Особенности при патолого-анатомическом обсуждении тела лошадей, птицы, плотоядных и композиционных животных

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
18-20
4
1
Поделиться
Джураев, О. (2024). Особенности при патолого-анатомическом обсуждении тела лошадей, птицы, плотоядных и композиционных животных. in Library, 3(3), 18–20. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30504
Олимжон Джураев, Ветеринарный научно-исследовательский институт

Ветеринарный научно-исследовательский институт, заведующий лабораторией патоморфологии, кандидат ветеринарных наук, старший научный сотрудник

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье приведены данные об особенностях патологоанатомического вскрытия трупов и исследованиях органов лошадей, птиц, плотоядных и всеядных животных . Освещены сведения по методике извлечения и исследования органов с учетом особенностей их анатомического строения и профиля нозологических форм.

Похожие статьи


background image

18

#03 (184) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

АНАТОМИЯ ВА ПАТФИЗИОЛОГИЯ

Mazkur hayvonlar va parrandalarning jasadini

yorib tekshirishda ularning anatomik tuzilishi va ka-

salliklarning shakllariga qarab, ichki a’zolarni ajratib

olish va tekshirish usullari va tartibini o‘zgartirish lozim

bo‘ladi.

Otlarning jasadi orqasi bilan o‘ng yonbosh tomo-

niga yotqizilib yoriladi va bunda dastlab chap old va

orqa oyoqlar ajratib tashlanadi. Qorin bo‘shlig‘ini

ochish uchun oq chiziqning chap tomonidan bitta

bo‘ylama va qorin devorida ikkita ko‘ndalang kesimlar

qilinadi. Meteorizm va o‘limdan keyingi shishishlarda

ichaklarni teshib qo‘ymaslik uchun qorin devorining

bo‘ylama kesimini juda ehtiyot bo‘lib bajarish kerak,

chunki bunday holatlarda qorin bo‘shlig‘ida bir necha

atmosferaga teng bosim hosil bo‘lishi mumkin.

Qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni chiqarib olishda qu-

laylik yaratish uchun dastlab katta chambaraksimon

ichakning tos qismi jasadning o‘ng tomoniga tortib

qo‘yiladi, so‘ngra paypaslab o‘n ikki barmoq va kichik

chambaraksimon ichaklar orasida joylashgan payni

topib, kesib tashlanadi. Shundan keyin ichak tutqichla-

rini ushlab turuvchi biriktiruvchi to‘qimali kletchatka

qo‘llar bilan uziladi, oshqozondan chiqish joyidan 20

sm qoldirilib, o‘n ikki barmoq ichak kesiladi va kesilgan

uchlari bog‘lanadi. O‘n ikki barmoq ichakning kesilgan

joyidan boshlab ichak tutqichlarini (брыжейка) kesib

borib, ingichka ichaklar bo‘limi birgalikda ajratiladi.

Yonbosh ichakni ko‘r ichakka tushadigan joyidan 15-

20 sm qoldirib kesiladi va kesilgan uchlari bog‘lanadi.

Ko‘r ichakning ampulasimon kengayish joyida

uning ichidagi axlat massalari qo‘l bilan suriladi va

kesib olinadi. Kichik chambar ichak tutqichlaridan

ajratiladi va katta chambar ichakning oshqozonsimon

kengayish joyiga 15-20 sm yetmasdan kesiladi. Ko‘r

va chambar ichaklarni ajratib olishdan oldin ularning

orasidagi g‘ovak biriktiruvchi to‘qimali kletchatkani

UDK 619.616:591.8

O.A.Djurayev,

v.f.n., laboratoriya mudiri,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

OTLAR, PARRANDALAR, GO‘SHTXO‘R VA HAMMAXO‘R HAYVONLAR

JASADLARINI PATOLOGOANATOMIK YORIB TEKSHIRISHDAGI O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLAR

Аннотация

В статье приведены данные об особенностях пато-

логоанатомического вскрытия трупов и исследованиях

органов лошадей, птиц, плотоядных и всеядных жи-

вотных . Освещены сведения по методике извлечения и

исследования органов с учетом особенностей их ана-

томического строения и профиля нозологических форм.

Annotation

The article presents data on the features of the autopsy of

corpses and studies of the organs of horses, birds, carnivores

and omnivores. Information on the method of extraction and

examination of organs is covered, taking into account the

peculiarities of their anatomical structure and the profi le of

nosological forms.

Kalit so‘zlar:

otlar, parrandalar, cho’chqalar, itlar, mo’ynali hayvonlar, yorib tekshirish tartibi va usullari, tashqi

va ichki ko‘rik, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, ichki a’zolar, morfologik o‘zgarishlar.

ajratish, so‘ngra tutqichlarni hamda katta chambar

ichak va oshqozon devori orasidagi g‘ovak kletchatkani

kesish lozim. Bunda old tutqich arteriyasi va uning tar-

moqlariga diqqat qaratish kerak, chunki otlarda ko‘pin-

cha mazkur qon tomirlarining anevrizma va trombozlari

uchraydi.

Oshqozon, taloq, o‘n ikki barmoq ichak va osh-

qozonosti bezi bilan birgalikda ajratib olinadi. Biroq,

taloqning hajmi kattalashgan bo‘lsa, uni alohida kesib

olish kerak. Buning uchun taloqning o‘tmas tomonidan

ushlab, tortiladi hamda diafragma, oshqozon va chap

buyrak bilan ulangan paylar kesiladi.

Jigar uni diafragma va o‘ng buyrak bilan bog‘lab

turgan paylarni kesgandan keyin qorin bo‘shlig‘idan

ajratib olinadi. Jigarni taloq, oshqozon, oshqozonosti

bezi va o‘n ikki barmoq ichak bilan ham ajratib olish

mumkin. Bunday usulda o‘t yo‘lining umumiy va osh-

qozonosti bezining asosiy irmoqlaridagi o‘zgarishlarni

aniqlash imkoniyati kengayadi.

Bundan tashqari, otlarning jasadini yorib tekshirish

uchun K. G. Bol usuli ham mavjud. Bunda ingichka

ichaklar bo‘limini ajratib olish yonbosh ichakdan bosh-

lanadi, qizilo‘ngach va traxeya birinchi tog‘ay halqa-

sining ortidan kesiladi va ko‘krak qafasidagi a’zolar

bilan birgalikda diafragma (qovurg‘a yoylariga birik-

kan joyidan kesish) orqali ajratib olinadi. Shuning-

dek, otlar jasadining ichki a’zolarini ajratib olishning

P. I. Kokurichev taklif etgan usuli ham mavjud. Bunda

osh qozon va barcha ichaklar birgalikda chiqarib olina-

di. Buning uchun dastlab taloq va chap buyrak ajratib

olinib, qizilo‘ngach oshqozonga qo‘shiladigan joyida

kesiladi. Shundan keyin oshqozonning qizilo‘ngach

kesib olingan teshigidan chap qo‘lning ikkita panjasi

bilan ushlab tortish jarayonida diafragma, jigar, o‘ng

buyrak bilan bog‘lab turgan paylar kesiladi, so‘ngra

ichak tutqichlarining ildizlari hamda kichik chambar


background image

19

#03 (184) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

АНАТОМИЯ ВА ПАТФИЗИОЛОГИЯ

ichak tutqichlari ajratilgach, oshqozon-ichaklar tizimi

to‘laligicha chiqarib olinadi.

Parrandalar jasadini yorib tekshirish orqa tomoni

bilan yotqizib, taxtaga ignali to‘g‘nag‘ichlar yordamida

qadash yoki son suyaklarini o‘z bo‘g‘imidan ajratgan

holatda amalga oshiriladi.

Tashqi ko‘rik davomida parrandaning turi, jin-

si, yoshi va semizlik darajasi, jasadning va patlarning

holati, toji va halqalarining ko‘rinishi, qovoqlar va

ko‘zlardagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Shundan so‘ng

qorin, ko‘krak va bo‘yindagi patlar yulib tashlanadi.

Tanada parazitlar mavjud bo‘lsa, bir necha minutga

5 % formalin eritmasi yoki 3% lizol eritmasiga solib

olinadi. Teri dastlabki ko‘rikdan o‘tkazigandan keyin,

tumshug‘idan kloakagacha o‘rta chiziq bo‘ylab kesila-

di. Shundan so‘ng, teri kesilgan joyidan ikkala tomon-

ga ham qisman archiladi hamda teriosti kletchatkasi va

skelet mushaklarining holati va tuzilishi o‘rganiladi.

Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i hamda ulardagi ich-

ki a’zolarni tekshirish uchun qorin devori dastlab

kloakadan to‘sh suyagining uchigacha, so‘ngra qo-

vurg‘alarning ostigacha kesiladi. To‘sh suyagini olib

tashlash uchun uning suyak o‘simtalari, qovurg‘alar va

o‘mrov suyagi qovurg‘a qaychisi yordamida kesiladi.

Shundan keyin suyak qisqichi bilan mahkam ushlab,

kuchli harakat bilan oldinga qarab tortiladi va butun-

ligicha kesib olib tashlanadi.

Ko‘krak qorin bo‘shlig‘ini tekshirish jarayonida

havo saqlovchi xaltalarning holati, ularda ekssudat yoki

suyuqliklar mavjudligi va tarkibi tekshiriladi. Shuning-

dek, ichki a’zolarning joylashuvi va seroz qoplamlarda-

gi o‘zgarishlar diqqat bilan o‘rganiladi.

Parrandalarning ichki a’zolarini jasaddan ajratib

olish va tekshirishning bir nechta usuli bor. Odatda, bi-

rin chi navbatda, jigar ajratib olinadi, chunki jigar parran-

dalarda kuchli rivojlangan bo‘lishiga qaramasdan, juda

mo‘rt va tez sinuvchan bo‘ladi. Shundan so‘ng taloq

oshqozon va ichaklar bilan birgalikda, keyin esa o‘pka,

yurak va siydik jinsiy a’zolar tizimi ajratib olinadi. Par-

randalarning o‘pkasi qovurg‘alararo chuqurliklarda joy-

lashgani tufayli, uni skalpelni ko‘tarib ajratish lozim.

Og‘iz bo‘shlig‘i va burun halqumning shilliq pardalari-

ni tekshirish uchun tumshuqning osti qaychi yordamida

kesib ochiladi, keyin esa qizilo‘ngach, jig‘ildon (zob),

hiqildoq va traxeya yorib tekshiriladi. Bosh miyani

ajratib olish uchun parrandaning kallasi kesib olinadi,

ensa tirqishidan boshlab qaychi bilan aylana shaklida

kalla suyaklari kesiladi va pinset bilan olib tashlanadi.

Shundan so‘ng bosh miya ajratib olinadi.

Parrandalar ichki a’zolarini tekshirish huddi

sutemi zuvchi hayvonlar ichki a’zolarini tekshirish tar-

tibida amalga oshiriladi. Biroq bunda parrandalar ichki

a’zolaridagi anatomik tuzilishining o‘ziga xos xusu-

siyatlarini e’tiborga olish kerak. Jumladan, taloqning

kesimdagi tuzilishi yaqqol ko‘rinmaydi, ichaklarning

ko‘r xaltalari juda kuchli rivojlangan, fabritsiy xaltasi

mavjud, o‘pkada alveolalarning o‘rnini parabronxlar

egallagan, mushak oshqozonni tekshirish uchun esa uni

qoplab turgan kutikulani ajratib olish zarur.

Ishlab chiqarish sharoitlarida parrandalar ichki

a’zolarini tekshirishni jasaddagi tabiiy o‘rnashgan jo-

yida amalga oshirish mumkin. Bunda, dastlab, jasad-

ning chap tomoniga ichaklar biroz tortiladi va avval

jigar, taloq, o‘pka va siydik-jinsiy a’zolar tizimi, keyin

esa qizilo‘ngach, jig‘ildon hamda oshqozon ichaklar

tizimi yorib tekshiriladi.

Cho‘chqalar jasadini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish-

da boshning bashara qismi shaklining o‘zgarishlariga

(yassiligi, qiyshiq tumshuqligi, noto‘g‘ri tishlamligiga),

lablar va milklarning shilliq qatlamlaridagi jarohatlarga

e’tibor qaratish zarur. Boshqa hayvonlardan farqli o‘la-

roq, cho‘chqalarda teridagi o‘zgarishlar (o‘choqli qiza-

rishlar va nekrozlar, qon quyilishlari, qavariqlar, tosh-

malar va h.k.) yaqqol ko‘rinadi, bu esa, o‘z navbatida,

saramas va o‘lat kabi kasalliklarda muhim diagnostik

ahamiyatga egadir.

Cho‘chqalarning jasadini G.V.Shor taklif etgan

to‘liq evisseratsiya usulida yorib tekshirish mumkin.

Bunda jasad orqa tomoni bilan yotqizilib, orqa oyoqlari

tosson bo‘g‘imida, old oyoqlari esa ko‘krak qafasidan

kuraklarning tog‘ay qismigacha ajratib kesiladi. Dast-

lab qorin mushaklari tos suyaklariga yopishgan jo-

yidan kesiladi, so‘ngra qorin devori oq chiziqdan o‘ng

tomonidan 5-15 sm qoldirib qovurg‘a yoyigacha ke-

sib boriladi. Shundan keyin qovurg‘alarning ko‘krak

suyagiga birikkan joylari ikkala tomonidan ham kesib

ajratiladi, yurak ko‘ylakchasini ko‘krak suyagi bilan

bog‘lab turgan paylar kesib tashlanadi.

Qorin va ko‘krak bo‘shliqlarini tekshirishda

u yerda mavjud ekssudatlar yoki suyuqliklarning

miqdori va tarkibi, ichki a’zolarning joylashuvi va

holati hamda seroz qoplamlardagi o‘zgarishlar tek-

shiriladi. Cho‘chqalarda ayrim o‘tkir kechuvchi yu-

qumli septik kasalliklarda (masalan, saramasda) ich-

ki a’zolarning seroz qoplamlariga ko‘krak va qorin

bo‘shliqlarida to‘planadigan suyuqlikdan fib rin to-

lalari ajralib tushishi mumkinligini ham diqqat e’ti-

borda tutish shart.

Shundan so‘ng birinchi qovurg‘alarni surib, bo‘yin-

ning ventral hamda tilosti mushaklari kesib tashlana-

di va til, bo‘yindagi a’zolar, ko‘krak qafasi va qorin

bo‘shlig‘idagi ichki a’zolarning barchasi birgalikda,

ularning orasidagi tabiiy bog‘lamlar va paylarning bu-

tunligini saqlab qolgan holda ajratib olinadi. Bunda

dastlab plevra diafragmadan ajratiladi, keyin diafragma

qorin mushaklaridan kesib ajratilgach, barcha organo-


background image

20

#03 (184) 2023

VETERINARIYA

MEDITSINASI

АНАТОМИЯ ВА ПАТФИЗИОЛОГИЯ

kompleks to‘laligicha buyraklar bilan birgalikda qattiq

kuch bilan tortib olinadi.

Kalla chanog‘i ichidagi bosh miyani ajratib

olish uchun ko‘zlarning orasida va katta ensa tirqishi-

da tutashuvchi ikkita yonlama kesim qilinadi. Cho‘ch-

qa kalla suyagi bo‘shlig‘ini ochishda bu juda oddiy va

qulay usuldir. Bosh miya ajratib olingandan so‘ng, bu-

run bo‘shlig‘i o‘rta chiziqning yonidan to‘g‘ri bo‘yla-

ma kesim yordamida yoki ikkinchi uchinchi premolyar

tishlar chizig‘ida ko‘ndalang kesim qilish orqali ochi-

ladi.

Cho‘chqalar jasadini qisman evisseratsiya usuli bi-

lan ham yorib tekshirish mumkin, bunda dastlab qorin

bo‘shlig‘idagi ichki a’zolar, keyin esa bo‘yin va ko‘krak

qafasi a’zolari ajratib olinadi.

Ichki a’zolarni tekshirish tartibi otlar ichki

a’zolarini tekshirish tartibiga o‘xshash. Biroq tek-

shirishning qulayligi uchun bo‘yin va ko‘krak qafasi

ichki a’zolarini qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan ajratish

maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, mazkur tartib-

da qorin bo‘shlig‘i a’zolarini alohida-alohida tek-

shirishga imkoniyat yaratiladi. Cho‘chqalarda kat-

ta chambar ichak halqalarini ularni bog‘lab turgan

tutqichlardan ajratish lozim. Bunda ko‘r ichak va

chambar ichak jimjimalari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha

kesib boriladi hamda ularning ichida mavjud axlat

massalarining tarkibi va shilliq qatlamlarning holati

tekshiriladi.

Emadigan va yosh cho‘chqalarda oshqozondagi

ozuqaning tarkibini diqqat bilan tekshirish zarur, ya’ni

berilgan ozuqa mazkur guruhlar hayvonlariga mos

bo‘lishi kerak. Chunki dag‘al, katta hajmli, mog‘or

zamburug‘lari bilan zararlangan ozuqalar hamda sifat-

siz don chiqitlari ko‘pincha cho‘chqa bolalarida omma-

viy gastroenteritlarning sababi bo‘lishi mumkin, bun-

dan tashqari, paratif va dizenteriya bilan kasallanishga

sharoit tug‘diradi.

Cho‘chqalarda burun bo‘shlig‘i va burun cha-

nog‘i shilliq qatlamining holatini tekshirish muhim

ahamiyatga ega. Masalan, burun bo‘shlig‘ining yiring-

li-kataral yallig‘lanishi va burun chanog‘ining atrofi -

yasi cho‘chqalarning atrofi k rinit kasalligida yaqqol

ko‘rinadi.

Yangi tug‘ilgan cho‘chqachalar hayotining birin-

chi kunlaridagi ommaviy o‘limida ularning rivojlani-

shi, jun qatlamining siyrakligi, teriosti kletchatkasida

shishishlar mavjudligi va parenximatoz a’zolardagi

o‘zgarishlarga alohida diqqat qaratish zarur. Ko‘pchilik

holatlarda yangi tug‘ilgan cho‘chqachalarning, ayrim

paytlarda esa barcha naslning, ommaviy o‘limiga

bo‘g‘oz cho‘chqalarning ozuqa ratsionida oqsillar (al-

mashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar), mikroele-

mentlar (ayniqsa yodning) va vitaminlarning yetish-

masligi (masalan, yangi tug‘ilgan cho‘chqachalarning

enzootik miksodema kasalligida) sabab bo‘ladi.

Itlar va mo‘ynali hayvonlarning jasadlari orqasi-

ga yotqizib yorib tekshiriladi. Bunda ichki a’zolarni

G.V.Shor bo‘yicha bir butun organokompleks ko‘ri-

nishida to‘liq evisseratsiya usulida yoki A.I.Abrikosov

usulida ajratib olish mumkin. Ichki a’zolarni tekshirish

tartibi xuddi qoramollar yoki otlarni tekshirish tartibiga

o‘xshashdir. Biroq it jasadini tekshirish jarayonida teri-

osti kletchatkasi va seroz qoplamlarning suvsizla nishi,

qonning quyuqlashuvi, qon quyilishlari, oshqozon pi-

lorik qismining gemorragik yallig‘lanishi kabi o‘zga-

rishlarga, shuningdek oshqozondagi ozuqa tarkibida

yot jism va predmetlarning mavjudligiga alohida diqqat

e’tibor qaratish zarur. Chunki bu o‘zgarishlar quturish

kasalligiga gumonsirash uchun asos bo‘ladi. Shuning

uchun, bunday holatlarda mazkur xavfl i kasallikka

tug‘ilgan shubhani istisno qilish uchun veterinariya

laboratoriyasiga itning kallasini butunligicha yoki bosh

miyadagi ammon shoxi, kichik miya va cho‘zinchoq

miya bo‘lakchalarinini glitserinning 30% li suvli ste-

ril eritmasida jo‘natish kerak. Bundan tashqari, burish-

gan, g‘adir-budur va zichlashgan buyraklar itlarda lep-

tospirozning sarg‘aymasiz shakli uchun xos o‘zgarish

ekanligini unutmaslik darkor.

Albatta, mavjud sharoitlar, yorib tekshirishning

maq sadi, kasallikning xususiyatlari hamda hayvonlar

yoki parrandaning turiga qarab, ichki a’zolarni ajratib

olish va tekshirish yuqorida keltirilgan u yoki bu usul

yordamida amalga oshirilishi kerak. Shunga qara-

masdan, yorib tekshirishni umumqabul qilingan tartibda

bajarish maqsadga muvofi qdir. Jasadni yorib tekshirish

tartibsiz bajarilganda ayrim ichki a’zolardagi muhim

ahamiyatga ega bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlar

diqqatdan chetda qolib ketishi mumkin, bu esa, oqibat-

da, noto‘g‘ri xulosaga (diagnozga) sabab bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая

диагностика болезней крупного рогатого скота”. М.,

“Агропромиздат”, 1987, 399 с.

2. Alimov B.A., Egamberdiyeva Z.Z. “Patologik

anatomiyadan qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

2. Ibodullaev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pa-

tologik anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

3. “Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под

ред. Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

4. Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической

техники”. М.”Медгиз”, 1976, 340 с.

5. “Патологическая анатомия сельскохозяйственных

животных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова.

М.,”Колос”, 1980, 440 с.

Библиографические ссылки

Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая диагностика болезней крупного рогатого скота”. М., “Агропромиздат”, 1987, 399 с.

Alimov B.A., Egamberdiyeva Z.Z. “Patologik anatomiyadan qo‘llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.

Ibodullaev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anatomiyasi”. T., “O‘zbekiston”, 2000, 420 s.

“Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред. Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.

Меркулов Г.А. “Курс патологогистологической техники”. М.”Медгиз”, 1976, 340 с.

“Патологическая анатомия сельскохозяйственных животных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова. М.,”Колос”, 1980, 440 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов