ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
300
ZARDUSHTIYLIKNING BOSHQA DINLARGA TÁSIRI
Idrisov Imalatdin Regan ulı
Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs talabasi.
Salamat Arepbaevich Sulaymanov
Tarix fanlari doktori, dotsent.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10811680
Annotatsiya.
Maqolada zardushtiylik dinining óziga xos jihatlari, uning boshqa dinlarda
saqlanib qolgan an'analari va kórsatgan tásirlari haqida chuqur bayon etilgan.
Kalit sózlar:
Zardushtiylik, Avesto, Axura-Mazda, Abu Rayhon Beruniy, Quroni Karim,
islom dini, yahudiylik, nasroniylik, Mankur, Nakir, Rizvan.
INFLUENCE OF ZOROASTRIANISM ON OTHER RELIGIONS
Abstract.
The article describes in depth the unique aspects of the Zoroastrian religion, its
traditions preserved in other religions, and its effects.
Key words:
Zoroastrianism, Avesta, Ahura-Mazda, Abu Rayhan Beruni, Holy Quran,
Islam, Judaism, Christianity, Mankur, Nakir, Rizvan.
ВЛИЯНИЕ ЗОРОАСТРИЗМА НА ДРУГИЕ РЕЛИГИИ
Аннотация.
В статье подробно описаны уникальные аспекты зороастрийской
религии, ее традиции, сохранившиеся в других религиях, и ее последствия.
Ключевые слова:
зороастризм, Авеста, Ахура-Мазда, Абу Райхан Беруни,
Священный Коран, ислам, иудаизм, христианство, Манкур, Накир, Ризван.
Qadim zamonlardan boshlab insoniyat har xil e'tiqodlarga amal qilib kelgan. Ular turli xil
xududlarda bir-biridan farq qilgan an'analarni ózida aks ettirgan. Eramizdan avvalgi taxminan VII
asrlarga kelib bunday kóp xudolik e'tiqodlardan farq qiluvchi ilk e'tiqod zardushtiylik dini yuzaga
keldi.
Zardushtiylik paydo bólgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo
bólayotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va
mazlumlarga bólinayotgan davr bólgan. Bu din eng avval Órta Osiyo, sóng Eron, Ozarbayjonda
qaror topgan edi. Mazkur e'tiqod shu vaqtgacha hukm surgan dinlar orasida eng yetugi va adolatlisi
edi. Shu boisdandir zardushtiylik kelajakda dunyo yuzini kórgan mahalliy óz navbatida dunyoviy
dinlarga ham nihoyatda katta ta'sir kórsatdi.
Zardushtiylik g'oyalari insoniyat uchun keyin paydo bólgan barcha dunyo dinlariga ta'sir
kórsatdi va ularning dunyo dinlari darajasiga kótarilishida muhim rol óynaydi. "Avesto"da qayd
etilgan odamlarni xayriya qilishga chaqiruvchi umuminsoniy qadriyatlar boshqa dinlarning
ta'limotlari, g'oyalari, rivoyatlari muqaddas kitoblaridan joy oldi.
Evropalik taniqli dinshunos Meri Boys bu borada: "Eronda zardushtiylik katta obróga ega
bóldi. Uning ta'limotining ba'zi muhim jihatlarini yahudiy, nasroniy, islom dini va gnostik maktab
tarafdorlari tomonidan ózlashtirildi. Sharqda zardushtiylik buddizmning janubiy varianti rivojiga
ta'sir kórsatdi" - deya óz izohlarini qoldiradi.
Tarixga nazar tashlaydigan bólsak, eramizdan avvalgi XVIII asrda hazrati Ibrohim
zardushtiylik kabi buyuk e'tiqod nuridan rozi bólgan. Eramizdan avvalgi, XIV asrga kelib hazrati
Muso payg’ambar yolg'iz quyoshga e'tiqodga yahudiylar qavmini qaratdi. Xristian dinining "Xudo
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
301
odamni óziga óxshash obrazda yaratdi" - degan asosiy tushuncha zardushtiylikning Axura-Mazda
insonlarni óziga óxshatib yaratdi degan fikrga tóg'ri keladi.
Zardushtiylikning asosiy g'oyalari bilan bog'liq xulosalar ruhiy kechinmalar islom diniga
óz-ózidan kirib keldi. Ulardan ba'zilari bizga islom dini bilan birga yetib keldi. Albatta, VII-VIII
asrlarda Órta Osiyoda islomning tarqalishi bilan zardushtiylik dini taqiq qilina boshlandi.
Abu Rayhon Beruniyning sózlariga kóra, arablar zardushtiylik ruhoniylarini qirg'in qilib,
ularning ilmiy va muqaddas kitoblarini yoqib yuborishgan. "Avesto" ning "Yasiyin" deb
nomlangan ikkinchi kitobida Zardushtning maktublari tabiyat va halolliklar hukumdori,
odamlarga yaqin va halol, hamma narsani biladigan va hamma narsaga tayyor bólgan Axura-
Mazdaning abadiyligiga iymon keltiruvchi duolardan iborat. Olimlar "Mazda Yasna" sózlarining
yashirin mohiyati, ya'ni "Yasiyin" ma'lum darajada Qur'oni Karimning "Bakara" surasining 225-
oyatiga muvofiq keladi deb kórsatishadi.
Islom dinida yasiynning órni katta va juda savobli hamdir. Yasiynning Qur'oni Karimning
óttiz oltinchi surasi bólishiga qaramay, yasiyn Qur'oni Karim bilan teng kóriladi. Masalan,
qoraqalpoq dostonlarida "Yasiyin, Qur'on óqitib"degan kóplab satrlar mavjud. Nima uchun bu
satrlarda Qur'onning bir surasi uning ózi bilan teng kóriladi? Yoki xalqimizda nima uchun "bunga
aytgan sóz eshakning qulog'iga yasiyn óqigandek", yoki "qulog'iga yasiyn óqidi" kabi tarbiyaga
bog'liq gaplar uchrashadi. "Uning qulog'iga qur'on óqidi" deb keltirish mumkinmi? Bizning
fikrimizcha, buning sababi "Avesto"ning bu qismi islomga kirganligi ekanligi xaliq ongiga singib
ketgan "yasiyn" sózi Qur'oni Karimda ma'qullanib, uni rivojlandirganligini kórishimiz mumkin.
Dózax nomi musulmonlarning ham yahudiylarning ham tilida "pippom" sózidan kelib
chiqqan bólib, ya'ni jahannam sózidan olingan va islandiyalik islomshunos R. Dozining sózlariga
kóra islom dózaxi ""taqlid qilish" degan ma'noni anglatadi. Musulmon dinidagi jannat ham
zardushtiylik bilan nasroniylik manbalarida uchraydi.
Payg'ambarimiz islomdan oldin ham arablar tabiiy kuchlarini boshqaradigan ruhlarga
bólgan ishonganini aytadi. Islomda hatto jinlar ham Ollohning odamdan oldin "sof olovdan
yaratilgan" deb hisoblanadi. (Qur'on, 33, 40- sura) Odamlar tuproqqa kómilganidan sóng, ularni
sóroqqa tutuvchi Mankur, Nakir, jannatning qóriqchisi Rizvan Islomni qabul qilgan, qolganlari
esa uni qabul qilmagan va kofir sifatida qolgan deb kórsatiladi.
Zardushtiylikdagi devlarga ishonish, ya'ni shaytonga bóysinadigan odamni va inson va
dunyoning dushmanlari bólgan devlarni ham musulmonlar ózlariga qabul qilgan.
Zardushtiylik diniga kóra, ólimdan uch kun ótgach uning ruxi yer ostidagi óliklar makoniga
tushadi. Marhumning ahvoli qolgan qarindoshlari va yaqinlarining xotirlashi va sadaqa berishi
bilan bog'liq. Bu vazifani marhumning katta óg'li óz zimmasiga oladi. Bunday amallar dastlabki
vaqtda tabiyatga jinlar zarar yetkazmasligi va xavfli vaziyatlardan eson-omon ótishiga kuch berish
uchun bajariladi. Ushbu xavfli oydan keyin ikkinchi marta, bir yil ótgach, u uchinchi marta qon
chiqariladi va qurbonlik qilinadi.
Shundan sóng, marhumning uch óg'li yiliga bir marta esga olishlari kerak bólgan. Bunday
an'analarning hozirgi kunda qoraqalpoq va yana birqancha xalqlar orasida saqlanib qolishi,
zardushtiylik dinining qoldirgan ta'sirlari bilan bog'liqligi kórinib turadi.
Umuman olganda, bizning ma'naviyatimiz va milliy qadriyatlarimiz - dinimizning
durdonasi bólgan zardushtiylikda bayonlangan fikrlar va an'analar islom dinidan ham joy olib
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
302
xalqimizni yuksak ma'naviyat yólida kamol toptirishda hissa qóshdi, chunki adolatli din an'analari
ustunlik qilgan jamiyatda olg'a ilgarilash rivojlanish yuz beradi. Juda kóplab ulamo va olimlarni
óz bag'rida dunyoga keltirib, voyaga yetkazgan Turon zaminining ilm-fan va madaniyat markaziga
aylanishida ham avvalroq paydo bólgan va sóngra esa umuminsoniy qadriyatlari islom dinidan joy
olgan, zardushtiylik dini óziga xos asos yaratgan deya e'tirof etsak aslo mubolag'a bólmaydi.
REFERENCES
1.
Ж.Базарбаев, Ғ.Хожаниязов, Р.Базарбаев "Әййемги Окс дәрьясының төмениндеги
зардуштлик дининиң излери" - Нөкис - 2007
2.
Ғ.Хожаниязов "Қарақалпақстандағы муқаддес орынлар" - Нөкис - 1994
3.
Авесто Аскар Махкам аудармасы Тошкент – 2001
4.
Maksetbaevich, Otegenov Khakimbay. "Ethnodemographic procesess at the headquarters of
amudarya on the EVE of the 1916 uprising." Journal of Critical Reviews 7.11 (2020): 391-395.
5.
Отегенов, Хакимбай. "К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском
отделе в 1916 г." Каспийский регион: политика, экономика, культура
2 (59) (2019): 31-36.
6.
Maksetbaevich, Otegenov Khakimbay. "Ethnodemographic procesess at the headquarters of
amudarya on the EVE of the 1916 uprising." Journal of Critical Reviews 7.11 (2020): 391-395.
7.
Отегенов, Хакимбай. "К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском
отделе в 1916 г." Каспийский регион: политика, экономика, культура
2 (59) (2019): 31-36.
8.
Отегенов, Хакимбай Максетбаевич. "Восстание 1916 года в Каракалпакстане: общее и
особенное." Перекрёстки истории. Актуальные проблемы исторической науки:
материалы XV Международ (2019): 131.