FITRATNING MA’RIFIY-AXLOQIY VA TARBIYAVIY QARASHLARI

Annotasiya

Abdurauf Fitrat Turkiston jadidchilgining rivojida muhim rol o’ynagan hamda o’z asarlari bilan ushbu harakat g’oyalarining yoyilishiga juda katta hissa qo’shgani, Fitratning diniy islohotchilik yo’nalishidagi faoliyati hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning insonlar komilligiga ta’siri xususida so’z yuritilgan. Insoniyat tarixida shunday daho san’atkorlar bo’lganki, ular o’z hayoti, ijodi, fikr-u zakovatini, xalqning bugungi turmushini yaxshilashga, ertangi kunini charag’on qilishga bag’ishlaganlar. Darhaqiqat, bir qancha millatparvar adiblar qatag’on tufayli ma’naviyatimiz tarixidan yulib tashlanganiga qaramay, ular merosini o’rganish, asarlarida ko’tarilgan ma’naviy-axloqiy muammolarini tadqiq etish bugungi istiqlol sharoitida ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Zero, bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Is’hoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xudayberdiyeva, M. (2024). FITRATNING MA’RIFIY-AXLOQIY VA TARBIYAVIY QARASHLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(12), 1309–1315. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/59463
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Abdurauf Fitrat Turkiston jadidchilgining rivojida muhim rol o’ynagan hamda o’z asarlari bilan ushbu harakat g’oyalarining yoyilishiga juda katta hissa qo’shgani, Fitratning diniy islohotchilik yo’nalishidagi faoliyati hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning insonlar komilligiga ta’siri xususida so’z yuritilgan. Insoniyat tarixida shunday daho san’atkorlar bo’lganki, ular o’z hayoti, ijodi, fikr-u zakovatini, xalqning bugungi turmushini yaxshilashga, ertangi kunini charag’on qilishga bag’ishlaganlar. Darhaqiqat, bir qancha millatparvar adiblar qatag’on tufayli ma’naviyatimiz tarixidan yulib tashlanganiga qaramay, ular merosini o’rganish, asarlarida ko’tarilgan ma’naviy-axloqiy muammolarini tadqiq etish bugungi istiqlol sharoitida ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Zero, bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Is’hoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.


background image

1309

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

FITRATNING MA’RIFIY-AXLOQIY VA TARBIYAVIY QARASHLARI

Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi

Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti

Yurisprudensiya yo'nalishi 3-kurs 5/2 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14571224

Annotatsiya.

Abdurauf Fitrat Turkiston jadidchilgining rivojida muhim rol o’ynagan

hamda o’z asarlari bilan ushbu harakat g’oyalarining yoyilishiga juda katta hissa qo’shgani,

Fitratning diniy islohotchilik yo’nalishidagi faoliyati hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning

insonlar komilligiga ta’siri xususida so’z yuritilgan. Insoniyat tarixida shunday daho san’atkorlar

bo’lganki, ular o’z hayoti, ijodi, fikr-u zakovatini, xalqning bugungi turmushini yaxshilashga,

ertangi kunini charag’on qilishga bag’ishlaganlar. Darhaqiqat, bir qancha millatparvar adiblar

qatag’on tufayli ma’naviyatimiz tarixidan yulib tashlanganiga qaramay, ular merosini o’rganish,

asarlarida ko’tarilgan ma’naviy-axloqiy muammolarini tadqiq etish bugungi istiqlol sharoitida

ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Zero, bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni

yuksaltirishga xizmat qilgan. Is’hoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla

Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning

oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.

Kalit so’zlar:

Mijmar, Hurriyat, Chig’atoy adabiyoti, Mahmudxo’ja Behbudiy.

EDUCATIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL VIEWS OF FITRAT

Abstract.

In the history of mankind, there have been such brilliant artists who devoted their

lives, creativity, thought and intelligence to improving the current life of the people and to creating

a bright future. Indeed, despite the fact that a number of nationalist writers were uprooted from

the history of our spiritual heritage due to repression, studying their heritage and examining the

spiritual and moral problems raised in their works has not lost its relevance even in today's

conditions of independence. After all, the essence of the work of these great writers served to

elevate society and the nation. Along with such selfless writers as Is'hoqkhon Ibrat, Abdulla

Avloniy, Mahbudkhoj Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cholpon, Usman Nasir, perhaps in

their forefront, Abdurauf Fitrat also became the mind and heart of his country.

Keywords:

Mijmar, Hurriyat, Chigatay literature, Mahmudkhoj Behbudiy.

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ, ЭТИЧЕСКИЕ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ВЗГЛЯДЫ НА

ФИТРАТ

Аннотация.

В истории человечества были такие гениальные художники, которые

посвятили свою жизнь, творчество, мысль и изобретательность улучшению жизни людей

сегодня и просветлению их завтра. Фактически, несмотря на то, что ряд писателей-

националистов были выведены из истории спиритизма в результате репрессий, изучение


background image

1310

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

их наследия и исследование духовно-нравственных проблем, поднятых в их произведениях,

не потеряло своей актуальности даже в сегодняшних условиях независимости. Ведь суть

творчества этих великих писателей служила возвышению общества и нации. Абдурауф

Фитрат стал умом и душой своего народа среди таких преданных писателей, как Исхак

Хан Ибрат, Абдулла Авлони, Махбудходжа Бехбуди, Абдулла Кадири, Абдулхамид Чолпон,

Усман Насир.

Ключевые слова:

Миджмар, Хуррият, Чигатайская литература, Махмудходж

Бехбуди.

KIRISH:

Abdurauf Fitrat 1886-yili islomiy madaniyatning markazlaridan biri Buxoroda

tavallud topgan. Otasi Abdurahimboy zamonasining ma’rifatli boylaridan, onasi Bibijon esa

o’qimishli, o’z bolasi taqdirida muhim rol o’ynagan ayollardan bo’lgan. Darvoqe, Fitrat

yuqorida

tilga olingan anketada onasining ismini Bibijon sifatida tilga olgan. Adibning boshqa qarindosh -

avlodlari ham uning to’la ismi Mustafbibi bo’lganini unutib, Bibijon ismi bilan yodlab yurishadi.

Abdurahimboy ko’proq savdo ishlari bilan band bo’lgani sababli yosh abduraufning

tarbiyasi ziyrak va zukko onasi Mustafbibining qo’lida bo’lgan. Abdurauf dastlab eski maktabda,

so’ngra Buxorodagi mashhur “Mir Arab” madrasasida tahsil ko’rgan bo’lsada, ilmga chanqoqligi,

“kitob shaydosi” bo’lganligi bois, mustaqil mutolaa orqasida aksar madrasadoshlaridan ancha

ilg’orlab ketgan edi.

Fitrat 1909-1913 yillarda Turkiyada o’qib ijod etgan. Turkiyada ijod etgan asarlari. U

Turkiyada “Munozara”, “Sayha”, “Yurt qayg’usi” nomli kitoblarini chop etgan.

Fitrat 1912-yil 11-martda Buxorolik yoshlar Kogondagi maktab egasi Liviy(yaxudiy)ning

moddiy yordamida “Buxoroi sharif”, o’sha yilning 14-iyulida esa turkiy tilda “Turon” gazetasini

nashr etishga muvaffaq bo’ldilar.

Buxoro amirining 1917-yil 7-aprel farmoni (Manifesti)dan keyin Fitrat Samarqandga

ko’chib borib, “Hurriyat” gazetasiga muharrirlik qiladi. Gazeta moddiy jihatdan og’ir ahvolda

qolgach, muharrirlik lavozimini Muhammadqul O’rinboy o’g’liga topshiradi.

Fitrat hayoti va faoliyatining Toshkent davrida ro’y bergan eng muhim voqeasi “Chig’atoy

gurungi”ning O’zbekistondagi birinchi adabiy uyushma sifatida tuzilishidir. O’tgan asrning 20-

yillarida yaratilgan adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid asarlarida “Chig’atoy adabiyoti”,

“Chig’atoy tili” atamalari ko’p uchraydi. Fitrat “Chig’atoy adabiyoti” degan maqolasida O’rta

Osiyodagi turkiy tillarida yaratilgan adabiyotning “Chig’atoy adabiyoti”- deb atalishi

Chingizxonning o’g’li Chig’atoy nomi bilan bog’liqligini e’tirof etgan.

Fitratning bu uyushmani tuzishdan maqsadi, birinchidan, tarqoq holda yashayotgan ilm va

ijod ahlini birlashtirish, ikkinchidan, shoir va yozuvchilarning yangi asarlarini tinglab, muhokama


background image

1311

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

qilish, uchinchisidan, davrning adabiy- ma’rifiy hayotida faol ijod etish, to’rtinchisidan, musiqa

va teatr ishlarini jonlantirish, beshinchidan, lug’at tarkibi va grammatik tuzilishi murakkab bo’lgan

o’zbek adabiy tilini isloh qilish, arab va fors so’zlarini qadimiy turkiy so’zlar bilan almashtirish,

rus tilidan kirib kelishi mumkin bo’lgan so’zlarning o’zbekcha muqobilini ishlash, xullas, yangi,

zamonaviy o’zbek adabiy tilini yaratish edi.

Abdurauf Fitrat bo’lib, bu so’z tug’ma iste’dod, insonga alloh bergan yaratuvchilik

qobiliyati ma’nolarini anglatadi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, talabalik yillari

Mijmar

(Cho’g’don, xushbo’y narsalar solib tutatiladigan idish ma’nosida) taxallusi bilan ham g’azallar

bitgan

1

.

1909-yil “Jamayti xayriya’’ ning ko’magi bilan Istanbulga o’qishga borgan.

Fitratning

singlisi Mahbuba Rahim qizining eslashicha, uning ukasi Abdurahnon (o’sha paytda Kogon

bosmaxonasida harf teruvchi bo’lib, ishlagan) akasiga moddiy jihatdan yordam berib turgan. Fitrat

Istanbul universitetida o’qish bilan birga u yerdagi “Doru-l-voizin” (Voizlar- ma’ruza qiluvchilar)

madrasasida ham dars bergan. Bu madrasa Buxoro va Turkistondan o’qishga borgan yoshlarni

universitet ta’limiga tayyorlash bilan ham mashg’ul bo’lgan. B.Qosimov ishlarida G’ozi Olim

Yunusov bilan Hamza ham bir muddat Istanbuldagi “Doru-l- voizin” madrasasida o’qiganligi

haqida xabar beriladi

2

.

ASOSIY QISM:

Fitrat deyarli 17 yoshidan boshlab avvaliga diniy, so’ngra badiiy ijod va

ilmiy tadqiqot ishi bilan jiddiy shug’ullanadi.

Barchamizga ma’lumki, tarbiya-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh

avlodni har tamonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy- axloqiy qadriyatlar va

dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgantizimli jarayondir. Axloq esa ma’naviyatning tarkibiy

qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. “Axloq( arab, xulqning ko’pligi, xulq-

atvor)- ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat sihasiga oid tushuncha.

Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro

munosabat, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solibturadigan barqaror,

muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir

axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.

Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon

bo’lishi kerak.shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli

bo’ladi, vatani, xalq uchun jonini fido etishga ham o’zini ayamaydi.

Axloqiy tarbiya kishi axloqni kamolga yetkazish, odamning fe’li va harakatiga yaxshi

fazilatlarni singdirish demakdir. Hayot binosini qurishda va uning taraqqiyotida avlod

tarbiyasining rolini ta’kidlar ekan, Fitrat uch narsa: tansihatlik, sog’lom fikr va yaxshi axloq

muhimligini aytib o’tadi.


background image

1312

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

So’ngra esa mana shu tarbiya uchun zaruz bo’lgan turli xil vazifalarni jamiyat a’zolari

oldiga qo’yish bilan o’z risola tadqiqotini yakunlaydi. Tarixchi, olimlarning fikriga qaraganda,

odamlar xalq bo’lishlaridan oldin jamoa bo’lib yashash zarur ekanligini bilmaganlar. Shu bois ular

tabiiy mushkutotlar ostida azob chekib, hayvonlar hujumlaridan halok bo’lganlar. Vaqt o’tishi

bilan odamlar jamoa bo’lib yashash lozimligini tushunadilar. Ularning birinchi jamoalari “oila”

yani “ahli bayt” bo’lgan. Ahli bay! jamoalari asta-sekin rivojlanib qavm va qabila jam orasiga

aylangan.

XX asr o‘zbek ma’rifatparvarlik harakatining yorqin namoyandalaridan biri Abdurauf

Fitrat xalqni ma’rifatli qilish, axloqiy barkamollikka yetkazish orqali millatni yuksaltirishni o‘z

faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan. Fitratning pedagogik va ma’rifiy qarashlari uning adabiy

asarlari, ilmiy risolalari va ijtimoiy-siyosiy faoliyatida yaqqol namoyon bo‘lgan. Ushbu maqolada

Fitratning ma’rifiy-axloqiy qarashlari tahlil qilinadi va ular bugungi kun uchun ahamiyati

yoritiladi.

Fitrat o‘z risolalarida ma’rifat va axloqni ajralmas tushunchalar sifatida ko‘rgan. Uning

fikricha, insonning bilim olish jarayoni faqat akademik bilimlarni egallashdan iborat emas, balki

axloqiy qadriyatlarni shakllantirishni ham o‘z ichiga olishi kerak. Fitratning "Rahbari najot"

asarida ma’rifat va axloqning jamiyatni barqarorlashtirishdagi roli keng yoritilgan.

Fitrat o‘z asarlarida xalqni jaholatdan chiqarish uchun ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilgan. U

"jaholat zulmatidan faqat bilim nuri olib chiqadi" degan qarashni ilgari surgan. Fitrat ta’limning

asosiy vazifasi yosh avlodni nafaqat bilim bilan qurollantirish, balki ularga milliy g‘urur va axloqiy

poklikni singdirish ekanligini ta’kidlagan.

Fitrat axloqiy tarbiyaning boshlang‘ich nuqtasi sifatida oilani ko‘rsatgan. Uning "Oila"

risolasida jamiyatda axloqiy me’yorlarni saqlash va mustahkamlashda oilaning roli birinchi

o‘rinda ekani ta’kidlangan. Fitrat oilani “axloq va ma’rifat maktabi” deb atagan.

Bugungi globallashuv jarayonida milliy ma’naviyatni saqlab qolish masalasi dolzarb

hisoblanadi. Fitratning ma’rifiy va axloqiy qarashlari milliy tarbiya tizimining tamal toshi bo‘lib

xizmat qilishi mumkin. Uning ilmiy va amaliy merosi yoshlarni ma’naviy barkamol shaxs sifatida

tarbiyalash uchun muhim nazariy asosdir.

Abdurauf Fitratning ma’rifiy-axloqiy qarashlari uning ijodi va faoliyatida chuqur aks etgan

bo‘lib, bu g‘oyalar milliy tiklanish, jamiyat ma’naviyati va yosh avlod tarbiyasida muhim

ahamiyat kasb etadi. Fitratning ilmiy merosi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham

dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, ma’rifat va axloqning uyg‘unligi tamoyiliga asoslangan holda

jamiyatni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa

Aslida dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q.

Harbirmillatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq.


background image

1313

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Tinchlikva totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila

munosabati kuchliintizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli

bo'ladi. Agardabir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini

zaiflashtiribyuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti

shubhaostidaqoladi. Hozirgi Yevropa olimlari ham o'z xalqlari intizomi va oilalarining rohati

uchunharakatqilib yuzlab kitoblarni yozib nashr qilmoqdalar. Ishonchim komilki, oila saodati

vabaxtiuchun qabul qilingan eng maqbul qonun islomiy qonunlar bo'ladi. Lekin olamda

engbadbaxtoilalar ham biz musulmonlarning ichimizda bo'ladi, chunki biz ilohiy

qonunlarningbirontasiga rioya qilmay qoyganmiz. Baxtsizligimizning sababi oiladorlik xususidagi

har bir harakatimiz, sarob orzularimiz va xato fikrlarimizning natijasi bo'lib, aksariyati muqaddas

Qur'oni karim hukmlariga ziddir. Shuning uchun zulm va tajovuz ko'rmagan oilalarbizdanihoyatda

kam ko'rinadi. Hozirda taraqqiy etayotgan islomiy o'lkalarda turk, arab, forsolimlari o'z

millatlarining kimligini anglab yetib, oila nizomi va tinchligi haqida anchakitobyozdilar. Bu

kitoblarda ular diniy va dunyoviy hukmlarga tayanib oilaviy masalalarga izoh berganlar. Xulosa

qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy vazifa yuklangandir. Bola tarbiyasi eng

og’ir ijtimoiy vazifa ekanligi barchamizga ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi

solih va soliha farzandlarining kamolga yetishi uchun garovdir.

Bu maqolalar Fitratning dunyoqarashi, faoliyat qirralarini to‘laqonli tushunishga xizmat

qiladi. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq,

tarbiya va erk o‘chog‘i bo‘lishi lozimligini anglaydi. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda

qurishga da’vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni

yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo kurash maydonidir. Bu

maydonning quroli sog‘lom jism-u tan,aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang

bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…”, –deb

ta`kidladi u.Barchamizga ma’lumki, tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida

yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va

dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Axloq esa ma’naviyatning tarkibiy

qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. “Axloq (arab. Xulqning ko‘pligi; lot.

Moralis – xulq-atvor) –ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat

sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va

shaxsiy hayotidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga

solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi.

Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy

tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka,

adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak.


background image

1314

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Shunday odamgin lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi,

vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning fe’l-atvori

va faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Axloq talablari kishilarning fa’l-atvori va faoliyatida o‘z ifosadini

topadi. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o‘z

talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq me’yorlari hamma uchun

barobardir, lekin ular hech kimning buyrug‘I bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida

namoyon bo‘ladi. Davlatimiz kelajagi ham, rivojlangan mamlakatlar orasida tutgan mavqei va

salohiyati ham, dunyoqarashi, bilimi, aql- zakovati, vatan, jamiyat va oila oldidagi burchi va

mas’uliyatini to`g`ri anglashi, bugungi avlodga Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila

uchun qo‘llanma vazifasini o‘tashi bog‘liqdir.Zero bilim va kasb-hunarga qiziqish, ota-onaga

xurmat, do‘stga sadoqat, mehr-shafqat, halollik va poklik kabi axloqiy fazilatlar oilada shakllanadi

va sayqal topadi. Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari oilaning paydo

bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga

bag‘ishlangan. Ayniqsa, asarning “Uylanish yoki uylanmaslik xususida”, “Qalin (puli) va to‘y

qanday bo‘lishi lozimligi haqida”, “Er-xotinning qanday yashamoqliklari xususida”, “Oilaning

Maishati va idorasi” qismlarida bu masalalar haqida fikr yuritib o`tgan. Mumkin bo‘lgan masalalarni

yoritadi. U vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, kitobning birinchi qismiga,

ayniqsa katta e`tiborni qaratadi. Undan nafaqat o`sha davr balki hozirgi kunda ham yangi oila

qurmoqchi bo‘lgan yoshlar kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida

foydalanishi mumkin.Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan

boshlab, buzilishigacha bo‘lgan holatlarning axloqiy asoslari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu

jihatlarni o‘sha davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak juda ijobiy jihat hisoblanadi. Chunki, bu

davrda Turkistonda hali meditsina unchalik rivojlanmagan, kishilarning turmush madaniyati ham u

qadar yuqori emas edi.

Fitrat ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o‘rganish zarur

bo‘lgan, turmush tarziga oid juda ko‘p tajriba orttirgan edi. Er-xotin va farzandlardan iborat, bir

shaxs boshchiligida, birga yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil etadi. Asarda har bir oila

manfaatini himoya qilish maqsadida turli qonunlar ishlab chiqilgani, ular «manzil tadbir» (ro‘zg‘or

tebratish tadbiri) deb atalgani ta’kidlanadi. Shu ma’noda, muayyan mamlakat aholisi axloqsizlik

oqibatida oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l bersa, shu millatning

saodati ham, hayoti ham shubha ostida qoladi.Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat

quyidagi rivoyatni ham keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: “Eng

komil mo‘minlar xushhulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z xotinlariga

mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik”. Fitrat nazarida mamlakat taqdiri va istiqboli

barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina belgilanmaydi.


background image

1315

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Mazkur asarda millatning ma’rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan munosabatda ham yorqin

namoyon bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan.Kitobning ikkinchi qismi va muhim qismlaridan yana

biri farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan.

Fitrat ham tarbiyani an’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va

axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy inson kamol topadi, deb hisoblaydi.

Kitobning bu qismida Fitrat, ma’lum ma’noda, o‘ziga xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim

qiladi. U ixtiyor erkinligi muammosini mayl Tushunchasi orqali o‘rtaga tashlaydi: baxt mayli,

faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga mehr-muhabbat mayli va h.k. Bularning hammasida ham

insonni jamiyat a’zosi sifatida, ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u izzat-nafs,

ayniqsa, iroda masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. “Iroda va ixtiyor” sarlavhasi ostidagi kichik bobda

Fitrat farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining to‘rt banddan iborat

qoida-bosqichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota-onaning zo‘ri emas, balki

bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini ta’kidlaydi. Fitrat qarashlarida islomiy oila

mohiyatini anglash bo`lgani uchun oilada Millatning qadri va sha’nini belgilovchi harakatlar, avvalo,

er va xotinning iffat va diyonati bilan bog’liq ekanini hayotiy misollar bilan tushuntiradi. Er-

xotinlikning birinchi sharti va oxir-oqibati farzand ekan, bu maqsadga erishish vositasi va sababi

visoldir. Visol ishtiyoqi yoshlarda ertaroq tug’ilishiga qaram asrdan «hakimlar erkaklarga 23

yoshdan oldin uylanmaslikni va qizlarga 18 yoshdan oldin turmushga chiqmaslikni maslahat

beradilar».

REFERENCES

1.

Fitrat. A.

Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo’llanma/ Nashrga

tayyorlovchi H. Boltaboev.-Toshkent:O’qituvchi,1995.

2.

Fitrat. A.

Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo’llanma. -

Toshkent, 1926.

3.

Fitrat. A.

Adabiyot meros va chig’atoy adabiyoti (O. Hoshimov bilan hammualliflikda)//

Qizil O’zbekiston. 1929 yil

16,17 iyul

4.

Fitrat. A.

Adabiyot qoidalari [kitobdan ayrim parchalar] nashrga tayyorlovchi Sh. Turdiyev//

fan va turmush.1989.

_____________________________

1

Fitrat. Fors shoiri Umar Xayyom. Tanlangan asarlar.2-jild. -T.: Ma’naviyat. 2000.-B.141

2

Ahmad taroziy. Funun ul-balog’a-T.: Xazina,1996.

3

Fitrat. Adabiyot qoidalari. Tanlangan asarlar. 4-jild. (Nashrga tayyorl. H.Boltaboyev)-T.:Ma’naviyat,2006.-B.80.

4

Fitrat.Fors shoiri Umar Xayyom. Tanlangan asarlar.2-jild.-T.: Ma’naviyat.2000.-B.135

5

Fitrat. Aruz haqida. Tanlangan asarlar.5-jild (Nashrga tayyorl. H.Boltaboyev.)-T.: Ma’naviyat, 2010.-B.259.

6

Fitrat. Adabiyot qoidalari.Tanlangan asarlar.4-jild. (Nashrga tayyorl. H. Boltaboyev.)-T.: Ma’naviyat, 2006.-B.39

Bibliografik manbalar

Fitrat. A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo’llanma/ Nashrga tayyorlovchi H. Boltaboev.-Toshkent:O’qituvchi,1995.

Fitrat. A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo’llanma. - Toshkent, 1926.

Fitrat. A. Adabiyot meros va chig’atoy adabiyoti (O. Hoshimov bilan hammualliflikda)// Qizil O’zbekiston. 1929 yil 16,17 iyul

Fitrat. A. Adabiyot qoidalari [kitobdan ayrim parchalar] nashrga tayyorlovchi Sh. Turdiyev// fan va turmush.1989.