YANGI O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLAR UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR YARATISH ULAR YASHAB TURGAN JAMIYATNING BURCHIDIR.

Аннотация

Islohotlar va yangilanishlar davrida yashayapmiz. O’zbekiston bugun ulkan marralarni zabt etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan: 2030 yilga kelib Global innovasion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirish, raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlarini aholi jon boshiga ikki baravar oshirish va boshqa ko’plab ustuvor maqsadlarni ko’zlaganmiz. Ko’zlangan marralarni zabt etish, ulkan rejalarni amalga oshirish esa, eng avvalo, barchadan birdek fidoiylikni, O’zbekistonimizning 34 million aholisidan faollikni, Vatani taqdiri va istiqboli uchun o’zlarining samarali mehnatlarini ayamaslikni talab etadi. Maqsadga erishish - birlikni va har birimizdan ishonch, shijoatni talab etadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xudayberdiyeva, M. (2024). YANGI O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLAR UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR YARATISH ULAR YASHAB TURGAN JAMIYATNING BURCHIDIR. Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/35280
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Islohotlar va yangilanishlar davrida yashayapmiz. O’zbekiston bugun ulkan marralarni zabt etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan: 2030 yilga kelib Global innovasion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirish, raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlarini aholi jon boshiga ikki baravar oshirish va boshqa ko’plab ustuvor maqsadlarni ko’zlaganmiz. Ko’zlangan marralarni zabt etish, ulkan rejalarni amalga oshirish esa, eng avvalo, barchadan birdek fidoiylikni, O’zbekistonimizning 34 million aholisidan faollikni, Vatani taqdiri va istiqboli uchun o’zlarining samarali mehnatlarini ayamaslikni talab etadi. Maqsadga erishish - birlikni va har birimizdan ishonch, shijoatni talab etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

15

YANGI O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, IMKONIYATI

CHEKLANGAN INSONLAR UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR YARATISH ULAR

YASHAB TURGAN JAMIYATNING BURCHIDIR.

Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi

Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti

Yurisprudensiya yo’nalishi 2-kurs 5/2 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12656982

Annotatsiya.

Islohotlar va yangilanishlar davrida yashayapmiz. O’zbekiston bugun ulkan

marralarni zabt etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan: 2030 yilga kelib Global innovasion
indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirish, raqamli iqtisodiyotini
rivojlantirish, yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlarini aholi jon boshiga ikki baravar oshirish va
boshqa ko’plab ustuvor maqsadlarni ko’zlaganmiz. Ko’zlangan marralarni zabt etish, ulkan
rejalarni amalga oshirish esa, eng avvalo, barchadan birdek fidoiylikni, O’zbekistonimizning 34
million aholisidan faollikni, Vatani taqdiri va istiqboli uchun o’zlarining samarali mehnatlarini
ayamaslikni talab etadi.

Maqsadga erishish - birlikni va har birimizdan ishonch, shijoatni talab etadi.

Kalit so’zlar:

Imkoniyatlari cheklangan insonlar, ruhiy holat, ichki hissiyot, muloqot qilish,

samimiy, ma’naviy olami, mehr-oqibat.

DEMOCRATIC CHANGES IN THE NEW UZBEKISTAN, CREATING UNLIMITED

OPPORTUNITIES FOR PEOPLE WITH LIMITED OPPORTUNITIES IS THE DUTY

OF THE SOCIETY IN WHICH THEY LIVE.

Abstract.

We live in a time of reforms and renewal. Today, Uzbekistan has set itself the goal

of achieving great goals: by 2030, it will become one of the 50 most advanced countries in the
world according to the Global Innovation Index rating, develop its digital economy, and increase
its GDP per capita. doubling per capita and many other high-priority goals. Achieving the desired
goals and implementing ambitious plans, above all, requires the same dedication from everyone,
the activeness of the 34 million inhabitants of Uzbekistan, and their effective work for the fate and
prospects of the Motherland.

Achieving the goal requires unity and confidence and courage from each of us.

Key words:

People with disabilities, mental state, inner feeling, communication, sincere,

spiritual world, kindness.

ДЕМОКРАТИЧЕСКИЕ ПЕРЕМЕНЫ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ, СОЗДАНИЕ

БЕЗОГРАНИЧЕННЫХ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ДЛЯ ЛЮДЕЙ С ОГРАНИЧЕННЫМИ

ВОЗМОЖНОСТЯМИ – ДОЛГ ОБЩЕСТВА, В КОТОРОМ ОНИ ЖИВУТ.

Аннотация.

Мы живем в эпоху реформ и обновлений. Сегодня Узбекистан поставил

перед собой задачу достижения великих целей: к 2030 году он войдет в число 50 самых
передовых стран мира по рейтингу Global Innovation Index, разовьет свою цифровую
экономику, увеличит ВВП на душу населения в два раза. на душу населения и многие другие
приоритетные цели. Достижение желаемых целей и реализация амбициозных планов,
прежде всего, требуют одинаковой самоотдачи от всех, активности 34-миллионного
населения Узбекистана, их эффективного труда на благо судеб и перспектив Родины.

Достижение цели требует единства, уверенности и мужества от каждого из нас.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

16

Ключевые слова:

Инвалиды, психическое состояние, внутреннее чувство, общение,

искренний, духовный мир, доброта.


KIRISH

Dunyo aholising demografik holatiga ko’ra, nogironligi bo’lgan shaxslar sonining o’sib

borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shunday ekan, biz imkoniyati cheklangan bolalarga ijtimoiy
xizmatni ko’rsatishda birinchi marta ularning ruhiyatini sog’lomlashtirishga va jonlantirishga
e’tibor qaratishimiz hamda psixologiyasini o’zgartirib, yangi muhitga yangi o’zgarishlarga tez
moslashishi uchun harakat qilishimiz lozim. Ruhiy holatdan tashqi qiyofa va xatti- harakatga
nisbatan ham yaqqolroq dalolat beruvchi narsa, albatta, aytilayotgan gap- so’z va uning aytilish
ohangidir. Mana shu sababli imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy xizmatni olib borishda,
ijtimoiy ish xodimlari zaruriy mashg’ulotlaridan o’tgan bo’lishlari, hamda davomiy ravishda ilmiy,
amaliy tajribalarni oshirib borishlarini ta’minlashlari kerakbo’lib bunga: bolalarning huquqlari va
qonun, bolalarga nisbatan zo’ravonlik, shu bilan birgalikda imkoniyati cheklanganlarning
jismoniy, ruhiy va aqliy nuqsonlari bilan bog’liq jarayonlar haqida aniq tushunchaga ega
bo’lishlari lozim. Shu bilan birgalikda ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari imkoniyati cheklangan
bolalar kimligini, va ular qanday holatda ekanligi borasidagi, aniq malumotlarga ega bo’lishlari,
hamda bu turdagi insonlarda kechadigan barcha o’zgarishlar va nuqsonlarni hisobga olgan holda
mulaqot qilishlari lozim.

ASOSIY QISM

Dunyo jamiyatida imkoniyati cheklangan bo’lishiga qaramay, turli sohalarda ulkan

cho’qqilarni zabt etgan insonlar kam emas. Yuksak diniy maqomlarga erishgan yoki sportchi,
mashhur san’atkor, hatto siyosiy yetakchi bo’lgan shaxslar ham talaygina. Iste’dodsiz inson yo’q,
faqat buni sezmaydiganlar bor, daegan ekan dunyo olimlaridan biri. BMTning ta’kidlashicha
nogironligi bo’lgan shaxslarni jamiyatga jalb qilish inson huquqlarini ta’minlash, barqaror
rivojlanishga erishish va tinchlik va xavfsizlik o’rnatish uchun judda muhimdir. Bugungi kunga
kelib dunyo aholisining 1milliarddan ortig’ida, ya’ni yetti kishidan kamida bittasida muayyan bir
turdagi nogironlik mavjud. Shularning 100 milliondan ortig’ini bolalar tashkil etadi.

Demak, safimizdagi imkoniyati cheklanganlarning teng huquqligini ta’minlash, qadr-

qimmatini himoya qilish darkor. Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga
olinmoqda, ko’pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog’lom bolalar bilan bir
maktabda, bir sinfda o’qishi, bir partada o’tirishi deb tushunadi xolos. Yani imkoniyati cheklangan
bola sog’lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o’qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi
kambag’al oiladan bo’lganligi uchun ta’mirlanmagan maktabga borishi kerak degani emas albatta.

Nogironligi bo’lgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish ularning ijtimoiy-

siyosiy hayotda ishtirok etishini har tomonlama rag’batlantirish hamda cheklovlarning har qanday
shakllariga yo’l qo’ymaslik orqali amalga oshiriladi.

Davlat organlari nogironligi bo’lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotiga jalb etishni

ta’minlashgan doir chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.

Nogironligi bo’lgan shaxslar ishlari bo’yicha idoralararo kengash ishida va majlislarida

ishtirok etish. Vakolatli davlat organlari bilan birgalikda sport, ma’rifiy va madaniy- ommaviy
tadbirlarni tashkil etish yo’li bilan ishtirok etishga haqlidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

17

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyatiorganlari nogironligi

bo’lgan shaxslarning manfaatlariga daxldor qarorlarni tayyorlash hamda qabul qilishda nogironligi
bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari va ularning vakolatli vakillari bilan hamkorlik qiladi.

Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni ko’rib

chiqayotganda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya
etishi, ushbu murojaatlarning to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi uchun choralar
ko’rishi, shuningdek nogironligi bo’lgan shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini
hamda ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan o’z vakolatlari
doirasida choralar ko’rishi shart.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

O’zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim

maktablariga qatnaydi. Bu davalt tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o’z yonidan pul
to’lab xususiy maktablarda o’qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa
sog’lom bolalar bilan teng sharoitda o’qiyotgani haqida maqtanib bo’lmaydi. Bu borada
muammolar ko’p. 2020 yil 13oktabrda qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga
ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi prezident
qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:

Alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalar o’qitadigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun

to’liqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar
o’qitadigan ta’lim muassasalarizarur adabiyotlar, metodik qo’llanmalar, turli kasblarga o’qitishga
mo’ljallangan uskuna va jihozlar bilan to’liq ta’milanmagan.

Hozirgi kunda bu sanab o’tgan muammolarimiz hal qilinib, aksincha yoshlarimizga yani

biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochildi desam hech adashmayman. Masalan, biz yoshlar
uchun yaratilgan imkoniyatlarni sanab adog’iga yatmaymiz. Bu imkoniyatlarning barchasi biz
yoshalarga bo’lgan ishonch deb o’ylayman. Masalan: Imkoniyati cheklangan yoshlarning bandlik
masalalari, qonunchilikka ko’ra xodimlar soni 20 nafardan oshgan barcha tashkilotlarda
nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 3% miqdorida ish o’rinlari zaxiralanishi ko’zda tutilgan.

Ish beruvchi tomonidan yil davomida nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ish o’rnini

zaxiralashi belgilangan. Qanday qilib ish beruvchi ma’lum bir vakansiyani yil davomida zaxiralab
qo’yishi mumkin? Masalan: qorovul ish o’rnini zaxiralagan ish beruvchi nogironligi bo’lgan mos
nomzod kelmaguncha bu ish o’rnini saqlab turish kerakmi yoki har oyda zaxiralangan ish o’rni
xususiyatlari o’zgaradimi? Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquq va va erkinliklarini amalga
oshirishdagi imkoniyatalar tengligi ular uchun obyektlar hamda xizmatalardan, ijtimoiy, iqtisodiy
va madaniy sohalardan, sog’liqni saqlashdan, ta’limdan, ishga joylashishdan, shuningdek
axborotdan va aloqa vositalaridan foydalanish kafolatlarini yaratishga hamda ulardan teng
ravishda foydalanish imkoniyatlarini berishga doir chora- tadbirlarni amalga oshirish yo’li bilan
ta’minlanadi.

XULOSA

Ushbu holat har yerda bor. Shunga qaramay, butun dunyo bo’ylab bir milliard atrofidagi

imkoniyati cheklangan insonlarning juda ko’p qismi ko’zdan yashiringan

bo’lib, ularning

ehtiyojlari va tashvishlariga e’tibor berilmaydi, ularning hissiyotlari hech kimni qiziqtirmaydi.

Nima uchun? Barchamiz yaratganning bandalari emasmizmi axir?


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

18

3-

dekabr Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni har yili ularning huquqlari va

farovonligini jamiyat va taraqqiyotning barcha sohalarida targ’ib qilish orqali nishonlanadi.

Nogironligi bor shaxslar turli tarafdan imkoniyati cheklangan bo’lishi mumkin.
Oyog’i yoki qo’li ishlamaydigan yoshalar o’qishga borishga, mustaqil harakatlanishga

qiynaladi. Ular uchun pandemiya boshlangach uyda ta’lim olish nisbatan qulayroq bo’ldi,
menimcha. Lekin ko’zi ojiz imkoniyati cheklanganlar uchun masofadan ta’lim olish ancha qiyin.

Men universitet talabasiman. Ko’pchilik OTMlarda Moodle tizimi orqali darslar davom

etmoqda. Bundagi eng katta muammo- Moodledagi ma’lumotlarni ko’zi ojiz foydalanuvchilar
uchun moslashtirilgan gapiruvchi dasturlar yordamida o’qib bo’lmasligida.

Platformaga yukalangan ma’lumotlarni olib kimgadir o’qitishga to’g’ri keladi. Buning esa

imkoniyati deyarli yo’q. O’zim mustaqil o’qishga harakat qilaman desam esa o’zbek tilidagi ilmiy
asarlarni o’qib bera oladigan nutq sintezatori yo’q.

Men kompyuterda mustaqil va ancha yaxshi ishlay olaman, lekin kompyuter

texnologiyalaridan mustaqil foydalana olmaydigan ko’zi ojizlar ham ko’p. Pandemiya davrida ular
jamiyatdan battar uzilib qolishdi. Onlayn ta’lim sharoitlarida har qancha harakat qilinsa ham, ko’zi
ojizlar uchun samarali usullarni topish qiyin.

O’qituvchilar ham talabalarni tushunishi, aloqani samarali tashkil etishi kerak. Masalan,

bir darsdan yangi o’qituvchi dars o’ta boshlasa va u guruhdagi imkoniyaticheklangan talabalarni
bilmasdan turib, ulardan sog’lom insonlar bilan bir narsani talab qilmasliklari kerak. Masalan, men
o’zim xohlasam ham Moodle platformasi orqali o’qiy olmayman.

Bunday paytda imkoniyati cheklangan talaba o’z dunyosida, o’z qobig’ida qolib ketishi

mumkin.

Imkoniyati cheklangan yoshalarning aksarida kompyuter yo’q. Bizga masofaviy ta’lim

bilan bog’liq ko’p arizalar keladi. Muammo shundaki, ko’pchilik nogiron bolalarda kompyuter
yo’q.

Ikkinchi asosiy muammo-internet qimmatligi. Bu bo’yicha bizning takliflarimiz ham bor.
Ko’p davlatlarda imkoniyati cheklangan o’quvchi, talabalarga kompyuterlar tekinga

foydalanishga beriladi. Mayli, davlatning bunga imkoni bo’lmas. Shuning uchun imkoniyati
cheklangan yoshlar uchun kompyuterlar kredit asosida berilsa, yaxshi bo’lardi.

Bundan tashqari, imkoniyati cheklanganlarga internet trafiklari uchun oylik to’lovlarda

hech bo’lmasa 30 foiz chegirma qilib berilsa, yaxshi bo’lardi. Sababi, imkoniyati cheklangan
shaxslarning nafaqa puli yuqori emas: 450 ming so’m, eng ko’proq pul oladiganlari ham 650 ming
so’m atrofida nafaqa oladi. Ular qaysi pulga kompyuter olishi, internet trafigiga yetkazishi
mumkin? Ta’lim olayotgan imkoniyati cheklanganlar shu tomonlama qiynalmoqda.

REFERENCES

1.

“Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi Prezident farmoni (2017-yil 1-dekabr pf-5270
son ).

2.

“Nogironlarning huquqlari to’risida’’gi konvensiya (2006-yil 13-dekabr)

3.

“Nogironlar uchun imkoniyatlarni tenglashtirish bo’yicha qoidalar” (BMT 1993-yil)

Библиографические ссылки

“Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi Prezident farmoni (2017-yil 1-dekabr pf-5270 son ).

“Nogironlarning huquqlari to’risida’’gi konvensiya (2006-yil 13-dekabr)

“Nogironlar uchun imkoniyatlarni tenglashtirish bo’yicha qoidalar” (BMT 1993-yil)