PATOLOGIK YEYILGAN, LEKIN KARIOZSIZ TISHLARI BO‘LGAN BEMORLARNI REABILITATSIYA QILISHDA KLINIK SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Tishlarning patologik yemirilishi turli omillar, jumladan noto‘g‘ri tishlov, tish qatori anomaliyalari, chaynov mushaklarining disfunksiyasi va gigiyenik vositalardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga keladi. Ushbu holat nafaqat estetik muammolar, balki funksional buzilishlar, og‘riq va tishlarning ortib boruvchi sezuvchanligiga ham olib keladi. Bunday bemorlarni samarali reabilitatsiya qilish uchun og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini tiklashga qaratilgan diagnostika, profilaktika va davolash choralarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv zarur. Hozirgi vaqtda stomatologik amaliyotda tishlarning patologik yeyilishi keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi. Bu holat ko‘pincha kariozsiz, ya’ni karies bilan zararlanmagan tishlarda ham uchraydi va bemorlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Patologik yeyilish natijasida tishlarning shakli, balandligi va funksiyasi buziladi, bu esa nafaqat estetik, balki chaynash va nutq funksiyalarining ham izdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari, tishlarning sezuvchanligi oshishi, og‘riq paydo bo‘lishi va og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida turli noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin.