiy muhitga
(masalan, iqlim

o'zgarishi, ozon

qatlamining

yemirilishi yoki yashash muhitining buzilishi) yoki atrof-
muhitga (masalan, kislotali yomg'ir orqali) zarar yetkazishi
mumkin.Atmosferaning ifloslanishiga inson faoliyati ham,
tabiat hodisalari ham sabab boʻla oladi.

Havoning

ifloslanishi nafas olish yoʻllari

infeksiyalari, yurak kasalliklari, KOAH, insult va oʻpka
saratoni kabi ifloslanish bilan bogʻliq bir qator kasalliklar
uchun muhim xavf omilidir.Mavjud muammo borasida olib
borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, havo ifloslanishi IQ
koʻrsatkichlarining pasayishi, idrokning buzilishi,ruhiy
tushkunlik va perinatal salomatlikka zarar yetkazish kabi

psixiatrik kasalliklar xavfining oshishi bilan bogʻliq boʻlishi
mumkin.Havoning yomon sifati inson salomatligiga taʼsiri
juda keng boʻlib, asosan tananing nafas olish tizimi
va yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi.

Havodagi changning sog‘lik uchun ta'siri uning

kimyoviy tarkibi, kelib chiqishi, o‘lchami va zarrachalar
zichligiga qarab turlicha bo‘ladi. Xarakteriga ko‘ra bu
yengil bezovta qiluvchi ta'sir yoki kuchli toksik zaharlanish
bo‘lishi mumkin. O‘lchami 10 mkm (PM10)dan kichik
o‘pkaga oson kiruvchi va 2.5 mkm (PM2.5)dan kichik
o‘pkaga chuqur kiruvchi chang zarralari eng ko‘p xavf
tug‘diradi

Bugun 2023-yil 5-dekabr holatiga ko`ra havo

sifati

Faqat qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanish bilan

bogʻliq boʻlgan tashqi havo ifloslanishi har yili 3,61 million
kishining oʻlimiga sabab boʻladi, bu antropogen ozon va
PM

2,5

bilan birga (2,1 million) inson oʻlimiga eng koʻp hissa

qoʻshuvchilardan biriga aylangan. Havoning sifati odatda
havodagi PM2,5 zarralari konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi,
bu odatda diametri 2,5 mikrometr yoki undan kichik
boʻlgan, nafas bilan yutiladigan mayda zarralarni
tavsiflaydi. JSST standart meʼyori — 10 mkg/m3 ni tashkil
qiladi.

Umuman olganda, har yili dunyo boʻylab 7 mln kishi

havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi yoki oʻrtacha umr
koʻrish davomiyligining qisqarishiga (2,9 yil) sabab boʻladi
va bu kamida 2015-yildan buyon sezilarli progressga
erishmagan dunyodagi eng katta ekologik xavf hisoblanadi.


background image

Ichki havoning ifloslanishi va shahar havosining yomon
sifati dunyodagi eng zaharli ifloslanish muammolaridan
ikkitasi sifatida Blacksmith Instituti tomonidan 2008-
yildagi dunyoning eng ifloslangan joylari hisobotida qayd
etilgan.

Atmosfera ifloslanishi inqirozining koʻlami juda

katta: dunyo aholisining 90 foizi maʼlum darajada toza
boʻlmagan havodan nafas oladi. Sogʻliq uchun yomon
oqibatlari keng boʻlsa-da, muammoni hal qilish usuli asosan
tasodifiy

yoki eʼtibordan chetda qolgan.

Havoning ifloslanishi natijasida hosildorlikning

yoʻqolishi va hayot sifatining yomonlashishi jahon
iqtisodiyotiga yiliga 5 trillion dollarga tushadi. Havo
siatining yomonlashuvini kamaytirish uchun ifloslanishlarni
turli xil nazorat qilish texnologiyalari va strategiyalari
mavjud. Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlarini
cheklash uchun bir qancha xalqaro va milliy qonunchilik
hamda meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mahalliy
qoidalar toʻgʻri bajarilganda, sog'liqni saqlash sohasida
sezilarli yutuqlarga erishilgan. Ushbu saʼy-harakatlarning
baʼzilari jumladan, ozonosferani buzuvchi zararli kimyoviy
moddalarning

chiqarilishini

ozaytiradigan Monreal

protokoliva oltingugurt emissiyasini kamaytiradigan 1985-
yildagi Helsinki protokoli xalqaro darajada muvaffaqiyatli
boʻlib, iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro harakatlarbundan
mustasno.

Inson faoliyati natijasida atmosferaga chiqadigan

ifloslantiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi:

Karbonat

angidrid (CO

2

): Issiqxona

gazi roli

tufayli u „yetakchi ifloslantiruvchi“ va „eng yomon iqlim
ifloslantiruvchisi“ sifatida tavsiflangan.

Karbonat angidrid

atmosferaning tabiiy tarkibiy qismi boʻlib, oʻsimliklar
hayoti uchun zarurdir va inson nafas olish tizimi tomonidan
hosil boʻladi. Yer atmosferasida CO

2

koʻpayishi tez

suratlarda oshmoqda.

Oltingugurt oksidlari (SO

x

): ayniqsa oltingugurt

dioksidi, SO

2

formulali kimyoviy birikma. SO

2

vulqonlar va

turli sanoat jarayonlarida hosil boʻladi. Koʻmir va neft
koʻpincha oltingugurt birikmalarini oʻz ichiga oladi va
ularning yonishi oltingugurt dioksidini hosil qiladi.
SO

2

ning keyingi oksidlanishi, odatda, NO

2

kabi katalizator

ishtirokida, H

2

SO

4

hosil qiladi va shu bilan kislotali

yomgʻir hosil boʻladi. Bu yoqilgʻilardan energiya manbalari
sifatida foydalanishning atrof-muhitga taʼsiri haqida
tashvishlanish sabablaridan biridir.

Azot oksidi (NO

x

): Azot oksidi, xususan, azot

dioksidi yuqori haroratli yonish natijasida chiqariladi,
shuningdek, momaqaldiroq paytida elektr
zaryadsizlanishi natijasida hosil boʻladi. Azot dioksidi
NO

2

formulasiga ega kimyoviy birikma. Bu bir nechta azot

oksidlaridan

biridir.

Atmosferani

ifloslantiruvchi

moddalardan biri boʻlgan bu qizil-jigarrang zaharli gaz
oʻziga xos oʻtkir hidga ega.

Uglerod oksidi (CO): CO formulali rangsiz, hidsiz,

zaharli gazdir.

Bu tabiiy gaz, koʻmir yoki oʻtin kabi

yoqilgʻining yonish mahsulotidir. Avtoulov chiqindisi
atmosferaga chiquvchi uglerod oksidining katta qismini

tashkil qiladi. Bu havoda koʻplab oʻpka kasalliklari hamda
tabiiy muhit buzilishi va hayvonlarga zarar yetkazish bilan
bogʻliq boʻlgan tutun turini hosil qiladi.

Uchuvchi organik birikmalar (VOC): VOClar

tashqi havoni ifloslantiruvchi moddalardir. Ular metan
(CH

4

) yoki metan boʻlmagan (NMVOCs) deb tasniflanadi.

Metan global isishning kuchayishiga hissa qoʻshadigan
shiddatli issiqxona gazidir. Boshqa uglevodorod VOC’lar
ham ozon yaratish va atmosferada metanning umrini
uzaytirishdagi roli tufayli muhim issiqxona gazlari
hisoblanadi. Bu taʼsir mahalliy havo sifatiga qarab
oʻzgaradi. Aromatik NMVOCs benzol, toluol va ksilen uzoq
vaqt davomida taʼsir qilish bilan leykemiyaga olib kelishi
mumkin. 1,3-butadien koʻpincha sanoatda foydalanish bilan
bogʻliq yana bir xavfli birikma hisoblanadi.

Zarralar, shuningdek, zarrachalar (PM), atmosfera

zarrachalari (APM) yoki mayda zarralar deb ham ataladi,
gaz tarkibidagi mikroskopik qattiq yoki suyuq zarralardir.

Boshqa tomondan, aerozol zarralar va gaz aralashmasidir.
Vulqonlar, chang boʻronlari, oʻrmon va oʻtloq yongʻinlari,
tirik oʻsimliklar va dengiz purkagichlari zarrachalarning
manbalaridir.

Aerozollar

avtoulovlarda,

elektr

stantsiyalarda va koʻplab sanoat jarayonlarida qazib
olinadigan yoqilgʻining yonishi kabi inson faoliyati
natijasida hosil boʻladi.

Dunyo boʻyicha oʻrtacha,

antropogen

aerozollar —

inson

faoliyati

natijasida

yaratilgan. Hozirgi vaqtda havoning taxminan 10 % ni
tashkil qiladi. Havodagi mayda zarrachalarning koʻpayishi
yurak xastaligi,

oʻpka funktsiyasining oʻzgarishi va oʻpka

saratoni kabi sogʻliq uchun zararli kasalliklarni olib keladi.
Zarrachalar nafas yoʻllarining infektsiyalari bilan bogʻliq
boʻlib, astma kabi kasalliklarga chalinganlar uchun xavfli
boʻlishi mumkin.

Havodagi mayda zarralar bilan bogʻlangan doimiy

erkin radikallar yurak kasalliklar bilan bogʻliq.

Qoʻrgʻoshin va simob kabi

zaharli metallar va

ularning birikmalari.

Xlorflorokarbonlar (CFC): Hzoirda foydalanish

taqiqlangan tovarlardan chiqariladi; ozon qatlamiga zararli.
Bu konditsionerlar, muzlatgichlar, aerozol purkagichlari va
boshqa

shunga

oʻxshash

qurilmalar

tomonidan

chiqariladigan

gazlardir.

CFClar

atmosferaga

chiqarilgandan keyin stratosferaga yetib boradi. Ular u
yerda boshqa gazlar bilan oʻzaro taʼsirlashib, ozon
qatlamiga

zarar

yetkazadilar.

Buning

natijasida

ultrabinafsha nurlar yer yuzasiga yetib borishi mumkin. Bu
teri saratoni, koʻz muammolari va hatto oʻsimliklarning
shikastlanishiga olib keladi.

Ammiak: asosan qishloq xoʻjaligi chiqindilari

tomonidan chiqariladi. Ammiak NH

3

formulali birikmadir.

Odatda u oʻziga xos oʻtkir hidli gaz sifatida uchraydi.
Ammiak oziq-ovqat va oʻgʻitlar uchun kashshof boʻlib,
quruqlikdagi organizmlarning ozuqaviy ehtiyojlariga
sezilarli hissa qoʻshadi. Ammiak gidroksidi keng
qoʻllanilishiga

qaramay

xavflidir. Atmosferada

ammiak azot va oltingugurt oksidlari bilan reaksiyaga
kirishib, ikkilamchi zarrachalarni hosil qiladi.

Hidlar: axlat, kanalizatsiya va sanoat jarayonidan

kelib chiqadi.


background image

Radioaktiv ifloslantiruvchi moddalar: yadroviy

portlashlar,

yadroviy

hodisalar,

urushdagi portlovchi

moddalari va radonning radioaktiv parchalanishi kabi tabiiy
jarayonlar natijasida hosil boʻladi.

Ikkilamchi

ifloslantiruvchi

moddalarga

quyidagilar kiradi:

Fotokimyoviy smog:

gazsimon

asosiy

ifloslantiruvchi

va

kimyoviy

moddalardan

hosil

boʻladi. Smog — havoda yuzaga keladigan ifloslanish turi.
Smog maʼlum bir hududda tutun va oltingugurt dioksidi
aralashmasi paydo boʻluvchi katta hajmdagi koʻmir
yoqilishi natijasida yuzaga keladi.Zamonaviy smog odatda
avtoulov va sanoat chiqindilari tufayli yuzaga keladi, ular
quyoshdan ultrabinafsha nurlar taʼsirida atmosferaga taʼsir
qilib, ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarni hosil qiladi,
keyinchalik ular fotokimyoviy tutun hosil qilish uchun
birlamchi emissiyalar bilan birlashadi.

Troposferik

ozon (O

3

):

NOx

va

VOC

aralashmasidan hosil boʻluvchi ozon.

Shuningdek, u

stratosferaning turli qismlarida joylashgan ozon qatlamining
muhim qismidir. U bilan bogʻliq fotokimyoviy va kimyoviy
reaktsiyalar kunduzi va kechasi atmosferada sodir
boʻladigan koʻplab kimyoviy faoliyatni kuchaytiradi. Bu
inson faoliyati (asosan, qazib olinadigan yoqilgʻilarning
yonishi) natijasida koʻp miqdorda hosil boʻladigan
ifloslantiruvchi va smogning tarkibiy qismidir.

Peroksiatsetil nitrat (C

2

H

3

NO

5

): xuddi shunday

NO

x

va VOClardan hosil boʻladi.

Kichik

havo

ifloslantiruvchi

moddalarga

quyidagilar kiradi:

Koʻp

miqdordagi

kichik

xavfli

havo

ifloslantiruvchi moddalar. Ulardan baʼzilari AQShda Toza
havo toʻgʻrisidagi qonun (inglizcha:

Clean Air Act

),

Yevropada esa Havo asoslari direktivasi (inglizcha:

Air

Framework Directive

) ostida tartibga solinadi.

Turgʻun

organik

ifloslantiruvchi

moddalar

kimyoviy, biologik yoki fotolitik jarayonlar tufayli atrof-
muhitning buzilishiga chidamli organik birikmalardir.
Natijada, ular atrof-muhitda omon qolishi, uzoq masofaga
yoyilishi, inson va hayvonlar toʻqimalarida biotoʻplanishi,
oziq-ovqat zanjirlarida biomagnitsiyalanishi va inson
salomatligi va ekotizimiga katta xavf tugʻdirishi aniqlangan.

Chiqindilarga

bo`lgan

munosabat

mamlakatimizda so`ngi yillarda yildan yilga chiqindi
masalasidagi muammo tobora kengayib bormoqda. Yuzaga
kelgan

chiqindilar,

afrof

muhitga

nohush

hidlar,

isrofgarchiliklarni yuzaga keltiribgina qolmay yuqorida
takidlab o`tgan muammo zamirini ham tashkil etadi. Yanada
ham aniqroq aytganda salomatligimiz garovi bo`lgan
havoga deyarli 10 xilga yaqin zararli moddalar, kundalik
hayotimiz davomida yuzaga keltirayotgan chiqindilardan
hosil bo`ladi va biz nafas olib turgan havoga tarqaladi.
Respublikamiz bo`ylab kuniga o`rtacha 13 tonna ga yaqin,
Toshkent shaxrida esa 2500 tonnagacha chiqindi yuzaga

keladi. Xo`sh bunga javoban vatandoshlarimiz bu vaziyatga
qanday sayil harakat ishlarini amalga oshirmoqdalar?

Bu masalani davlatimiz ko`rib chiqdi va 1966-yilda

ishga tushurilgan Ohangaron chiqindi poligoni bo`lib,
umumiy maydoni 59 gektar, poligonning o‘zi 40 gektardan
iborat. Hozirgacha bu yerda 30 mln tonnaga yaqin chiqindi
ko‘milgan. Tasavvur qilyapsizmi 30 mln tonna axlat
shunchaki yer ostiga ko`mib yuborilgan. 2022-yil sanoat
korxonalari havoga 874 ming tonna chiqindi chiqardi.
Ularning katta qismi neft-gaz, energetika, metallurgiya
korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, atmosferaga asosiy ta’sir

ko‘rsatuvchi tarmoqlar issiqlik elektr stansiyalari hamda
sement

ishlab

chiqaruvchi

korxonalar

hisoblanadi.

Tashlamalarning:

360,5 ming tonnasi (40%) — neft va gaz,

200 ming tonnasi (22,8%) — energetika,

185,5 ming tonnasi (21,2%) — metallurgiya,

25 ming tonnasi (2,8%) — qurilish,

103 ming tonnasi (11,7%) boshqa tarmoqlar

hisobiga to‘g‘ri keladi.

Bugungi

kunda

O‘zbekistonda

12

ta IES,

shu jumladan, ko‘mirga ixtisoslashgan “Angren” va “Yangi
Angren” issiqlik elektr stansiyalari faoliyat olib bormoqda.
Bundan tashqari, 36 ta sement ishlab chiqaruvchi korxona,
15 ta neft va gazni qayta ishlash hamda 4 ta metallurgiya
sanoati mavjud.

Transportlar

chiqaradigan

zaharli

gazlarni

kamaytirish uchun jamoat transportining kamida 50 foizini
gaz-ballon yoqilg‘i, elektr va boshqa muqobil yoqilg‘i
turlariga o‘tkazish maqsad qilingan. “Bu juda katta raqam
va agar ushbu ko‘rsatkichga erishilsa, avtomobillardan
havoga yetkazilayotgan zarar keskin kamayadi”, — deyiladi
xabarda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hozir respublikada

jismoniy shaxslar jami 3 268 480 ta avtotransport
vositalaridan foydalanmoqda. Shundan:

796 034 tasi (24%) benzin,

71 088 tasi (2%) dizel,

2 401 348 tasi (74%) gaz yoqilg‘isida

harakatlanishga mo‘ljallangan.

Ulardan atmosferaga bir yilda o‘rtacha 1,3 mln tonna

zararli tashlamalar tashlanadi. Shundan 100 mingtasi nosoz
hisoblanadi. Bu umumiy tashlamalarning 63 foizini tashkil
etadi (ushbu ko‘rsatkich poytaxtda 88 foizga teng).

Bundan ko`rinib turibdiki bir muammo boshqa bir

muammoga sabab bo`lyapti ya`ni yuzaga kelayotgan
chiqindilar havo ifloslanishiga. Yechimning kata qismi ham
shu yerda.


background image

Bitta inson o`zining extiyojini qondirgandan so`ng

chiqadigan chiqindi?

Biz hayotimiz davomida foydalanadigan buyumlarimizdan
chiqadigan chiqindilar qancha vaqt davomida chiriydi:

Oziq-ovqat mahsulotlari— 10 kundan 1 oygacha

Gazeta qog`ozi va kitoblar— 1-3 oygacha

Go`sht mahsulotlari— 1 oy

Barg, urug` va novdalar— 1 oydan 1 yilgacha

Ofis qog`ozi— 2 yil

Tabiiy kiyim va matolar— 2-3 yil

Sintetik kiyim va matolar— 40 yil

Sigaret qoldiqlari va filtrlari— 2-3 yil

Kauchuk avtomobil shinalari— 100-140 yil

Plastik idishlar— 100-200 yil

Politilen paket va plyonkalar— 200 yil

Shisha— 1000 yil yoki hech qachon

va bular biz foydalanayotgan buyumlarning ayrimlari edi,
aslida biz uchun oddiy bo`lgan bitta buyum, biz o`ylagan
vaqtdan ham ko`proq muddatda chiriydi.

Iqtisodiy

tadqiqotlar

va

islohotlar

markazi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasining 6 yil davomida
rivojlanish dinamikasini tahlil qildi va shunga asosan
O`zbekiston

Respublikasida

o`rtacha

umr

ko`rish

davomiyligi ayollar uchun 77 yosh, erkaklar uchun 72 yosh
ekanligi ma`lum qilindi.

Statistik ma`lumotlarga qaraganda bir yilda bir inson

o`zidan 1.5 tonna chiqinchi chiqaradi. Biz bu sonlarni 70
yilga ko`paytirsak 105 tonnani tashkil qiladi, bitta inson
uchun.

Bu sonlar hayot davomida ko`rinmasligi va zarari

ham tegmasligi mumkin lekin kelajak avlod uchun va tabiat
uchun jiddiy havf tug`diradi. Shunday ekan ekalogiya va
kelajak avlodlarimizning ahvoli qay holatda bo`lishi bizning
qo`limizda.

Ma`lumot o`rnida aytish kerakki mamlakatimizda

yuzaga kelayotgan chiqindilarning
10% qismi qayta ishlanadi, qolgan qismi esa chiqindi
paligonlariga yuboriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bu

borada

O`zbekiston

respublikasining

EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH
VA IQLIM O`ZGARISHI VAZIRLIGI tomonidan amalga
oshirilayotgan ishlar talaygina. Ulardan konstitutsiyasiga bir
qancha aynan atrof-muhit bo`yicha qonunlar, yashil makon
dasturini ishlab chiqilganligini, jismoniy shaxslar bilan
birgalikda chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalar
faoliyatini yo`lga qo`yganligi, quyoshli xonadonlar dasturi
va O`zbekiston -2030 strategik dasturida ham e`tibor
qaratilganligini aytish joiz.

Ekologik

huquqbuzarlarni

jarimaga

tortish

vakolatiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya va IIO, xususan,
chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlashning oldini olish
maqsadida

reydlar

o‘tkazishni

boshladi.

Bunday

huquqbuzarliklar haqida 1354 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib
yoki Tozalik loyihasi boti orqali ham xabar berish mumkin.

13-oktabrdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra ichki

ishlar organlari hamda Milliy gvardiya ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlarni
javobgarlikka tortishi mumkin.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar

berishicha, ichki ishlar organlari xodimlari hamda boshqa
vazirlik va idoralar bilan birgalikda ekologik reydlar
o‘tkazishni boshlagan.

Bunday reydlar davomida sanitariya va ekologiya

sohasidagi huquqbuzarlik va qoidabuzarlar aniqlanmoqda.
Shuningdek, chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlab
yuborilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari olib
borilib, fuqarolar va tadbirkorlarga sanitariya-ekologik
qoidalar va me’yorlar eslatilib, javobgarlik haqida
ogohlantirilmoqda.


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023

yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari keng
jamoatchilik uchun muhokamaga qo‘yilgan.

Unda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi

bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish
ko‘rsatkichlarini keskin oshirish bo‘yicha ham qator
maqsadlar belgilab qo‘yilgan.

Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25

ming megavattga hamda jami iste’moldagi ulushini 40 foizga
yetkazish,

sanoatda

“yashil

sertifikat”lar

bozorini

rivojlantirish va “ekologik markirovkalar” amaliyotini joriy
qilish, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan infratuzilmani
shakllantirish va sanoat korxonalarida “aylanma (sirkulyar)
iqtisodiyot”

amaliyotini

joriy

qilish

jarayonlarini

rag‘batlantirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 9 gVt quyosh va 5 gVt shamol elektr

energiyasi stansiyalari davlat-xususiy sheriklik asosida
bunyod etiladi. Hamda quvvati 1,9 gVt bo‘lgan 28 ta
gidroelektr stansiyasi quriladi.

Bundan tashqari, 3 gVt quvvatli 3 ta issiqlik elektr

stansiyasini modernizatsiya qilish orqali tabiiy gaz sarfi
kamaytiriladi. Ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarni
energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimi joriy
etiladi.

Strategiyaga ko‘ra, jamoat transportini to‘liq ekologik

toza yoqilg‘iga o‘tkazish, iqlim o‘zgarishi sohasida barcha
issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimini
(MRV) yaratish, “Yashil o‘sish” sharoitida bozor iqtisodiyoti
nuqsonlarini

bartaraf

etish

va “maqbul narxlarni


background image

shakllantirish”

institutlarini

mustahkamlash

nazarda

tutilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 16 fevraldagi

qarori bilan joriy yil 1 apreldan aholiga quyosh panellari
orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining har bir
kilovatt·soatiga 1000 so‘mdan subsidiya beriladi.

Shuningdek,

bugundan

boshlab

respublika

hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy
quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni
rag‘batlantirish bo‘yicha «Quyoshli xonadon» dasturi ishga
tushirildi.

Dasturga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan quyosh

panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib
yagona

elektr

energetika tizimiga uzatilgan elektr

energiyasining har bir kilovatt soatiga 1000 so‘mdan
subsidiya ajratiladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun

mablag‘lar har oy «Soliq» mobil ilovasi orqali fuqarolarning
bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Osiyo davlatlari ekologiya vazirlari Dubaydagi

O‘zbekiston Respublikasi milliy pavilyoni bilan tanishishdi

Tashrif chog‘ida qardosh mamlakatlar ekologiya

vazirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi
bilan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “Yashil makon”
loyihasi doirasida Orol dengizi tubini va hududlarni
ko‘kalamzorlashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalari
ulushini oshirish, Parij kelishuvi majburiyatlarini bajarish,
uglerod neytralligiga erishish, iqlim o‘zgarishiga moslashish,
uning oqibatlari va xatarlarini yumshatish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishishdi.

Abu

Dabining

yetakchi

kompaniyasi

O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish va iqlim ta’sirini
yumshatishga ko‘maklashadi


Dubayda COP28 forumi doirasida O‘zbekiston

Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va
iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Tadweer” (Abu Dabi
Waste Management Company — Abu-Dabi chiqindilarni
boshqarish kompaniyasi) o‘rtasida memorandum imzolandi.
Hamkorlik doirasida maishiy chiqindilarni yig'ish va olib
chiqish, shuningdek, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya
qilishni boshqarish tizimi ishlab chiqiladi.


So`z

boshida

takidlab

o`tilgan

savollardan

biriga(Nega havo tarkibi bu darajada iflos?) ekspertlardan
javob olishga harakat qildik va bu borada tajribaga ega
bo`lgan iqlimshunos Erkin Abdulahatov va ekologiya sohasi
eksperti Farrux Sattarov larning fikriga to`xtalamiz.

Farrux Sattorov:

— Bu savolga aniq javob berish uchun ilmiy izlanish

olib borish kerak. Lekin shaxsiy tajribamdan kelib chiqib
javob beraman. Eng ko‘p aytilgan muammolardan biri —

Toshkent shahridagi qurilishlar. Qurilish deganda, faqat
o‘sha bo‘layotgan maydondagi chang-to‘zonmas, butun
qurilish infratuzilmasidagi, ya’ni qurilish materiallari ishlab
chiqarishdan transportgacha.Masalan, qurilish maydoni
olingach, u yerda tuproq ishlari olib boriladi. Ekologiya
tashkilotlarining me’yoriy hujjatlarida qurilishda tuproq
ishlari olib borilayotganda changlanishning oldini olish
kerak, deb yozib qo‘yilgan. Afsuski, bu talab tadbirkorlar
tomonidan bajarilmaydi. Men haligacha ko‘rmadim amal
qilingan vaziyatni. Bundan tashqari, qurilish materiallarini
tashishda, qurilish maydonidagi loy-tuproqni o‘ziga olgan
yuk mashinalari umum foydalaniluvchi yo‘llarga chiqishi
kabi omillar ham bor. Shu orqali ham necha tonnalab chang-
tuproq

shaharga

kirib

keladi.

Yana

bir

omil

qurilish materiallarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar
buzilishi. Masalan, g‘isht ishlab chiqarilishida. Toshkent
viloyatida 200 tacha g‘isht zavodi bo‘lsa kerak. Zavodlarga
tuproq qazib olish uchun yer ajratiladi. O‘sha yerlarda
tuproq kovlab olish ishlari olib boriladi. Ekologiya
tashkilotlarining me’yoriy hujjatlarida bunday joylarni
rekultivatsiya qilish belgilab qo‘yilgan. Bizning tadbirkorlar
firmani yopyapti va yangidan ochyapti, o‘z-o‘zidan
rekultivatsiya masalasi eski firma zimmasida qolib ketyapti.

Bu degani o‘sha joylar ochiqligicha chang

ko‘tariladigan bo‘lib qolib ketyapti. Bu narsalarning oldini
olish uchun tadbirkorlarning mas’uliyatini oshirish kerak.

Aytganimizdek, yuk mashinalari muammosi ham

asosiylaridan biri. To‘g‘ri, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida
qaror bor. Lekin ular bu qoidalarga qanchalik amal qilyapti,
degan savol ham bor.

Ifloslangan havo tarkibida asosan muallaq moddalar

bor: chang, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi kabilar.

Erkin Abdulahatov:

— Antropogen omillar oqibatida ifloslanish

masalasini oladigan bo‘lsak, 85 foizi avtomobillarga to‘g‘ri
keladi, deyiladi. Lekin Toshkentda bu ko‘rsatkich 85 foiz
emas, menimcha. Chunki aynida havo toza bo‘lib turgan
holatda ham avtomobillar harakatlanib turibdi. Demak,
bizdagi ifloslanishning asosiy manbalari tabiiy holatlarga
to‘g‘ri keladi, ya’ni yuqorida Farrux aka aytib o‘tgan
omillar. Sug‘oriladigan maydonlar qisqarishi, qurg‘oqchilik
kabi holatlar ham bor. 2010-2015 yillarda ilmiy o‘rganish
bo‘lgan ekan bu borada ham. Sovuq mavsumda Toshkent
shahriga asosan sharqdagi sanoatlashgan shaharlardan (M:
Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq) kirib kelar ekan. Yoz
oylarida esa g‘arbdan kirib keluvchi changli havo oqimi (pm
2,5, pm 10 zarrachalar) ifloslanishga sabab bo‘lishi
o‘rganilgan.

Asosan

Qozog‘istonning

cho‘llashishi

oqibatida paydo bo‘lyapti bular. Ya’ni qancha qurg‘oqchilik
bo‘lsa, ifloslanish darajasi ham oshib boraveradi. Masalan,
2021 yildagi qurg‘oqchilik sabab so‘nggi 10 yildagi eng
havosi iflos shaharlar ichida 18 o‘ringa ko‘tarilgan. Oxirgi 8
yil davomida Toshkent shahri havo iflosligi bo‘yicha
reytingda 18-27 o‘rinlar oralig‘ida tebranib turibdi. Hozir
aynan mana shu masala bo‘yicha ilmiy ishlar boshlangan.


background image

Ya’ni Toshkent shahrini ifloslantirayotgan asosiy omil
antropogen omillarmi yoki tabiiy omillarmi, degan savolga
javob izlanyapti. Bu jarayonda iflos changlar, moddalar
tarkibi o‘rganilib, manba topiladi.

Suhbat yuqorida takidlab o`tgan muammolarning

sabablarini isboti bo`lib xizmat qildi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, insoniyat yildan yilga

rivojlanib borar ekan shu hayot mobaynida o`zining atrof-
muhitga bo`lgan munosabatini nazorat qilishini, nafaqat
atrof-muhit balkim uning yon-atrofidagi insonlarga ham iliq
munosabatda bo`lishini so`rab qolardim.

Sanoat korxonalari, yuridik va jismoniy shaxslar

tomonidan faoliyat yuritilayotgan korxonalar va ishlab
chiqaruvchi korxonalar o`z faoliyati davomida o`zidan
qolayotgan chiqindilarning atrof-muhitga va eng asosiysi
kelajak avlodga ta`sirini yodda tutishlarini so`rab qolaman.

Maqolada keltirilgan malumotlardan kelib chiqib

quidagi quyidagi takliflarni berish mumkin:

— Yuk tashuvchi transportlar harakatlanishi tartibga

solish hamda yo‘llarni ifloslantirishning oldini olishga
qaratilgan nazorat tadbirlarini kuchaytirish hamda qonun
quzilish holatlarini qat`iy nazorat qilish;

— Ishlab chiqarilayotgan motor yonilg‘isini

“Yevro — 5” ekologik standartiga keltirish;

— Ishlab chiqaruvchi korxonalar zamonaviy havo

filtr texnikasi bilan taminlash va ulardan olinayotgan soliq
miqdorini oshirish;

— Yuzaga kelayotgan chiqindilarni qayta ishlash,

ulardan gaz manbaasini olish, chet davlatlardan import
qilayotgan tovarlarni ishlab chiqarishga va shu tadbirkorlik
turi bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan tadbirkorlarga e`tiborni
kuchaytirish;

— Osiyoda muammo bo`lishi kutilayotgan suvsizlik

masalasida, yurtimizda faoliyat yuritayotgan avtomobil
yuvish uchun mo`ljallangan joylarda suv filtrlarini o`rnatish.
Yani bir mashina yuvilishiga sarflangan suvni yig`ib, suvni
mashina yuvish uchun yaroqli darajada filtrdan o`tkazish va
foydalanish;

Ijtimoiy

soha

joylarida

(Avtobus,shifoxona,ta`lim olish maskanlari) havo filtrlarini
o`rnatish;

Yangilik

bo`lgan

g`oyalar

uchun

rag`batlantirishlarni ko`paytirish;

— Avtomobil qatnov yo`llar o`rtasiga havo

generatorlari orqali elektr olish;

— Shahar havosining ifloslanishining asosiy omili

boʻlgan qazib olinadigan yoqilgʻi bilan ishlaydigan
avtotransport vositalarini elektr transport vositalari bilan
almashtirish;

ADABIYOTLAR

1. Biology (textbook for academic lyceums and

professional colleges)

2.

Zhumaeva,

Sh.,

B.

(2022). Эколого-

флористический анализ альгофлоры водных объектов
бухарской

области.

Международный

междисциплинарный исследовательский журнал Galaxy
(431-435ст).

3. Nazarov, A. (2021). Challenges to uzbekistan’s

secure and stable political development in the context of
globalization. Journal on International Social Science, 1(1),
26-31.

4. Nazarov, A. (2021). Healthy Generation-The

Basis Of A Healthy Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal, 9(11), 409–413

5. Nazarov, A. (2021). The impact of the chemical

industry on the environment. Eurasian journal of academic
research 1(8), 145-148

6. Nazarov, A. (2018). The globalizing world: the

conditions and prerequisites for political development
through innovative politics and preventive democracy.
Theoretical & Applied Science, (4), 9-12

7.Квартальнов В. Стратегический менеджмент в

туризме. Монография.–М.: 2005 г.

8.Кусков А.С., Джаладян Ю.А. Туристский

бизнес: словарь-справочник. – М.: ФОРУМ, 2011. – 384
с.

9.Brimblecombe, Peter. The Big Smoke: A History

of

Air

Pollution

in

London

Since

Medieval

Times (Methuen, 1987)

10.Brimblecombe, Peter. „History of air pollution.“

in Composition,

Chemistry

and

Climate

of

the

Atmosphere (Van Nostrand Reinhold (1995): 1-18

11.Brimblecombe,

Peter; Makra,

László (2005).

„Selections from the history of environmental pollution,
with special attention to air pollution. Part 2*: From
medieval times to the 19th century“. International Journal of
Environment and Pollution. 23-jild, № 4. 351–67-
bet. doi:10.1504/ijep.2005.007599.


background image

12.Cherni, Judith A. Economic Growth versus the

Environment: The Politics of Wealth, Health and Air
Pollution (2002) online (Wayback Machine saytida 2020-
12-15 sanasida arxivlangan)

13. (https://www.iqair.com/)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов