Etnosotsiologiya – sotsiologik fаnlаr tizimidа
Sotsiologiya fanining muhim tarmoq yo‘nalishlaridan hisoblangan etnosotsiologiya turli etnik muhitdagi ijtimoiy jarayon va hodisalarni, shuningdek, u bilan bog‘liq etnik madaniyat, anʼanalar hamda millatlararo munosabatlarni o‘rganadi. Ushbu soha sotsiologiya bilan etnologiya, etnografiya fanlari o‘rtasidagi vosita va chegaralarni belgilaydi yoki aniqlaydi. Sotsiologiyaning boshqa tarmoq yo‘nalishlariga nisbatan ancha kech paydo bo‘lgan etnosotsiologiya nazariy jihatdan etnik guruhlarning rivojlanishi va faoliyatining ijtimoiy jihatlari, ularning o‘ziga xosligi, manfaatlari va o‘zini o‘zi tashkil qilish shakllari, undagi jamoaviy xulq-atvorning xususiyatlari, etnik guruhlardagi o‘zaro aloqaga kirishish vositalari, tarkibi kabi munosabatlarni o‘rganadi. Metodologik va empirik jihatdan etnosotsial jarayonlarni o‘rganishda miqdoriy sotsiologik tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etsa-da, ammo anʼanaviy jamiyatlarda sifatli sotsiologik tadqiqotlar bilan muammoni o‘rganish samarali natijalar berib kelgan. Аyniqsa, etnografiya sohasida dala tadqiqotlarining o‘rni muhim.