Transport terminlarning morfologik yasalish usulari
“Termin yasalishining morfologik usulida so‘z yasovchi affikslar yordamida bir yoki bir nechta hosil qiluvchi o‘zaklar asosida yangi atama yasaladi” [3].Ingliz transport terminologiyasida monoleksemik va polileksemik atamalar (qo‘shma so‘zlar, terminologik iboralar) farqlanadi. Monoleksemik atamalar orasida hosila atamalar ajralib turadi (masalan: “carriage”, “stowage”, “loading”, “discharging”, “seaworthiness”, “observance”, “commitment”, “affreightment”, “discount”, “discharge”, “consolidation”, “brokerage”, “gearless”) va asosan anglo-sakson kelib chiqishiga ega bo‘lmagan hosilalar (masalan: “sail”; “ship”; “wharf”; “trim”; “beacon”; “beam”; “mast”).